Muloqotdagi qiyinchilik muammosini psixologik-pedagogik adabiyotlarda o’rganilganligi


Muloqotdagi qiyinchilikni mazmun mohiyati



Download 71,62 Kb.
bet4/8
Sana24.01.2022
Hajmi71,62 Kb.
#406766
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi psixalogiya

1.1. Muloqotdagi qiyinchilikni mazmun mohiyati.
Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan
kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida
axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning
kommunikativ (o'zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi.
Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak.
Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot
almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi,
insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi
kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga
oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va
munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba
va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda
(individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat
davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar
shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir.
Kishilar munosabatga kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar.
Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro
birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas,
balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning
keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta
olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal
uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak,
muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro
birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish
amalga oshiriladi.

Har bir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan


muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal oilada,
bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va
jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa,
ongimiz ham rivojlanmaydi. Kimlar bilandir bo'lgan muloqotdan
qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, pedagogik
faoliyatda muhim o'rin tutadi.

Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita ―yuzma-yuz‖bo’lishi u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va boshqalar) orqali amalga oshiriladigan;biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do’stona bo’lishi; sub‘ekt-sub‘ekt tipli(dialogik, sheriklik) yoki sub‘ekt-ob‘ektli (monologik) bo’lishi mumkinligini professorV.Karimova ta‘kidlaydi.

Insoniy munosabatlar o’zaro shunday ta‘sir jarayonlariki, unda shaxslararo munosabatlarshakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon dastlab kishilar o’rtasida ro’y beradigan fikrlar,his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Kishilar muloqotdabo’lgani sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshashlik va o’yg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki,
ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki ―yarimta jumladan‖ham fikr ayon bo’ladiganbo’lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig’izligi teskari reaksiyalarni-birbiridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan,oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig’iz munosabatlarga kiradi. Faqat bundaytig’izlik oilaning barcha a‘zolari o’rtasida emas, uning ayrim a‘zolari o’rtasida bo’lishi mumkin.(ota-ona, qaynona-kelin).
O’zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko’zlaydigan asosiymaqsadlari- o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Har qanday faoliyatdan zerikish,charchash mumkin, faqat kishi muloqotdan, ayniqsa uning norasmiy, samimiy, bevositashaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma‘naviy jihatdanrag’batlantiriladilar.

XXI asr bo’sag’asida kishining eng tabiiy bo’lgan muloqotga bo’lgan ehtiyoji, uning sirlaridanhabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta‘sir eta olishga bo’lgan intilishi yanada oshdi vabuning bir qator sabablari bor.

Birinchidan, axborotlarni ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma‘lumotlarni
saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo qiladi. Axborot XX1 asrda eng nodirkapitalga aylanadi va bu o’z navbatida insonlarga zarur axborotlar o’zatilishi tezligi va tempinio’zgartiradi.

Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan kishilar guruhining ko’payishi, ularo’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig’iz sharoitda oddiygina muloqotniemas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi.

Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-xunarlar soni ortdiki, ular sotsionomik guruhkasblar deb atalib, ularda ―odam-odam‖ dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi.Muloqot shaxslararo munosabatlarning shunday ko’rinishidirki, uning yordamidaodamlar bir-birlari bilan o’zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o’zaro axborot almashadilar,bir-birlariga ta‘sir o’tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar.Shuning uchun muloqot ijtimoiy psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barchasohalarida ishtiroq etib, hamqorlik faoliyatining moddiy, ma‘naviy, madaniy, emotsional,motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xilehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog’liq bo’lib. Shaxslararomunosabat, barkamol avlod, komil inson g’oyalarini anglatadi. Muloqot muvaffaqiyatiningnegizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, harakter hislati,individual-tipologikxususiyati, qobiliyati, e‘tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon bo’lishi, rivojlanishihisoblanadi. Muloqot jarayonida muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuyg’ulari,ko’nikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta‘sir o’tkazish uslubi tarkib topishimumkin. Muloqot tashqi ta‘sirlar, namunalar asosida o’zini-o’zi tuzatish, qayta tarbiyalash,shaxsiy imkoniyatini ruyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.

Barkamol insonlarning muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatgakirishish o’quvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham, boshqa odamlar tomonidan taqlidqilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar o’rtasidagi shaxslararomunosabat jarayonida g’ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish – o’zini – o’zimukammallashtirish, o’zini – o’zi ruyobga chiqarish, o’zini-o’zi boshqarish, o’zini – o’zibaholash, o’ziga – o’zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir.Shuning uchun ichki va tashqi taqlidning tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich egallab


borish – bo’lg’usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatidashakllanishining garovidir.

Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu o’zini – o’zi ortiqcha yoki pastbaholash tufayli o’ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto’g’ri munosabatdir. Buning oldiniolish imkoniyatlari mavjud bo’lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sariyetaklaydi:

1) hamqorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a‘zolario’rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslashimkoniyatini yuzaga keltirish.

2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a‘zoning qulay pozitsiyasini


ta‘minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to’g’risidagi axborotni egallashga oid maxsus mashg‗ulotlarni uyushtirish.

4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo’ljallangan ishbilarmonliko’yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.L. S. Vigotskiy, A. N. Leontev, A.R. Luriya, D.B.Elkonin,A. V. Zaporojets, M. I.Lisina tadqiqotlarida ko’rsatilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiyehtiyojlaridan biri - bu muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V.Zaporojets va M. I. Lisinalartadqiqotlarida ta‘kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi:

1) e‘tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo’ladi;

2) kattalar bilan hamqorlik qilish ehtiyoji tug’iladi;

3) avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji tug’iladi;


4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o’zaro bir-birinitushunishehtiyoji vujudga keladi.

Xullas, inson o’zini idora qilish, turli vaziyatlarda o’zini tutish fazilatlari


o’zlashtirilayotgan davrda ba‘zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamqorlik fazilatida ma‘lumyutuqlarga erishadi:

  1. Ijtimoiy hodisalarning tashqi voqe bo’lishi nafaqat ichki ruhiy holat va uning
    mazmunini aks ettiribgina qolmaydi, balki ikki tomonlama aloqa tufaylimazkur jarayon yuzagakeladi.

  2. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi ob‘ektlarga

Yo’naltirilganligi va to’planganligi turliomillar ta‘siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytiribmuloqot maromiga putur yetkazadi.
3. Inson o’zini erkin, ozod, bemalol his etish hislatini o’zlashtirish uchun jismoniy
keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zo’riqish orqali ko’zlangan maqsadiga yetishi mumkin.
Yuqoridagi qoidalarga barcha talabalar rioya qilib, gavdalarini to’g’ri tutish, muammolivaziyatlarga va muloqot maqsadiga, maromiga mutanosib tushadiganhodisalar, holatlar,sharoitlar, muayyan muhit, mazmunli harakatlar, imo - ishoralar, mimika, pantomimika ustidaishtiyoq bilan shug’ullansalar, yengil tabassum, iliq, miyig’ida kulish, chiroyli yurish kabimashqlarni amalga oshirsalar, noverbal nutq yordami bilan shaxslararo munosabatni to’g’riyo’lga qo’yish imkoniyatiga erishadilar. Atrofdagilarda yoqimli taassurot qoldirish, ularda mehr
- muhabbat tuyg’usini o’yg’otish muloqotdosh tanlashga imkon tug’diradi.Jismoniy vama‘naviy jihatdan erkinlikka erishish o’ziga ishonch tuyg’usini yuzaga keltirsa, mustaqillikmuloqotda teng huquqli sherik bo’lishga shart-sharoit yaratadi.

Shaxsiy psixologok qiyinchiliklar sohasi aloqa hamkorlarining indvidual -psixologik xususiyatlari komunikativ qiyinchiliklarning sababi sifatida faoliyat yuritadigan sohadir. Muloqotga eng katta ta’sir ko’rsatadigan va unga mos kelmaydigan qiyinchiliklarga olib keladigan sheriklarning indvidual psixologik xususiyatlari orasida ko’pincha quyidagilar qayd etiladi: muloqoy, aloqa, hissiy barqarorlik, qo’shimcha introvertsiya va boshqalar. Yetarlicha katta qiyinchiliklar aloqa sheriklarining nazoratsiz reaksiyasida namoyon bo’ladigon xissiy tartibga solishning yo’qligi yoki past darajaga olib keladi.Bunga qarab muloqotning umumiy donaligi, matnning intonatsion, leksik va grammatik xususiyatlari og’zaki bo’lmagan vositalar o’zgaradi.Intelektual hissiy xulq-atvor shaxsiy ko’rinishlarini o’z ichiga olgan indvidual-psixologik xususiyatlarga rioya qilish muloqotni osonlashtirishi va qiyinlashtirishi mumkin.




Download 71,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish