Izquvarlar: Xadicha shu qulupnay tufayli bulturgi yili qaynonasini qattiq ranjitgan edi. Bir hovuch qulupnay olganiga, norastalarning nasibasiga tegmang, deb bobillab bergan edi. Yoz bo‘yi Umri xola bilan yuz ko‘rmas bo‘lib yurgandi. Xadicha shu oilaga qayishganida, qaynisining holidan xabar olib turganida qotillik yuz bermasdi.
Zukkolar: Bu voqeani sodir bo‘lishida Umri xolaning o‘zi ham aybdor. Negaki, Umri xola qishloqda bo‘layotgan o‘g‘irliklardan xabardor edi. O‘g‘lining sigiri yo‘qolib, alamzada bo‘lib yurganini bilardi. Kelinining injiqliklariga barham berishi, o‘g‘liga Shone’matning og‘ir ahvolini tushuntirib, qulupnayga sut olishini bildirishi kerak edi. Shone’matning qarshiligiga qaramay Umri xolaning yarim kechada o‘g‘lining hovlisiga o‘g‘irlikka kirishi, farzandlariga o‘z fikr-o‘ylarini ochiq-oydin aytmaganligi, xokisorligi, har qanday sharoitda ham bolasini o‘ylaganligi uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. 1945-yil 8-may kuni kechqurun o‘g‘li tomonidan o‘ldirildi. Urushning so‘nggi qurboni bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |