Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet108/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

, chunki

dars boshlandi

4

O’qituvchi keldi

, shuning uchun

dars boshlandi

5

O’qituvchi keldi

, natijada

dars boshlandi

Jadvalda keltirilgan gaplar sintaktik nuqtai nazardan to’rt xil baholanadi (bog’lovchisiz qo’shma gap, bog’langan qo’shma gap, sabab ergash gapli qo’shma gap, natija ergash gapli qo’shma gap).


Jadvalda aks etgan gaplarda sintaktik hodisa – gap paradigmasi aks ettirilganmi yoki morfologik hodisa – bog’lovchilar paradigmasi o’z aksini topganmi? Agar bu yerda bog’lovchilar paradigmasi o’z aksini topgan bo’lsa, nima uchun bu bog’lovchilar xususiyatlarini qo’shma gap turlariga ko’chirish kerak?
7. Men keldim, ammo uni ko’rmadim qurilishli gaplar sintaksis talqiniga ko’ra, uyushgan kesimli sodda gapdir. Haqiqatda ham keldim va ko’rmadim bo’laklari bitta ega (men) atrofida birlashadi hamda bu kabi sintaktik talqinda hyech qanday qarama-qarshilik yo’q. Bu gap tarkibida ammo zidlov bog’lovchisi mavjud. Bu bog’lovchilarning vazifasi o’zbek tili an’anaviy grammatikalarida quyidagicha belgilangan: “Gapning uyushiq bo’larlarini va sodda gaplarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so’zlar bog’lovchi deyiladi.”1 “Gap bo’laklarini yoki qo’shma gap ichidagi sodda gaplarni o’zaro bir-biri bilan bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar bog’lovchi deyiladi”.2 “Bog’lovchilar gap bo’laklari va ayrim-ayrim sodda gaplarni bog’lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so’zlardir”.3 “Bog’lovchilar qo’shma gap sostavidagi ayrim sodda gaplar va uyushgan bo’laklar orasidagi turli munosabatlarni ifodalash uchun qo’llanadigan yordamchi so’zlardir.”4 Bevosita zidlov bog’lovchilari haqida quyidagi fikrlar bor:
a) “zidlovchi bog’lovchilar tilimizda uyushgan bo’laklarni bog’lash vazifasida juda kam qo’llanadilar. Bu bog’lovchilar, ko’pincha, ayrim gaplarni bir-biriga bog’lab kelib yoki gapning boshida kelib, o’zlaridan oldin kelgan gapga nisbatan keyingi gapning zid, qarama-qarshi qo’yilganni ko’rsatish uchun ishlatiladilar”;5
b) “Ziddovchi bog’lovchilar. Bunday bog’lovchilar sodda gap va bog’langan qo’shma gaplarda qo’llanib, hodisa, ish-harakat yoki biror predmetni boigqasiga zid qo’yib, ularning orasidagi qarama-qarshi munosabatni bildiradi”;6
v) “Zidlovchi bog’lovchilar. Bular ma’no jihatidan bir-biriga zid, qarama-qarshi bo’lgan uyushiq bo’laklarni yoki gaplarni bog’lashga qo’llanadi...”7
Mana shu ta’riflarda bir fikr ajralib turadi: bu bog’lovchilar “zid, qarama-qarshi bo’lgan uyushiq bo’laklarni yoki gaplarni bog’lashda qo’llanadi”. Bu fikrni juda to’g’ri deyish qiyin. Chunki zidlovchi bog’lovchi ba’zan ma’no jihatdan qarama-qarshi bo’lmagan gap bo’laklarini ham o’zaro bog’lashi mumkin, chunonchi, gapiraman, ammo ... yozaman ham – gapiraman, ammo yozmayman kabi qator gaplarni keltirish mumkinki, bu kabi (birinchi) larda ziddiyat na mazmunda va na shakllanishda bor. Shu kabi gaplar ... gapiraman va ... yozaman ham kabi tuzilmalarning bir ko’rinishi deb hisoblanishi mumkin. Shuningdek, esda tutish kerakki, boshqa bog’lovchilardan farqli ravishda zidlov bog’lovchilari hukm bilan bog’liq, shuning uchun ular uyushiq kesimlar (keng ma’noda) bilan qo’llanadi. O’zbek tilining an’anaviy sintaksisida, yuqorida ko’rilganidek, zidlov bog’lovchilari uyushiq bo’laklarni, gap bo’laklarini bog’laydi deb qayd etilgan-u, ammo shu kabi ta’riflarga aniqlik kiritilmagan: qaysi uyushiq bo’laklarni yoki barchasinimi? Bu o’rinda zidlov bog’lovchilari uyushiq kesimlarni o’zaro bog’lashga xizmat qilishi, ammo boshqa gap bo’laklarini bog’lashda roli yo’qligini qayd etish lozim edi. Bu fikr, jumladan, ammo bog’lovchisining gap bo’laklari – uyushiq kesimlarni bog’lashi vazifasi haqidagi fikr an’anaviy grammatikamizning morfologiya bobida ham qayd etilmagan. Ko’rinib turibdiki, o’zbek tili an’anaviy grammatikasining morfologik talqini bilan sintaktik talqini orasida ziddiyat yuzaga kelgan. Demak, an’anaviy ilmiy grammatikada shu kabi masalalarga aniq yondashilmagan, umumiy fikrlar bayon etilgan, xolos. Natijada yuqoridagi kabi noaniqliklar vujudga kelgan. Umuman, bog’lovchilar bilan bog’liq masalalarni to’g’ri va to’la hal etish uchun bevosita o’zbek tili dalillaridan kelib chiqish, bog’lovchilarning turlarini belgilash, ularni nomlashda o’zbek tili bog’lovchilarining ma’no va boshqa xususiyatlariga asoslanish kerak bo’ladi.
8. Asosiy e’tibor bir tarkibli (bir bosh bo’lakli) gaplarning egasiz turiga qaratildi. Ammo uning kesim tarkibisiz turiga qaratilmadi. Uning kesim tarkibisiz turi, ko’pincha, murakkab qo’shma gap tarkibidagi turi esa e’tibordan chetda qoladi. Masalan, U eshakni loyga topshirib, nariroq borsa, cho’l, cho’l o’rtasida ko’l, ko’l labida bog’, bog’ labida kichkinagina tog’. (“O’zbek xalq ertaklari”) Bu gap besh komponentli bog’lovchisiz murakkab qo’shma gap bo’lib, uning birinchi qismi (komponenti)ni ikki tarkibli (sostavli) desak (u – bordi), qolgan to’rttasi (cho’l, ko’l, bog’, tog’) qo’shma gapning ega tarkibidangina (an’anaviy sintaksis bo’yicha) iborat bo’lgan qismlaridir. Kesimlik affiksi -dirni nazarda tutgan holda keyingi to’rtta qismni ot-kesim deb da’vo qiluvchilar bo’lishi ham mumkin. Lekin bu da’vo o’rinsizdek ko’rinadi.
Har kuni mehmon, har kun bog’da uch supa ulfatlar yig’iladi, bazm-ziyofat, o’lib bo’ldim, xolajon (Oyb.) Bu misol to’rt qismli bog’lovchisiz murakkab qo’shma gap bo’lib, birinchi, uchinchi qismlari ega tarkibidangina iboratdir. Gapning umumiy qurilishidan kelib chiqib, egadangina iborat bo’lgan qismlarning kesimlarini keladi (har kuni mehmon keladi), bo’ladi (har kuni bazm-ziyofat bo’ladi) singari fe’llar orqali ifodalash mumkin. Ko’rinadiki, bunday misollar, ya’ni ega tarkibidangina (an’anaga ko’ra) iborat bo’lgan qo’shma gaplar o’tmishda ham, hozir ham tez-tez uchrab turadi.
Umumtilshunoslikda bog’lovchisiz qo’shma gap elliptik (ixcham) qo’shma gap deyiladi. Yuqorida tahlil qilingan misollar bog’lovchilarning, shuningdek, gap bo’laklarining (kesimlarning) ifodalanmasligi bilan ixchamlashgan gaplardir. Bog’lovchisiz qo’shma gaplardagi bu xil o’ziga xos bo’lgan ixchamlik ifodadagi ta’sirchanlikni, ekspressivlikni oshiradi.
9. An’anaviy sintaksis tahlil asosining metodologiyasi lison va nutq hodisalarini, ya’ni imkoniyat va voqyelik, umumiylik va xususiyliklarni farqlamaganligi sababli nutq hodisalarini (ya’ni bevosita kuzatishda berilgan og’zaki, yozma shaklda voqyelangan hodisalarni) o’rganishga alohida e’tibor beradi. Tilda imkoniyat nuqtai pazaridan o’zaro aloqador bo’lmagan hodisalar nutqda nutqiy bog’lanishlarga kirishishi mumkin. Chunonchi, ikkita o’zaro bog’lanmagan, mustaqil gaplarni olib ko’raylik: Bizning oilamiz katta. Biz ayolmandmiz.
Qurilishi, tuzilishi va barcha boshqa xususiyatlari jihatidan mustaqil bo’lgan bu gaplar o’zaro mazmundoshlikka ega. Bu mazmundoshlik oila, katta, ayolmand so’zlarining ma’no aloqadorligi asosida yuzaga chiqadi. Gaplar orasida sintaktik qurilish jihatidan bog’lanish, sintaktik aloqadorlik har ikkala gaplarning ham kesimi ot (keng ma’noda) bilan ifodalangan ikki tarkibli gaplar ekanligidadir. Lekin nutqda yonma-yon kelgan bunday ikki gap ma’lum bir nutqiy bog’lanishlar hosil qilishi mumkin. Formal sintaksis til va nutq hodisalarini yo’l-yo’lakay farqlanganligi uchun bunday nutqiy bog’lanishni til sathiga ko’tarib chiqdi. Chunonchi, Biz ayolmandmiz. Oilamiz katta. Qiyoslang, masalan, Teshaboyga to’qqiz jon qarar, olti bolasi bor. Ayolmand. (“Mushtum”) Keltirilgan misolda ikkita gap orasida mazmunan bog’liqlik mavjud, lekin bu bog’liqlik sintaktik bosqichda emas, balki mazmun bosqichidadir. Sintaktik qurilishga bu bog’lanish aloqador emas, “Ilova qurilmalar” sifatida sintaktik nuqtai nazardan bog’langan bu hodisalar tom ma’noda gap doirasida yuz beradigan hodisa emas, balki matn (tekst) doirasida sodir bo’ladigan nutqiy hodisalar hamda matn tahlili – mikrotekst qurilishiga oiddir. Shu bois bular gap qurilish haqidagi ta’limotda emas, matn nazariyasi – mikrotekst haqidagi ta’limotda tahlil etilishi kerak. Sintaksis so’zlar birikmasi va gap qurilishi haqidagi ta’limot deb baholanadi, lekin ko’pgina holatlarda amaliy sintaksis ta’lim jarayonida shakl (forma), vazifa (funksiya), mazmun (soderjaniye), tuzilma (struktura) tushunchalari bir-biri bilan qorishtiriladi. Buning yorqin namunasi yuqorida keltirilgan muammoda ko’rildi. Bundan boshqa holatlarda, xususan, kesim shaklini belgilashda shakl, vazifa va qurilish tushunchalari aralashtiriladi. Chunonchi, birinchi bandda ko’rilganidek, sodda gapning kesimi albatga, shaxs-son, mayllar, zamon qo’shimchalari bilan shakllangan bo’lishi zarur. Qo’shma gap kesimlarida esa bunday belgi nozarurga aylanib qoladi. Yoki qo’shma gaplarni sodda gaplardan ajratishda ikkita ega (subyekt) bo’lishi shart deb tan olinsa, Biz uchratgan qiz keldi gapida esa bu asosdan voz kechiladi. Shuningdek, Salim keldi, eshikni ochdi gapi sodda gap deb, Salim keldi, o’zi eshikni ochdi gapi esa qo’shma gap deb baholanadi. Vaholanki, bajaruvchilar – bitta. O’qituvchi keldi, natijada dars boshlandi – natija ergash gapli qo’shma gap. O’qituvchi keldi, chunki dars boshlandi esa sabab ergash gapli qo’shma gaplar deb sanaladi. Bu ikki gap orasida hyech qanday sintaktik farq yo’q. Asosiy farq – birinchisida natija ma’nosiga, ikkinchisida sabab ma’nosiga ishora qiluvchi so’zlarning kelganligida. Bu hol sintaktik qurilishga aloqador emas. Sintaktik hodisalarni baholashda, sintaktik mohiyatlarni ochishda sof sintaktik belgilarga emas, balki hali shakl, hali mazmun, hali vazifa asoslariga tayanish sintaktik, semantik va morfologik hodisalarni aralashtirishga olib keladi.
10. So’z birikmasi fikriy va ohang tugalligiga ega emasligi, shaxs-son, zamon, mayl kabilarni ko’rsata olmasligi, umuman, kishilarning o’zaro aloqa-aralashuvlarini yo’lga qo’yish xususiyatiga ega emasligi bilan gapdan farq qiladi. Buning ustiga u (so’zlar birikmasi) gapning qurilish materiali hamdir. Bir-biridan tubdan farq qiluvchi mana shu ikki kategoriya an’anada bir-biri bilan ochiqdan-ochiq qorishtiriladi. Jumladan, ikkinchi darajali bo’lak va kesim munosabatidan hosil bo’lgan qurilma so’zlar birikmasi deyiladi: Toqqa chiqdik. Tabiatni kuzatdik. Keltirilgan misollar kesim va ikkinchi darajali bo’laklardan iborat bo’lib, nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi va yoyiq sodda gap jumlasiga kiradi. Bu misollar (Toqqa chiqdik. Tabiatni kuzatdik) faqat kesimdan iborat bo’lsa ham, gapdir. Qurilma, mana shu xususiyatlari hisobga olinmasdan, boshqaruv yo’li bilan tuzilgan so’zlar birikmasi deyiladi.
Nazarimizda, ega-kesim munosabatidagi qurilmalar so’zlar birikmasi bo’lmaganidek, ikkinchi darajali bo’laklar va kesim munosabatidagi qurilmalar ham so’zlar birikmasi bo’lolmaydi. So’zlar birikmasi ega va ikkinchi darajali bo’laklar doirasidagina mavjud. Masalan, Yosh bolalar keng dalada yayrab o’ynashdi gapida ikkita so’z birikmasi bor: yosh bolalar, keng dala. Bolalar dalada yayrab o’ynashdi qurilmasi esa gapdir. Bu muammoni yechish o’zbek substansional tilshunosligi oldidagi vazifalardandir.
11. O’zbek tili sintaksisining eng chigal va murakkab masalalaridan biri – uyushgan kesim masalalasi. Chunki uyushgan bo’laklarni ajratishda ularga quyidagi talablar qo’yiladi:
1) ularning hammasi gapning ma’lum bir bo’lagiga bir tipda bog’lanadi;
2) sanash ohangi bilan aytiladi;
3) so’z turkumi va so’z shakllari jihatdan ham bir xil bo’ladi;
4) bir-biri bilan tenglanish munosabati orqali bog’lanadi.
Uyushgan bo’laklarni maxsus o’rgangan olimlar bu ro’yxatdagi ayrim holatlarni tuzatdilar va quyidagi belgilarni ilova qiladilar:
5) uyushiq bo’laklar turli so’z turkumlari bilan ifodalana oladi;
6) gapda har xil sintaktik vazifani bajarishi mumkin.
Uyushgan kesim masalasiga kelganda ahvol ancha o’zgaradi. Yuqorida aytilgan mezonlar Paxtakorlar paxtani ekdilar, sug’ordilar va terdilar gapida to’la-to’kis saqlangan, lekin uyushgan kesimlar turi yuqorida keltirilganlar bilan cheklanmaydi. Kesimlarda uyushishning o’nlab turlari mavjud, buni butun mohiyati bilan anglagan A.G’ulomov va M.Asqarova kesimning yana bir o’ziga xos xususiyatini aytib o’tadilar: “Eng oxirgi kesim to’la shakllangan bo’lib (shunisi mustaqil kesim sanaladi), bundan avvalgilari ravishdosh formasida keladi: O’rganib, bilib, keyin so’ray boshladi.”1 Bu gapda so’z o’yini ishlatilgan: “... shunisi (ya’ni keyingisi – so’ray boshladi – mualliflar) mustaqil kesim sanaladi.” Qolganlari-chi?! Bu savolga sintaktik mezon asosida emas, balki morfologik omil asosida ular tomondan “ravishdosh formasida keladi” degan javob beriladi. Morfologiya bobida – ravishdosh. Bunga shubha yo’q. Sintaksisda-chi?! Agar uyushgan kesim bo’lsa, ular nomustaqilmi? Chunki “eng oxirgisi”, “to’la shakllangan”, “mustaqil” kesim sanaladi. Agar oxirgisi “mustaqil”, undan avvalgilari mantiqan “nomustaqil” bo’lsa, bu yerda uyushish yo’q, negaki mustaqil va nomustaqil bo’laklar uyushishi mumkin emas. Agar berilgan tavsifdan “mustaqil” belgisini chiqarib tashlab, misolda ko’rsatilgan holatni, bor haqiqatni aks ettirgan holda tavsiflamoqchi bo’lsak, u quyidagi shaklga ega bo’lishi kerak: “... fe’l bilan ifodalanib kelgan kesimlardan oxirgisi to’liq shakllangan, ya’ni tasdiq inkor, mayl zamon, shaxs-son qo’shimchalari va ma’nolarini qabul qilgan, undan oldingilari esa ravishdosh shaklida kelishi mumkin.” Bunday tavsif esa, uyushiq bo’laklarning yuqorida keltirilgan uchinchisiga, ya’ni ularning so’z shakli bir xil bo’lishi mezoniga to’g’ri kelmaydi.
Uyushgan kesimning boshqa gap bo’laklari uyushishidan farqlanishi bu hodisa talqiniga kiritilayotgan ayrim mulohazalardan ko’rinib turibdi: “... uyushiq bo’lakning kengaygan komponenti o’z ichida uyushiq bo’lakka ega bo’lishi ham mumkin”.1 “... Uyushiq kesim qismlari zamon, daraja, mayl, bo’lishli-bo’lishsizlik jihatidan bir xil, ba’zan esa har yil, lekin shaxs-son jihatidan doim bir xil bo’ladi”2 va “ma’lum bir semalar bo’yicha umumiylikka ega bo’lishi mumkin.”3
Bosh bo’laklar, jumladan, kesim talqiniga bag’ishlangan barcha maxsus tadqiqot ishlarida, asosan, an’anaviy sintaksisda mavjud bo’lgan fikrlar haqida gap boradi. Bulardan xulosa qilish mumkinki, uyushgan kesim masalasi kesimni va uyushgan bo’laklarni tadqiq etib kelgan barcha tilshunoslar uchun “to’g’anoq” bo’lib kelgan. Chunki kesim uyushishining, ya’ni ikki va undan ortiq kesimning bir egaga tobelanishning shunday holatlari borki, ularni tadqiqotchilarimiz tushuntira olmaganliklari uchun “ko’rmaganlar” yoki, aniqrog’i ko’rishni xohlamaganlar. Shulardan ayrimlarini sanab o’tamiz:
1) uyushgan kesimlar turli xil so’z turkumlari bilan ifodalandi: Yer. –Onaman, bag’ritga tortadirman. (E.Voh.) Itingdurman, kelibman ostonangga. (Huv.) ... onaman, yig’layman. (“Turkiston”)
2) uyushgan kesimlar bir-biridan batamom ajratilishi mumkin: Men kitoblarni oldim, ularni dastalab, changlarni artib, terib qo’ydim. – Men kitoblarni oldim. Ularni dastaladim. Changlarni artdim. Terib qo’ydim;
3) uyushgan kesimlar tasdiq inkor, mayl zamon shakllariga ko’ra turli xil bo’lishi mumkin:
a) Shoira keladi, sizni ko’radi;
b) Shoira keladi, sizni ko’rmaydi\
v) Shoira kelsa sizni ko’radi;
g) Shoira kelsaydi, sizni ko’radi va h.;
4) uyushgan kesimlar bir-biri bilan: a) teng bog’lovchilar (biroq, lekin, yo, yoxud, goh-goh va h;) yordamida birikadi: Men keldim, ammo sizni ko’rmadim. Siz keldingiz, biroq; gapirmadingiz. O’lim yo keldi, yo kelmadi; b) ergashtiruvchi bog’lovchilar (agar, chunki, ...) yordamida birikadi: Agar siz kelsangsiz, albatta, uni ko’rasiz. Men g’alaba qozonaman, chunki puxta tayyorlandim; v) -u, -yu, -da va h. yuklamalari yordamida birikadi: Lola bu gapni ayti-yu, uydan chiqdi va h.
Demak, o’zbek tilshunosligida an’anaga aylangan uyushiq bo’laklar haqidagi ta’limot yo asossiz, yoinki kesim gap sathida, gap qurilishida tamoman boshqa mavqyega ega bo’lib, uning uyushishi boshqa gap bo’laklarining uyushishidan tubdan farq qiladi.
O’zbek an’anaviy sintaksisida bunday muammolar sirasini yana ko’plab keltirish mumkin. Lekin markazida ega turgan qo’shma gap haqidagi ta’limot sintaktik hodisalar talqiniga, yuqorida ko’rib o’tilganidek, qator muammolarni keltirishi bilan chegaralanmaydi, qator masalalar, ayniqsa, qo’shma gap va sodda gaplarning o’zaro munosabatlaridan kelib chiqadigan bir qator muammolar o’zbek tili an’anaviy sintaksisida chetlab o’tildi, o’rganilmay qoldi. Ulardan asosiylarini sanab o’tamiz:
1) sodda gap kesimi tasdiq yoki inkor shaklda qo’llanishi tabiiy. Xuddi shuningdek, qo’shma gap kesimlari ham tasdiq va inkor shaklda kelishi mumkin. Bunda, asosan, uch holat bo’ladi:
a) qo’shma gap barcha qismlari (komponentlari) ning kesimlari inkor shaklda: Sen bormasang, bahor bo’lmaydi, ochilmaydi bog’larda gullar. Qarag’aylar barg chiqarmaydi, o’rmonlarga kelmas bulbullar. (H.Olim.);
b) qo’shma gap barcha qismlarning kesimlari tasdiq shaklda: Xulq-odobimizga tarbiya zo’r ta’sir etadi, tarbiya nechog’li to’g’ri bo’lsa, xulq-odobimiz shunchalik go’zal bo’ladi. (Oyb.);
v) qo’shma gap qismlaridan ba’zi birining kesimi tasdiq, ba’zi biriviig kesimi esa inkor shaklda: Kishining husni jamoli bo’lmasa ham, so’zlari shirin bo’lsa, unday odam elni o’z tomoniga mopma oladi. (Nav.)
g) qo’shma gaplarda ham inkor -ma, emas, yo’q, na-na kabi unsurlar va ba’zan ularning aralash holda kelishi bilan ifodalanadi: U kelgan emas, men esa borgan emasman. U kelgan emas, men ham bormadim kabi.
d) xuddi sodda gaplardagidek, qo’shma gaplarda ham ba’zan ohang inkorni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, ohang yordamida U kelmasa, ha, ketasan singari gaplarning ikkinchi qismidan inkor ma’nosi anglashiladi va bu qo’shma gap U kelmasa, ketmaysan, U kelmasa, ketib bo’psan singari qo’shma gapiga teng keladi;
2) sodda gap yig’iq va yoyiq shakllarda qo’llangandek, qo’shma gap qismlari ham yig’iq va yoyiq holda qo’llanishi mumkin. Yig’iq qo’shma gaplarda ayrim unsurlar qo’llanmaydi, masalan, ikkinchi darajali bo’laklar, bog’lovchilar, kirish bo’laklar va h. Chunonchi, Ayt, kirsin – yig’iq qo’shma gap bo’lib, har ikki qismi birgina so’zdan tashkil topgan, demak, har ikkisi yig’iq shaklda qo’llangan. Ayrim qo’shma gaplarning birinchi qismi (Padaring ekan ko’p fozil, otang kamolidin senga ne hosil) ba’zilarining ikkinchi qismi (Akalarim qay ahvolda ekan – bilmadim) (“O’zbek halq ertaklari”) yig’iq shakldadir. Shu kabi gaplarning kengaygan varianti turli shakllarda bo’lishi mumkin, chunki har bir qismni cheksiz ravishda kengaytirish imkoniyati bor;
3) qo’shma gap qismlari sodda gapdek ifoda maqsadiga ko’ra darak, so’roq, buyruq va his-hayajonga ko’ra his-hayajonli va his-hayajonsiz bo’lishi mumkin;
4) sintaksisga doir adabiyotlarda to’liqsiz gaplarda gapning zarur bo’laklari ifodalanmaydi deyiladi. Bu fikr to’g’ri emas. Agar zarur bo’lsa, u albatga, ifodalanadi. Aksincha, juda zarur, muhim bo’lmasa, ifodalanmaydi. An’anaviy sintaksisda faqat to’liqsiz sodda gaplar haqida fikr yuritiladi. Qo’shma gap bobida esa to’liqsizlik hodisasi deyarli o’rganilmagan. Aniqroq qilib aytganda, u butun bir gapning yoki uning tarkiblaridan birining “tushib qolishi” ni anglatadi. Xuddi ana shu “tushib qolish”, yuqorida eslatib o’tilganidek, tashqi yoki ichki sabablar orqali ro’y beradi:
– Romanyanning odamlari shunaqa beandisha, pichoq qo’lga kirdimi...
– Ishni pichoqqa yetkazmaslik chorasini ko’rsa bo’lar, –deb o’ylayman. (E.L.Voynich) Ko’rinib turibdiki, bosh gap ro’yobga chiqmagan. Xuddi shunindek, ergash gaplar ham tushib qolishi mumkinligi ta’kidlanadi va to’liqsiz qo’shma gaplarni turlarga bo’lish quyidagicha ko’rsatiladi. Barcha to’liqsiz qo’shma gaplarni uchta yirik guruhga taqsimlanadi:
1) to’liqsiz bog’langan qo’shma gap;
2) to’liqsiz ergashgan qo’shma gap;
3) to’liqsiz aralash tipli qo’shma gap.
To’liqsiz qo’shma gaplar masalasiga boshqacha yondashish ham mavjud. Ma’lumki, qo’shma gap qismlari ifodalangan voqyea-hodisalar bir-biri bilan mazmunan bog’liq bo’lishi kerak. Agar bu bog’liqlik bo’lmasa, Havo isib ketdi, shuning uchun qor yog’di deb bo’lmaganidek, qo’shma gap hosil bo’lmaydi. Yuqoridagi fikr (mazmunan bog’liq bo’lishi shart emas), yuzaki qaraganda, keyingi fikrga (mazmunan bog’liq bo’lishi shart) zid keladi. Bu yerda masalaga bir tomondan emas, balki ikki tomondan, ya’ni ham tashqi, ichki tomondan yondashsak, bu zidlikni aniq tushunamiz. Ya’ni tashqi tomondan qarasak, qo’shma gap qismlari ifodalangan voqyea-hodisalar bir-biri bilan bog’liq emas, ichki tomondan qarasak, qo’shma gap qismlari bir-birlari bilan bog’liq bo’lmasa ham, qo’shma gap qismlarining har birida o’zicha mazmun qandaydir bir yoki bir qancha voqyelik bilan bog’liq. U voqyelik esa grammatik shakllamagan bo’ladi. Bu grammatik shakllanmagan implisit holatda bo’lib, qo’shma gap qismlarni jipslashtirib, yaxlitlik yaratib turadi. Yaxlitlik yaratishda ohang (intonasiya) va bir paytlikning ham roli bor. Ana shu yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, eksplisit va implisit mazmunni hisobga olgan holda qo’shma gapni ikkiga bo’lib o’rganish mumkin:
a) to’liqsiz qo’shma gaplar;
b)to’liq qo’shma gaplar.
Ma’lumki, ohang gap hosil qilishda, qo’shma gap qismlarini bir-biri bilan bog’lashda muhil rol o’ynaydi. Shunga asoslangan holda an’anaviy sintaksisda ohang qo’shma gap qismlarni biriktiruvchi asosiy vositalardan biri deb ta’kidlanadi. Bu to’g’ri fikr. Lekin barcha qo’shma gapga nisbatan shunday baho berib bo’lmaydi. Masalan, to’liqsiz qo’shma gaplarda ohang butunligining bo’lishi shart, ammo to’liq qo’shma gaplarda bunday ohang butunlikning bo’lishi shart emas. Ohangning mana shunday roliga qarab qo’shma gaplarni, to’g’rirog’i, to’liq qo’shma gaplarni ikkiga bo’lib tekshirish mumkin:
a) qismlari mazmun va ohang jihatdan yaxlitlik hosil qiluvchi to’liq qo’shma gaplar;
b) qismlari faqat mazmun jihatdan yaxlitlik hosil qiluvchi to’liq qo’shma gaplar. Bunda qo’shma gapning har bir qismi o’zining tugallangan ohangiga ega bo’ladi;
5) gapning bir yoki ikki tarkibli bo’lishi so’zlovchi yoki yozuvchining maqsadiga, uslub talabiga bog’liq, Agar harakat va harakat bajaruvchisini, belgi va belgi sohibini ta’kidlash, ajratib ko’rsatish lozim bo’lsa, gap ikki tarkibli bo’ladi. Agar bular ko’zda tutilmasa yoki uslub talabiga ko’ra ixchamlik hosil qilish, bu ixchamlik bilan ta’sirchanlikni oshirish lozim bo’lsa, gap bir tarkibli bo’ladi. Bir tarkibli gaplarda bosh bo’laklardan biri ifodalanmaydi. Bu ifodalanmagan bo’laklarni A.G’ulomov1 va I.Rasulov, yuqorida aytganimizdek, zarur bo’lak, muhim bo’lak deb tushunadilar. Masalan, bir tarkibli gaplar o’zining odatdagi strukturasi bilan to’liqdir. Lekin nutqda, kontekst va situasiyaga ko’ra to’liqsiz bo’lishi, ya’ni zarur bo’laklardan birortasi tushib qolishi mumkin, tarzida.2
An’anaviy sintaksisda gapning bir va ikki tarkibliligi, asosan, sodda gap materiali asosida o’rganiladi. Qo’shma gap qismlarining bir yoki ikki tarkibliligi yo’l-yo’lakay tilga olinadi. Bu haqda I.Rasulov quyidagicha yozadi: “Bir sostavli gaplar qo’shma gap komponentlari bo’lib kelish jihatidan ham ayrim o’ziga xos belgilarga ega. Ikki sostavli gaplar qo’shma gaplarning har ikki komponenti (bosh va ergash gap) bo’lib kelaveradi. Bir sostavli gaplarning barcha tiplari ham bu xususiyatga ega bo’lavermaydi. Qo’shma gap komponentlari bo’lib kelish struktura asosi kesim bo’lgan gaplar uchun xarakterlidir. Bosh bo’lagi ega bo’lgan bir sostavli gaplar esa ba’zangina qo’shma gap komponentlari bo’lib keladi”.3 Keltirilgan matnda qo’shma gapga doir bir yoki ikki tarkiblilik haqida aniq bir fikr yo’q. Buning ustiga, bir tarkiblilikda faqat ergash gapli qo’shma gaplar nazarda tutiladi. Qo’shma gapning boshqa turlari haqida hyech nima deyilmaydi. Bulardan boshqa, bir necha joyda sodda gaplar bilan aralash holda qo’shma gaplar ham misol tariqasida keltiriladi, lekin ularning qo’shma gap ekanligi haqida hyech nima deyilmaydi. To’plangan faktik materiallar shuni ko’rsatdiki, qo’shma gap qismlarining bir va ikki sostavli bo’lishi uch xil ko’rinishga ega:
a) qo’shma gap qismlarining hammasi ikki tarkibli bo’ladi;
b) qo’shma gap qismlarining hammasi bir tarkibli bo’ladi;
v) qo’shma gap qismlarining ba’zisi bir, ba’zisi ikki tarkibli bo’ladi.
O’zbek tilshunosligida bir tarkibli gaplar olti turga bo’lib o’rganiladi. Mana shu bir sostavli gaplarning deyarli hammasi qo’shma gap shaklida kela oladi. Chunonchi, Oydin kecha, yoqimli shabada. Taning yayraydi, to’yib- to’yib nafas olasan. («Sharq yulduzi») Qani gapir, toqqa chiqildimi? kabi gaplar qo’shma gap tarkibida uning qismlari sifatida qo’llanadi.
Gapning bir va ikki tarkibliligi nazariyasi an’anaviy sintaksisga rus tilshunosligidan kirgan va bu konsepsiya substansional yo’nalishidagi nazariyadan tubdan farq qiladi.
6) o’zbek tili sintaksisida qo’shma gap uchga bo’lib o’rganiladi:
a) bog’langan qo’shma gap;
b) ergash gapli qo’shma gap;
v) bog’lovchisiz qo’shma gap;
Bu tasnif juda e’tizorli bo’lib, qaysi tamoyil asosida tuzilganligi aniq emas. Bir qaraganda, qismlarning o’zaro birikish usuliga ko’ra tasnif qilinganga o’xshaydi. Chunki bog’langan qo’shma gap deganda qismlari teng bog’lovchilar, ergash gapli qo’shma gap deganda qismlarning mazmunan birikishiga asosga olinadigan qo’shma gaplar, uchinchi turida esa teng va ergashtiruvchi bog’lovchilardan birortasining ham qo’shma gap qismlarini biriktirishda ishtirok etmasligi tushuniladi. Tasnif shu tarzda tuzilar ekan, bir qancha qonuniy savollar tug’iladi. Chunonchi, agar shu tasnif qo’shma gap qismlarining birikish usuliga asoslanib tuzilgan bo’lsa, komponentlari bir paytning o’zida ham teng, ham ergashtiruvchi bog’lovchi (...va...shuning uchun...)lar yordamida birikkan qo’shma gaplar qaysi turga kiradi? Nega kesimlari har xil grammatik shakllarda (- gan, -ib, -sa, -sin...) bo’lib, bosh gapga bog’lovchilarsiz birikkan qurilmalar ergash gapli qo’shma gaplar deyiladi? Qo’shma gapning bog’langan va ergash gapli deb ikkiga bo’linishida nega ikki qismli qo’shma gaplar asos olinadi? Ikki qismli ko’shma gaplarning ikki predikativ birlikning mazmun va ohangga ko’ra birikuvidan tuzilgan turi asosga olindi-yu, faqat ohang yordamida tuzilgan qo’shma gaplarga ahamiyat berilmadi;
7) qo’shma gap ichki turlariga baho berishda ham e’tirozli tomonlar bor edi. Jumladan, ergash gapli qo’shma gapning mazmun turlari bog’langan va bog’lovchisiz qo’shma gaplarga asossiz ravishda ko’chirildi. Natijada qo’shma gapning payt mazmunidagi bog’langan qo’shma gap, sabab mazmunidagi bog’langan qo’shma gap singari turlari paydo bo’ldi. Masalaga bunday yondashishdan ko’ra, an’anadan voz kechib, qo’shma gaplarni mazmun jihatidan butunicha alohida o’rganish ma’qul edi.
Ba’zi bir atamalar, iboralarning befarq qo’llangani natijasida sintaktik kategoriyalarni baholashda noaniqliklar, chalkashliklar kelib chiqadi. Buni bog’lovchisiz qo’shma gaplar bobida ko’rish mumkin. 1987 yilda nashr etilgan “Hozirgi o’zbek adabiy tili” (Sintaksis) darsligi mundarijasida “Bog’lovchi vositasiz birikkan qo’shma gaplar” deyiladi. Bu iborada, birinchidan, “komponentlari” yoki “qismlari» shakllangan bo’lishi, ikkinchidan, “bog’lovchi vositasiz” demasdan, “komponentlari bog’lovchilarsiz birikkan qo’shma gap” deyish ma’qulroq edi. Chunki “bog’lovchi vositasiz” iborasi ancha keng bo’lib, so’z turkumi bo’lgan bog’lovchilardan boshqa vositalarni ham o’z ichiga oladi. “Komponentlari bog’lovchisiz birikkan qo’shma gap” deyilganda, fikrimizcha, so’z turkumi bo’lgan bog’lovchi tushuniladi, boshqa vositalar esa bunga kirmaydi. Darslikning shu mavzu yoritilgan qismida “Bog’lovchi vositasiz birikkan qo’shma gap komponentlari o’zaro bog’lovchilarsiz yoki bog’lovchi vazifasidagi grammatik formalarsiz, faqat intonasiya bilangina birikib, sintaktik butunlikni hosil qiladi” deb qayd qilinadi.1 Bu tezisdagi “faqat” so’zi nazarda tutilsa, “bog’lovchi” keng ma’noda tushunilganga o’xshaydi. Agar shunday bo’lsa, bunga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki bog’lovchisiz qo’shma gaplarning komponentlari ohangdan tashqari, boshqa ko’p vositalar bilan ham birikadi. Bu G’.Abdurahmonov asarlarida asosli qayd etilgan.
Yuqoridalardan anglashiladiki, qo’shma gap bobida o’zbek formal grammatikasida ancha muammolar mavjud edi. Qo’shma gap tasnifidagi mana shunday har xil ziddiyatli talqinlar A.N.Kononovning turkiy tillarda qo’shma gap shu vaqtga qadar hamma e’tirof qiladigan maqbul bir mezonga ega emasligi2 haqidagi fikrini yana bir bor tasdiqlaydi;
8) qo’shma gapning ichki talqiniga kelsak, bunda ham ancha ziddiyatli fikrlar berilgan. Chunonchi, ergash gapli qo’shma gap bobida uning turlari bir-birlari bilan qorishtirilib tahlil qilinadi. Bulardan ayrimlarini ko’rib o’tamiz.
Shunday qo’shma gaplar borki, ularga turli tomondan yondashish natijasida turli xil qo’shma gap kelib chiqadi. Ana shunday qo’shma gaplarga ba’zan yuzaki yondashib, qo’shma gapning bir turini zo’rma-zo’raki boshqa turiga qo’shib qo’yamiz. Xuddi shuningdek, ba’zi bir yoyiq bo’laklarni ham ergash gap deb sanayveramiz. Bu holat, ko’pincha, ravish gapli qo’shma gaplarda uchraydi.
Ravish ergash gap bosh gapdagi ravish holini izohlaydi, shu bilan bosh gapda ifoda etilgan harakatning qanday holatda, qanday ravishda bajarilishini ko’rsatadi. Masalan, Siz shunday yozingki, biz uni tushunaylik gapining birinchi komponenti bosh, ikkinchi komponenti ergash gapdir. Bu gapdagi shunday (qilib so’zini qo’yish ham mumkin) bo’lagi ravish holi. Ergash gap ana shu ravish holini izohlaydi. Bu qo’shma gapni sodda gapga o’tkazsak, ergash gap yoyiq ravish holiga o’tib, “yozmoq” harakatining qanday holda, qanday ravishda bajarilishini ko’rsatadi: Biz tushunadigan qilib yozing kabi. Bu sodda gapdagi biz bo’lagi ega emas, subyekt bo’lib, yoyiq ravish holining bir unsuridir.
Miqdor tushunchasi bilan daraja tushunchasi bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun aniq (konkret) bitta gapni miqdor daraja ergash gapli qo’shma gap deb bo’lmaydi. Miqdor deganda harakatning bajarilishi miqdori (ko’p yoki kamligi) tushunilsa, daraja deganda harakat bajarilishining ko’p yoki kamligi emas, balki shu miqdorning darajasi, qay darajada ekanligi tushuniladi. Masalan, Sen qay darajada bilsang, u ham shu darajada biladi gapida miqdorning ko’p yoki kamligi haqida emas, balki shu miqdorning darajasi haqida gap boradi. Boshqacha aytganda, bu gapda ikki kishi bilim darajasining tengligi haqida gap boradi. Lekin bu tenglikning ko’pligi ham, kamligi ham aniq emas. Ko’p bilsang, ko’p; kam bilsang, kam biladi ma’nosida. Masalan, yanada oydinlashtirish uchun daraja ergash gapli qo’shma gaplarga bir-ikkita misol keltiramiz: Qiladigan ishingiz, maqsadingiz qanchalik yuqori, ulutvor bo’lsa, g’ayratingiz shuncha qaynayveradi. (R.Fayz.) Azizxonning jasorati qishloq ahlini qanchalar quvontirgan bo’lsa, Tursunboyning qilmishi shunchalik xafa qilgan edi. (S.Ahm.)
Daraja ergash gapli qo’shma gaplarda qancha-shuncha, qanchalik – shunchalik, qay darajada –shu darajada kabi so’zlar qo’llanadi. O’rni bilan, daraja so’zidan keyin ko’p, oz, kam, mo’l singari so’zlar ham ishlatiladi.
Daraja ergash gapli qo’shma gaplarning xarakterli belgisi daraja so’zi bo’lsa, miqdor (o’lchov ham deydilar) ergash gapli qo’shma gapning xarakterli belgisi ko’p, oz, kam, mo’l kabi so’zlardir. Shuni aytish kerakki, ko’p, oz so’zlari singari so’zlar daraja ergash gapli qo’shma gaplarda ishlatiladi. Ammo daraja so’zi miqdor ergash gapli qo’shma gaplarda deyarli qo’llanilmaydi. Masalan, Fursat, qancha kutsangiz, shuncha sabr-toqat qilaveradi («Sharq yulduzi») gapida daraja so’zini ishlatish qiyin.
9) turkiy tillarda, jumladan, o’zbek tilida ergash gaplar bilan sintaktik oborotlar orqali ifodalangan yoyiq ikkinchi darajali bo’laklar qorishtiriladi.
Sintaktik oborotlar (ularni yarim predikativ konstruksiyalar ham deydilar) ancha keng bo’lib, uyaga sifatdosh, ravishdosh, infinitiv oborotlardan tashqari ot, sifat, ravish, shuningdek, markaziy unsuri bor, yo’q singari so’zlar bilan ifodalangan oborotlar ham kiradi. Gapning barcha bo’laklari, hatto undalma ham sintaktik oborotlar bilan ifodalangan ikkinchi darajali bo’laklar ergash gap bilan qorishtiriladi. Bu masalani o’rganish ham tilshunos olimlarimiz oldida turgan vazifalardan biridir;
10) kirish konstruksiyali, aniqrog’i, kirish gap sodda gaplar grammatik qurilishi jihatdan ergash gapli qo’shma gaplarga o’xshaydi. Shuning uchun bu ikki kategoriya deyarli hamma vaqt bir-biri bilan qorishtiriladi yoki kishini ikkilantiradi. Bunday qorishtirishlarni bartaraf etish haqida shu masala bilan bevosita qiziqqan A.P.Sayfullayev tomonidan ayrim fikrlar aytib o’tiladi, chunonchi, kirish gapli sodda gaplar, ko’pincha, to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplarga o’xshaydi. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplarni yoyiq to’ldiruvchi sodda gaplarga o’tkazish mumkin. Ammo kirish gapli sodda gaplarda bunday yo’l tutib bo’lmaydi.
Kirish gaplarni boshqa so’zlar bilan almashtirish mumkin, ammo ergash gaplarni biror so’z bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunonchi, Siz shuni bilingki, doim yodimdasiz to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapda bosh gapni ham, ergash gapni ham biror so’z bilan almashtirib bo’lmaydi. Aytaylik, Siz bordingiz, ish usuli o’zgardimi? gapi kirish gapli qo’shma gap bo’lib, uning kirish gapini (aytaylik) biror so’z bilan almashtirish mumkin, jumladan, uni xo’p, masalan singari so’zlar bilan almashtirsa bo’ladi;
11) nutqimizda keng iste’molda bo’lgan qator hodisalar borki, ularning o’rni grammatik qurilishda aniq belgilanmagan. Shulardan biri tarkibli kesimlarga ega bo’lgan qo’shma gap strukturali nutqiy hosilalardir. Bunday qurilmalarda predikativlik ma’nolari har ikkala kesim uchun umumiy bo’lgan taqdirda – predikativlik shaklini o’zida tashuvchi unsur ko’pincha “ixchamlik” maqsadida “qavsdan tashqariga chiqariladi”, ya’ni u umumiy bo’lak sifatida gapning oxirida kelib har ikkala kesimga tegishli bo’ladi.1
12. An’anaviy grammatikada undov, buyruq va hissiy baho ifodalaydigan, tasdiq va inkorni, muomala odatlarini bildiradigan gaplarning hammasi bir guruhga – bo’laklarga ajralmaydigan gaplarga mujassamlashtiriladi.2 Ba’zi adabiyotlarda bunday gaplar so’z-gap deb ham yuritiladi.3 Formal-funksional nuqtai nazardan yondashganda bu so’zlarda so’z turkumlarining bir-biridan ajralmagan, qorishiq (diffuz) holatlarining4 qoldig’i o’z aksini topgani va ular bir tarkibli qorishiq so’z-gaplarning tashkil etishi ko’zga tashlanadi.5 Bundagi qorishiq so’z-gaplar so’z turkumlari doirasida ham, sodda va qo’shma gaplar tarkibida ham qator o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Shu kabi hosilalar gap tarkibida kelganda darak, so’roq va buyruq gaplar shaklida qo’llanishi uchraydi. Chunonchi, – Yaxshi keldingizmi? – Rahmat, shukur gapining ikki qismi ham bir tarkibli, darak mazmunidagi sodda gaplardir. Mana shu qorishiq so’z – gaplarning oddiy atov birliklari bilan shakldoshligi, bunday so’z-gaplarning ma’no va vazifaga ko’ra turlari kabi masalalar hanuzgacha o’z yechimini kutmoqda.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, sodda gapning faqat o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari juda oz bo’lib, ular sodda gapni sintaksisning bir bo’limi (sodda gap sintaksisi) sifatida o’rganishga asos bo’lolmaydi. Ammo qo’shma gapning sodda gap bilan bo’lgan umumiy xususiyatlardan tashqari, faqat o’ziga xos bo’lgan xususiy tomonlari ko’p. Buni sintaksisni faqat “Qo’shma gap sintaksisi” deb o’rganish kerak deb tushunmaslik kerak. Umumiy xususiyatlari ularni birlashtirib turadi. Bunda shuni qayd etish kerakki, sodda gapga qaraganda so’zlar birikmasining doirasi keng. Shuning uchun ham sintaksisni sodda va qo’shma gap sintaksisi deb emas, balki “So’zlar birikmasi sintaksisi” va “Gap sintaksisi” deb ikkiga bo’lib o’rganish mumkin. Ammo so’zlar birikmasi (sintaktik) gap sintaksisida talqin qilinadi. So’zlar birikmasi gap birligi, gapning qurilish materialidir. Shuning uchun ham “So’z birikmasi sintaksisi”ning “Gap sintaksisi”ga nisbatan ichki sintaksis deb hisoblanishi tabiiydir. Demak, “So’zlar birikmasi sintaksisi” “Gap sintaksisi” ichida o’rganiladi.
Sintaksisda qo’shma gap eng yirik kategoriya, ammo oxirgi nuqta emas. Undan tashqari matn (tekst) ham bor. Matn bir-biriga bog’liq bo’lgan murakkab mazmunlarni ifodalaydi. Bu murakkab mazmunlar sodda gaplar orqali ham, qo’shma gaplar orqali ham yuzaga chiqadi. Demak, matnning qurilish materiali sodda va qo’shma gaplardir. Matn bir va bir qancha qismlardan ham iborat bo’ladi. Matnning sodda va qo’shma gaplarga, qo’shma gapning turlariga ajratish qiyin bo’ladi. Shuningdek, ajratib bo’lmaydigan ko’rinishlari ham uchraydi. Bu qisqa ma’lumotdan ko’rinadiki, matn sodda va qo’shma gaplardan tubdan farq qiladi va sintaksisdagi yirik hamda murakkab kategoriya hisoblanadi. Shunga ko’ra, sintaksisni gap va matn sintaksisi deb ikkiga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiqdir.
O’zbek tilshunosligida matn sintaksisi endi qo’l urilayotgan soha bo’lib, ichki sintaksis unga nisbatan ancha keng o’rganilgan. Shunday bo’lsa ham, ichki sintaksisning o’rganilishining kechiktirib bo’lmaydigan tomonlari ko’p. Bularni o’rganib, bu sintaksis bo’yicha mukammal xulosalarga kelish hozirgi kunning muhim masalalaridan biridir.
Bugungi kunda o’zbek formal (an’anaviy) tilshunosligi zaminida vujudga kelib, o’ziga xos metodologiya, metodika va metodlari hamda tadqiq tamoyillariga ega bo’lgan o’zbek substansional tilshunosligi, xususan, uning tarkibiy qismi bo’lgan substansional sintaksis sohasi keng taraqqiy etmoqda. O’zbek substansional tilshunosligi asosan o’zbek tilini tadqiq etmoqda. Biroq uning tadqiq tamoyillarini va yondashuv usullarini dunyo tillarini tekshirishga ham joriy etish dunyo miqyosida to’la ma’noda Hind tilshunosligi, Iskandariya tilshunosligi, Arab tilshunosligi, Nemis tilshunosligi, Rus tilshunosligi qatorida O’zbek tilshunosligi vujudga kelishini ta’minlaydi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish