Muhandislik -geologik tadqiqotlar


 Jins hosil qiluvchi minerallar



Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/303
Sana16.09.2021
Hajmi6,89 Mb.
#175764
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   303
Bog'liq
-qullanma

 
29.2. Jins hosil qiluvchi minerallar 
Yer  qatlamini  tashkil  etuvchi  barcha  tabiiy  toshlar  minerallardan  tashkil 
topgan.  Tog’  jinsining  xususiyatlari  asosan  shu  jinsning  tarkibiga    kirgan 
minerallarning  turiga,  miqdoriga  va  zarrachalarning  o’zaro  bog’lanish  kuchiga 
bog’liq.  Quyida  tog’  jinsi  tarkibini  tashkil  etgan  asosiy    minerallar  bilan  tanishib 
chiqamiz.  
Kvarts  (SiO
2
)  –  asosan  qumtuproqdan  tashkil  topgan  yashirin  yoki  ochiq 
kristall  shaklida  uchraydigan  nihoyatda  zich,  mustahkam  va  chidamli  mineral. 
Kvartsning  zichligi  2,5–2,8  g/sm
3
.  Siqilishdagi  mustahkamligi  200  MPa, 
cho’zilishdagisi  esa  100  MPa  dan  ko’p.  Qattiqlik  shkalasida  kvarts  yettinchi  
o’rinda  turadi.  Oddiy  haroratda  kvarts  barcha  kislota  va  uning  eritmalarida 
chidamlidir.  Yuqori  haroratda  kvarts  ftorli  vodorod  va  fosfor  kislotasi    bilan 
reaktsiyaga  kirishib,  silikatlar  hosil  qiladi.  Agar  nam  sharoitda  reaktsiya  davom 
ettirilsa, silikatlar hosil bo’ladi.  
Kvartsni  575
0
С dan 870
0
С gacha qizdirganda, u tridimit holatga aylanadi, 
ya’ni  hajmi  kattalashadi.  Uning  bu  xususiyati  kvarts  ishlatiladigan    buyumlar 
tayyorlashda  e’tiborga  olinishi  zarur.  1710
0
C  da  esa  kvarts  suyuqlanadi  va  tez 
sovitilsa,  kvarts  shishasi  hosil  bo’ladi.  Kvarts  sanoatda  o’tga    chidamli  buyumlar 
(dinas)  tayyorlashda,  sopol  buyumlari  ishlab  chiqarishda,  kvarts  qumi  esa  shisha 
sanoatida  va  silikat  g’ishti,  kislotaga  chidamli    sementlar  ishlab  chiqarishda, 
shuningdek, qorishma va betonlar uchun mayda to’ldirgich sifatida ishlatiladi.  
Dala  shpati  –  silikatlar  guruhida  keng  tarqalgan  oq  va  qizg’ish  rangli 
mineraldir. U silikatlar guruhidagi ortoklaz va plagaoklaz, al’bit,  anortit jinslarida 
uchraydi.  Kimyoviy  tarkibi  bo’yicha  ortoklaz  (K
2
O*Al
2
O
3
*6SiO
2
)  alyumosilikat 
kaliydan  farq  qilmaydi.  Ortoklaz  to’g’ri  burchak    shaklidagi  bo’laklarga 
parchalanadi.  Qurilish  sanoatida  ishlatiladigan  tabiiy  tosh  ashyolariga  tomonlari 


203 
 
qirrali  yoki  kichik  burchak  shaklida  bo’linuvchan  jinslar  -  plagioklaz,  al’bit 
(alyumosilikat    natriy  -  Na
2
О*Аl
2
О
3
*6SiO
2
)  va  anortit  (alyumosilikat  kal’tsiy  – 
CaO*Al
2
O
3
*2SiO
2
)  lar    kiradi.  Dala  shpatining  siqilishdagi  mustahkamligi 
kvartsnikidan kam (120 - 170 MPa), erish harorati esa 1170–1550
0
C ga teng. Dala 
shpati  atmosfera    ta’sirida  asta-sekin  yemirilib,  kaolin  (chinni  buyumlari 
ishlanadigan  xom  ashyoning  bir  turi),  qumtuproq  qumlari  va  boshqa  jinslarga 
aylanadi. Toza dala shpatidan quyma sopol ashyolari ishlanadi.  
Dala  shpati  va  kvartsdan  tashkil  topgan  jinslar  pegmatitlar  deb  ataladi  va 
asosan chinni buyumlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.  
Slyuda  -  kimyoviy  tarkibi  jihatidan  murakkab  suvli  alyumosilikatdir. 
Tabiatda  slyudaning  bir  necha  xili  uchraydi.  Shulardan  eng  ko’p    tarqalganlari 
muskovit va biotitdir.  

Download 6,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish