Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


[W] va [Pm] qismlari aynan bo’lgan qurilmalar



Download 1,48 Mb.
bet113/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

[W] va [Pm] qismlari aynan bo’lgan qurilmalar

I bobning IV bo’limida takror gaplar sifatida berilgan qurilmalarning bu turi o’ziga xos qo’llanish xususiyatiga ega. Bunday qurilmalar takror gaplar sifatida qo’llaniladi va ular ko’pgina holatlarda, og’zaki no’tqda, kuchli his-hayajonni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, Alam qiladi, erta ketganlari alam qiladi…(A.Qo’shayeva)


- E, keling hola, keling(A. Qahhor)
-Bo’ldi, bo’ldi, masala hal, hola. (S.Abduqahhor)
Bunday vazifadagi takror gaplarda ega olmoshlar [0] yoki otlar bilan [ot] ifodalanib, takrorlanib yoki takrorlanmay kelishi mumkin, chunonchi,
A) Bevaqt xazon bo’lmay har kim
Yashab o’tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o’tsin dunyoda. (A.Oripov)
Bosh ustida o’tdi ko’p zamon
O’tdi islom, o’tdi zardushti. (A.Oripov)
Bu ikkala misolning birinchisida ega olmosh bilan, ikkinchisida ot bilan ifodalangan, kesim aynan takror (1-2ta kesim 2-3ta) qo’llangan;
B) Odamlar o’tdilar bir vaqt, bir zamon,
O’tdilar eng oddiy baxtdan ham yiroq. (A.Oripov)
- Gapirmoqchimisiz, siz gapirmoqchimisiz? – majlis raisi yana prezidium stoli tomon o’girildi. (S.Abduqahhor)
V) O’tgan xafta ham u kutdi, u ilhaq kutdi, kelmadilar. (I.Hasanov)
- Gulandom seni sevadi, …Ha, u seni sevadi. (I.Hasanov)
B) banddagi misollardan birinchisida birgina ega (odamlar) birinchi qismida, keyingisida ega (siz) ikkinchi qismidagina ifodalanib kelgan, V) banddagi har ikkala misolda esa ega mavjud: birinchisida ega olmosh, ikkinchisining birinchi qismida ot (Gulandom), ikkinchi qismida uning ekvivalenti (u) qo’llangan.
Takror qo’llangan hosilalar og’zaki (dialogik) nutqda juda ko’p qo’llanadi va ko’pincha, ta’kid, kuchaytirish ma’nolariga ega bo’lib, har xil bo’yoqlarni bo’rttirib ifodalashga xizmat qiladi. Misollarga murojaat qilaylik:
A) Ishonch bo’yog’ini bo’rttirib ifodalovchi gaplar: Kutmaydi, xomtama bo’lma, kutmaydi, kutmaydi. (I.Hasanov)
- Nima qipti, nima qipti, bo’lishi mumkin. (I.Hasanov)
B) Ikrilanish, o’ziga ishonmaslik:
Nima qilay, u o’zga olamdan, begona yurtdan bo’lsa, nima qilay, ayt…(I.Hasanov)
bu qanaqasi bo’ldi, kim …kim bo’ldi bu? (I.Hasanov)
Takror gaplar tarkibiy qismlari bir tarkibli gaplardan iborat bo’lishi mumkin va bunda qurilma tarkibida qo’llangan bir tarkibli gap to’laligicha takrorlansa, ba’zan bu takrorlanayotgan qismlar orasida boshqa birliklar qo’llanishi uchraydi. Chunonchi,
1) – Olish kerak, albatta olish kerak. (X.To’xtaboyev)
2) Yo’g’-e, arra qilinadi, eshitdingizmi, arra qilinadi. («Sharq yulduzi»)
3) Yigitni uchratish kerak, albatta, uchratish kerak. (N.Tilavov)
4) Fozil sekin, lekin keskin: “Bas qil”, - deydi. Shunaqa, ukasi, shunaqa. (A.Qo’shshayev)
5)…bo’ladi-ki, yeyiladi … ha, bo’ladiki, yeyiladi. (A.Qo’shshayev)
6) Tuyga borish shart, kizlar, borish shart, bo’lmasa, xafa bo’lishadi. («Yoshlik»)
7) Yo’q, kerakmas, qo’ying, kerakmas … (A.Oripov) kabi misollarni juda ko’plab keltirish mumkin. Misollardan ko’rinib turibdiki, aksariyat holda qismlar orasida yo ikki tarkibli gap, yo undalma qo’llangan. Shuningdek, bir tarkibli gaplarning yolg’iz, alohida tarzda takror kelishi ham ko’p uchraydi:
-Topsa bo’larmikin-a, topsa bo’larmikan? (X.To’xtaboyev)
-Ko’rganimni o’rtog’imga aytsam bo’ladimi?
- Nega bo’lmas ekan, nega bo’lmas ekan? (“Mushtum”)
Takror gaplar tarkibida, asosan, bir tarkibli gaplarning shu turlari qo’llanadi va ular fikrni ixcham, ta’sirchan qilib ifodalash uchun xizmat qiladi.
Takror gaplarning qismlari orasida juda ko’p holatlarda yuklamalar qo’llanadi, ularning qo’llanishi u yoki bu buyokni yanada bo’rttiribroq ko’rsatadi, masalan, -mi yuklamasi ishlatilganda qat’iylik, ishonch kabilar bo’rttiriladi.
Takror gaplar xalq og’zaki ijodi asarlarida ham ko’plab uchraydi, ular, asosan, istak-xohish, qat’iylik, ishonch, yalinish, achinish kabi buyoqlarni bo’rttirib ko’rsatish uchun xizmat qiladi.
Takror gaplar tarkibidagi [W]larning turli xil kengaytiruvchilarga ega bo’lishi ko’p uchraydi. [W] kengaytiruvchilarning qo’llanishi ifodalanayotgan u yoki bu bo’yoqni yanada bo’rttiribroq ko’rsatadi. Bulardan ayrimlarini quyida ko’rib o’tamiz. Masalan: O’ziga qolsa, kirardi, uchib kirardi! (I.Hasanov) Bo’ldi-ku, zo’r bo’ldi! (X. To’xtaboyev)
Shuni aytish kerakki, takror gaplar anglatgan ma’no nozikliklar xilma-xil va bularning son-sanog’iga yetib bo’lmaydi. Shu bilan birga takror gaplar qismlari orasida juda ko’p holatlarda undalma, kirish bo’laklar qo’llanadi:

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish