MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB TA`LIMIGA TAYYORLASHDA OTA-ONANING ROLI
Iqtidorli talaba: Sherbekova N.
Ilmiy rahbar: Ermatova G.P.
Oilada farzand tarbiyasi, uni kamolga yetkazish, kasb-hunarga yo’naltirish barcha zamonlarda ham ota-onaga katta ma’suliyat yuklagan. Bugungi zamonamizda “ota-onalik ma’suliyati” tushunchasi ham keng qamrovli tushunchaga aylanib bormoqda.Ota-ona farzandini moddiy jihatdan ta’minlaydi, tarbiyalaydi hamda ta’lim olishini tashkil etadi.Oilada tarbiya uzoq muddatli, uzluksiz jarayondir.Ta’limchi?, nazarimizda ta’lim ham tarbiya singari oiladan boshlanib aynan mana shu dargohda mustahkamlanadigan jarayon.Ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda, ularni maktabga tayyorlash masalasida ota-onalarning o’rni beqiyosdir.Qachonki oila va maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorlikda faoliyat olib borar ekan shundagina ko’zlangan maqsadga erishiladi.
Pedogogik adabiyotlarda bolaning maktabga tayyorgarligini mazmuni va mezonlari aniq ko’rsatib berilgan, lekin bolani maktabga tayyorlashda bola shaxsini qaysi tomonlari va aynan qanday rivojlantirish kerakligi masalasida ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasasi mutaxasislari tasavvurlari turlicha. Jarayon qatnashchilari orasida o’tkazilgan so’rovlar shuni ko’rsatganki, ko’pchilik ota-onalar uchun bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishini asosiy hal qiluvchi sharti bu uning umumiy rivojlanishi, ya’ni yaxshi salomatlik, jismoniy chiniqish, axloqiy va ijtimoiy yetuklik. Ba’zi bir ota-onalar faqatgina aqliy rivojlanish muvofaqqiyatli maktab ta’limining asosi deb hisoblashadi.O’z fikrlarini ular shunday asoslab berishadi, xususan, birinchi sinfda bolalarga barcha o’quv predmetlari mazmunini o’zlashtirish qiyin kechadi va hozirgi ilmiy-texnikaviy rivojlanish insonning aqliy qobiliyatiga juda katta talablar qo’yadi.Aynan shuning uchun bola maktabga tayyorgarlik jarayonida eng avvalo aqliy jihatdan rivojlantirishi lozim.Ota-onalarning ko’pchiligi eng avvalo, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanish darajasiga e’tiborni kuchaytirish kerak deb hisoblashgan.22
Darhaqiqat, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash jarayonida ota-onalarning ko’pchiligi birinchi sinfga borishdan oldin bolaga o’qish va yozishni o’rgatish kerak emas deb hisoblashadi, chunki keyinchalik, bola maktabga borganda o’qishga bo’lgan qiziqishini yo’qotib qo’yishi mumkin deb o’z qarashlarini izohlashadi.23 Ularning bolaga o’qish va yozishni o’rgatmasligining yana bir sababi-maktab talablarini bilmay turib, noto’g’ri o’rgatib qo’yishdan xavfsirashdir. O’qish va yozish bu faqat maktab faoliyati turlari va ularni maxsus tayyorlangan mutaxasislar nazorati ostida amalga oshirish kerak deb hisoblashadi.
Ota-onalarning boshqa bir guruhi esa maktab ta’limidan oldin o’qish va yozishni o’rgatishga harakat qilishadi.Ular bolaga maktab tomonidan qo’yilgan talablar va yangi ma’lumotlar juda ko’p, birinchi sinfda yaxshi o’zlashtirish muhim, shuning uchun oldindan olingan malakalar bolaga har qanday topshiriqlarni bajarishga yordam beradi va natijada ortiqcha zo’riqishni oldini oladi deb hisoblashadi.24
Shunday ota-onalar ham borki ular bolalarini o’z shuhratparast niyatlariga o’rgatadilar ya’ni o’quv yili boshida ularning bolalari o’z tengdoshlaridan o’zib ketadilar va shu tufayli endi shakllanib kelayotgan jamoada oldingi o’rinni egallaydilar deb hisoblashadi.
Bolalarning maktabga tayyorligini turli sohadagi mutaxasislar bolalar shifokori somatik rivojlanishini, pedagog-psixoliglar esa bolaning ruhiy holati va ta’lim olishga bo’lgan qobiliyatiga baho berishlari mumkin.
Taniqli pedagoglardan Ya. A. Komenskiy o’zining “Onalar maktabi” kitobining maktabga tayyorlash bobida shunday yozadi, “Barcha insonlar bajaradigan ishlar ma’lum bir tayyorgarlik talab qiladi.Ota-onalar shuni o’ylab, o’z bolalarini maktabga tayyorlashadi” deb yozadi. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikning mazmunidan tashqari, Komenskiy ota-onalr uchun quyidagi vazifalarni ko’rsatadi:
1. Bolalar maktabga borganda, o’z tengdoshlari bilan o’qish va o’ynashdagi xursandchilik hissini tug’dirish.
2. Bolalarni maktabdagi ta’limning mohiyatini tushuntirish, maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish.
3. Bolada bo’lajak o’qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakillantirish deya ko`rsatib o`tgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib biz ota-onalarga quyidagilarni tavsiya etamiz:
- bolangizni maktabga tayyorlashda asosiy etiborni o’qish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan malaka va ko’nikmalarni shakllantirishga qarating;
-bolangizni diqqatini bir joyga to`lashga o`rgating;
- xotira, tafakkur va nutqini rivojlantirishga jiddiy e`tibor bering;
- bolani maktabga bo’lgan qiziqishini o’stirish maqsadida o’z o’quvchilik xotiralaridan foydalaning;
- bolaning referent guruhini tashkil etadigan yaqinlarining muvofaqiyatli maktab ta’limi haqidagi na’muna (faxriy yorliq, diplom)lardan foydalanib ta’limga bo’lgan ijobiy munosabatni shakllantiring;
Bundan tashqari “Maktabda”,”O’qituvchi-o’qituvchi” kabi rolli o’yinlarni tashkil etish ham bolani maktab ta`limi, hayoti haqida tasavvurlarini kengaytirishga yordam beradi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, ota-onalarning ko’pchiligi maktabda yaxshi o’qishining shartlaridan biri-shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisoblashadi.Ammo, bolaning aqliy rivojlanishi bilim, nutq, tafakkur, va xotirasini rivojlantirish ham muhim hisoblanadi. Chunki farzand yurt kelajagi, jamiyat suyanchi, oila ishonchidir.U bir nihol, uni qanchalik parvarish qilsak, o’sib ulg’ayganda mevasi shunchalik totli bo’ladi.Bola kamolatiga, uning yuksak cho’qqilarga erishishiga orzumand bo’lgan, farzandi oldida ota-onalik, jamiyat qarshisida fuqorolik burchalarini chuqur anglagan har bir ota-ona ushbu vazifaga ma’suliyat bilan yondashishi va uni vijdonan ado etishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |