Joylashish o„rni zonasi (LA) sotalar guruhi sifatida aniqlanadi. Tarmoq chegaralarida abonentning joylashish o‘rni abonent bu vaqtda bo‘lgan LA zonaga bog‘langan bo‘ladi. Bu LA zonaning identifikatori VLRda saqlanadi. MS turli LA zonalarga tegishli bo‘lgan ikkita sotalar orasidagi chegarani kesib o‘tganda u tarmoqqa yangi LA zona haqidagi ma'lumotlarni uzatadi. Bu faqat agar MS “Erkin” (Idle) rejimda bo‘lsa, bo‘lib o‘tadi. Yangi joylashish o‘rni haqidagi ma'lumotlar o‘rnatilgan bog‘lanish davomida uzatilmaydi, bu jarayon bog‘lanish bo‘shatilganidan keyin bo‘lib o‘tadi. Agar MS bitta LA zona chegaralaridagi sotalar orasidagi chegarani kesib o‘tsa, u o‘zining yangi joylashish o‘rni haqida xabar qilmaydi. MSga kirish chaqiruvi kelganda peyjing xabari bitta LA zonaga tegishli bo‘lgan barcha sotalar chegaralarida tarqatiladi. MSC xizmat ko„rsatish zonasi (SA)ma'lum LA zonalar sonidan tashkil topadi va tarmoqning bitta MSC boshqaruvida bo‘lgan geografik qismini aks ettiradi (1.9- rasm).
rasm. MSC xizmat ko‘rsatish zonasi
MSga chaqiruvni yo‘naltirish uchun MSC xizmat ko‘rsatish zonasi haqidagi ma'lumotlar ham zarur bo‘ladi, shuning uchun xizmat ko‘rsatish zonasi ham nazorat qilinadi va u haqdagi ma'lumotlar ma'lumotlar omboriga (HLR) yoziladi. PLMN xizmat ko„rsatish zonasi Bitta operator orqali xizmat ko‘rsatiladigan sotalar to‘plami hisoblanadi va operator abonentga radioqamrab olish va o‘z tarmog‘iga ulanishni ta'minlaydigan zona sifatida aniqlanadi. Istalgan davlatda har bir operatorga bittadan bir necha PLMN xizmat ko‘rsatish zonalari bo‘lishi mumkin. GSM xu3Mam kypcamum 30Hacu PLMNxu3Mam kypcamum 30Hacu MSC (SA) xu3Mam kypcamum 30Hacu (LA) momiaimmi ypHu 30Hacu ComaHUHr xu3Mam kypcamum 30Hacu rasm. GSM zonalari orasidagi ierarxik o‘zaro aloqa
Rouming tushunchasi MS bitta PLMN xizmat ko‘rsatish zonasidan boshqasiga o‘tadigan hollarda ishlatiladi. 1.10- rasmda turli xizmat ko‘rsatish sohalari orasidagi nissbatlar keltirilgan. GSM xizmat ko„rsatish zonasi Abonent GSM tarmog‘iga ulanishni olishi mumkin bo‘lgan butun geografik soha hisoblanadi. GSM xizmat ko‘rsatish zonasi yangi operatorlar abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha birgalikda ishlashni ko‘zda tutadigan shartnomalarni imzolashi bilan ortadi. Hozirgi vaqtda GSM xizmat ko‘rsatish zonasi bir qancha oraliqlar bilan Irlandiyadan Avstraliyagacha va Janubiy Afrikadan Amerikagacha ko‘plab davlatlarni qamrab oladi. Xalqaro rouming bu MS bitta milliy PLMNdan boshqqa milliy PLMNga harakatlanganda qo‘llanadigan atama hisoblanadi. va 1.12- rasmlarda o‘sha bir tarmoqqa turli nuqtai nazardan qarashlar tasvirlangan. Birinchisi tarmoq tugunlarining joylashishi va ularning apparatlar ta'minoti darajasidagi o‘zaro ta'sirlashishini aks ettiradi, ikkinchsi esa tarmoqning dasturiy ta'minot darajasidagi geografik tuzilmasini ko‘rsatadi.
rasm. Tarmoq tugunlarining joylashishi va ularning apparatlar ta'minoti
darajasidagi o‘zaro ta'sirlashishi
GSM chastotalardiapazoni uchta 900, 1800, 1900 MGs dipazonlarni o‘z ichiga oladi (1.13- rasm).
rasm. Tarmoq tugunlarining joylashishi va ularning dasturiy ta'minot
darajasidagi o‘zaro ta'sirlashishi
rasm. GSMchastotalar diapazonlari
900 MGs diapazon Dastlab GSM standartiga 900 MGs diapazon ajratilgan. Hozirgi vaqtda bu diapazon butun dunyo diapazoni bo‘lib qolmoqda. Ayrim davlatlarda tarmoqning katta sig‘imini ta'minlaydigan kengaytirilgan chastotalar diapazonlari ishlatiladi. Kengaytirilgan diapazonlar E-GSM va R-GSM deyiladi, shu bilan bir vaqtda oddiy diapazon P-GSM (primary) deyiladi:
P-GSM900 890-915/915-960 MHz
E-GSM900 880-915/925-960 MHz
R-GSM900 890-920/915-970 MHz
1800 MGs diapazoni 1990 yilda operatorlar orasidagi raqobatni kuchaytirish uchun United Kingdom 1800 chastotalar diapazoniga moslashtirilgan yangi GSM versiyasini rivojlantira boshladi. Bu diapazon tasdiqlanishi bilanoq bir necha davlatlar bu chastotalar diapazonidan foydalanishni bildirishdi. Bu dipazonning kiritilishi raqobatni oshirishi va mos ravishda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishi bilan operatorlar sonini oshirdi. Bu diapazonning qo‘llanishi o‘tkazish polosasini oshirish va mos ravishda tashuvchilar sonini oshirish hisobiga tarmoqning sig‘imini oshirishga imkon beradi. 1800 chastotalar diapazoni GSM 1710- 1805/1785-1880 MHz dupleks chastotalar juftliklarini ishlatadi. 1997 yilgacha 1800 standart Digital Cellular System (DCS) 1800 MHz nomida bo‘ldi, hozirgi vaqtda GSM 1800 deyiladi. 1900 MGs diapazoni 1995 yilda AQShda PCS (Personal aloqa xizmatlari) konsepsiyasi spesifikatsiyalandi. Bu konsepsiyasining asosiy g‘oyasi personal aloqani, ya'ni ikkita mobil stansiyalar orasidagi emas, balki ikkita abonentlar orasidagi aloqani taqdim etish imkoniyati hisoblanadi. PCS bu xizmatlar sotali texnologiyalar asosida amalga oshirilishini talab qilmaydi, lekin hozirgi vaqtda bu texnologiya bu konsepsiya uchun eng samarali hisoblanadi. PCSning ishlatilishi uchun mumkin bo‘ladigan chastotalar 1900 MGs sohada joylashgan. Binobarin, Shimoliy Amerikada GSM 900 standarti bu chastotalar polosasi boshqa standart tomonidan egallanganligi tufayli ishlatilishi mumkin emas ekan, GSM 1900 standarti bu bo‘sh joyni to‘ldirish imkoniyati hisoblanadi. Amerika GSM 1900 standarti va GSM 1900 standarti orasidagi asosiy farq GSM 1900 ANSI signalizatsiyani qo‘llashi hisoblanadi. GSM 800 diapazoni 1.3- jadval Turli chastotalar dipazonlarining nisbiy ma'lumotlari
Uzatish
Chastotalar dipazonlar
P-GSM900
E-GSM 900
R-GSM 900
GSM 1800
GSM 1900
Uplink
890 - 915
880 - 915
890 - 925
1710 - 1785
1850 - 1910
MGs
MGs
MGs
MGs
MGs
935 - 960
925 - 960
935 - 970
1805 - 1880
1930 - 1990
Downlink
MGs
MGs
MGs
MGs
MGs
An'anaviy 800 MGs polosa AQShda tarqalgan TDMA (AMPS va D-AMPS) standarti bilan band bo‘lgan. GSM 1800 standarti bilan bo‘lganidek, bu standart qo‘shimchp lisenziyalarni olishga imkon beradi, ya'ni milliy tarmoqlarda operatorlarga qo‘shimcha sig‘imni berish bilan standartning ishlash sohasini kengaytiradi. jadvalga turli chastotalar dipazonlarining nisbiy ma'lumotlari kiritilgan.
Mobil stansiyaning holati Mobil tizimlarning rivojlanishi jarayonida mobil stansiyaning turli holatlarini tavsiflaydigan qator tushunchalar ishlab chiqilgan. Mobil stansiya quyidagi bir necha holatlarga ega bo‘lishi mumkin:
Idle («Erkin»): MS yoqilgan, lekin so‘zlashuv o‘rnatilmagan;
Active («Aktivrejim»): MS yoqilgan, o‘rnatilgan bog‘lanish rejimi;
Detached: MS yoqilgan;
ImplicitDetach: MS uzoq vaqt aloqa chiqmadi.
jadvalda trafikka xizmat ko‘rsatish GSM rejimlarini tavsiflashga imkon beradigan asosiy tushunchalar keltiriladi.
MSni ro‘yxatga olish va MS o‘chirilganda tizimda mobil stansiya Detach sifatida belgilanadi. MS yoqilganda u maxsus boshqarish kanallaridan foydalanish bilan butun GSM chastotalar diapazonini skanerlay boshlaydi. MS kanallarni topganidan keyin u bu kanallardagi signalning sathini o‘lchay boshlaydi, bundan keyin bu ma'lumotlar MSda xotirada saqlanadi. Kanallar o‘lchanganidan keyin MS eng yaxshi kanalni tanlaydi. 1.4- jadval Mobil stansiyaning holatlari
Holat
Atama
Tavsifi
IDLE
Ro‘yxatga olish (Registration)
MS tizimga o‘zining yoqilganligi haqida xabar qiladigan jarayon
Rouming (Roaming)
MS butun tarmoq bo‘yicha erkin rejimda harakatlanadigan rejim
Xalqaro rouming (International Roaming)
MS boshqa operatorning ishlash zonasiga ketadigan rejim. MS boshqa operator bilan rouming kelishuvi bo‘lganda roumingda bo‘ladi
Location Updating
MS tizimga yangi LA zonaga kirganligi haqida xabar qiladi
Paging
MS tizim tomonidan chaqiriladigan, ya'ni MS identifikasion nomerli chaqiruv xabarini oladigan jarayon
ACTIVE
Handover
MS bir necha sotalar orqali o‘tishida estafetali uzatish jarayoni
LA 1
1.14- rasm. Rouming
MS yoqilganidan keyin u tizimda ro‘yxatdan o‘tishi kerak, bundan keyin tizim uni IDLE holatidagi mobilstansiya sifatida belgilaydi. Agar MS boshqa LA zonada bo‘lsa, u holda MS o‘z joylashish o‘mini yangilash protsedurasini amalga oshiradi. Tarmoq bo‘yicha harakatlanish jarayonida MS eng katta signal sathiga ega bo‘lgan kanalni aniqlash uchun kanallarni doimo skanerlaydi. Agar MS eng yaxshi chastotani topsa, u unga qayta sozlanadi. Agar yangi chastota yangi LA zonaga tegishli bo‘lsa, u holda tizim bu haqda MSga xabar qiladi.