Signalni uzatishda vujudga keladigan muammolarni yechish Ma'lumotlarni raqamli uzatishda uzatiladigan signalning sifati —qancha noto‘g‘ri ma'lumotlar bitlari qabul qilingan” atamalarida ifodalanadi. Qabul qilingan ma‘lumotlarning sifatini xarakterlaydigan atamaning nomi bitlar bo‘yicha xatoliklar chastotasi (BER - BitErrorRatio) hisoblanadi. BER noto‘g‘ri qabul qilingan sonin umumiy uzatilgan ma‘lumotlar bitlari soniga foiz nisbatini aniqlaydi. Transmitted bits I I 0 J 0 0 0 I 10 Rcccivcd bits I 0 0 J 0 0 l 0 I 0 Errors T T T 3/10=30%BER Bu nisbat iloji boricha kichik bo‘lishi kerak. Umumiy holda bu nisbatni nolga keltirish mumkin emas, bu radioto‘lqinlarning tarqalishi yo‘li doimo o‘zgarishiga bog‘liq. Bu ayniqsa, ma‘lumotlar uchun bo‘lganiga qaraganda yuqoriroq BER soni qoniqarli bo‘lgan nutqni uzatishg qaraganda ma‘lumotlarni uzatish davomida muhim. Kanalli kodlash esa qabul qilinadigan bitlar oqimida xatoliklarni aniqlash va tuzatish uchun ishlatiladi. Bu kodlash nafaqat noto‘g‘ri bitlarni aiqlashga, balki tuzatishga imkon berish bilan xabarning ortiqchaligini amalga oshirish bilan xabarga bitlarni qo‘shadi. O„rin almashtirish (Interleaving) Ko‘pincha, amalda bitli xatoliklar bir-birlaridan keyin paydo bo‘ladi. Bu uzoq vaqtli chuqur so‘nishlar birdaniga bir necha ma'lumotlar bitlari ketma- ketliklariga ta'sir etishiga bog‘liq. Kanalli kodlash bittalik xatoliklar va qisqa uzunlikdagi ketma-ketliklarning paydo bo‘lishi hollarida samarai ishlatiladi. Shunga ko‘ra, faqat kanalli kodlashning qo‘llanishi uzun xatoliklar ketma- ketliklarining paydo bo‘lishi sharoitlarida ma‘qul emas. Shuning uchun bitlarni xatolik bilan qabul qilinishining oldini olish uchun Interleaving - interliving yoki o‘rin almashtirish jarayoni kiritiladi (yuqorida atroflicha ko‘rib chiqilgan). Bu jarayon bitlar bir-birlaridan keyin ketma-ket uztilmaslgi uchun xabarlarning ketma-ket bitlarini bo‘lishga imkon beradi. Misol sifatida to‘rtta bitlardan (1234) iborat bo‘lishi mumkin xabarlar blokini ko‘rib chiqamiz. Agar to‘rtta bunday ketma-ket bloklar uzatilsa va bittasi yo‘qotilsa, u holda butun xabar uchun BER xatoliklar soni 25%ni, yo‘qotilgan xabar uchun esa 100%ni tashkil etadi. Bu holda uni qayta tiklash deyarli mumkin bo‘lmaydi.
rasm. Interliving jarayoni
rasm. Interliving hisobga olinishi bilan qabul qilingan bloklar
Agar 4.18- rasmda tasvirlanganidek, interliving ishlatilsa, u holda har bir blokning biti ketma-ket bo‘lmagan usulda uzatish mumkin. Agar ma'lumotlarni uzatishda bitta blok yo‘qotilsa, xatoliklar umumiy soni ham 25%ni tashkil etadi. Lekin ma'lumotlarni bunday yo‘qotish har bir blokda ma'lumotlarni yo‘qotilishiga olib keladi, binobarin, har bir blok uchun BER soni 25%ni tashkil etadi. Bu vaziyat oldingisiga qaraganda qoniqarliroq hisoblanadi, chunki kanal koderi orqali aniqlash va qayta tiklash ehtimolligi katta bo‘ladi. Ajratilgan qabul qilish (AntennaDiversity) Ajratilgan qabul qilishdan foydalanish radioto‘lqinlarning tarqalishi o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanish orqali antenna-fider traktining chiqishid signalning katta sathini olishga imkon beradi. Ajratilgan qabul qilishning ikkita turlari mavjud: