Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


Qo’shma gapning lisoniy qurilishiga ko’ra tasnifi



Download 1,48 Mb.
bet112/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Qo’shma gapning lisoniy qurilishiga ko’ra tasnifi. Qo’shma gapning umumiy lisoniy qolipi [WPm - WPm] bo’lib, u quyidagi yana uchta oraliq ko’rinishga ajraladi:[WPm , WPm], [WPm → WPm], [WPm ↔ WPm]


Qo’shma gap [WPm, WPm] tipik ko’rinishi va uning xususiyatlari
[WPm, WPm] tipik ko’rinishning mohiyati nimada ekanligi haqida yuqorida qisqacha gapirib o’tgan edik. Bu yerda avvalgi fikrimizni takrorlab, uni to’ldiramiz va kengrok tasvirlashga harakat qilamiz.
[WPm, WPm] tipik ko’rinishning mohiyati shundaki, [QG] tarkibiy qismlarining markazlari sanalgan kesimlarning har biri uziga xos shakllarning umumiy grammatik ma’no va vazifalari asosida mustaqil qo’llana oladi. Shuning uchun bu ko’rinishning no’tqiy hosilalarida ko’p holatlarda tarkibiy qismlar orasiga nuqta qo’yib, ularni mustaqil sodda gaplarga ajratish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mustaqil sodda gaplar sifatida (shu ma’no va vazifada) qo’llana olish qobiliyatiga ega bo’lgan gaplar ma’lum bir no’tqiy sharoit talablariga ko’ra turli-tuman bog’lovchi vositalar asosida bir-biri bilan bog’lanadi, bir no’tqiy (intonasion) tugallikka ega bo’ladi, matn ichida bitta gap to’xtami bilan (gap pauzasi) ajratiladi. Bir nutqiy (intonasion) tugallikka ega bo’lish va matn ichida bitta gap to’xtami bilan ajratilishi [QG]larning umumiy tipologik xususiyati, belgisi bo’lganligi sababli bu xususiyat [WPm, WPm]ni [QG]larning boshqa tipli ko’rinishlaridan farqlashga emas, balki ikki va undan ortik [WPm]larni bir [QG] tarkibiga birlashtirish omilidir, ya’ni ko’shma gapning umumiy (integral) xususiyatidir. Lekin gaplarning no’tqda o’zaro mazmunan bog’lanishi faqat [QG] tarkibidagina emas, balki undan tashqarida ham – mikrotekst va makrotekst doirasida ham sodir bo’ladigan hodisalardir.
[WPm, WPm] tipik ko’rinishidagi gaplar tarkibida yuqorida ko’rganimizdek, mustaqil gaplar sifatida qo’llana oladigan gaplar birlashtiriladi. Birlashtirish faqat intonasion, to’xtam va ma’noviy bog’lanish (ya’ni qo’shma gapning umumiy xususiyatlari) asosida yoki bulardan tashqari maxsus bog’lovchi vositalar zaminida amalga oshirilishi mumkin. Chunonchi,

  1. O’qituvchi keldi.

  2. Dars boshlandi.

kabi ikki mustaqil sodda gapni qo’shma gap umumiy xususiyatlari asosida bir bo’tunlikka birlashtiramiz: “O’qituvchi keldi, dars boshlandi”. Bu [QG] tarkibida har bir sodda gap anglatgan fikr o’zaro bog’langan, lekin bog’lanishning tabiati (harakteri) aniqlanmagan. Tinglovchi ham, so’zlovchi ham nutq sharoitidan kelib chiqqan holda bu gaplar anglatgan xukmlar orasida bo’lgan quyidagi rang-barang ma’noviy munosabatlar orasidan istalganini anglay oladi:

  1. birin-ketinlik munosabati orasida uzilish bor yoki yo’qligi ta’kidlanganligi holda, ya’ni (“O’qituvchi keldi va dars boshlandi”) ma’nosida;

  2. uzilishsiz biri-ketinlik, zudlik munosabati (Salim keldi-yu dars boshlandi; O’qituvchi keldimi, dars boshlandi; Salim keldi ham, dars boshlandi);

  3. payt munosabati (O’qituvchi keldi, shu zahotiyok dars boshlandi);

  4. natija munosabati (O’qituvchi keldi, shuning uchun/natijada/oqibatda dars boshlandi);

  5. sabab munosabati (O’qituvchi keldi, chunki dars boshlandi);

Kurinib turibdiki, [WPm, WPm] tipik ko’rinishining sof [WPm, WPm] (ya’ni faqat intonasiya, to’xtash va ma’no asosida bog’langan [QG]larda) [QG] tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatlar [ᴓ] (nol ko’rinish) shakliga ega bo’lib, so’zlovchi tomonidan aniq bir munosabatlar bilan belgilanmaydi, balki munosabatlarni aniqlash no’tq sharoiti va so’zlovchiga havola etadi. Bu bilan sof [WPm, WPm] uning boshqa ko’rinishlari [WPm va WPm], [WPm –u/-yu, WPm], [WPm -mi, WPm], [WPm, chunki WPm], [WPm, shuning uchun WPm], [kachon WPm, o’sha vaqtda WPm], [kim WPm, o’sha WPm] va hokazolarga nisbatan bosh shakl, bosh ko’rinish (boshqacha nomlanishi dominantga, reprezentant, neytral birlik, umumiy birlik) mavqyeini kashf etadi.
An’anaviy sintaktik tahlilimizda turli xil bog’lovchili gaplar orasida har xil munosabatlar o’rnatiladi. Bizningcha, bu xil qo’shma gaplar bitta [WPm, WPm] tipik ko’rinishning xususiy xillaridir. Bu ikki xil talqinda ziddiyat, qarama-qarshilik bordek tuyuladi. Mohiyatan esa bu yerda xech qanday ziddiyat yo’q. An’anaviy sintaktik tahlil qo’shma gap tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatlarni o’rganadi va ma’noviy munosabatlarni o’rnatadi. Biz esa gapning lug’aviy to’ldirilishini emas, asosiy diqqatni gapning qurilishiga [W], [Pm], [W]ning kengaytiruvchilari vazifasida nimalarning kelganligiga qaratamiz, ya’ni gap qurilishi, uning qurilish materialiga e’tibor beramiz. Boshqacha qilib aytganda, mazmunan emas, qurilish nuktai nazaridan gaplarni o’rganamiz. An’anaviy sintaktik tahlil bizga gaplar orasidagi ma’noviy, mazmuniy aloqa va vositalar haqida axborot bersa, bizning talqinimiz gapning qurilishi (strukturasi) haqida ma’lumot beradi. Shuning uchun O’qituvchi keldi va dars boshlandi bilan O’qituvchi keldi, shuning uchun dars boshlandi qo’shma gap tarkibidagi ma’noviy munosabatlar har xil bo’lganligi uchun ular an’anaviy talqinda har xil gaplar sifatida talqin etiladi. Lekin bu ikki gapning tarkibiy qismlari tuzilish jihatdan va o’zaro bog’lanish xususiyati bilan bir xil bo’lganligi sababli bu tipik ko’rinishning ikki no’tqiy hosilasi sifatida baholanadi. Bu talqinlar xilma-xil bo’lsa ham, ular orasida ziddiyat emas, balki bir-birini to’ldirish munosabatlari mavjud bo’lib, serqirra manbaning turli qirralarini ochib beradi. Shunday qilib biz, [WPm, WPm] tipik ko’rinishining umumiy xususiyatini quyidagicha belgilay olamiz. [WPm, WPm]- bu mustaqil sodda gaplar sifatida qo’llana oladigan ikki va undan ortiq gapning no’tqda ma’lum bir bog’lovchi vositalar bilan o’zaro bog’lanish va bitta intonasion tugallikka, bitta gap to’xtamiga ega bo’lishidir. Bundan ko’rinib turibdiki, [WPm, WPm] bevosita mustaqil til birligi bo’lmay, til birligi bo’lgan [WPm+ WPm]ning bir ko’rinishidir. Yuqorida aytib o’tganimizdek, [WPm, WPm] tipik ko’rinishli qo’shma gaplarda [W], [Pm], [W] kengaytiruvchilarining ifodalanish xususiyatlari, bir [WPm]ni ikkinchi [WPm] bilan bog’lanish vositalariga ko’ra qator xususiyatlar, qo’llanish o’rinlari, ma’noviy mezonliklar mavjud. Shuning uchun bu ifodalanishlarning xususiyatlariga ko’ra turli xil [W], [Pm]li gaplar o’zaro har xil bog’lovchilar bilan bog’lanishi, boshqacha qilib aytganda, turli ma’noviy va uslubiy xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Biz bo’larning barchasi ustida to’xtalish imkoniyatimiz yo’q, lekin ayrimlari haqida fikr yuritamiz.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish