Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet105/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

1.Siz aytgan ashulani biz ham bilamiz.
2.Siz aytayotgan ashulani biz ham bilamiz.
3.Siz aytadigan ashulani biz ham bilamiz.”
Shu bois A.G’ulomovning bu ishida gap qurilishida otga o’tib, ot kabi turlanuvchi fe’l funksional formalari, shuningdek, ko’makchili konstruksiyalar ham kesim va bular ishtirokida tuzilgan gaplar qo’shma gap deyiladi. Masalan, Bedana sayrab yuborganini men bilmay holibman, Yomg’ir yoqqani haqida hamma so’zladi tipidagi gaplarda sayrab yuborganini, yoqqani haqida kesim va bular ishtirokida tuzilgan gaplar qo’shma gaplar qatoriga kiritiladi. Bunday hollar birgina o’zbek tilshunosligida emas, boshqa turkiy tillarda ham uchraydi. Jumladan, tatar tilshunosligida Kukta kechkenagena bolыt kesege kurenune da zarыgыt kotasen, qozoq tilshunosligida Yegin biыl jaksы shыkkanga kolxozshыlar katta kuanula kabi tushum kelishigi shaklidagi kurenune, jo’nalish kelishigi formasidagi shыkkanga bo’laklari kesim deyilib, gaplar qo’shma gap qatoriga kiritiladi.
Ergash gapli qo’shma gaplar tasnifi ergash gapning mazmuni asosida, ya’ni bosh gapning kesimiga nisbatan qanday o’rinni egallashi asosida berilgan.
1941 yilga kelib, o’zbek tilining ilmiy grammatikasini yaratishda bir qadam olg’a bosildi. Bu Ayyub G’ulomovning “O’zbek tilida aniqlovchilar” (O’zbek tili ilmiy grammatikasi uchun materiallar, I seriya) kitobining nashr etilishi bilan bog’liqdir. A.G’ulomov o’zining bu kitobida aniqlovchining gap bo’laklaridan biri ekanligi, aniqlovchining turlari, ifodalanish materiallari, izohlovchi, uning ifodalanishi kabi bir qancha masalalarni ilmiy asosda ancha keng yoritadi. Bu materiallar haqiqatda ham ilmiy grammatikani yaratishga asos bo’ldi. A.G’ulomov shu asarida aniqlovchilardan keyin “Aniqlovchi gap” degan sarlavha qo’yib, bu haqda maxsus to’xtaydi va sirtqi pedbilim yurti o’quvchilari uchun yozilgan kitobidagi fikrlarni takrorlab, barcha yoyiq aniqlovchilarni (Rahim aytgan hikoya hammani qiziqtirdi. Hunari yo’q kishining mazasi yo’q ishiniig. Mevasi ko’p og’ochlardan biri shaftolidir) aniqlovchi gap deb tasdiqlaydi. Bular qatnashgan gapni esa qo’shma gap deydi.
A.G’ulomovning pedbilim yurti o’quvchilari uchun yaratgan darsligidan bir necha yil keyin – 1948 yilda A.N.Kononovning “Grammatika uzbekskogo yazыka” nomli ishi maydonga keldi. Bu ish o’zbek tili grammatikasiga bag’ishlangan, Yevropa tilshunosligi mezonida tuzilgan nisbatan to’liq va mukammal grammatika bo’lib, oliy o’quv yurtlarining talabalarini tayyorlashga mo’ljallangan ilk darslik edi.
A.N.Kononovning bu kitobi umumturkologik tahlil asoslariga tayangan holda yozilgan edi. U N.K.Dmitriyevning “Stroy tureskogo yazыka” (–M., 1929), “Grammatika bashkirskogo yazka” (M-L., 1949) asarlari bilan bir qatorda va ayni bir nazariy asosda A.Fitrat, H.G’oziyev asarlari orqali kirib kela boshlagan Yevropa tilshunosligi sintaktik tushunchalari va tahlil usullari negizida turkiy tillar sintaksisi tahliliga bag’ishlangan mukammal asar edi.
A.N.Kononov kitobida, qisqa bo’lsa ham, qo’shma gapga alohida o’rin beradi. U A.G’ulomov kabi qo’shma gapni dastlab ikkiga bo’lib o’rganadi:
a) bog’langan qo’shma gap
b) ergashgan qo’shma gap
A.G’ulomov faqat bog’langan qo’shma gapni bog’lovchili va bog’lovchisiz deb ikkiga bo’lib o’rgansa, A.N.Kononov ergash gapli qo’shma gaplarni ham xuddi shunday ikkiga bo’lib o’rganadi va ergash gaplarning bir qancha turlarini qayd etadi. Shuni aytish kerakki, ergash gapning ba’zi bir turlariga baho berishda A.N.Kononov A.G’ulomov singari ergash gapli qo’shma gaplarga xos bo’lgan mazmun va intonasion butunlikka rioya qilmaydi, faqat subyektga tayanadi.
AN.Kononov 1960 yillargacha shu fikrda bo’lsa, A.G’ulomov 1955 yillarda bu fikrdan (ega bilan subyektni, kesim bilan predikatni bir planga qo’yib o’rganishdan) qaytganga o’xshaydi. Buning dalili sifatida A.G’.G’ulomovning “Sodda gap” (1955) kitobini keltirishimiz mumkin. Bu kitobning “Aniqlovchi” bo’limida, birinchidan, aniqlovchi gap eslatilmaydi, ikkinchidan, aniqlovchi gap sifatida berilgan boy misollar chetlab o’tilib, ularning gap yoki yoyiq aniqlovchi ekanligi aytilmaydi, uchinchidan, aniqlovchi gap deb berilgan misollarga o’xshash ba’zi bir misollar dastlabki ishlarda yoyiq aniqlovchi sifatida ko’rsatiladi. Masalan, Kitobni keltirayotgan bola tipidagi misollarda kitobni keltirayotgan aniqlovchi deb olinadi. Siz aytgan birikmasi bilan kitobni keltirayotgan birikmasi subyektning bor-u yo’qligi bilan farq qiladi. Balki shuning uchun ham A.G’ulomov kitobni keltirayotganni aniqlovchi degandir.
O’zbek tilining an’anaviy sintaksisida bir egaga ergashuvchi bir qancha kesimlari bo’lgan qurilmalar uyushiq kesimli sodda gap hisoblanadi. F.Kamol bu tradision fikrni faqat qisman ma’qullab, bir qancha kesimi bo’lgan konstruksiyalarni ikkiga bo’lib o’rganadi. Chunonchi, “...egasi umumlashgan gaplarning kesimlari yonma-yon kelsa, keyingi kesim sostavsiz bo’lib, u kengaytirilmasa va maxsus ega bilan ta’minlanmasa, unday gaplarni uyushiq kesimli sodda gaplar jumlasiga kiritish mumkin. Bunday hollarda gapning egasi ko’pincha kishilik olmoshlaridan bo’lib, keyingi kesimni o’ziga xos ega bilan birlikda ifodalash imkoniyati tug’ilmaydi... Masalan, Biz institutga boramiz, o’qiymiz va yozamiz yoki Ular institutga boradilar, o’qiydilar va yozadilar kabi.
“...kesimlari yonma-yon kelmasdan, keyingi kesim o’z sostavidagi so’zlar vositasi bilan oldingi kesimdan ajratilsa yoki u kesim maxsus ega bilan ta’minlansa, bunday gaplar qo’shma gap xarakteriga ega bo’ladi. Keyingi kesimlarni o’zlariga mansub ega bilan ta’minlash uchun oldingi gaplarning egasi olmoshdan boshqa so’z turkumlaridan bo’lishi shart. Masalan, Tohirjon incmumymga boradi, turli badiiy asarlarni qunt bilan o’qiydi, chiroyli hikoya va go’zal she’rlar yozadi kabi. Bu gaplarning umumlashgan egasi Tohirjon bo’lishi bilan bir qatorda, keyingi kesimlarning har birini o’ziga xos ega bilan ta’minlash mumkin: Tohirjon institutga boradi, u turli badiiy asarlarni qunt bilan o’qiydi, o’zi ham chiroyli hikoya va go’zal she’rlar yozadi. Keltirilgan matnlardan ko’rinadiki, F.Kamol sodda va qo’shma gaplarni farqlashda, bir tomondan, eganing ifodalanishi materialini hisobga olsa, ikkinchi tomondan, ega va kesimning distant holatini, uchinchi tomondan kesimlarni o’ziga mos keluvchi ega bilan ta’minlash mumkin – mumkin emasligini nazarda tutadi. Lekin bir umumiy egaga ergashuvchi kesimlarning morfologik tuzilishiga ahamiyat bermaydi.
F.Kamolning bunday talqini 1955 yildan keyin an’anaga aylangan, lekin hali to’la shakllanmagan qo’shma gap sintaksisi ta’limida tub va keskin burilish edi. Chunki, olim qo’shma gapni baholashda ega bilan cheklanib qolmasdan dikqatni kesim va uning tuzilishiga ham qaratilishi lozimligini ko’tarib chiqqan. F.Kamolning bu fikri rivojlantirilmadi va o’zbek tilshunosligida qo’shma gap ta’limi ega markazida davom ettirildi.
1940-1950 yillar boshida qo’shma gapning belgilash mezonini izlanish davri deb olinsa, bu davrga xos ikki asosning mavjudligini keng tarqalgan, ommalashgan ega asosini; yo’l-yo’lakay, o’ta qat’iyatsizlik bilan va qator mustasnolar bilan (“...kesimlari yonma-yon kelmasdan, keyingi kesim o’z sostavidagi so’zlar vositasi bilan oldingi kesimdan ajratilsa yoki u kesim o’ziga maxsus ega bilan ta’minlansa...”) kesim asosini ko’ramiz.
Birinchi yo’nalish sodda gap haqidagi ta’limot bilan asoslangan va u bilan bog’langan edi. Ikkinchi yo’nalish esa, birinchidan, yo’l-yo’lakay aytilgan, sodda gap haqidagi ta’limotdan ayrilgan, ajratilgan holda ilgari surilgan fikr. Ikkinchidan, birinchi yo’nalish (ega yo’nalishi) XX asrning o’rtalarida beqiyos katga yutuqlarni qo’lga kiritgan Ovropa tilshunosligining gapning, albatta, ikki tarkibdan iborat bo’lishi, egasiz gaplarning bo’lishi mumkin emasligi haqidagi ta’limoti bilan, mantiqning hukm, albatta, ikki bo’lakli – subyekt va predikatdan iborat bo’lishligi, subyektning hokimligi, predikatning tobeligi bilan mustahkamlanar edi. Shuning uchun ham o’zbek tili sintaksisini o’rganish taraqqiyotida ega yo’nalishi bosh yo’nalish bo’ldi. Shu asosda ustozlarimiz G’.Abdurahmonov, M.Asqarovalarning ishlarida qo’shma gap haqidagi mukammal ta’limot ishlab chiqildi.
Qo’shma gap masalasi o’zbek tilshunosligida birinchi marta ilmiy asosda G’.Abdurahmonov tomonidan chuqur o’rganildi. Qo’shma va sodda gaplarning o’zaro munosabati, farqlari, qo’shma gapning turlari, har bir turning umumiy, xususiy jihatlari atroflicha tahlil qilinadi.
Bog’langan qo’shma gap, bog’langan qo’shma gap tarkibi (komponentlari)ni biriktiruvchi vositalar, bog’langan qo’shma gapning intonasion va mazmun xususiyatlari, bog’langan qo’shma gap komponentlarining, xuddi ergash gapli qo’shma gapning komponentlaridek payt, sabab, natija, to’siqsizlik kabi munosabatlarda bo’lishi; ergash gapli qo’shma gap, uning bosh va ergash gapdan tuzilishi, bosh va ergash gaplarning o’z tabiatidan kelib chiqqan xususiyatlar, bosh va ergash gaplarni biriktiruvchi vositalar, gap qurilishida bosh va ergash gaplarning o’rni singari umumiy xususiyaglar qator dalillar asosida puxta, mukammal tekshiriladi.
G’.Abdurahmonov ergash gapli qo’shma gapni mazmunan dastlab 13 turga bo’lib o’rganadi: aniqlovchi, to’ldiruvchi, ega, kesim, payt, o’rin, sabab, shart, maqsad, to’siqsiz, natija, ravish, qiyoslash ergash gapli qo’shma gaplar. Qiyoslash ergash gapli qo’shma gallar esa o’z ichida uchga bo’lib tahlil qilinadi: chog’ishtirish, o’xshatish, miqdor-daraja ergash gapli qo’shma gaplar. Shunday qilib, ergash gapli qo’shma gapning 15 turi ko’rsatiladi.
