Frontal proyeksiyalar tekisligini almashtirish
1-rasm, a da H va V tekisliklar sistemasida A nuqtaning tasviri berilgan. V tekislikni V1 tekislikka almashtirish va A nuqtaning V1 dagi A″1 proyeksiyasini yasash kerak.
V1 tekislik H ga perpendikulyar (gorizontal proyeksiyalovchi) qilib olinadi, bu tekislik yangi frontal proyeksiyalar tekisligi deyiladi. Uning gorizontal izi yangi proyeksiyalar o’qi deb qabul qilinadi va O1X1 bilan belgilanadi. A nuqtaning V1 tekislikdagi, A″1 proyeksiyasi yangi frontal proyeksiya deyiladi.
1-rasm.
V1 tekislik N ga perpendikulyar qilib olinganligi sababli, V ga nisbatan qanday vaziyatda joylashuvidan qat’i nazar, A puqtadan H gacha bo’lgan masofa (applikata z) o’zgarmaydi. Yangi frontal A″1 proyeksiyani yasash uchun fazoda A nuqtadan V1 tekislikka perpendikulyar tushirish kerak (AA″1V1). V1H va AA′ || A″1AX1 bo’lgani uchun, AA′AX1A″1 to’g’ri turtburchak, demak, A″AXi = AA′ = Ax A″ = z bo’ladi. Bu hol istalgan nuqta uchun ham yaroqlidir.
Shunday qilib, V tekislik Vl tekislikka almashtirilganda nuktaning yangi frontal proyeksiyasidan yangi proyeksiyalar o’qigacha bo’lgan masofa o’sha nuqtaning eski frontal proyeksiyasidan eski proyeksiyalar o’qigacha bo’lgan masofaga teng bo’ladi (A″1AX1 = A″AX ).
Fazoviy ko’rinishdan epyurga o’tish uchun V1 tekislik O1X1 o’qi atrofida aylantirilib, H tekislikka joylashtiriladi. Shunday qilinganda nuqtaning yangi frontal proyeksiyasi (A″1) ham aylanib borib, N tekislikka joylashadi va eski gorizontal proyeksiya (A′) bilan ikkalasi yangi O1X1 o’qga perpendikulyar bir to’g’ri chiziqda bo’lib qoladi.
Bu yerda shuni ham aytib o’tish kerakki, V1 tekislikdan A nuqtagacha bo’lgan masofa (AA″1 = A′AX1) ixtiyoriy bo’lishi va V1 tekislik nuqtaning istalgan tomonida olinishi mumkin. Eski VN sistemada berilgan A nuqta uchun ordinata y=AA″=AAX1 bo’lsa, yangi V1H sistemada nuqtaning ordinatasi boshqa, ya’ni y1 = AA″1 = AX1A′ bo’ladi, applikatasi (z) esa o’zgarmaydi.
1-rasm, b da nuqtaning VN sistemada berilgan (A′, A″) proyeksiyalari bo’yicha uning V1H sistemadagi proyekpiyalarini epyurda yasash ko’rsatilgan. Buning uchun nuqtaning gorizontal proyeksiyasi (A′) orqali O1X1 o’qiga nisbatan perpendikulyar o’tkazilgan va unda AX1A″1=AXA″=z masofani qo’yib, yangi frontal proyeksiya (A″) topilgan. Hosil bo’lgan (A′, A″) lar nuqtaning V1N sistemadagi yangi ortogonal proyeksiyalaridir.
Gorizontal proyeksiyalar tekisligini almashtirish
2-rasm, a da A nuqta uchun gorizontal proyeksiyalar tekisligi N ni N1 tekislikka almashtirishning fazoviy sxemasi ko’rsatilgan. N1 tekislik V ga perpendikulyar (frontal proyeksiyalovchi) bo’lgani uchun u, shartli suratda, yangi gorizontal proyeksiyalar tekisligi deyiladi. H1 tekislikning frontal izi (O1X1) yangi proyeksiyalar o’qi deyiladi. Epyur hosil qilish uchun N1 tekislik O1X1 atrofida aylantirilib, V tekislikka jipslashtiriladi. H1 bilan birga nuqtaning yangi gorizontal proyeksiyasi (A′1) ham aylanib borib, V tekislikka tushadi va eski frontal proyeksiya (A″) bilan ikkalasi O1X1 o’qiga perpendikulyar bir to’g’ri chiziqda bo’lib qoladi.
Nuqtadan V tekislikgacha bo’lgan masofa (ordinata y) o’zgarmaydi (A′1AXl = AA″ = A′AX = y).
Nuqtaning yangi applikatasi z1 = AA′1 = A″AX1 bo’lib qoladi.
Shunday qilib, H tekislik H1 tekislikka almashtirilganda nuqtaning yangi gorizontal proyeksiyasidan yangi proyeksiyalar o’qigacha bo’lgan masofa o’sha nuqtaning oldingi (eski) gorizontal proyekpiyasidan oldingi proyeksiyalar o’qigacha bo’lgan masofaga teng, ya’ni A′1AX1 = A′AX = y bo’ladi. Shunga binoan, epyurda O1X1 ma’lum bo’lsa, nuqtaning yangi gorizontal proyeksiyasi (A′1) ni yasash uchun A″ dan O1X1 ga perpendikulyar tushirish va unda AX1A′1=AXA′ kesmani o’lchab qo’yish kerak (2-rasm, b).
2-rasm.
Proyeksiyalar tekisliklariniig ikkalasini ketma-ket almashtirish
A nuqtaning VH sistemadagi proyeksiyalaridan foydalanib, uning butunlay yangi VlH1 sistemadagi proyeksiyalarini yasash zarur bo’lsin (3-rasm). Masalaning shartiga qarab, dastlab O1X1 o’qi chiziladi va tekisliklardan biri, masalan, V tekislik V1 ga almashtiriladi.
3-rasm.
Buning uchun A′ orqali O1X1 o’qiga perpendikulyar o’tkaziladi va unda AX1 A″1 = AX A″ = z masofa qo’yilib, A″1 topiladi. Shunday qilib, berilgan sistemadan V1H sistemaga o’tiladi. Keyin O2X2 proyeksiyalar o’qi chiziladi va H tekislik yangi H1 tekislikka almashtiriladi. Buning uchun nuqtaning yangi frontal proyeksiyasi (A″1) dan O2X2 o’qiga perpendikulyar tushiriladi va unda AX2A1 = AX1A′ = y1 masofa qo’yilib, A′1 topiladi. Shy yo’l bilan V1H sistemadan butunlay yangi VlH1 sistemaga ko’chiladi; hosil bo’lgan (A′1, A″1) nuqtaning yangi ortogonal proyeksiyalaridir. Bu yangi sistemada nuqtaning koordinatalari ham yangi: ordinatasi y1= A′1AX2 va applikatasi z1=A″1AX2 bo’lib qoladi.
Proyeksiya tekisliklarini almashtirish usuli bilan yechiladigan asosiy masalalar
Epyurda yangi proyeksiyalar tekisligining vaziyati yangi proyeksiyalar o’qining vaziyati bilan to’la aniqlanadi; tekislikning ikkinchi izi ko’rsatilmaydi. Yangi proyeksiyalar o’qining yo’nalishi har qaysi masalaning shartiga qarab belgilanadi. Proyeksiya tekisliklarini almashtirish usuli bilan yechiladigan hamma masalalarni guruhlarga bo’lish mumkin. Guruhlardan har biri tubandagi yasashlardan birining bajarilishini talab qiladi, ya’ni proyeksiya tekisliklari sistemasi shunday almashtirilishi kerakki:
1) berilgan to’g’ri chiziq yangi sistemada xususiy holdagi to’g’ri chiziq (gorizontal yoki frontal) bo’lib qolishi;
2) izlari bilan berilgan tekislik yangi sistemadagi proyeksiya tekisliklaridan biriga proyeksiyalovchi bo’lib qolishi;
3) berilgan umumiy vaziyatdagi to’g’ri chiziq yangi sistemada proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq bo’lib, uning bir proyeksiyasi nuqtaga aylanishi;
4) tekis shakl yangi tekislikka to’g’ri chiziq kesmasi tarzida proyeksiyalanishi;
5) berilgan tekis shaklning tekisligi yangi sistemadagi proyeksiya tekisliklaridan biriga parallel bo’lib qolishi lozim.
1-misol. Proyeksiya tekisliklaridan biri shunday almashtirilsinki, berilgan AB to’g’ri chiziq yangi sistemada frontal (yoki gorizontal) bo’lib qolsin (4-rasm).
Ma’lumki, agar to’g’ri chiziq frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lsa, uning gorizontal proyeksiyasi proyeksiyalar o’qiga parallel bo’ladi. Demak, V ni AB ga parallel V1 tekislikka almashtirish uchun yangi O1X1 proyeksiyalar o’qini A′B′ ga parallel qilib o’tkazamiz; O1X1 bilan A′B′ orasidagi masofa ixtiyoriydir.
AB kesmaning yangi A″1B″1 proyeksiyasini yasash uchun A′ va B′ nuqtalardan O1X1 ga perpendikulyarlar o’tkazib, ular bo’yicha AX1A″1 = AXA″ va BX1B″1 = BX B″ kesmalarni o’lchab qo’yamiz.
Yangi V1H sistemadagi proyeksiyalardan ko’rinib turibdiki, to’g’ri chiziq AB frontal bo’lib qoldi (AB || V1). AB chiziqni gorizontal qilish uchun H ni H1 ga almashtirish kerak.
4-rasm. 5-rasm.
Birinchi misoldagi yasashdan foydalanib:
AB kesmaning o’zunligini;
kesma bilan K tekislik orasidagi α burchakni;
nuqtadan to’g’ri chiziqgacha bo’lgan masofani topish mumkin (β burchakni topish uchun H ni H1 ga almashtirish kerak).
Bu holda yangi tekislikka berilgan kesmani va nuqtani proyeksiyalash kerak, keyin nuqtadan chiziqga perpendikulyar tushirish uchun to’g’ri burchakni proyeksiyalash qoidasini tadbiq etish lozim.
2-misol. Proyeksiya tekisliklaridan biri shunday almashtirilsinki, berilgan R tekislik yangi tekislikka proyeksiyalovchi bo’lib qolsin (5-rasm).
Ma’lumki, tekislik, masalan, frontal proyeksiyalovchi bo’lsa, uning gorizontal izi proyeksiyalar o’qiga perpendikulyar bo’ladi. Shunga ko’ra, Yangi O1X1 o’qini berilgan tekislikning gorizontal iziga perpendikulyar (O1X1PH) qilib, istalgan joydan o’tkazamiz. Shunday bo’lganda PH o’z joyida qoladi, lekin izlarning uchrashuv nuqtasi yangi proyeksiyalar o’qidagi PX1 nuqtada bo’ladi. Tekislikning V1H sistemadagi yangi PV1 izini yasash uchun uning eski PV izida olingan ixtiyoriy (N″, N′) nuqtadan foydalanamiz. Bu nuqtaning yangi frontal proyeksiyasi (N″1) PX1 bilan tutashtirilsa, PV1 hosil bo’ladi.
Ikkinchi misoldagi yasashdan foydalanib, quyidagilarni topish mumkin:
1) P tekislikning H ga qiyalik burchagi (α) ni va V ga qiyalik burchagi (β) ni (5-rasmda α burchak topilgan; β burchakni topish uchun V ni o’z joyida qoldirib, H tekislikni H1 ga almashtirish kerak);
2) parallel tekisliklar orasidagi qisqa masofani;
3) tekislikdan unga parallel to’g’ri chiziqgacha bo’lgan masofani;
4) to’g’ri chiziq bilan tekislikning kesishuv nuqtasini;
5) nuqtadan tekislikgacha bo’lgan masofani;
6) sirtlarning tekis kesimlarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |