5. Yorug’likni sochilishi.
Bir jinsli muhitda ikkilamchi to‟lqinlar birlamchi to‟lqinlarning tarqalishi
yo‟nalishidan boshqa hamma yo‟nalishda bir-birini butunlay so‟ndiradi. Shuning
uchun yorug‟likning yo‟nalishlari bo‟yicha qayta taqsimlanishi , ya‟ni
yorug‟likning sochilishi yuzaga kelmaydi. Birlamchi nurning yo‟nalishda
ikkilamchi to‟lqinlar bilan interferensiyalanib, fazoviy tezligidan farq qiladigan
natijaviy to‟lqinni yuzaga keltiradi. Yorug‟likning sinishi va dispersiyasi
yuqoridagi hol bilan tushintiriladi. Yorug‟lik to‟lqinlari muhitning bir
jinslimasliklarida difraksiyalanib, intensivligining hamma yo‟nalishi bo‟yicha bir
xil taqsimlanganligi bilan xarakterlanuvchi difraksion manzarani hosil qiladi.
Optikaviy birjinslimasliklari aniq ifodalangan muhit nomlari loyqa muhit nomi
bilan yuritiladi. Bularga: 1) tutun, ya‟ni gazlardagi muallaq holda yurgan maydon
zarralar; 2) tuman – gazlarda – muallaq holda yurgan suyuqlikning mayda
tomchilar; 3) suyuqlikda muallaq suzib yuruvchi qattiq zarrachalardan hosil
bo‟lgan suspenziyalar; 4) bir suyuqlikning mayda zarralarining, boshqa
birinchisini eritmaydigan suyuqlikda muallaq yurishlaridan hosil bo‟lgan
emul‟siyalar; 5) sadaf, opal, sutdek oppoq shisha kabi qattiq jismlar kiradi.
Yorug‟likning yon tomonlariga sochilishi tufayli intensivlikning tarqalish
yo‟nalishi bo‟yicha kamaya borishi faqat birgina yutilish bo‟layotgan nisbatan
tezroq yuz beradi. Shu sababli loyqa muhit uchun (17) ifoda haqiqiy x yutilishi
koeffisenti ham tushirishi kerak, ya‟ni J = J0 e
-(x=x') e
X kattalik ekstinksiya
koeffisenti deyiladi. Agar bir jisnslimaslar o‟lchovi yorug‟lik to‟lqin uzunligidan
kichik ( -0,1λ atrofida) bo‟lsa, sochilgan yorug‟lik intensivligi J yorug‟lik
chastotasining to‟rtinchi darajasiga to‟g‟ri proporsional yoki to‟lqin uzunligining
to‟rtinchi darajasiga teskari proporsional:
J~ w4~1/ λ4
Bu bog‟lanish Reley qonuni nomi bilan yuritilgan. Yorug‟lik to‟lqini ta‟siridagi
elektronning harakati garonik r = rm coswt qonun bo‟yicha sodir bo‟ladi. bu
holda tezlanish w2 ga proporsional. Demak nurlanish intensivligi w4 ga
proporsional qonuniyatining namoyon bo‟lishini loyqa suyuqlik solingan
idishdan oq yorug‟lik dastasini o‟tkazib kuzatish onson. Yorug‟likning sochilishi
tufayli dastaning suyuqlikdagi izi idishning yon tomonidah yaxshi ko‟rinadi,
yorug‟likning qisqa to‟lqinlari uzunlariga qaraganda kuchlik sochilganligi sababli
bu iz havo rang bo‟lib ko‟rinadi. Suyuqlikdan o‟tgan dasta katta uzun to‟lqinli
nurlanish bilan boyib, E ekranda, oq rangning o‟rniga qizg‟ish sariq dog‟ hosil
qiladi. Dastaning idishda kirish oldiga polyarizator qo‟yib, birlamchi dasta
yo‟nalishiga perpendikulyar bo‟lgan turli yo‟nalishlarda. Sochilgan yorug‟lik
intensivligining bir xil bo‟lmaganini sezamiz. Dipol‟ nurlanishning yo‟nalishga
ega bo‟lishi birlamchi dastaning tebranish tekisligi bilan mos tushgan
yo‟nalishlarda sochilgan yorug‟lik intensivligining amalda nolga teng bo‟lishiga
tebranish tekisligiga tik yo‟nalishda maksimal bo‟lishiga olib keladi. Optikaviy bir
jinslimaslik namoyon bo‟lish sababini zichlik fluktuasiyasidan deb topdilar. Bu
fluktuasiyalar modda molekulalarining tartibli harakati tufayli yuzaga keladi:
shuning uchun molekulalar sababchi bo‟lgan yorug‟likning bu tur sochilishi deb
atalgan. Zichlik fluktuasiyasining ortishi uchun ayniqsa modda kritik holatining
yaqinida qulay sharoit yuzaga keladi. Bu fluktuasiyalar yorug‟likning shunday
intensiv sochilishiga olib keladiki, yorug‟lik yo‟lidagi modda solingan ampula
butunlay qora bo‟lib ko‟rinadi.
Adabiyotlar:
1. David Halliday, Robert Resnick, Jear “Fundamentals of physics!”, USA, 2011.
2. Douglas C. Giancoli “Physics Principles with applications”, USA, 2014.
3. Физика в двух томах перевод с английского А.С. Доброславского и
др. под редакцией Ю.Г.Рудого. Москва. «Мир» 1989.
4. Remizov A.N. “Tibbiy va biologik fizika” T. Ibn Sino, 2005.
5. Bozorova S. Fizika, optika, atom va yadro. Toshkent Aloqachi 2007.
6. Sultonov E. “Fizika kursi” (darslik) Fan va ta‟lim 2007.
7. O.Qodirov.”Fizika kursi” (o„quv qo„llanma) Fan va ta‟lim 2005.
8. O. Ahmadjonov. Umumiy fizika kursi. 1 tom. Toshkеnt 1991.
9. A. Qosimov va boshqalar. Fizika kursi 1 tom. Toshkеnt 1994.
Do'stlaringiz bilan baham: |