Muhandislik -geologik tadqiqotlar



Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/303
Sana16.09.2021
Hajmi6,89 Mb.
#175764
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   303
Bog'liq
-qullanma

Sienitlar  –  asosan  kaliy  shpatidan  tashkil  topgan  (5,0  -  70  %)  tog’  jinsi 
bo’lib, granitdan farqi, asosan, tarkibida kvarts mineralining  kamligi yoki mutlaqo 
bo’lmasligidadir.  Sienitni  silliqlash  va  pardozlash  qiyin  emas.  Siqilishdagi 
mustahkamlik  chegarasi  100–250  MPa,  zichligi    esa  2600–2700  kg/m
3
  .  Sienitlar 
sariq,  qizg’ish,  to’q  ko’k  ranglarda  uchraydi.  O’zbekistonning  Ohangaron 
tumanida sienit zaxiralari ko’p.  
Diorit  –  nordon  plagioklaz  (70  %),  rogovaya  obmanka,  biotit  va  avgit 
minerallaridan  tashkil  topgan  tog’  jinsi.  Dioritlar  bir  tekis  kristalli  tuzilishga  ega. 
Agar diorit tarkibida kvarts miqdori ko’p bo’lsa, kvartsli diorit deb ataladi. U to’q 


205 
 
ko’k  va ochiq kul ranglarda  uchraydi.  Siqilishdagi    mustahkamlik  chegarasi 150–
300  MPa,  zichligi  2800–3000  kg/m
3
  ga  teng.  Yaxshi  jilvirlanadi.  Diorit  yo’l 
qurilishida va qoplama pardozbop ashyolar  sifatida ko’p ishlatiladi.  
Gabbro - otilib chiqqan eng mustahkam tog’ jinsi, asosan dala shpati ( 50 
%) va rangli minerallardan tashkil topgan. U bir tekis yirik donali   tuzilishga ega. 
Gabbro  yo’l  qurilishida  va  pardozbop  bezak  buyumlari  tayyorlashda  ishlatiladi. 
Uning zichligi 2900–3000 kg/m
3
 , siqilishdagi   mustahkamlik chegarasi 200–350 
MPa ga teng.  
Labrodorit  –  gabbroga  o’xshash,  asosan,  dala  shpati  va  boshqa  och  qora 
rangli minerallardan tashkil topgan jins. Labrodoritni pardozlaganda  uning sirtida 
ko’kbinafsha rangli minerallar ajralib turadi. Shuning uchun u ko’proq hashamatli 
inshootlar qurishda bezakli qoplama plitalar  sifatida ishlatiladi.  
Vulqondan toshib chiqqan birlamchi tog’ jinslari magma holatda yer yuziga 
ko’tarilishida  kristallana  boshlaydi  va  sovishi  jarayonida  to’la    kristallangan,  bir 
tekis kristallanmagan va to’la kristallanmagan tuzilishga ega jinsga aylanadi. Tog’ 
jinslarning  tuzilishi  orqali  ularning    fizik-mexanik  xossalari  to’g’risida  umumiy 
fikr  yuritsa  bo’ladi.  Shular  ichida  donalari  bir  tartibda  joylashgan  tog’  jinslari 
yuqori mustahkam  bo’ladi. Ammo yirik donali kristallardan tashkil topgan jinslar 
haroratning  o’zgaruvchanligidan  yoki  mexanik  kuchlar  ta’sirida  tez  buziladi. 
Xuddi  shunday  holatni  tarkibida  har  xil  minerallar  bo’lgan  jinslarda  ko’rish 
mumkin.  
Bazal’t – yashirin kristalli, ba’zan shishasimon tuzilishga ega bo’lgan jins 
Yer  yuzasiga  ko’tarilgan  jinslar  ichida  zichligi  eng  katta  (3300  kg/m

).  Bazal’tni 
ishlash  ko’p  mehnat  talab  etadi,  ammo  uni  pardozlash  oson.  Siqilishdagi 
mustahkamlik chegarasi 300– 500 MPa ga yetadi. Bazal’t   xarsangtosh, shag’al va 
boshqa  donali  buyumlar  tayyorlashda,  shu  bilan  birga  eritib  olinadigan  buyumlar 
va issiqlikni saqlovchi mineral paxta uchun xom  ashyo sifatida ishlatiladi.  
Diabaz  –  dala  shpati  va  avgitdan  tashkil  topgan  kristall  jins.  Uning 
tarkibiga olivin minerali ham kiradi. Diabaz porfir tuzilishida ham  uchraydi, rangi 
to’q  sariq,  kulrang,  yashil,  zichligi  3000-3100  kg/m
3
  ,  siqilishdagi  mustahkamlik 


206 
 
chegarasi 300-450 MPa ga teng. Diabaz yuqori  qattiqlikka egaligi, nihoyatda zich 
hamda chidamliligi uchun yo’llarni qoplashda va boshqa ishqalanishga ishlaydigan 
inshootlarda  ko’p  qo’llaniladi.  Boshqa  jinslardan  farqi  erish  haroratining 
kichikligidir  (1200–1300
0
C).  Shu  sababli  maxsus  qurilish  buyumlari  diabaz 
eritmasidan  quyib  olinadi.    Diabaz  har  xil  plitalar,  to’sinchalar  va  boshqa  donali 
qismlar,  shuningdek,  mineral  paxta  tayyorlashda  va  asfal’tbetonlar  uchun 
to’ldirgich sifatida  ishlatiladi.  
Andezitlar  -  plagioklaz,  avgit  va  rogovaya  obmankadan  tashkil  topgan 
jins. Zichligi 2200-2800 kg/m
3
, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60–240 MPa. 
Andezit kislota ta’siriga va issiqqa chidamli. Qurilishda asosan kislotalar ta’siriga 
chidamli betonlar uchun yirik to’ldirgich sifatida  hamda kislota saklaydigan hovuz 
devorlarini qoplashda ishlatiladi.  
Traxitlar – zichligi kamroq bo’lgan jins. Zichligi 2200 kg/m
3
 , siqilishdagi 
mustahkamlik  chegarasi  50–100  MPa.  Rangi  och  sariq  yoki  kulrang.    Ular  devor 
ashyolari hamda betonlar uchun to’ldirgich sifatida ishlatiladi.  
Vulqon  tufi  -  pushti  yoki  binafsha  rangda  uchraydigan,  zichlashib  va 
yopishib  qolgan  vulqon  kulidan  iborat  g’ovakdor  tog’  jinsi.  Zichligi  1100–1300 
kg/m
3
, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 8–12 MPa va issiqlik o’tkazuvchanlik 
koeffitsienti  0,3–0,4.  Qurilishda,  asosan,  devor  ashyolari  (bloklar)  sifatida 
ishlatiladi.  Tuf  chiqindilari  esa  yengil  betonlar  uchun  to’ldirgich  sifatida 
foydalaniladi.  
Trasslar  –  zich  vulqon  tufi  turlariga  kiruvchi  jins.  Ular  yuqori  zichlikka 
(2500– 2800 kg/m
3
 ) va mustahkamlikka (800–1500 kg/sm
2
 ) ega. Mayda  holatida 
trasslar pudtsolan sementlarini olishda faol gidravlik qo’shilma sifatida ishlatiladi. 
Tufli  lava  –  vulqondan  otilgan  yuqori  haroratdagi    suyuq  lava  tomchilari, vulqon 
kuli  va  qumlar  bilan  aralashgan  holda  tezda  sovigan  g’ovak  shishasimon  jinsdir. 
Tufli  lavaning  xossalari  vulqon    tufidan  kam  farq  qiladi.  U  ham  qurilishda  devor 
ashyolari va betonlar uchun yengil to’ldirgich sifatida ishlatiladi.  
Pemza  -  shishasimon  serg’ovak  yengil  jins.  U  vulqondan  otilgan  mayda 
lava  tomchilarining  havoda  sovishga  ulgurmay  o’zaro  yopishib  qolishidan  hosil  


207 
 
bo’lgan. Tarkibida kremniy (75 % gacha) va alyumin oksidi bor. Och sariq rangda 
bo’ladi. Pemzaning zichligi 300–600 kg/m
3
, siqilishdagi mustahkamlik   chegarasi 
0,4–4 MPa. Sovuqqa chidamli va issiqlikni kam o’tkazadigan ashyo. Uning kukuni 
bog’lovchi moddalar uchun faol qo’shilma, qumi esa yengil beton  va qorishmalar 
uchun  to’ldirgich  sifatida  ishlatiladi.  Kamchatka,  Armaniston  va  Kavkaz 
hududlarida pemza zaxiralari ko’p.  

Download 6,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish