ADC — Administration Center
AuC — Authentication BTS — BascTransceiver Station BSC — Basc Station Controllcr BSS — Basc Station Systcm EIR — Equipmcnt Idcntification Rcgistcr HLR — Homc Loclion Rcgistcr ISDN — Intcgratcd Scrvicc Digital Nctwork MS — Mobile Station MSC — Mobilc Switching Ccntcr NMC — Nctwork Managcmcnt Center OMC— Opcration and Maintcnancc Ccntcr PDN — Packct Data Nctworks PSTN — Public Switchcd Tclcphonc Nctwork N SS — Nctwork Switching Subsystcm TCE — Transcodcr Equipmcnt VLR — Visil Location Rcgistcr
Ma'muriy markaz
Autentifikatsiyalash markazi Bazaviy qabul qilish-uzatish stansiyasi Bazaviy stansiya kontrolleri Bazaviy stansiyalar nimtizimi Qurilmalarni identifikatsiyalash registri Xizmatlar integratsiyalangan raqamli tarmoq Mobil stansiya Mobil aloqani kommutatsiyalash markazi Tarmoqni boshqarish markazi Ishlatish va texnik xizmat ko' rsatish markazi Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoq Kommutatsion nimtizim Transkoder Mobil stansiya Joylashish o' rni registri
Mobil stansiya(MS)
Mobil stansiya (MS) harakatdagi apparatura (terminal) va abonentlarni identifikatsiyalash moduli (SIM - Subscriber Identification Module) deyiladigan mikroprotsessorni o‘z ichiga olgan integral sxemali kartadan tashkil topgan. SIM- karta foydalanuvchi harakatlanganida ishlatiladigan terminalga bog‘liq bo‘lmagan holda to‘langan xizmatlarga ulanishni ta'minlaydi. Boshqa GSM terminaliga SIM- kartani qo‘yish bilan foydalanuvchi qo‘ng‘iroqlami qabul qilishi, bu terminaldan qo‘ng‘iroqlami amalga oshirishi va boshqa xizmatlarni olishi mumkin [1-3]. Harakatdagi apparatura mobil qurilmani xalqaro ajratish kodi (IMEI - International Mobile Equipment Identity) orqali aniqlanadi. SIM-kartamobil abonentni xalqaro ajratish kodiga (IMSI - International Mobile Subscriber Identity), u abonent, maxfiy kod va boshqa ma'lumotlarni identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. IMEI va IMSI bir-birlariga bog‘liq emas, bu abonentning harakatlanishida shaxsni eng ehtimolli ajratishni ta'minlash imkoniyatini beradi. SIM-karta parol yoki shaxsiy nomerdan noqonuniy foydalanishga qarshi himoyalanishi mumkin. Harakatdagi stansiyaning uchta turdagi oxirgi qurilmalari qo‘llanadi:
MT0 (Mobile Termination 0) - ko‘p funksiyali harakatdagi stansiya, uning tarkibiga ma‘lumotlar va nutqni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ma‘lumotlar terminali kiradi;
MT1 (Mobile Termination 1) - terminal orqali ISDN bilan aloqa imkoniyatiga ega bo‘lgan harakatdagi stansiya;
MT2 (Mobile Termination 2) - MKKTT V-yoki X-turkumdgi protokol bo‘yicha aloqa uchun terminalni ulash imkoniyatiga ega bo‘lgan harakatdagi stansiya.
Terminal qurilmasi nomerteriladigan telefon go‘shagi, ma‘lumotarni uzatish apparaturasi (DTE), teleks va boshqalar kabi bir yoki bir necha turlardagi qurilmalardan tashkil topishi mumkin. Terminallarning quyidagi turlari mavjud: .TE1 (Terminal Equipment - ISDN bilan aloqani ta'minlaydigan terminal qurilmasi;
.TE2 (Terminal Equipment -MKKTT V-yoki X-turkumdagi protokollar orqali istalgan qurilma bilan aloqani ta'minlaydigan terminal qurilmasi (ISDN bilan aloqani ta'minlamaydi). TE2 terminal yuklama sifatida MT1 qurilmaga
(ISDN bilan aloqa imkoniyatiga ega bo‘lgan harakatdagi stansi) yoki TA adapter orqali ulanishi mumkin. Mobil stansiya qabul qilgich-uzatkichining soddalashtirilgan sxemasi 1.2- rasmda keltirilgan. Uzatkich va qabul qilgichning tarkibiga quyidagi bloklar kiradi. Mikrofonda nutq signali elektr signalga o‘zgartiriladi, uning spektri kengligi filtr orqali cheklangan va 4 kGsni tashkil etadi. Analog-raqamli o‘zgartirgich (ARO‘) mikrofonning chiqishidagi signalni raqamli shaklga o‘zgartiradi va keyingi barcha nutq signaliga ishlov berish va uzatish qabul qilishda teskari raqamli-analog o‘zgartirishgacha (RAO‘) raqamli shaklda amalga oshiriladi.
1.2- rasm. Mobil stansiya qabul qilgich-uzatkichining soddalashtirilgan blok-
sxemasi Nutq koderi nutq signalini aloqa kanali bo‘yicha uzatiladigan ma'lumotlar hajmini qisqartirish maqsadida raqamli shaklga kodlashni amalga oshiradi. Nutq dekoderi qabul qilishda unga tushgan kodlangan nutq signalini qayta tiklaydi. Kanal koderi kodlangan nutq signaliga radiooraliqda xatoliklardan himoyalash uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha ma'lumotlarni qo‘shadi. Kanal dekoderi qabul qilingan ma'lumotlarda xatoliklar borligini tekshiradi va aniqlangan xatoliklarni iloji boricha tuzatadi. Modulyator ma'lumotlarni tashuvchi chastotaga o‘tkazadi.Demodulyator modulyatsiyalangan radiosignaldan tashuvchi ma'lumotni ajratib oladi. Bu ishlov berish bosqichlari materialning keyingi bayon etilishida atroflicha ko‘rib chiqiladi. Bazaviy stansiyalar nimtizimi Bazaviy stansiyalar nimtizimi ikkita turdagi qurilmalar - bazaviy qabul qilish-uzatish stansiyasi (BTS -Base Transceiver Station) va bazaviy stansiyakontrolleridan BSC — Base Station Controller) tashkil topgan [1] (ular standartlashtirilgan Abis interfeys orqali o‘zaro ta'sirlashishadi (1.1- rasm). Bazaviy qabul qilish-uzatish stansiyasidaqabul qilgich-uzatkich joylashtiriladi, bitta ma'lum sota uchun harakatdagi stansiya bilan radioliniya protokollarini ishlatadi. Katta shaharda odatda ko‘p sonli BTSlar joylashtiriladi. Shuning uchun BTSlarga asosiy talablar puxtalik, ishonchlilik, portativlik va minimal narx hisoblanadi. Bazaviy stansiyakontrolleri bir yoki undan ortiq BTSl ar uchun radioresurslar, radiokanal bo‘yicha bog‘lanishni tanlash va o‘rnatish, chastotaning sakrashi va xendoverni (qayta ulanishni) boshqaradi. BSC bazaviy qabul qilish-uzatish stansiyasi (BTS) va mobil aloqani kommutatsiyalash markazi (MSC) orasiga ulanadi.