Tarmoq kommutatsion nimtizimi Tarmoq nimtizimining markaziy komponentimobil aloqani kommutatsiyalash markazi (MSC) hisoblanadi [1]. U umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘ining yoki integral xizmat ko‘rsatish raqamli tarmog‘ining (PSTN - Public Switched Telephone Network) oddiy kommutatsiyalash tuguni sifatida ishlaydi. Qo‘shimcha ravishda abonentning harakatlanishida ro‘yxatga olish, autentifikatsiyalash, joylashish o‘mini yangilash, bog‘lanishni uzatish (xendover) va chaqiruvni marshrutlashtirish kabi barcha funksional imkoniyatlarni ta'minlaydi. Bu funksiyalar birgalikda tarmoq nimtizimini shakllantiradigan bir necha funksional ob'ektlar orqali birgalikda ta'minlanadi. MSC qayd etilgan tarmoqlarga (PSTN umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i yoki ISDN integral xizmat ko‘rsatish raqamli tarmog‘iga) ulanishni ta'minlaydi. Tarmoq nimtizimida funksional ob'ektlar orasida signallarni uzatish ISDN va umumiy foydalanishdagi tarmoqlarda almashlash uchun qo‘llanilganidek alohida signalizatsiya kanali - UKS Ns 7 (SS7) kanalini ishlatadi. Harakatdagi aloqa kommutatsiyalash markazi sotalar guruhiga xizmat ko‘rsatadi va ishlash jarayonida harakatdagi stansiyaga kerak bo‘ladigan barcha bog‘lanishlar turlarini ta'minlaydi. MSC ISDN kommutasion stansiyaga o‘xshash va qayd etilgan tarmoqlar (PSTN, PDN, ISDN va h.k.) va harakatdagi aloqa tarmog‘i orasidagi interfeysni ishlatadi. U chaqiruvlarni marshrutlashtirish va chaqiruvlarni boshqarish funksiyalarini ta'minlaydi. Oddiy ISDN kommutasion stansiyasining funksiyalarini bajarishdan tashqari, MSCga radiokanallarni kommutatsiyalash funksiyalari qo‘yiladi. Ularga —estafetali uzatish” kiradi, bu jarayonda harakatdagi stansiya sotadan sotaga harakatlanganda aloqaning uzluksizligiga va halaqitlar yoki yaroqsizliklar paydo bo‘lganda sotada ishchi kanallarni qayta ulanishiga erishiladi. Har bir MSC ma'lum geografik zona chegaralarida (Toshkent va Toshkent viloyatida) joylashgan harakatdagi abonentlar xizmat ko‘rsatishni ta'minlaydi. MSC chaqiruvlarni o‘rnatish va marshrutlashtirish protseduralarini boshqaradi. Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i uchun (PSTN) MSC UKS N°7 protokoli bo‘yicha signalizatsiya, chaqiruvni uzatish yoki aniq bir loyihaning talablariga muvofiq boshqa interfeyslar turlarini qo‘llashni ta'minlaydi. MSC tarmoqda ko‘rsatilgan aloqa xizmatlariga hisoblarni berish uchun zarur bo‘ladigan ma'lumotlarni shakllantiradi, bo‘lib o‘tgan so‘zlashuvlar bo‘yicha ma'lumotlarni to‘playdi va ularni hisoblar markaziga (billing-markazga) uzatadi. MSC tarmoqning ishlashini nazorat qilish va optimallash uchun zarur bo‘ladigan statistik ma'lumotlarni ham tuzadi. U yana radiokanallarga ulanishni boshqarish uchun qo‘llanadigan xavfsizlik protseduralarini ta'minlaydi. MSC nafaqat chaqiruvlarni boshqarishda qatnashadi, balki bazaviy stansiyalar nimtizimiga (BSS) boshqarishni uzatishdan tashqari, joylashish o‘rnini ro‘yxatga olish va boshqarishni uzatish protseduralarini ham boshqaradi. Harakatdagi stansiyalarning joylashish o‘rnini ro‘yxatga olish harakatlanayotgan abonentlarga umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘ining abonentlaridan yoki boshqa harakatdagi abonentlardan chaqiruvlarni yetkazilishini ta'minlash uchun zarur. Chaqiruvlarni uzatish protsedurasi harakatdagi stansiya bitta xizmat ko‘rsatish zonasidan boshqasiga harakatlanganida bog‘lanishni saqlashga va so‘zlashuvlarni olib borilishini ta'minlashga imkon beradi. Bitta bazaviy stansiyalar kontrolleri (BSC) orqali boshqariladigan sotalarda chaqiruvlarni uzatish bu BSC orqali amalga oshiriladi. Chaqiruvlarni uzatish turli stansiyalar orqali boshqariladigan ikkita tarmoqlar orasida bo‘lib o‘tsa, u holda birlamchi boshqarish MSCda amalga oshiriladi. GSM standartida turli MSC larga tegishli bo‘lgan tarmoqlar (kontrollerlar) orasida chaqiruvlarni uzatish protseduralari ham ko‘zda tutilgan. Kommutatsiyalash markazi joylashish o‘rni uy registri va (HLR) joylashish o‘rni tashrif registridan (VLR) foydalanish bilan harakatdagi stansiyalarni doimiy nazorat qilishni amalga oshiradi. Joylashish o„rni uy registri (HLR -Home Location Register) HLRda kommutatsiyalash markaziga ma'lum mobil stansiyaning chaqiruvini yetkazishga imkon beradigan qandaydir harakatdagi stansiyaning joylashish o‘mi haqidagi ma'lumotlar saqlanadi. Amalda HLR tarmoqda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan abonentlar haqidagi ma'lumotlar ombori hisoblanadi. Unda ajratish nomerlari va manzillari, shuningdek abonentlarning haqiqiyligi parametrlari, aloqa xizmatlari tarkibi, marshrutlashtirish haqidagi maxsus ma'lumotlar mavjud bo‘ladi. Abonentning joylashish o‘rnini o‘zgarishi va roumingi haqidagi ma‘lumotlar,shu jumladan, harakatdagi abonentning vaqtinchalik identifikasion nomeri (TMSI - Temporary Mobile Subscriber Identity) va mos ravishda tashrif joylashish o‘rni registri (VLR) haqidagi ma'lumotlarni ro‘yxatga olish olib boriladi. HLR registr harakatdagi abonentning xalqaro identifikasion nomeri (IMSI - International Mobile Subscriber Identity), aloqa xizmatlarining tarkibi, marshrutlashtirish haqidagi maxsus ma'lumotlarga ega. U autentifikatsiyalash markazida harakatdagi stansiyani tanish uchun ishlatiladi. Joylashish o‘rni uy registri MSC bilan birga chaqiruvni marshrutlashtirish va mobil stansiyaning joylashish o‘rnini o‘zgartirishni (rouming) ta'minlaydi va mobil stansiyalarning joriy joylashish o‘rni bilan bir qatorda mos GSM tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan har bir abonentning barcha ma'muriy ma'lumotlariga ega. Mobil stansiyalarning joylashish o‘rni odatda bu mobil stansiyaning VLRdagi manzili shakli joylashadi. Haqiqiy marshrutlashtirish protsedurasi keyinroq tavsiflanadi. Mantiqan GSM tarmog‘ida taqsimlangan ma'lumotlar ombori sifatida amalga oshirilishi mumkin bo‘lsada, faqat bitta HLR mavjud. HLRda mavjud bo‘lgan ma'lumotlarga tarmoqning barcha MSC va VLRlari masofadan ulanishga ega va agar tarmoqda bir necha HLRlar mavjud bo‘lsa, ma'lumotlar omborida abonent haqida faqat bitta yozuv bo‘ladi, shuning uchun har bir HLR abonentlar haqida tarmoqning umumiy ma'lumotlar omborining ma'lum qismi hisoblanadi. Abonentlar haqida ma'lumotlar omboriga ulanish IMSI (IMSI - International Mobile Station Identity) nomeri bo‘yicha ISDN tarmoqdagi harakatdagi stansiyaning MSISDN-nomeri (MSISDN - Mobile Station ISDN Number) bo‘yicha amalga oshiriladi. Ma'lumotlar omboriga abonentlarning tarmoqlararo roumingini ta'minlash doirasida boshqa tarmoqlarga tegishli bo‘lgan MSC va VLRlar ulanishni olishi mumkin.