B va C nuqtalarning yangi frontal proyeksiyalari (B″1 va C″1) aylantirish o’qining A″D″ proyeksiyasida bo’ladi.
Shaklda B va C nuqtalarning aylantirilishidan hosil bo’lgan gorizontal proyeksiyalovchi tekisliklarning faqat gorizontal izlari (QH, SH) ko’rsatilgan.
17-rasmdagi uchburchak o’z gorizontali atrofida aylantirilib, H ga parallel vaziyatga keltirilgandagi aylantirish burchagi (φ) uchburchak bilan H orasidagi ikki yoqli burchakning kattaligi (α) ga teng (φ=α). Bu burchak epyurda aylantirish radiusining haqiqiy o’zunligi bilan uning gorizontal proyeksiyasi orasidagi burchakga baravardir, chunki aylantirish radiusi uchburchak tekisligining eng katta qiyalik chizig’iga to’g’ri keladi.
Berilgan ABC uchburchakni gorizontali atrofida aylantirib, gorizontal proyeksiyalovchi vaziyatga ham keltirish mumkin. (Bu ishni qanday qilib bajarish mumkin?)
Yukoridagi yasashga o’xshash yasash bilan tekis shaklni uning frontali atrofida aylantirib, V tekislikka parallel vaziyatga keltirish mumkin.
11-mavzu.
Tekislikni o’z izlaridan biri atrofida aylantirish
Izlari bilan berilgan tekislikda yasashga doir masalalarni yechish yoki tekislikda yotgan shakllarning haqiqiy ko’rinishini yasash uchun, berilgan tekislikni uning izlaridan biri atrofida aylantirib, o’sha izi yotgan proyeksiyalar tekisligi bilan ustma-ust tushirish (jipslashtirish) qulaydir. Tekislikning gorizontal izi uning gorizontallaridan biri (xususiy vaziyatdagi gorizontali), frontal izi esa xususiy vaziyatdagi frontali bo’lgani uchun, bu aylantirishning yuqoridagi tekislikni o’z gorizontali yoki frontali atrofida aylantirishdan (42-paragraf) hyech qanday prinsipial farqi yo’q.
18-rasm.
18-rasm, a da umumiy vaziyatdagi P tekislikni shu tekislikda yotgan A nuqta bilan birga gorizontal PH izi atrofida aylantirib, H tekislikka joylashtirish ko’rsatilgan. A nuqtadan P tekislikda AN gorizontal chizamiz; gorizontalning frontal izi (N″) tekislikning frontal izida bo’ladi. Tekislik H tekislikka jipslashtirilgandan so’ng PH PX PV0 vaziyatni oladi; uning gorizontal izi (PH) o’z joyida qoladi, frontal izi tekislikdagi boshqa nuqtalar bilan birga aylanib, H tekislikka tushadi va PV0 vaziyatni oladi. Shunga ko’ra, tekislikdagi barcha nuqtalarning aylantirilgandan keyingi yangi proyeksiyalarini yasash uchun tekislikning frontal izidagi birorta ixtiyoriy nuqtaning aylantirilgandan keyingi vaziyatini topib, uni PX bilan tutashtirsak, PV0 kelib chiqadi. Rasmda ixtiyoriy nuqta sifatida N nuqta olingan. N nuqtaning aylantirish tekisligi (Q) gorizontal proyeksiyalovchi tekislik bo’lib PH ga perpendikulyar joylashgan. Q bilan PH ning kesishuv nuqtasi (O) N nuqtaning aylantirilish markazi, ON kesma esa uning aylan- tirilish radiusidir. P tekislik H ga jipslashtirilgandan keyin aylantirish radiusi QH izga tushadi va uning uchida N0 hosil bo’ladi. Bu N0 nuqtani PX bilan tutashtirib, PV0 ni topamiz. Epyurda N0 nuqtani topish uchun (18-rasm, b) tekislikning PV izida ixtiyoriy N nuqta olamiz (N″ ham shu joyda) va uning gorizontal proyeksiyasi (N′) orqali aylantirish o’qi PH iziga perpendikulyar qilib N′O ni o’tkazamiz. Bu perpendikulyar QH bo’ladi. Endi PX nuqtadan PXN″ radiusli yoy bilan N′O chiziqning davomini kesib, N nuqtaning yangi – H ga jipslashtirilgandagi o’rni (N0) ni topamiz. N0 nuqtani qo’zg’almas PX nuqta bilan tutashtirsak, PV0 hosil bo’ladi.
Tekislikning A nuqtasidan o’tgan gorizontali (AN) ham tekislik bilan birga aylanib borib, H tekislikka jipslashadi. AN gorizontal hamma vaqt PH ga parallelligicha qoladi va H bilan jipslashgandan keyin N0 nuqtadan o’tadi (N0A0 || PH).
A nuqtaning aylantirilish radiusi N nuqtaning aylantirilish radiusiga teng, A nuqtaning aylantirilish tekisligi S || Q bo’ladi; uning SH izi A nuqtaning gorizontal proyeksiyasi (A′) dan PH ga perpendikulyar bo’lib o’tadi. Shunday qilib, N0 nuqtadan PH ga parallel va A′ dan PH ga perpendikulyar o’tkazsak, ularning kesishuv joyida A nuqtaning yangi o’rni (A0) kelib chiqadi.
Tekislikning yangi PV0 izini chizish uchun zarur bo’lgan N0 nuqta aylantirish radiusining haqiqiy o’zunligini yasash yo’li bilan topilsa ham bo’ladi. Buning uchun, avvalo, ON′ va N′N″ katetlari asosida to’g’ri burchakli ON′N1 uchburchak (A′N1=N′N″) yasalsa, uning gipotenuzasi (ON1) aylantirish radiusiga teng bo’ladi. Keyin aylantirish markazi (O) dan N′O chiziq bo’yicha ON0=ONt=R kesma qo’yilib, N0 nuqta topiladi.
Epyurdan ravshan ko’rinib turibdiki, A nuqtaning jipslashtirilgandan keyingi o’rni P tekislikning izlari va 18-rasm, b da tasvirlangan H dagi bitta proyeksiyasi bo’lgandagina yasalishi mumkin, nuqtaning ikkinchi (A″) proyeksiyasidan yasashda foydalanilmaydi.
Bu xulosa izlari orqali berilgan umumiy vaziyatdagi tekislikda yotgan tekis shaklning bir proyeksiyasi mavjud bo’lganda uning haqiqiy ko’rinishini yasash uchun muhimdir.
1-misol. Tekislikning izlari (PH, PV) va unda yotgan uchburchakning gorizontal proyeksiyasi (ΔA′B′C′) berilgan. ABC uchburchakning haqiqiy ko’rinishini yasash kerak (19-rasm).
P H izni aylantirish o’qi deb qabul qilamiz va tekislikni H tekislik bilan jipslashtiramiz.
Yasash tartibi:
1) berilgan nuqtalar orqali gorizontallar o’tkazamiz va ularning izlarini topamiz (N′, N″ va N′1, N″1);
2) gorizontal proyeksiyalovchi aylantirish tekisliklarining izlarini (QHPH, SHPH va boshqalarni) o’tkazamiz;
3) N0 nuqtani topamiz va uni PX bilan tutashtirib, PVo izni yasaymiz;
4) N0 va Nl0 nuqtalar orqali gorizontallarning aylantirilgandan keyingi vaziyatlarini chizamiz (N0C0 || PH || N10B0);
5
19-rasm.
) jipslashtirilgan gorizontallarni aylantirish tekisliklarining gorizontal izlari (QH, SH va RH) bilan kesishuv joylarida A0, B0, C0 nuqtalarni topamiz;
A0B0C0 izlangan uchburchak, ya’ni ΔA0B0C0 = ABC bo’ladi.
Proyeksiyalovchi tekisliklarni jipslashtirish ayniqsa oson, chunki bunday tekisliklarning izlari orasidagi burchak haqiqatda to’g’ri burchakdir. Tekislik jipslashtirilgandan keyin ham bu burchak, albatta, saqlanadi. Misol tariqasida 20-rasmda frontal proyeksiyalovchi P tekislik shu tekislikda yotgan ABCD turtburchak bilan birga PH izi atrofida aylantirilib H tekislikka jipslashtirilgan. Jipslashtirilgandan so’ng tekislikning frontal izi OX o’qiga kelib qoladi, A″, B″, C″, D″ nuqtalar bir-biri orasidagi va izlarning uchrashuv nuqtasigacha bo’lgan masofalarini o’zgartirmasdan, A0″, B0″, C0″, D0″ nuqtalarga o’tadi. Nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari (A′, B′, C′, D′ nuqtalar) esa OX ga parallel to’g’ri chiziqlar bo’ylab suriladi. Shunday qilib, A0B0C0D0 berilgan to’rtburchakning H ga jipslashtirilgan vaziyatidir.
Bu yerda shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, proyeksiyalovchi tekislikning shu tekislik izlaridan biri atrofida aylantirilishini proyeksiyalar tekisliklaridan biriga perpendikulyar o’q atrofida aylantirish deb qarash mumkin (41-paragraf), faqat bu yerda tekislikdagi nuqtalar istalgan burchakka aylantirilmasdan, proyeksiyalar tekisligiga kelguncha aylantiriladi.
20-rasm. 21-rasm.
Agar epyurda berilgan tekislikning izlari bo’lmasa, uni jipslashtirish uchun aylantirish o’qi vazifasini bajaruvchi izinigina yasash kifoya.
2-misol. Biror P tekislik ABC uchburchakning proyeksiyalari bilan berilgan. Uchburchakni H tekislikka jipslashtirish kerak (21-rasm).
Yasash tartibi:
1) uchburchakning AB va BC tomonlarini davom ettirib, ularning gorizontal izlarini topamiz (M′ va M′1 nuqtalar);
2) tekislikning PH izini chizamiz va uni aylantirish o’qi deb qabul qilamiz;
uchburchak uchlaridan birining, masalan, C uchining aylantirilgandan keyingi o’rnini topamiz. U C′ nuqtadan PH ga tushirilgan perpendikulyarning davomida 3′ nuqtadan aylantirish radiusining haqiqiy o’zunligiga teng masofada bo’ladi (3S0=3S1=RC);
3) aylantirish o’qidagi M va M1 nuqtalar hamma vaqt qo’zg’almas, shuning uchun nuqtani C0 bilan tutashtirib, bu chiziqning davomida B0 nuqtani topamiz; keyin B0 ni M bilan tutashtiramiz-da, bu chiziq bilan A′ dan PH ga tuщirilgan perpendikulyarning kesishuv joyida A0 nuqtani topamiz; A0B0C0 uchburchak berilgan ABC uchburchakning H tekislikka jipslashtirilgandan keyingi vaziyatidir.
Jipslashtirish usulidan foydalanib, berilgan tekislikda yotgan har qanday tekis shaklning haqiqiy ko’rinishi ma’lum bo’lsa, uning proyeksiyalarini yasash mumkin. Buning uchun oldin berilgan tekislikni uning izlaridan biri atrofida aylantirib, proyeksiyalar tekisligi bilan jipslashtirish kerak. Shundan keyin japslashtirilgan tekislikda shaklning haqiqiy ko’rinishini yasash va tekislikni asli holiga yana qaytarish lozim.
3-misol. Epyurda umumiy vaziyatdagi P tekislik berilgan; unda yotgan kvadratning proyeksiyalarini yasash kerak. Kvadratning tomoni L mm bo’lib, tekislikda ixtiyoriy joylashgan (22-rasm).
Yasash t a r t i b i:
1) tekislikni uning izlaridan biri, masalan, PH atrofida aylantirib, H tekislikka jipslashtiramiz;
2 ) jipslashtirilgan tekislikda (PV0PXPH) tomoni L mm bo’lgan A0B0C0D0 kvadrat chizamiz;
3) kvadratning uchlaridan tekislikning gorizontallarini o’tkazamiz; jipslashtirilgan holatdagi gorizontallarning frontal izlari 10, 20, 30 va 40 raqamlar bilan belgilangan;
4) gorizontallarning frontal izlaridan foydalanib, ularning frontal (OX ga parallel) va gorizontal (PH ga parallel) proyeksiyalarini chizamiz;
5) A0, B0, C0, D0 nuqtalar orqali PH izga perpendikulyarlar o’tkazamiz va bu perpendikulyarlarning tegishli gorizontallarning gorizontal proyeksiyalari bilan kesishuv joylarida A′, B′, C′, D′ nuqtalarni topamiz;
6
22-rasm.
) kvadratning gorizontal proyeksiyasi (A′B′C′D′) bo’yicha kvadratning frontal proyeksiyasi (A″B″C″D″) ni yasaymiz.
Biz yuqoridagi misolda (oldingi 18 va 19-rasmlarda ham) nuqtalarning proyeksiyalarini yasash uchun ulardan o’tgan gorizontallardan foydalandik, umuman, nuqtalardan o’tgan frontallardan yoki tekislikda yotgan ixtiyoriy yo’nalishdagi har qanday to’g’ri chiziqlardan foydalansa ham bo’ladi.
Tekis-parallel harakat usuli
Q attiq jismning hamma nuqtalarini fazoda o’zaro parallel bo’lgan tekisliklarda yotgan tekis trayektoriyalar bo’yicha harakat qilishi jismning tekis-parallel harakati deyiladi. Bunday harakatni hamma vaqt trayektoriyalar tekisligida sodir bo’layotgan siljish va burilish deb qarash mumkin. Shaklning o’q atrofida aylantirilishi tekis-parallel harakatga oddiy misol bo’la oladi. Bunda nuqtalar aylantirish o’qiga perpendikulyar, binobarin, o’zaro parallel tekisliklarda aylanalar chizadi. Demak, aylantirish usulini tekis parallel harakat usulining xususiy holi deb qarash mumkin.
B
23-rasm.
undan keyin biz tekis-parallel harakatni faqat proyeksiya tekisliklaridan biriga nisbatan ko’rib chiqamiz. V tekislikka parallel Q tekislikda yotgan A nuqta tekislikda ixtiyoriy trayektoriya bo’yicha harakatlanib, A, vaziyatga keldi, deb faraz qilaylik (23-rasm). Bunday harakat natijasida nuqtaning gorizontal proyeksiyasi (A′) proyeksiyalar o’qiga parallel to’g’ri chiziq bo’yicha surilib, A1 ga keladi. Demak, bu yerda ham xuddi V tekislikka perpendikulyar o’q atrofida aylantirilgandagi hol ro’y beradi.
Shunday qilib, nuqta V tekislikka parallel tekislik bo’yicha har qanday harakat qilganda ham uning gorizontal proyeksiyasi OX o’qiga parallel to’g’ri chiziq bo’yicha suriladi.
Bu holdan foydalanib, to’g’ri chiziq kesmalarini va tekis shakllarni H va V tekisliklarga perpendikulyar bo’lgan o’qlap atrofida o’qlarning vaziyatini epyurda ko’rsatmay turib ham aylantirish mumkin.
Misol tariqasida, 24-rasmda ABC uchburchakning haqiqiy ko’rinishini yasash ko’rsatilgan. Buning uchun uchburchak ikki marta tekis-parallel harakatlantirilib, H tekislikka parallel vaziyatga keltirilgan. Bu operasiyani epyurda bajarish uchun, avvalo, uchburchakda AD gorizontal o’tkazilgan va gorizontalning gorizontal proyeksiyasi OX o’qiga perpendikulyar vaziyatga keltirilib, uchburchakning gorizontal proyeksiyasi boshqa joyga ko’chirilgan (A′1D′1OX va ΔA′1B′1C′1 = ΔABC). Buning natijasida uchburchakning yangi vaziyatdagi frontal proyeksiyasi (A″, B″, C″) to’g’ri chiziq kesmasi ko’rinishida bo’lib qoladi. Shundan keyin, frontal proyeksiya (A″B″C″) proyeksiyalar o’qiga parallel (A″2B″2C″2) vaziyatga surilgan (A″2B″2C″2 = A′1B′1C′1). Bu harakat natijasida uchburchak fazoda H tekislikka parallel bo’lib qoladi; shuning uchun uning yangi gorizontal proyeksiyasi A′2B′2C′2 o’ziga teng bo’ladi.
24-rasm.
Yukoridagi misoldan ko’rinib turibdiki, birinchi aylantirish o’qi H ga perpendi-kulyar, ikkinchisi V ga perpendikulyardir, lekin ular epyurda ko’rsatilgan emas.
Bu usul ham ancha qulay, chunki u, birinchidan, yasashni qisqartiradi, ikkinchidan, chizmalarning bir-biri ustiga tushmasligiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |