Ona tili
1. Qaysi qatorda qo‘shma gapning ikkinchi qismida
keladigan vazifadosh bog‘lovchi(lar) qo‘llangan?
A) balki B) balki, yoxud, na … na
C) ammo, lekin, biroq, hamda D) balki, na … na
2. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida
portlovchi tovush tushishi kuzatilgan?
A) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi.
B) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda
bo‘lmaydi.
C) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi.
D) Odamlar chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab
emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar.
3. Mehnat kishini uch balodan saqlaydi: yurak
siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan.
Berilgan gapda fe’llarning asosidagi sirg‘aluvchi
undosh tovushlar miqdori nechta?
A) 5 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 6 ta
4. Chiqimingiz kirimingizdan ortiq bo‘lmasin, chunki
chiqimingiz ortiqcha bo‘lsa, qayg‘u keltiradi.
Berilgan gapda egalik qo‘shimchalari necha o‘rinda
qo‘llangan?
A) 6 B) 3 C) 2 D) 5
5. Qofiya she’riy asarning ohangdorligi va
ta’sirchanligini kuchaytiradi, asarning yod olinishini
osonlashtiradi.
Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar necha
o‘rinda ishtirok etgan?
A) 5 B) 6 C) 8 D) 7
6. Qaysi javobda ega qatnashmagan undalmali gap
berilgan?
A) O, Qashqar tuprog‘i, qashshoqmiding sen?
B) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?
C) O‘sha damgi iqbolim ham, onajonim, sengadir.
D) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni.
7. Quyidagi qaysi so‘zlarda portlovchi tovushning
sirg‘aluvchiga o‘zgarishi nisbat o‘zgarishiga sabab
bo‘lishi mumkin? 1) bezanmoq; 2) kiyinmoq; 3)
tug‘ilmoq; 4) ajratmoq; 5) o‘tkazmoq.
A) 1, 2, 4 B) 2, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 5
8. Bolalikdan boshlangan do‘stlik insonning keyingi
ulg‘aygan va kamolga erishgan davrida orttirgan
barcha do‘stlari orasida alohida ahamiyatga ega.
Gapdagi yasama so‘zlardan nechtasi faqat til undoshlari
va unli tovushlardan tashkil topgan?
A) 5 B) 3 C) 2 D) 4
9. Nega yapon yuz yil yashar-u,
O‘zbek buncha yoshga bormaydi?
Ushbu she’riy parchada -u yuklamasi qanday vazifada
qo‘llangan?
A) biriktiruv bog‘lovchisi B) zidlov bog‘lovchisi
C) inkor bog‘lovchisi D) ayiruv bog‘lovchisi
10. Quyidagi gapda yasama so‘zlar soni nechta?
Hamdardlik bir odamning qayg‘u-hasratlariga achinib,
o‘zida ham qayg‘u hosil qilishidir, lekin quruq va
yuzaki hamdardlikning foydasi yo‘q.
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
11. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol
darpardani xomushgina silkitardi. Otli so‘z birikmalari
nechta?
A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 4 ta
12. Otaga shunday o‘g‘il zarurki, u ikki girdob: olov va
suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa olsin. Ushbu
ergashgan qo‘shma gap turini toping.
A) ega ergash gapli qo‘shma gap
B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap
D) hol ergash gapli qo‘shma gap
13. Och-yalang‘och yashayotganlarni men hech qachon
unutolmayman.
Gap tarkibida nechta so‘z birikmasi mavjud?
A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 2 ta
14. Pichoq bilan avval anor tojini kesdi. Ma'no ko'chishi
turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
Do'stlaringiz bilan baham: |