Adabiyotlar.
1.Abdullayev X.A. Biogeoximiya va tuproq muhofazasi asoslari. Тoshkent. «O’qituvchi», 1989, 127 b.
2.Alimov Т. A., Rafikov A.A. «Ekologiya xatolik saboqlari», Тoshkent, «O’zbekiston», 1991, 70 b. Baratov P. Тabiatni muhofaza qilish. Т.: «O’qituvchi», 1991, 254 b. 3. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraaqqiyot kafolatlari. -T.: O'zbekiston, 1997.
4. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. -T.: O'qituvchi, 1991.
5. Novikov Yu19987. Egamberdiev R. Ekologiya. –T.: O'zbekiston, 1993..I. Oxrana okrujayuey sredi. –M.: Vishaya shkola,
6 Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Yangi asr avlodi, 2005.
7. To'xtaev A., Xamidov A. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: O'qituvchi, 1995.
QISHLOQ XOʻJALIGI EKINLARI HOSILDORLIGIGA SUV TANQISLIGINING TAʼSIRI
Dots.A.J.Qo’shoqov., Bakalavr talabalari M.M.To’yboyev.,F.T.Valiyeva.
Navoiy davlat pedagogika instituti
Bugungi kunda dunyoda oziq-ovqat muammosi, yer suv zaxiralarini kamayib borishi va aholi sonini ortib borishi barcha oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda jadal texnologiyalarni qo‘llashni taqazo etmoqda. Keyingi 20 yil ichida respublikamizda suv tanqisligi ortishi bilan hududlarda yangidan suv xoʻjaligi obʼektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, zamonaviy suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini keng joriy qilish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash suv resurslarini va elektr energiyasidan foydalanishning avtomatlashgan nazoratini yoʻlga qoʻyish hamda ilm-fan yangiliklarini ishlab chiqarishga keng joriy etish orqali suv yoʻqotishlarini kamaytirib, kanallarning foydali ish koeffitsiyentlarini oshirish hamda sugʻoriladigan yer maydonlarini suv bilan ishonchli taʼminlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Respublikamizda suv strategik ahamiyatga ega resurs hisoblanadi. Chunki, mavjud suv resurslarining asosiy qismi, iqtisodiyotimiz rivojida muhim o’rin tutuvchi agrar soha ehtiyoji uchun sarflanadi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining salkam 97% esa, aynan sug’oriladigan yerlardan olinadi. Bugungi kunda Respublikamizda aholi soninig ortishi bilan qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talab kun sayin ortib bormoqda.
Dehqonchilikda suv isrofgarchiligi aksariyat hollarda noto’g’ri sug’orish, texnik isroflar hamda yuqori bug’lanish sababli vujudga keladi. Sug’orish jarayonida kanal o’zani tuprog’i suv o’tkazuvchanligi, kanalning uzunligi va undagi suv sarflar miqdoriga bog’liq bo’lib, uning miqdori sug’orish tarmog’ining ish rejimiga, kanal tubining holatiga, ish mavsumiga, tabiiy shart-sharoitlarga bog’liqdir. Shu sababli, suv tanqisligi sharoitda, fermer xo’jaliklarida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda sugʻorma dehqonchiligi amaliyotida suv tanqisligi sharoitida ekinlarni sugʻorishda ilmiy asoslangan sugʻorish tartiblarini va usullarini qoʻllash orqali qishloq xoʻjaligi ekinlaridan olinayotgan hosilni oshirish imkoniyati yaratilmoqda. Bunda hududlarning tuproq- iqlim sharoitiga bogʻliq olda ekinlarning hosildorligi va hosil sifatiga suv tanqisligining va sugʻorish rejimining taʼsiri tajribalarda oʻrganilib kelinmoqda.
Navoiy viloyatida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining asosiy qismi bo’lgan paxta va boshoqli don ekinlarini yetishtirish bevosita suv ta’minoti bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu strategik xomashyolarni yetishtirishda, ularning maqbul sug’orish tartiblarini ekinlarning o’sish davrlari bo’yicha to’g’ri taqsimlash, iqlim va tuproq-meliorativ tadbirlarini to’g’ri tashkil qilish zarur hisoblanadi.
Viloyatdagi har xil suv tanqisligi sharoitida sugʻorish rejimiga bogʻliq oʻtkazilgan tadqiqotlarda suv tanqisligining ortishi bilan rejalashtirilgan paxta hosilining kamayishi kuzatildi. Sugʻorish suvlariga talabida 80% suv bilan taʼminlangan sharoitida o’rganilib, paxta tolasining texnologik sifat koʻrsatkichlariga har xil suv tanqisligi va sugʻorish rejimining taʼsirida o’zgarishi kuzatildi. Tadqiqotlar natijasi shuni koʻrsatdiki, gʻoʻzani maqbul sugʻorish rejimi yuqori paxta hosili olish bilan birga uning tola sifat koʻrsatkichlariga ham taʼsir etadi.
Paxta tolasining eng yuqori texnologik sifat koʻrsatkichlari gʻoʻzaning 80% suv bilan taʼminlanishida va tuproq namligiChDNS ga nisbatan 80-80-60% tizimda sugʻorilgan sharoitda vujudga keladi. Bunda tola chiqishi 34,0-35,4 %, tola uzilishi 32,0-32,4 mm va 1000 dona chigit ogʻirligi 111.4-116.8 g boʻldi. Tajribaning 40 va 60 % suv bilan taʼminlanishida va tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-70-60 % boʻlgan variantlarda tola chiqishi oʻrtacha uch yilda 0,1-0,2 foizgacha. Tola uzunligi 0,1-0,7 g/ga va 1000 dona chigit vazni 0,2-1,2 grammga kamayganligi kuzatildi. Gʻoʻza 80 % suv bilan taʼminlanishida yuqori va sifatli hosil olingan bo’lsa. Balki, kungaboqar o’simligi koʻp suv talab etmay 40, 60 % suv bilan taʼminlanishida va tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60% tizimda sugʻorish jarayoni o’tkazilganda yuqori va sifatli hosil olishga erishildi. Demak tabiiy iqlim sharoitiga bo’g’liq holda suv tanqisligi sharoitida kungaboqar o’simligi ekish maydonini koʻpaytib, aholini sifatli kungaboqar yog’i va undan olinadigan boshqa mahsulotlar bilan taʼminlash imkonini beradi.
Xulosa
Navoiy viloyati hududida mavjud suv resurslaridan tejab-tergab foydalanish zarurligi va kelgusida qishloq xo’jaligini suv bilan ta'minlash masalasi yanada dolzarb bo’lishi kutilmoqda. Bu muammoni ijobiy hal etish uchun quyidagi asosiy amaliy tadbirlarni bajarishni taqoza etadi.
Bugungi kunda energetika va sanoatda suv resurslaridan qayta foydalanish tizimi, suv ishlatilmaydigan va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish, suvni behuda isrofgarchiligini kamaytirish zarur.
Zamonaviy tejamkor sug‘orish texnologiyalarini tuproq- meliorativ sharoitlari va o’simlik turlariga bog’liq holatda joriy erish.
Hozirda mavjud sug'orish tizimlarini qayta qurish va jihozlash, sug‘orish texnikasini takomillashtirish, ekinlarni sug'orish tartibotini belgilash.
Hududdagi sho‘rlanishga va botqoqlanishga moyil bo'lgan yerlarning barchasida kollektor-zovur tarmoqlari barpo etish, sug‘orish tarmoqlarini filtratsiyaga qarshi to'shamalar bilan ta'minlash.
Hududda suv resurslari va atrof-muhitni muxofaza qilish, insoniyat hayoti uchun qulay bo'lgan turg'un agroekotizimni ishlab chiqish, hududning tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xo’jalik ekinlarini tumanlashtirish, dehqonchilik ishlarini rivojlantirib, sermahsul agrar landshaftlar yaratish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |