Chitir – chitir – hayotbahsh ta’m
Shifoxona palatasi. Karovatda yoshi katta otaxon ko’zlari yumuq, burniga nafas olish moslamasi ulangan, yonidagi stol ustida oilaviy surat, kitob va vazada gul, gulning barglari to’kilib ohirgi bitta bargi qolgan. Cholning yonida o’g’li kelini va nabirasi yig’lab o’tiribdi. O’g’il otasining qo’lini mahkam ushlab peshonasiga bosadi. Yurak urushini tekshiradigan moslamadagi kardiolagik chiziqlar tekislashib, cholning joni uziladi. O’g’il va kelin yig’lay boshlaydi. Nabira onasining sumkasidan chitir – chitir somsadan bitta oladi va tishlaganda “Chirsillagan” ovoz chiqadi. Cholning ko’zlari katta – katta ochiladi, chuqur nafas oladi, yurak apparati yana mo’tadil chiziqlar ko’rsatib ishga tushadi. Chol nabirasiga qarab yaqiniga chaqiradi, nabira bobosining og’ziga qulog’ini tutadi.
Chol: Bolam, somsangdan yana bormi?
Oila a’zolarining quvonchli kadrlari fokusli perexod bilan titrga ulanadi.
CHITIR – CHITIR SOMSA – HAYOTBAXSH TA’M.
Do'stlaringiz bilan baham: |