G’.Abdurahmonov tomonidan, yuqoridagilardan boshqa, yana bog’lovchisiz qo’shma gap, uning komponentlarini biriktiruvchi vositalar, bog’lovchisiz qo’shma gapning turlari, bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlarining mazmun (sabab, natija, shart, to’siqsiz kabi mazmun) munosabatlari, murakkab qo’shma gap, uning turlari singari bir qancha masalalar atroflicha o’rganilib, ilmiy asosda batafsil yoritiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, G’.Abdurahmonov bundan qariyb 49 yil ilgari qo’shma gapni shu darajada sinchkovlik bilan o’rganganki, natijada qo’shma gapning nozik tomonlariga ham ahamiyat bergan. Masalan, uyushiq kesimli gaplar haqida yozadi: “Sodda va qo’shma gaplarni farqlashda qiyinchilik tug’dirgan holat shundan iboratki, ba’zi bir sintaktik konstruksiyalarning tarkibida faqat bir ega – subyekt bo’lishiga qaramay, qo’shma gap sanaladi, chunki bu xil konstruksiyani tashkil etgan qismlarning ham grammatik, ham semantik jihatdan o’ziga mustaqil ekanligi ko’rinib turadi; bu xil konstruksiyani tashkil etgan qismlarning har biri ma’lum fikr tugalligini ifodalaydi, ularning predikativlik va modallik xususiyatlari bo’ladi.” Bu fikrda F.Kamol tomonidan ehtiyotlik bilan ko’tarilgan, lekin keyinchalik rivojlantirilmagan qarashning davom eggirilishini ko’rish qiyin emas, albatta. Muallif “Qo’shma gap sintaksisi asoslari” kitobining “So’z boshi” qismida quyidagi juda to’g’ri fikrni olg’a suradi: “Ravishdosh, sifatdosh, shart fe’li formalarini ergash gapni bosh gapga bog’lovchi grammatik, vosita sifatida talqin qilish to’g’ri bo’lmaydi.” Lekin amaliy tahlilda esa bu fikrga izchillik bilan amal qilinmaydi.
M.Asqarova ishlarida qo’shma gapning o’rganilishi davom ettirildi. U qo’shma gaplarni bog’langan, ergashgan, bog’lovchisiz kabi turlarga ajratadi. U ergashgan qo’shma gaplarning turlarini belgilashda ma’lum aniqlik kiritadi. Olima G’.Abdurahmonov tomonidan ajratilgan ergash gaplar turlaridan farqli o’laroq o’xshatish va chog’ishtirish ergash gaplarni ham muayyan tur sifatida beradi, tasnifda (ergash gaplarning turlari tasnifida) bundan boshqa o’zgarish yo’q. Ustoz olima murakkab tipdagi qo’shma gaplar, bog’lovchisiz qo’shma gaplar, ularning turlarini sinchkovlik bilan tahlil qiladi va qimmatli ma’lumot beradi.

G’.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.G’ulomovlarning ega markazida turgan sintaktik tahlillarida yana quyidagi hal qiluvchi holatlarni qayd etib o’tish lozim:


1) qo’shma gap bo’lishi uchun gapda ikki va undan ortiq ega-kesim markazi bo’lmog’i lozim;
2) “bog’langan” tushunchasi asosida teng bog’lovchi, ya’ni “bog’lovchi turkumidagi tent bog’lovchi turiga oid yordamchi so’z bor” mazmunida tushuniladi.
Ergash gapli qo’shma gaplarning “ergash” gapining turini belgilashda mazmun-vazifa omiliga tayaniladi. Boshqacha qilib aytganda, ergash gap gap bo’lagiga o’tkazilsa (transformasiya qilinsa), u qanday bo’lak va uning ma’no turiga aylansa, shu asosda ergash gapning turi aniqlanadi. Chunonchi, buni quyidagi jadvalda ko’rsatish mumkin:





Ergash gapli qo’shma gap

Qo’shma gapning transformasiyasi

Qo’shma gapning turi (atamasi)

1


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish