Елкасини пайІамбарлар силаган шоир



Download 212,36 Kb.
bet55/56
Sana18.01.2017
Hajmi212,36 Kb.
#544
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Adolatchilar guruhi tuzgan savollar quyidagicha bo‘lib, bu savollar bilan guruhlarga murojaat qilish mumkin:

  1. Ertakda ishtirok etuvchilarning xarakteri sizga qanday ta’sir etdi?

  2. Kampir choliga nisbatan qanday munosabatda bo‘ladi?

  3. Chol har gal dengizga yo‘l olganda qanday holatda bo‘ladi?

Dengiz-chi?

  1. Chol nega kampirning buyruqlarini so‘zsiz bajaradi?

  2. Ertak bilan mulьtfilьmda voqealar qanday tasvirlanadi?

Farqi nimada?

Keyingi o‘quv faoliyatida guruhlar bir-birlariga ertak yuzasidan to‘g‘ri - noto‘g‘ri savollarni tuzib, o‘zaro bilimlarini sinab ko‘rishadi. «To‘g‘ri – noto‘g‘ri» o‘yinining savollari quyidagicha bo‘lishi mumkin:



  1. Chol baliq oviga borib katta cho‘rtanbaliq tutib oladi.

Javob: Noto‘g‘ri. Chol oltin baliq tutib oladi.

  1. Kampir oltin baliqdan dastlab uy so‘rashni talab qiladi.

Javob: Noto‘g‘ri. Uy emas, tog‘ora so‘rab oladi.

  1. Baliq aslida cholning emas, balki kampirning tilaklarini bajaradi.

Javob: To‘g‘ri. Chol beminnat yaxshilik qilgan.

  1. Kampir boshidanoq qora dehqon bo‘lishdan ko‘ra malika bo‘lgisi keladi?

Javob: Noto‘g‘ri. Kampir dastlab begoyim bo‘lishni istaydi.

5. Kampir aslzoda bo‘lganidan keyin cholini otxonada ishlashga soladi.

Javob: To‘g‘ri. Kampir cholini mensimay qo‘yadi.


  1. Chol baliqqa kampirning okeanga malika bo‘lgisi kelayotganini aytganda, baliq cholga: - Ko‘rpasiga qarab oyoq uzatsin, - deydi.

Javob: Noto‘g‘ri. Baliq cholga bir so‘z ham aytmay dengiz

tubiga g‘oyib bo‘ladi.

Guruhlar ertakni yaxshi o‘zlashtirib olishgach, kodoskopdan mavzuga yaqin matn tanlanadi va o‘qituvchi yoki nutqi ravon o‘quvchi matnni o‘qiydi:

«Luqmoni Hakim o‘g‘liga qarab doimo shunday der ekan: - Ey bo‘tam, boshingga qanday og‘ir g‘am-kulfat tushmasin, sabr qil! Hayot musibatsiz, mashaqqatsiz bo‘lmaydi. Birov sening aybingni, kamchiligingni aytsa, ochiq chehra bilan qabul qil, unga yuzingni tirishtirma, og‘zingni yomon gapga burma. Ko‘cha-ko‘yda kibrlanib, takabburlanib yurma hamda shoshilgan holda yoki yalqovlanib ham yurma, ovozingni baland ko‘tarma. Bunday qabih ovoz hech kimga yoqmaydi.

Qissadan hissa: Kamtar - yetar murodga,

Man-man qolar uyatga».

Guruhlar so‘nggi o‘quv faoliyatida ertakdan kampirning bir qator yomon fazilatlarini topadilar. O‘zlari shior qilib tanlagan insoniylik fazilatlari: kamtarlik, adolat va halollikni yoqlaydilar: kamtarlikning yetishmasligi nodonlikdandir. Kampir ham o‘zini katta tutadi, cholini mensimaydi. Takabburligi tufayli yetishgan narsalaridan mahrum bo‘ladi.

Adolat yurish-turishimiz va har qanday istaklarimizning asosi bo‘lishi kerak. Agar kampir ham faqat o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlamasdan mulohaza bilan ish yuritganda edi, birgina teshik tog‘ora bilan qolib ketmasdi.

Halollikdan yuz o‘girgan odam yaramas illatlarga berilib ketadi. Halollik har qanday martabani bezaydi. Kampir ochko‘zligi, manmanligi, sabr qilolmasligi tufayli yana eski holiga qaytdi. Agar nafsi tiyiq, shukurni biladigan halol odam bo‘lganida edi, yaxshi hayot kechirib, ezgu niyatlariga yetardi.

O‘quvchilar dars so‘nggida modulning oxirgi grafasiga o‘z baholarini qo‘yadilar. Guruh sardorlari baholarni ko‘rib chiqib, to‘g‘ri-noto‘g‘ri qo‘yilgani haqida hisobot beradilar. O‘quvchilar modulda ko‘rsatilgan uyga vazifalarni kundalik daftarlariga yozib oladilar.

Xulosa shuki, bunday modul darslar o‘quvchilarga nafosat tarbiyasi berishning hamda o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishning muhim vositalaridan hisoblanadi.



Download 212,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish