Dars avvalo o‘quvchi uchun tashkil etiladi, shu sababli dars maqsadiga kichkina bolani qo‘yish kerak. Bunday dars samarali amalga oshadi



Download 26,85 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi26,85 Kb.
#667303
Bog'liq
Tabiiy fanlarni o\'qitish


Dars avvalo o‘quvchi uchun tashkil etiladi, shu sababli dars maqsadiga kichkina bolani qo‘yish kerak. Bunday dars samarali amalga oshadi. Dars nafaqat bilimlarni uzatish vositasi, balki bola shaxsini shakllantirish va rivojlantirish vositasidir. Shuning uchun ham dars rasmiy didaktika qonunlariga emas, balki bolalarga bag‘ishlanishi kerak. Tabiiy fanlar darslari samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlashi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi, dunyo manzarasini yaxlit tarzda ko‘rsatib berishi kerak.
Darsni rejalashtirganimizda darsning maqsadi, mazmuni, metodi, texnikasi, tanlab olinadigan vosita hamda o‘quvchilarning xususiyatiga qarab reja tuzilishi shart. Va bu qismlar o‘zaro bir-biriga bog‘liq tarzda amalga oshiriladi. Darsning barcha qismlari bir-biriga bog‘liq bo‘lishi va to‘liq bo‘lishini darsning maqsadi ta’minlab beradi. O‘quv faoliyatini tashkil etganda esa o‘quv komponentini ya’ni darsda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi, mazmun shakllantiriladi. O‘quvchilarni baholashga kelganda esa darsning har bir bosqichida o‘quvchi egallagan amaliy va nazariy materilallarning o‘zlashtirish darajasi aniqlanadi.
Darsga tayyorgarlikni avvalo shu darsga to‘g‘ri maqsad qo‘yishdan boshlashimiz kerak. Dars maqsadi bu erishiladigan natijalarni fikran belgilab olish bo‘lib, o‘qituvchi o‘z oldiga o‘quvchilar shu dars jarayonida nimalarni bilib olishlari va nimalarni bajara olishlari kerakligi haqidagi maqsadni qo‘yishi kerak. Bunda aqlli maqsadlar , ya’ni SMART maqsadlardan foydalanamiz. SMART maqsadlar maxsus, o‘lchanadigan, erishiladigan, dolzarb va vaqtga bog‘liq. Ya’ni biz 45 daqiqa davomida o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan mazmundagi maqsadlarni qo‘yamiz. Darsimiz so‘ngida barcha o‘quvchilar biz qo‘ygan maqsadlar asosida zarur bo‘lgan bilim ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Dastlab darsning boshlang‘ich qismida qulay axloqiy-psixologik iqlimni tashkil etishimiz zarur.
Mavzularni o‘qitishda bir qator ta’lim texnologiyalari o‘qituvchiga yordamga keladi. Xususan “Evristik ta’lim texnologiyasi”. Evristik suhbat bu ta’lim jarayonida aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati kabi sifatlarni shakllantiradi, asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Bunday suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Bundan tashqari tabiiy fanlarni o‘qitishda “Vizual metod”dan foydalanish tavsiya etiladi. Sababi evristik suhbat natijasida o‘quvchilarda to‘liq fikrlar va tasavvurlar hosil bo‘lishi uchun tasvirlardan foydalanish lozim. Vizual o‘qitish metodi obraz haqida g‘oya yaratadi va xotirada mustahkam iz qoldiradi. Masalan o‘quvchilarga “Qaysi o‘simlik quyoshga o‘xshaydi?” degan savol bilan murojaat qilinadi. Bu qiziqarli savol o‘quvchida quyosh haqidagi tushunchalarning kengayihiga yordam beradi hamda kungaboqarning quyoshga o‘xshashi haqidagi tasavvur yuzaga keladi. Bu metodda o‘quvchilar faoliyati tushunchalar orasidagi bog‘lanishni o‘zlashtirishga, shu kabi yangi vaziyatda bilimlardan foydalanishga yo‘naltiriladi. Masalan, Quyosh, Yer va Oyni tasvirlashda Quyosh qanday shaklda edi? U Yerdan kattami, kichkinami? degan savollar beriladi, ranglari so‘raladi, shu bilan birgalikda Oyning nega turli xil ko‘rinishi haqida savollar beriladi. O‘quvchilar izlanib, o‘zlarining bilimlaridan kelib chiqib, javob berishadi, o‘qituvchi esa to‘g‘ri fikrlashga va to‘g‘ri xulosa chiqarishga ko‘maklashadi.
Bundan tashqari “Induktiv suhbat” metodidan ham foydalanish mumkin. Bu metod o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishish, nazoratni tashkil etish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislash uchun zarur bo‘lgan metod hisoblanadi. Aynan bu metoddan biz o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni umumlashtirish bosqichida foydalanamiz. “Induktiv suhbat” metodida quyidagi savollarni berishimiz mumkin: “ Quyosh kattami Yermi?, Yer Kattami Oymi? Quyosh kattami Oymi?” va o‘quvchilar matematik bilimlarini ishga solib, Quyosh,Yer va oyni taqqoslaydilar, qaysi biri katta bo‘lsa, kattalik belgisini qo‘yadilar, og‘zaki taqqoslaydilar. Xulosa qilib esa Quyosh Yer va Oydan katta ekanligi, Quyoshning eng yaqin yulduz ekanligi, Oy esa Yerning tabiiy yo‘ldoshi va undan ancha kichik ekanligini aytishlari kerak bo‘ladi.
“ Muammoli ta’lim” texnologiyasi. Bu texnologiyani tabiiy fanlarni o‘qitishdagi barcha mavzularni o‘rgatishda qo‘llash mumkin. Masalan 1- va 2-sinf tabiiy fan darsliklaridagi “Haroratni o‘lchash” mavzusida o‘quvchilarga muammoli tadqiqot beriladi. Aynan “ Muammoli ta’lim” texnologiyasi tahlil qilish, taqqoslash, sintez qilish,umumlashtirish, aniqlashtirish, o‘quvchining o‘zi undan yangi ma’lumot olishiga asoslanadi. Muammoli ta’limning “muammo”, “muammoli vaziyat”, “muammoli faraz”, “muammoli tajriba, tadqiqot” kabi metodlari mavjud. Haroratni o‘lchash mavzusida 1-sinf o‘quvchilari xona harorati va maktab hovlisidagi haroratni o‘lchaydilar va taqqoslaydilar. Nega maktab hovlisidagi haroratni o‘zgartira olmasliklari haqida fikr yuritadilar. 2-sinf o‘quvchilari esa o‘z tana haroratlarini dastlab tinch turgan holda, keyin jismoniy mashq bajarib o‘lchab ko‘radilar. Jismoniy mashqlardan so‘ng nega tana harorati ko‘tarilganligi haqida fikr yuritadilar. Bunday muammoli tadqiqotlar o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, taqqoslashga va tahlil qilishga o‘rgatadi.
Bundan tashqari tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy bo‘lgan “Loyiha” texnologiyasidan ham foydalanish tavsiya etiladi. Loyihalash texnologiyasining
maqsadi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik bo‘lgan muammoni hal etish jarayonida ko‘zlangan natijaga erishishdir. Loyihalash texnologiyasining asosiy g‘oyasi : “O‘rganilayotgan bilim va ko‘nikmalar menga nima uchun zarur? Bu bilimlardan men qayerda va qanday foydalanaman?” degan savolga javob beradi.
Masalan, “O‘simliklarni ekish va parvarishlash” mavzusida loyiha ishi berilgan. O‘quvchilar xona o‘simligini ekish uchun zarur bo‘lgan jihozlar, vositalar bilan tanishadilar va o‘zlari o‘z qo‘llari bilan xona o‘simligini ekadilar. Mazkur loyiha ishi yilning oxirida hisobot tarzida olinadi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh o‘zining ekkan o‘simligini haftama-hafta qanday rivojanganligi, uni qanday parvarish qilishgani haqida hisobot beradi. Bu loyiha ishini bajarish natijasida o‘quvchilar guruhlarda hamkorlikda ishlashni o‘rganadilar, kuzatish ko‘nikmalari rivojlanadi. Ularda o‘simlikni ekish va parvarish qilishga oid to‘liq ko‘nikmalar paydo bo‘ladi. Jonli tabiatga nisbatan mehr tuyg‘ulari rivojlanadi.
Darsning yana bir qiziq qismi bu darsni yakunlash bo‘lib hisoblanadi. Darsni yakunlashda o‘quvchi faoliyati refleksiyasi hozirgi ta’limning eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Refleksiya o‘z o‘quv faoliyati va uning natijalarini baholash, tashkiliy, motivatsiya,keying o‘quv faoliyati maqsadini belgilash, uzatish, diagnostik baholash, o‘z o‘quv faoliyatiga tuzatishlar kiritish uchun kerak bo‘ladi.
Refleksiya (lotincha “reflexio”) ortga qaytish, aks etish degan ma’noni bildiradi. Darsning oxirgi umumlashtiruvchi qismida refleksiyadan foydalanish o‘quvchilarni o‘zlarida bor bo‘lgan yutuq va kamchiliklarni yaxshiroq anglab yetishlariga yordam beradi. Va bunda “Men nimani yaxshi bajara olaman?”, “Qaysi sohada muvaffaqiyatli ekanimni qanday balsam bo‘ladi?”, “Men nimaga ko‘proq e’tibor qratishim kerak?”, “Faoliyatimni yaxshilash uchun nima qilishim kerak?” degan savollar o‘quvchining diqqat markazida bo‘ladi va o‘z ustida ishlashga yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda “simvolli refleksiya”dan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan “Sehrli daraxt” refleksiya mashqi. Daraxtga bugun siz darsda o‘rgangan bilimlaringiz va ishtirokingiz haqida olmalarni joylashtiring:
Yashil olma – menga dars yoqdi, dars men uchun foydali bo‘ldi.
Sariq olma – dars qiziqarli o‘tdi, men unda qatnashdim .
Qizil olma – darsda o‘rganilgan mavzuga tushunmadim.
Mana shu “Sehrli olma daraxti” mashqi orqali o‘quvchi ham o‘zining darsdagi faoliyatiga, ham darsga baho beryapti.
Navbatdagi mashqda bolalar darsdagi o‘z faoliyatiga oid “ob-havoni” aniqlaydilar:
Quyoshli – mavzu tushunarli
Bulutli – yana biroz o‘rganishim kerak
Yog‘in – mavzuga tushunmadim. Demak har darsda o‘quvchi o‘z faoliyatini baholaydi, bu esa o‘qituvchiga mana shu o‘quvchi bilan ishlab, mavzularni to‘liq o‘rganishi uchun bo‘shliqlarni aniqlab beradi.
Bulardan tashqari “Muvaffaqiyat zinapoyasida” mashqini ham bajarish mumkin. Bu mashq asosan umumlashtiruvchi darslarda qo‘llanadi, o‘quvchi qaysi zinapoyada bo‘lsa , shu zinapoyaga yulduzcha qo‘yiladi.
Refleksiya bosqichini tashkil etishda o‘qituvchi o‘quvchilar aynan nimalarda qiynalganliklariga e’tibor qaratishi va o‘quvchilarga ana shu bo‘shliqlarini to‘ldirishga yordam berishi kerak.
Download 26,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish