Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalariuniversiteti



Download 1,54 Mb.
bet44/62
Sana17.12.2022
Hajmi1,54 Mb.
#889403
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62
Bog'liq
GSM VA MOBIL TARMOQLARNI BOShQARISh распознан

Fazoviy ajratish
Qabul qilinadigan BTS signalining sathini oshirish uchun antennalar tizimini fazoviy ajratish qo‘llanadi. Bu konstruksiyada bitta antenna o‘rniga ikkita antennalar ishlatiladi. Agar ajratishda ikkita antennalar ishlatilsa, u holda o‘sha bir vaqtda har ikkala antennalarga chuqur so‘nishlar ta‘sir qilgan bir xil to‘lqinlar kelishi ehtimolligi juda kam bo‘ladi.
900 MGs diapazonda fazoviy ajratishdan foydalanish bilan 3 dBdagi signalni kuchaytirishga erishish mumkin, bunda antennalar orasidagi masofa gorizontal ajratish uchun 5 - 6 metrlar (12 - 18 1) va vertikal ajratish uchun 25^(12 - 18^1) bo‘lishi kerak. 1800 Mgs diapazonda masofa kichik to‘lqin uzunligi tufayli kamaytirilishi kerak.
Bu usuldan foydalanish va katta sathli signalni tanlash bilan signalning so‘nishlari ta‘sirini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.
Ta‘kidlash kerakki, fazoviy ajratish polyarizasion qabul qilishdan foydalanishdagiga qaraganda signalni kattaroq kuchaytirishni (5dBmgacha) beradi, lekin, o‘z navbatida, antennalarni montaj qilish uchun kattaroq maydonni talab qiladi.

    1. rasmda fazoviy ajratishdan foydalanishning ta‘siri tasvirlangan.

Polyarizasion ajratish
Polyarizasion qabul qilishdan foydalanshda ajratilgan qabul qilish antennalari ikkilangan polyarizatsiyali bitta antenna bilan almashtiriladi Bu antenna odatdagi korpusga ega, lekin polyarizasion antennalar panjaralariga ega. Eng ommaviy antennalar bu gorizontal/vertikal polyarizatsiyali va 45oga og‘ma polyarizatsiyaga ega bo‘lgan antennalar hisoblanadi.



    1. rasm. Antennalarni fazoviy ajratish

Ikkita antennalar panjaralari BTSda Rx deyiladigan bitta bog‘lanish sxemasiga ulanadi. Ikkita antennalar panjaralari aralash Tx/Rx antennalar sifatida ishlatilishi mumkin. Amalda ikkita turlardagi ajratilgan qabul qilishdan foydalaniladigan kuchaytirish koeffisienti bir xil hisoblanadi, lekin polyarizasion qabul qilishda antenna-fider tizimining montaj qilish maydonining o‘lchami tejaladi.
Adaptiv korreksiyalash (Adaptive Equalization) signallarning vaqt dispersiyasiga bog‘liq bo‘lgan muammolarni yechish uchun maxsus ishlab chiqilgan usul hisoblanadi. Bu usulning ishlashi quyidagidan iborat:

  1. Bu usulning asosiga testlash ketma-ketligi (trainingsequence) deyiladigan tekshirilmagan ma‘lum ma‘lumotlar bitlar to‘plami olinadi. Bu ketma-ketlik ham BTSga, hamMSga ma‘lum bo‘ladi. BTS MSga BTSga yo‘nalish bo‘yicha foydali ma‘lumotlar uzatishga bu ketma-ketliklardan birini kiritishga komandani beradi.

  2. MS BTSga yo‘nalish bo‘yicha uzatiladigan xabarga testlash ketma- ketligini kiritadi (4.21- rasmda bu ketma-ketlik Sharfi bilan belgilanadi). Lekin xabarni radioefir bo‘yicha uzatishda u buzilishi (bir necha ma‘lumotlar bitlari yo‘qotilishi)mumkin


4.21. Adaptiv korreksiyalash (tuzatish)


  1. BTS MSdan xabarni oladi va xabar ichidagi testlash ketma-ketligini tekshiradi. Xabar qabul qilingandan keyin BTS testlash ketma-ketligini MS BTSning ko‘rsatmasi bo‘yicha ishlatishi kerak bo‘ladigan testlash ketma-ketligi bilan taqqoslaydi. Agar ikkita testlash ketma-ketliklari orasida farq bo‘lsa, bu radioefirdagi muammolar nafaqat testlash ketma-ketligiga, balki foydali ma‘lumotlarga ham ta‘sir etganligini bildiradi.

  2. Testlash ketma-ketliklaridagi farq o‘rnatilgandan keyin BTS yo‘qotilgan foydali ma‘lumotlarni qayta tiklash jarayonini boshlaydi. Buning uchun u testlash ketma-ketligi ichidagi shikastlanishlar haqidagi asoslangan malumotlarni ishlatadi.

Binobarin, BTS Testlash ketma-ketliklari assosida radioefir haida taxmin qiladi, u holda yo‘qotilgan ma‘lumotlarni adaptiv qayta tiklash natijasi 100% -li muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin emas.
Shunga qaramasdan, bunday usulning qo‘llanishi signalning qayta tiklanishi yaxshi natijalarini beradi. Misol uchun, GSM tizimida adaptiv ekvalayzer sifatida Viterbi ekvalayzeri (Viterbiequalizer) ishlatiladi.
Chastota bo„yicha sakrashlar (Frequency Hopping)
Yuqorida ko‘rsatilganidek, Reley so‘nishlari chastotaga bog‘liq. Bu bunday so‘nishlarning chuqurligi joy hududlarining har birida va turli chastotalarda turlicha ekanligini bildiradi. Shunga ko‘ra, GSM tizimida MS va BTS uchun bohlanishni o‘rnatilishi jarayonida chastota bo‘yicha sakrashlar - Frequency Hopping opsiyasi ko‘zda tutilgan. MS va BTSning bir vaqtda chastota bo‘yicha sakrashi aniq o‘zaro sinronlashtirishga bog‘liq.
GSM standarti tavsiyalariga muvofiq chastota bo‘yicha sakrashning 64 ta ketma-ketliklari mavjud. Bu ketma-ketliklardan biri siklli va ketma-ket, qolgan 64 tasi esa operatorning o‘zi tomonidan konfiguratsiyalanishi mumkin bo‘lgan psevdo-tasodifiy ketma-ketliklar hisoblanadi.

  1. 22- rasmda chastota bo‘yicha sakrash jarayoni sxematik ko‘rsatilgan.




Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish