Bog'liq GSM VA MOBIL TARMOQLARNI BOShQARISh распознан
GSM standartining rivojlanish tarixi Yagona yevropa raqamli aloqa standartini bu maqsadlar uchun ajratilgan 900 MGs dipazonda yaratish maqsadida 1982 yilda 26 ta davlatlar aloqa ma‘muriyatlarini birlashtiradigan tashkilot - Yevropa Pochta va Elektr aloqa Ma‘muriyatlari Konferensiyasi (SERT) Groupe Special Mobile maxsus guruhini tashkil etdi. GSM qisqartmasi yangi standartga nom berdi (keyinroq, bu standartni butun dunyoda keng tarqalishi tufayli), GSM Global System for Mobile Communications sifatida yoyila boshlandi. Bu guruhning ish natijasi 1990 yilda e‘lon qilingan yetakchi ilmiy-texnik markazlarning eng zamonaviy ishlanmalari foydalanadigan GSM standarti sotali aloqa tizimiga talablar bo‘ldi [2]. To‘liq ko‘lamlarda Yevropa hududida tizim 1993 yilning boshidan ishlay boshladi, yangi xizmat ko‘rsatish zonalarining kiritilishi esa 1995 yil davomida davom etdi. Shuningdek, 1986 yilda GSM butun spesifikatsiyalar majmuini rivojlantirishni boshqarishga umumiy ma'suliyatni oldi. Potensial operatorlarni, boshqacha aytganda, bo‘lajak ishab chiquvchilar va tarmoqlar egalarini ishga jalb etish qoldi. Bu masala 1987 yilning sentyabrida Kopengagenda 13 ta davlatlar operatorlari tomonidan “O‘zaro tushunish haqida memorandum”- MoU (Memorandum of Understanding) imzolanishida yechildi, bu loyihani amalga oshirish foydasiga mos bo‘ldi. Shu bilan bir vaqtda Fransiyada sakkizta yoki to‘qqizta radiosignalni uzatish turli usullarini testlash boshlandi, buning natijasida TDMA (Time Division Multiple Access) kanallar vaqt bo‘yicha ajratiladigan, boshqacha aytganda, vaqt bo‘yicha zichlashtiriladigan (multiplekslanadigan) ko‘p stansiyali ulanish usuli tanlandi. Ta'kidlash kerakki, bu usulni ishab chiqishdagi hal qiluvchi rolni CNET tadqiqotlar instituti o‘ynadi, keyinchalik u France Telecomga o‘zgartirildi. 1988 yilning fevraliga kelib, tizimning ishonchliligi loyihada ishtirok etish uchun “O‘zaro tushunish haqida memorandumini” imzolagan barcha operatorlarni rasmiy taklif etish uchun yetarlicha isbotlandi. Lekin 1997 yilga kelib 6000 ta sahifalarga yetishi kerak bo‘lgan yakuniy spesifikatsiyalarni ishlab chiqish va testlash bo‘yicha juda katta ishlarni oxirigacha yetkazish zarur bo‘ldi. Juda tez orada ayon bo‘ldiki, bu juda katta mehnat shunday ko‘lam va murakkablikka ega bo‘ldi, 1991 yilning 1 iyuliga tayinlangan tizimni ishga tushirish sanasi bundan kelib chiqadigan halokatli oqibatlar bilan juda katta shubha ostiga olina boshlandi. Yuzaga kelgan vaziyatni e'tiborga olish bilan loyihani tizimni bosqichma-bosqich ishga tushirish imkoniyatini beradigan ikkita bosqichga bo‘lishga qaror qilindi. 1989 yilda GSM guruhidan ma'suliyatni Fransiyada tashkil etilgan ETSI (European Telecommunications Standards Institute) Yevropa telekommunikatsiyalar bo‘yicha standartlar institutiga o‘tkazilishi bir vaqtda teng sharoitlarga qo‘yilgan ma'muriy organlar, operatorlar va ishlab chiqaruvchilar orasidagi o‘zaro ta'sirlashishga yo‘naltirilgan faoliyatni faollashtirdi. Natijada GSM spesifikatsiyasining “1-bosqichi” 1990 yilda e'lon qilindi va Buyuk britaniyada ishlab chiqilgan DCS 1800 (1800 MGs diapazoni) tizimida qabul qilindi. Keyinchalik bu tizim GSM 1800 nomga qayta nomlandi va Jenevada o‘tkazilgan TELECOM 91 ko‘rgazmasida tarmoqning tajriba namunasi taqdim etildi. Lekin bozorda yechilmagan moslashuvchanlik va standartlashtirish masalalari tufayli hali GSM telefonlar bo‘lmagan edi. Ta'kidlash kerakki, bu telefonlar yagona umumiy yevropa standartiga mos kelish sinovidan o‘tgan birinchi telekommunikasion qurilmalar sirasiga kirdi, navbatma-navbat har bir davlatda qabul qilinmadi. Lekin 1991 yilga kelib, muvofiqlashtirish va standartlashtirish protsedurasi hali ishlab chiqilmagan edi. Nihoyat 1992 yilning aprelida birinchi sotali telefonlarini ommaviy chiqarishni boshlashga imkon beradigan standartga mos kelishga vaqtinchalik namunaviy sinovlar protsedurasi o‘rnatildi, bu operatorlarning faoliyatini keskin kuchaytirdi. 1992 yilning iyunida Angliyalik abonentlarga ularning telefonlaridan Finlyandiyada, fin abonentlariga ularning telefonlaridan Angliyada foydalanishga imkon beradigan rouming bo‘yicha birinchi kelishuv imzolandi. Umumiy Yevropa tarmog‘i ishlab ketdi. 1993 yilga kelib milliondan ortiq abonentlar hisoblandi. Telstra Avstraliya operatori Memorandumning qolgan ishtirokchilariga qo‘shilganidan keyin GSM tizimi Yevropa chegaralaridan chiqdi va butun dunyoni eglladi. Bugungi kunga kelib, faqat Fransiyaning o‘zida uchta operatorlar xizmat ko‘rsatadigan yigirma milliondan ortiq abonentlar mavjud. GSM mobil telefonlari butun dunyo bo‘yicha tarqalgan yuzdan ortiq davlatlarda ishlatilishi mumkin va hatto sun'iy yo‘ldosh telefonlari GSM standartiga muvofiq ishlaydi. Boshqa keng tarqalgan raqamli standartlardan farqli ravishda GSM eng yaxshi energetik xarakteristikalar, yuqoriroq aloqa sifati, uning xavfsizligi va konfidensialligini ta'minlaydi. GSM standartida qabul qilingan nutq xabarlarining qoniqarli sifati qabul qilgichning kirishidagi 9 dB signal/shovqin nisbatida ta'minlanadi (masalan, D-AMPS standarti uchun bu 16 dBni tashkil etadi, real aloqa kanallaridagi (signallarning so‘nishidagi) energetik sarflar esa, D-AMPS standartidagiga qaraganda 6-10 dBga kichik bo‘ladi.