Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ta‘lim jarayonining ko’plab metodlari, shakllari, vositalarimavjud bo’lib, ulardan omilkorlik bilan foydalanish to’g’risida jahon psixologiyasida ko’plabyondashuvlar, konsepsiyalar, nazariyalar yaratilgan. Insonni aqliy rivojlantirish masalasi kishilikjamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida mutafakkirlar hamda faylasuf, tarixchi, psixolog va
pedagog olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Buni, birinchi navbatda, Sharq allomalaritomonidan yaratilgan ilmiy-axloqiy asarlarda ko’rish mumkin. Qomusiy olimlar – Abu NasrForobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kaykovus, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf XosHojib, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning barkamol insonning aqliy tarbiyasidailm-fanning o’rni haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotgan emas.
Ilmiy adabiyotlarning kompleks o’rganilishi va tahlil etilishi shuni ko’rsatmoqdaki, mazkurmuammo jahon psixologiya fanida XX asr boshlaridan o’rganilib kelinmoqda. Muammomasalalari, ayniqsa G’arb psixologiyasida ayrim olimlar tomonidan chuqur o’rganilgan, biroq,O’zbekiston uchun uning zaruriy, nozik jabhasi ob‘ekt sifatida kam tadqiq etilgan.Shuningdek,G.Yu.Ayzenk, L.S. Vigotskiy, M.G.Davletshin, D. Dyui, V.M,Karimova, A.N.Markova,V.S.Merlin, L.M.Mitina, R.S.Nemov, A.Palmar, V.V.Pospeev, E.G‗oziev, A.A.Rean,
I.Ye.Rogov, S.L.Rubinshteyn, Fridman kabi olimlarning tadqiqotlarida o’quvchilarning aqliyrivojlanishini tashkil etishning ijtimoiy-psixologik mohiyati asoslab berilgan. J.Piaje,V.Shtern va boshqalar intellekt hayotning turli sharoitlariga biopsixologik moslashishdir, debqaraydilar. J.Piaje tadqiqotlarida bola intellekti sifat jihatidan farq qiluvchi 2 bosqichni o’zichiga oladi. Birinchisi nutqda o’z ifodasini topsa, ikkinchi bosqichda intellekt o’ziga xos aqliy
operatsiyalarni amalga oshiradi, bu uning mohiyatini o’zida ifoda etadi. J.Piajening asarlaridaintellektning rivojlanish dinamikasi, uning psixologik asoslari yaqqol namoyon bo’ladi. Uningasosiy tadqiqotlari
―Bola nutqi va tafakkuri‖ (1923),
―Bolada intellektni tug’ilishi‖ (1936),
―Bolada hukm va xulosa chiqarish‖ (1936),
―Intellekt psixologiyasi‖ (1946) va boshqaasarlarida o’z ifodasini topgan. Rus psixologiyasida intellektning yaxlitligi va uning shaxsbilan bog‗liqligi tomonidan yondashiladi. Xususan, rus psixologlaridan L.S.Vigotskiy,P.P.Blonskiy A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlariturli yoshdagi odamlar intellektini diagnostika qilish, rivojlanish dinamikasi va psixologikjihatlarini o’rganishga xarakat qilganlar. O’zbekiston Respublikasida intellekt yoshdavrlarining o’ziga xos jihatlari borasida M.Vohidov, M.Davletshin, E.G’oziev va boshqalar olibborgan ilmiy-psixologik ishlarda ko’zga tashlanadi, ammo o’quvchi intellektining diagnostikasi,uni rivojlanish xususiyatlari o’ziga xosligi juda kam o’rganilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |