Adabiyotlar
Ильчук, П.А., Использование веб-семинаров в дистанционном обучении[Электронный ресурс]:
Мат. XVIII Всерос. науч.-метод. конф. «Телематика'2011» Технология проведения учебных занятий в формате вебинара: методические указания / Рязан. гос. радиотехн. ун-т; сост.: Н.П.Клейносова, Э.А.Кадырова, И.А.Телков, Р.В.Хруничев. Рязань, 2014.
Бабаева, Ю. Д. Диалог с ЭВМ: психологические аспекты // Вопросы психологии. –1983. – № 2. – С. 13-24.
“Lison ut-tayr” dostonida paremalarning qo‘llanilishi
Mo‘tabar Xo‘jamova Navoiy davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-kurs magistranti
Ilmiy rahbar: f.f.f.d Allaberdiyev A.A
Annotatsiya: Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni murakkab syujet va yirik kompozitsiyaga ega majoziy-falsafiy asardir. “Lison ut-tayr” dostoni bilan Alisher Navoiy dunyo va borliq haqidagi qarashlarini yakunlaydi. Ushbu maqolada dostonning ham nasriy ham nazmiy bayoni keltirilib, unda qo‘llangan paremalar, ularning bugungi kundagi muqobil variantlari sanab o‘tilgan va tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar: paremiologiya, parema, maqol, matal, hikmatli so‘z
Biz nutqimizning ta’sirchanligi va ekspressivligini oshirish maqsadida maqol, matal va aforizmlardan foydalanamiz. Badiiy asarda ularning qoʻllanilishi voqelikni obrazli tasvirlashda katta ahamiyatga ega. Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida qoʻllangan paremalar buning yaqqol isbotidir.
Nutqiy jarayonda fikrimizni bayon qilish uchun soʻzlar yordamidagina emas, balki bir necha soʻzlarning barqaror bogʻlanishidan hosil boʻlgan birikmalardan ham foydalanamiz. Ular nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarning barqarorligi belgisiga koʻra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir.
Paremiologiya26 (yunoncha paroimia – hikmatli soʻz, zarbulmasal) bu – ma’lum bir tildagi avloddan avlodga ogʻzaki shaklda koʻchib yuruvchi, ixcham, sodda, qisqa va mazmundor mantiqiy umumlashma sifatida paydo boʻlgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralarni – paremalarni oʻrganadigan fan sohasidir. Paremalar xalq ogʻzaki ijodining mahsuli boʻlganligi uchun adabiyotshunoslikning oʻrganish obyekti hisoblanadi, chunki ularning aksariyati koʻpincha she’riy shaklga oʻxshaydi va ularda oʻxshatish, antiteza, anofora, alliteratsiya, kinoya kabi bir qancha tasviriy vositalar qoʻllanadi. [4.80-bet] Shuningdek, paremalar soʻzlardan tuzilib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplardan iborat boʻlganli uchun tilshunoslikning ham oʻrganish obyektidir. Quyida “Lison ut-tayr” dostonida qoʻllangan ayrim paremalar va ularning bugungi kundagi muqobil variantlari mavjud.
LXXVIII bob. Nasriy bayon:
1.Kimki oshiq boʻlsa, u oʻz jonidan qoʻrqmaydi. [2.32-bet] Alisher Navoiy ushbu paremani keltirib, oshiqlik tushunchasiga izoh beradi va ikki tushunchani farqlaydi. Quyida paremaning nazmiy va muqobil variantlari keltirib o‘tilgan.
Nazmiy bayon:
1.Kimki oshiqdur – anga jondin ne bok. [1.101-bet]
Oʻzbek tilidagi ma’nodoshlari:
1.Hamma dardga bor davo, oshiqlik dardi bedavo.
LXXIX bob. Nasriy bayoni:
1.Kishi peshonasida yozilganini koʻrmasdan iloji yoʻq. [2.33-bet] Darhaqiqat, inson peshonasida yozilgan taqdir unga butun umr yo‘ldosh bo‘ladi. Quyida paremaning nazmiy va muqobil variantlari keltirib o‘tilgan.
Nazmiy bayoni:
1.Kimsaga ma’vo haramdur yo kunisht,
Koʻrmay oʻlmas ulcha boʻlmish sarnavisht. [1.104-bet]
Oʻzbek tilidagi ma’nodoshlari:
Boshga tushganni koʻz koʻradi.
Taqdirdan qochib boʻlmaydi.
Bir boshga bir oʻlim. [3.54-bet]
LXXX bob. Nasriy bayoni:
1.Agar choʻpon qoʻyni oʻt va suvga yoʻllab turmasa, bu suruv halok boʻladi. [2.46-bet] Alisher Navoiy cho‘pon orqali podshoh va uning adolati haqida fikr yuritib, ushbu paremani mohirlik bilan qo‘llagan. Asrlar o‘tsa-da bugungi kunga ham tatbiq etsa, xato bo‘lmaydi. Quyida paremaning nazmiy va muqobil variantlari keltirib o‘tilgan.
Nazmiy bayoni:
Qoʻynikim suv, oʻtqa boshqarmas shubon
Ul surukni aylagil zoye gumon. [1.149-bet]
Oʻzbek tilidagi ma’nodoshlari:
Har ishning oʻz ustasi bor.
LXXXV bob. Nasriy bayoni:
1.Pok yurakli kishilar kimgakim koʻz tashlar ekan, bu nazar tuproqni kimyoga aylantiradi. [2.49-bet] A.Navoiy ushbu paremani Huhhud tilidan keltirib, dalillash maqsadida Najmiddin Kubro haqidagi hikoyatni kiritadi. Navoiyning deyarli barcha yozgan asarlarida qalb pokligi mavzusi yetakchilik qilgan. Quyida paremaning nazmiy va muqobil variantlari keltirib o‘tilgan.
Nazmiy bayoni:
1.Kimga kim aylar nazar ahli safo,
Ul nazar tufroqni aylar kimyo. [1.157-bet]
Muqobil variantlari:
1.Yaxshi bilan sirdosh boʻlsang, yaxshilik bilan unasan.
2. Yomon bilan yursang yomon boʻlasan, yaxshi bilan yursang, omon boʻlasan. [3.28-bet]
3. Yaxshi bilan yoʻldosh boʻlsang ishing bitar, yomon bilan yoʻldosh boʻlsang, boshing ketar. [3.35-bet]
4. Yaxshining ishi – jannat, yomonning ishi- kasofat. [3.37-bet]
5. Yaxshini koʻrib fikr qil, yomonni koʻrib shukr qil. [5.463-bet]
Do'stlaringiz bilan baham: |