Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash



Download 12,28 Mb.
bet17/45
Sana18.02.2022
Hajmi12,28 Mb.
#450355
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
Maruzalar matnlari (to\'liq) 2021-22

8-maruza.


To’g’ri chiziq va tekislikning parallelligi.
Nuqtalarining hammasi tekislikdan baravar uzoqlikda turgan yoki tekislikda yotgan biror to’g’ri chiziqga parallel bo’lgan to’g’ri chiziq o’sha tekislikga parallel bo’ladi.
Bu holdan foydalanib, epyurda tubandagi konstruktiv masalalarni yecha bilish kerak;
a) to’g’ri chiziq va tekislik berilgan, ularning o’zaro parallel yoki parallel emasligi aniqlansin;
b) to’g’ri chiziq berilgan, unga (berilgan nuqtadan yoki ixtiyoriy) parallel tekislik o’tkazilsin;
c) tekislik berilgan, unga (berilgan nuqtadan yoki ixtiyoriy) parallel to’g’ri chiziq o’tkazilsin;
d) ikki to’g’ri chiziq berilgan, ularning biridan shunday tekislik o’tkazilsinki, u tekislik ikkinchi to’g’ri chiziqga parallel bo’lsin.

62-rasm. 63-rasm.
1. 62-rasmda AB chiziq bilan P tekislikning o’zaro parallel yoki parallel emasligini aniqlash usuli ko’rsatilgan. Buning uchun AB chiziq orqali biror yordamchi, masalan, gorizontal proyeksiyalovchi Q tekislik o’tkaziladi; keyin P bilan Q tekisliklarning kesishuv chizig’i M'N', M″N″) yasaladi. Agar bu chiziq AB chiziqga parallel bo’lsa, AB chiziq berilgan P tekislikga parallel bo’ladi.
Rasmda AB chiziq P tekislikga parallel emas, chunki A″B″ M″N″, demak, ular kesishgan.
2. 63-rasmda berilgan (M′, M″) nuqtadan berilgan (A′B′, A″B″) to’g’ri chiziqga parallel qilib o’tkazilgan tekislikning izlarini yasash (PH, PV) ko’rsatilgan. Buning uchun, avvalo, berilgan nuqtadan berilgan chiziqga parallel qilib to’g’ri chiziq o’tkazamiz (C′D′, C″D″). Ma’lumki, bir to’g’ri chiziqdan istalgancha tekislik o’tkazish mum­kin. Shuning uchun bu (C′D′, C″D″) chiziqdan o’tgan har qanday, masalan, P tekislik berilgan AB chiziqga parallel bo’ladi.
3. 64-rasmda berilgan (A′, A″) nuqtadan berilgan (PH, PV) tekislikga parallel qilib to’g’ri chiziq (A′B′, A″B″) o’tkazish ko’rsatilgan. Buning uchun berilgan tekislikda birorta ixtiyoriy to’g’ri chiziq (masalan, M′N′, M″N″) olinadi; keyin berilgan nuqtadan shu chiziqga parallel qilib, to’g’ri chiziq o’tkaziladi (rasmda A′B′ || M′N′; A″B″ || M″N″). Masalaning javobi cheksiz ko’pdir.
64-rasm. 65-rasm.
Agar berilgan A nuqtadan fazoda tekislikning izlaridan biriga parallel qilib gorizontal yoki frontal o’tkazilsa, ularning har biri tekislikning o’ziga ham pa­rallel bo’ladi.
4. 65-rasmda AB chiziq orqali berilgan MN chiziqga parallel qilib tekislik o’tkazish ko’rsatilgan, Buning uchun AB chiziqning biror ixtiyoriy, masalan, B nuqtasidan MN chiziqga parallel chiziq o’tkaziladi (B′C′ || M′N′; B″C″ || M″M″). Hosil bo’lgan kesishuvchi ABC chiziqlar orqali tasvirlangan Q tekislik MN chiziqga parallel tekislikdir. Rasmda bu tekis­likning gorizontal izi (QH) ham ko’rsatilgan.

Download 12,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish