Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalariuniversiteti


GSM umumiy foydalanishdagi federal tarmog„ining ierarxiya tamoyili



Download 1,54 Mb.
bet15/62
Sana17.12.2022
Hajmi1,54 Mb.
#889403
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
Bog'liq
GSM VA MOBIL TARMOQLARNI BOShQARISh распознан

GSM umumiy foydalanishdagi federal tarmog„ining ierarxiya tamoyili
GSM tarmog‘ining qurish tamoyili 1.15- rasmda keltirilgan iererxik tuzilmani beradi.

1.15- rasm. GSM umumiy foydalanishdagi federal tarmog‘i iererxiya tamoyili

Birinchi daraja MSC mobil kommutatsiyalash markazlari, mobil
kommutatsiyalash markazining shlyuzini o‘z ichiga oladi.
GSM tarmog‘ining UFTT umumiy foydalanishdagi stansionar tarmoq bidan o‘zaro ta'sirlashishi GMSC mobil kommutatsiyalash markazi orqali AMTSga ulanish bilan (asosiy variant) va mahaliy darajada abonentlar yuklamasini sezilarli tortish bilan ATSga ulanish bilan amalga oshiriladi.
lerarxiyaning ikkinchi darajasi mobil abonentlar uchun UFTT kabi funksiyalarni bajaradigan tranzit kommutatsiyalash markazlari (TKM) hisoblanadigan GSM- tranzit tarmoqdan iborat. Barcha TKMlar o‘zaro to‘liq aloqali sxema bo‘yicha ulangan.
GSM federal tarmog‘ini UFTT qayd etilgan tarmog‘i bilan xalqaro darajada o‘zaro ta'sirlashishida MS mobil stansiya UFTT stasionar tarmoqning telefon apparati (TA) bilan bog‘lanishi mumkin:
MS - MSC - GMSC - TKM - UAK - AMTS - ATS - TA
TKMdan tashqari, trazit tarmoq darajasi lokal kommutatsiyalash markazlarini (LKM) ham o‘z ichiga olishi mumkin. LKM GSM federal tarmog‘i ierarxiyasining oraliq darajasi hisoblanadi. LKM tranzit tarmoqqa ulanish tuguni hisoblanadi va ikkitadan kam bo‘lmagan TKMlar bilan ulanadi. Bu holda xalqaro aloqada mobil stansiya va telefon abonentining o‘zaro ta'sirlashishi quyidagi sxema bo‘yicha aamalga oshiriladi:
MS - MSC - GMSC - LKM - TKM - UAK - AMTS - ATS - TA
Nazorat savollari

  1. Mobil aloqa tizimlarining tasniflanishini keltiring.

  2. GSM standartining qurish tamoyillari va asosiy xarakteristikalari haqida ma‘lumot keltiring.

  3. Sotali aloqaning rivojlanishi tarixi haqida ma‘lumot bering.

  4. GSM standartining rivojlanish tarixi haqida ma‘lumot bering.

  5. GSM standartida taqdim etiladigan xizmatlarni keltiring.

  6. GSM standartining umumiy xarakteristikalarini keltiring.

  7. GSM tarmog‘ining arxitekturasini keltiring.

  8. Terminallarning quyidagi turlarini keltiring.

  9. Mobil stansiya qabul qilgich-uzatkichining soddalashtirilgan blok-sxemasini chizing.

  10. Tarmoq kommutasion nimtizimi chizing.

  11. Joylashish o‘mi uy registri (HLR-Home Location Register) haqida ma'lumot bering.

  12. Joylashish o‘mi tashrif registri (VLR- Visit Location Register) haqida ma'lumot bering.

  13. GSM tarmog‘inmg ichki interfeyslarini keltiring.

  14. GSM tarmog‘i va tashqi qurilmalar orasidagi interfeyslarni keltiring.

  15. Tashqi tarmoqlar bilan interfeyslar haqida ma‘lumot bering.

  16. GPRS va EDGE texnologiyalari haqida ma'lumot bering.

  17. GPRS texnologiyasining imkoniyatlari haqida ma‘lumot bering.

  18. EDGE texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari

  19. EDGE va GPRS texnologiyalari orasidagi farqni yozing.

  1. BOB. MOBILLIKNI BOShQARISh AMALIYoTI

Mobillikni boshqarish (Mobility Management) GSM tarmog‘ining mobil telefonlarga (MS) ishlashga imkon beradigan asosiy funksiyalaridan bir hisoblanadi. Mobillikni boshqarish masalasi abonentlarga qo‘ng‘iroqlar, SMSlarni yo‘naltirish va boshqa mobil aloqa xizmatlari uchun abonentlarning joylashish o‘mini nazorat qilishdan iborat [5-7].

    1. Mobillikni boshqarish protseduralari

Mobillikni boshqarish funksiyalariga qator protseduralar kiradi, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:

  • Location update;

  • Location area;

  • Rouming.

Location update (LU) joylashish o‘rni haqidagi ma‘lumotlarni yangilash protsedurasi hisoblanadi. Ma‘lumki, GSM tarmoqlari barcha sotali tarmoqlar kabi alohida bazaviy stansiyalar (BTS) yoki sotalardan tashkil topgan radiotarmoq (BSS - Base station subsystem) hisoblanadi. Har bir bazaviy stansiya ma‘lum joylashish o‘rni zonasining (LA - location area) qismi hisoblanadigan uncha katta bo‘lmagan hudud oralig‘ini qamrab oladi. Bazaviy stansiyalarning birgalikdagi ishlashi tufayli sotali tarmoq sezilarli hududlarda yagona qamrab olish zonasini ta‘minlaydi. Birgalikda ishlaydigan bazaviy stansiyalar guruhi joylashish zonasi yoki marshrutlashtirish zonasi deyiladi.
Mobil operatorning BSS radiotarmog‘i zarurat bo‘lganda butun radioqamrab olish hududidan qidirmaslik uchun har bir mobil telefon (MS-mobile station) hozirda qaerdaligini bilishi kerak. Joriy joylashish o‘rni haqidagi ma'lumotlar MSning o‘zi tomonidan LU deyiladigan protsedura yordamida taqdim etiladi.
GSM tarmog‘ida barcha LA zonalar nomerlangan, har birida ma'lum sonli kod - location area code (LAC) mavjud. Tarmoqda telefonning joriy “manzili” (LAC, Cell ID) juftlik hisoblanadi, bu Cell ID - bu “sota”ning sonli identifikatori hisoblanadi. (LAC, Cell ID) juftlik butun tarmoq chegaralaridagi noyob juftlik hisoblanadi.
Qaysi sota telefonning —manzili” hisoblanadi. Istalgan vaqt momentida telefon 16 ta sotalardan 16 tagacha keng tarqatiladigan kanallarni (broadcast channel, BCh) —efirda eshitadi”. Eshitilganlarga asosan u 6 ta —eng yaxshi” sotalarni tanlaydi, ular bilan telefonda (uning fikricha) energiya minimal sarfalanadigan maksimal barqaror aloqa bo‘ladi. Bu oltita sotalardan telefon “C1 va C2 mezonlarga” (ularning texnik tafsilotlariga to‘xtalmaymiz) muvofiq bitta —eng yaxshisi”ni tanlaydi. Aynan bu sotani telefon qo‘ng‘iroqni amalga oshirish yoki javob berish uchun ishlatishga urinadi.
Yoqilganida telefon qanday ma'lumotlarni uzatishi va u qaerga tushishini ko‘rib chiqamiz (2.1- rasm).







Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish