Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalariuniversiteti


GSM standartida taqdim etiladigan xizmatlar



Download 1,54 Mb.
bet5/62
Sana17.12.2022
Hajmi1,54 Mb.
#889403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
GSM VA MOBIL TARMOQLARNI BOShQARISh распознан

GSM standartida taqdim etiladigan xizmatlar
GSM standarti boshqa sotali aloqa standartlarida ishlatilmaydigan (yoki to‘liq ishlatilmaydigan) qator xizmatlarni o‘z foydalanuvchilariga taqdim etadi [3]. Ularga quyidagilar kiradi:

  • Kanal va aloqa xizmatlariga ulanish uchun intellektual SIM-kartalardan foydalanish;

  • Uzatiladigan xabarlarni shifrlash;

  • Yashirin eshitishga yopiq radiointerfeys mavjudligi;

  • Abonentni autentifikatsiyalash va abonentlar qurilmalarini kriptografik algoritmlar bo‘yicha identifikatsiya qilish;

  • Signalizatsiya kanallari bo‘yicha uzatiladigan qisqa xabarlar xizmati;

  • Milliy va xalqaro ko‘lamlarda turli GSM tarmoqlarini abonentlarining avtomatik roumingi;

  • GSM abonentlarining DCS1800, PCS1900, DECT standartlari tarmoqlari, shuningdek sun'iy yo‘ldoshli (Global star, Inmarsat-P, Iridium) personal radioaloqa tarmoqlari abonentlari bilan tarmoqlararo rouming xizmati.

GSM standartining umumiy xarakteristikalari
1980 yidagi SERT tavsiyalariga muvofiq, GSM standartidagi harakatdagi aloqa uchun 862 - 960 MGs diapazondagi chastotalar spektri ajratilgan.
Harakatdagi stansiyadan bazaviy stansiyaga uzatish uchun 890 - 915 MGs
chastotalar polosasi va bazaviy stansiyadan harakatdagi stansiyaga (abonentga) uzatish uchun 935 - 960 MGs chastotalar polosasi ishlatiladi [3]. Binobarin, aloqa seansi vaqtida kanallarning qayta ulanishida bu chastotalar orassidagi farq o‘zgarmas va 45 MGsga teng. Qo‘shni aloqa kanallari orasidagi chastotalar farqi 200 kGsni tashkil etadi. Shunday qilib, qabul qilish/uzatish uchun ajratilgan 25 MGs chastotalar polosasida 124 ta aloqa kanallari joylashadi.
GSM standartida vaqt bo‘yicha ajratiladigan tor polosali ko‘p stansiyali ulanish (TDMA) ishlatiladi, bu bitta tashuvchi chastotada bir vaqtda 8 tagacha nutq kanallarini joylashtirishga imkon beradi. Nutqni o‘zgartirish qurilmasi sifatida munatazam impulsli qo‘zg‘atishli va 13 Kbit/s nutqni o‘zgartirish tezligini RPE - LTP nutq kodeki ishlatiladi.
Bu standartda nutqqa ishlov berish qabul qilingan DTX (Discontinuous Transmission) nutqni uzlukli uzatish tizimi doirasida amalga oshiriladi, u faqat signal bo‘lganida uzatkich yoqilishini ta'minlaydi, pauzalarda va so‘zlashuvning oxirida uzatkich o‘chiriladi. DTX tizimi VAD (Voice Activity Detector) nutqning aktivligi detektorini boshqaradi, u hatto shovqin sathi nutqning sathiga teng bo‘ladigan holarda shovqinli nutq va shovqinsiz nutq intervallarini aniqlash va ajratishni ta'minlaydi.
Radiokanallarda vujudga keladigan xatoliklardan himoyalash uchun o‘rin alamshtirishli blokli va o‘rama kodlash qo‘llaniladi. Harakatdagi stansiyalarning kichik harakatlanish tezligida kodlash va o‘rin almashtirishning samaradorligini oshirishga aloqa seansi jarayonida ishchi chastotalarni sekin (sekundiga 217 sakrashlar tezligida) qayta ulash bilan erishiladi.
Shahar sharoitlarida radioto‘lqinlaming ko‘p nurli tarqalishi keltirib chiqaradigan qabul qilingan signallarning interferension so‘nishlari bilan kurashish uchun aloqa apparaturalarida impulsli signallarni kechikish vaqtining 16 mksgacha o‘rtacha kvadratik og‘ishi bilan tekislashni ta'minlaydigan ekvalayzerlar ishlatiladi. Qurilmalarni sinxronlashtirish tizimi signallarni kechikishi absolyut vaqtini kompensatsiyalashga (233 mksgacha) mo‘ljallangan. Bu 35 km (sotaning radiusi) maksimal aloqa masofasiga mos keladi.
Radiosignalni modulyatsiyalash uchun minimal chastotaviy surishli spektral- samarador gauss chastotaviy manipulyatsiyalash (GMSK) qo‘llanadi. Bunday nomlash axborot bitlari ketma-ketligi modulyatorgacha gauss amplitudaviy- chastotaviy xarakteristikasiga ega bo‘lgan past chastotalar filtridan o‘tishiga bog‘liq, bu nurlantiriladign signal chastotasi kengligining sezilarli kamayishiga olib keladi.
GMSK radiosignalni shakllantirish bitta bitga mos keladigan intervalda tashuvchining fazasi 90° ga o‘zgaradigan tarzda bo‘lib o‘tadi. Bu bunday turdagi manipulyatsiyalashda aniqlanishi mumkin bo‘lgan fazaning eng kichik o‘zgarishi hisoblanadi. Faza uzluksiz o‘zgaradigan chiqish signali chastota diskret o‘zgaradigan chastotaviy modulyatsiyalash natijasida olingan signalga o‘xshash bo‘ladi.
GSM standartida VT=0,3 me'yorlashtirilgan polosa qiymatili
modulyatsiyalash ishlatiladi, bu yerda V - filtrning -3 dB sath bo‘yicha polosasi kengligi; T - bitta bitni uzatish davomiyligi.
GMSK-signalni shakllantirgichning asosi kvadraturali (I/O) modulyator hisoblanadi, u ikkita ko‘paytirgichlar va bitta summatordan tashkil topgan.
GMSK modulyatsiyalashni quyidagi xossalar xarakterlaydi:

  • S sinfdagi quvvat kuchaytirgichlarili uzatish qurilmalaridan foydalanishga imkon beradigan sath bo‘yicha o‘zgarmas og‘diruvchi;

  • tashqi polosali nurlanishlarning past sathini ta'minlaydigan uzatish qurilmasi kuchaytirgichining chiqishidagi tor polosa;

  • aloqa kanalining yaxshi shovqinbardoshliligi.

GSM standartida ochiq kalitli algoritm (RSA) bo‘yicha xabarlarni shifrlash amalga oshiriladigan xabarlarni uzatish xavfsizligining yuqori darajasiga erishiladi.
Umuman olganda GSM standartida ishlaydigan aloqa tizimi undan turli sohalarda foydalanishga mo‘ljallangan. U foydalanuvchilarga keng xizmatlar diapazoni va nutq xabarlari va ma‘lumotlari, chaqiruv va avariya signallarini uzatish uchun turli-tuman qurilmalarni qo‘llash imkoniyati, umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘iga (PSTN), ma‘lumotlarn uzatish tarmoqlariga (PDN) va xizmatlar integratsiyalanadigan raqamli tarmoqlarga (ISDN) ulanishni taqdim etadi

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish