Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

 
ALMURATOV Z.O., Toshkent viloyati XTXQTMOHM bo’limi boshlig’i  
Yuz yilliklar davomida ta’lim insoniyat faoliyatining eng konservativ sohasi sanalib kelingan, 
chunki bilimlar hajmi muntazam oshib kelgan, ammo axborotlarni uzatish texnologiyalari 
o‘zgarmasdan qolgan. Bugunga kelib vaziyat o‘zgardi: axborot texnologiyalarining 
imkoniyatlaridan samarali foydalanish va INTERNET ning shakllanishi tufayli zamonaviy ta’lim 
tizimi o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarildi, ya’ni axborot­ta’lim muhitining shakllanishi 
va rivojlanishi kuzatilmoqda. “Elektron ta’lim”, “Elektron hukumat”, “Elektron boshqaruv”, 
“Masofaviy ta’lim”, “Ochiq ta’lim”, “Axborotlashgan iqtisodiyot” kabi tushunchalar hayotimizga 
keng kirib keldi. Axborotlashgan jamiyatning tashkiliy­texnologik asosini global informaциon 
tarmoq –Internet tashkil etadi. Ana shunday texnologiyalardan biri masofaviy o‘qitish 
texnologiyasidir.
Hozirgi kunda turli sohalarda masofali o‘qitishga turlicha munosabat kuzatilmoqda. Masalan, 
u bugungi kunda korporativ sohada an’anaviy treninglarni almashtirishda va ta’lim sohasida alohida 
kurslarni o‘rganishda eng ko‘p tinglovchilarga ega. 
Masofadan malaka oshirish prinsiplari: 
Xalq ta’limi xodimlarining masofadan malakasini oshirish – bu malaka oshirish maqsadini 
ro‘yobga chiqarish, tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yangilash hamda 
chuqurlashtirish jarayoniga masofadan o‘qitish texnologiyalari integratsiyalashtirilgan ta’lim shakli 
bo‘lib, uning prinsiplari quyidagilardan iborat:
a) qulaylik va tezkorlik – o‘quv materiallaridan tinglovchi o‘zi uchun qulay joyda, qulay 
sharoitda, qulay vaqtda foydalanishi, ma’lumotlarni tezkor izlash va topish, axborot almashish 
imkoniyati;
b) tenglilik – tinglovchilarning yashash va ish joylarining hududiy institutlarga nisbatan 
joylashuvi, ijtimoiy sharoitlari, oilaviy va jamoatchilik oldidagi vazifalari hamda mutaxassisligidan 
qat’iy nazar malaka oshirish imkoniyatlarining bir xilligi;
v) iqtisodiy samaralilik – yaratilgan sharoitlar, texnik, texnologik imkoniyatlar va moddiy 
bazadan samarali foydalangan holda malaka oshirish tizimi hamda ishtirokchilari xarajatlarini 
kamaytirish;
g) ish faoliyatidagi uzluksizlik – umumta’lim maktabi o‘quv­tarbiya jarayonida sifatli bilim 
berish hamda bilim olish uchun yo‘naltirilgan harakatlardagi uzilishlarning oldini olish kabi.
Masofaviy ta’lim portaliga asosan quyidagi talablar qo‘yilgan: 

Mustaqil o‘qish faoliyati maxsus tayyorlangan masofadan malaka oshirish portali (Masalan: 
masofa.pedagogika.uz) orqali olib boriladi.

Portalda har bir foydalanuvchiga Internet tarmog‘i orqali ishlash imkoniyati yaratilib, unda 
quyidagi tizimlar mavjud bo‘ladi:

identifikatsiyadan o‘tish tizimi (parol va login orqali foydalanuvchini aniqlash);

foydalanuvchilarni boshqarish tizimi;

foydalanuvchi uchun qulay navigatsiya tizimi;

qidirish tizimi;

bilimni nazorat qilish tizimi;

tinglovchilarning faoliyati monitoringi tizimi;

interfaol hamkorlik tizimi;

o‘quv­tashkiliy axborotlar tizimi (dars jadvali, xabarlar, sinov vaqti va boshqalar);

ro‘yxatdan o‘tish tizimi (cheklangan rejimda);

tinglovchi layoqatini oshirishga oid ochiq o‘quv materiallari;


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
173 

hisobotlar tizimi va boshqalar.
Portalda foydalanuvchilar, ularning faoliyatlari va o‘quv jarayoniga tegishli axborotlar, o‘quv 
materiallaridan iborat muhofazalangan ma’lumotlar ombori bo‘lishi talab etiladi.
Respublikamiz uchun muhim sohalardan deb hisoblangan iqtisod, ishlab chiqarish, qishloq 
xo'jaligi, tibbiyot, texnologiya, fizika kabi sohalarning rivojlanib borishida hozirgi kunda yetishib 
chiqayotgan bilimli va salohiyatli kadrlarning o'rni beqiyosdir. 2019 yildan boshlab Toshkent 
viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy 
markazida tashkil etilgan masofaviy ta’lim kurslarini o'qitishda mustaqil ishlarning bajarilishini 
nazorat qilishda ma'sofaviy ta'lim tizimi bo'lgan Moodle tizimi o’rnatildi va samarali foydalanib 
kelinmoqda. 
«Moodle» tizimi zamonaviy axborot texnologiyalar va masofaviy o'qitishning mumkin 
bo'lgan unumli texnologiyalaridandir. Moodle tizimi tyutorlarga yangi texnologiyalar negizida 
individuallashgan ta'lim metodikasini ishlab chiqish, tinglovchining bilimlarini shakllantirish va 
takomillashtirish vazifalarini hal qiladigan mukammal onlayn kurslarni tuzish imkonini beradi. 
Moodle tizimi «masofaviy o'qitish jarayonini mukammal qo'llab­quvvatlovchi keng spektrdagi 
imkoniyatlarni taqdim etadi — o'quv materialni taqdim etishning turli yo'llari, tinglovchilar bilimini 
baholash va o'zlashtirishni nazorat etish. Moodle tizimida mavjud bo'lgan keng spektrdagi 
imkoniyatlar tinglovchilarga turli ko'rinishdagi va maqsaddagi mustaqil ishlarni bajarish yoki tizim 
orqali o'z tyutoriga topshirish imkoniyatini yaratib beradi. «Mustaqil ish tushunchasi ko'p qirrali 
tushuncha hisoblanib, unga turlicha izohlar berilgan. Turli fanlarni o'qitishda mustaqil ishlarning 
maqsadi amaliy mashg'ulotlar davomida shakllangan asosiy ko'nikmalarni mustahkamlash, turli xil 
adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishdir. Amaliy maqsadlar bilan bir qatorda 
mustaqil ishlarning tarbiyaviy va umumta'lim maqsadlari ham mavjud: dunyoqarashni o'stirish, 
umumiy madaniyat darajasini oshirish, mamlakatshunoslikka oid bilimlarga ega bo'lish, zamonaviy 
informatsion texnologiyalarni o'zlashtirish, ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirish va ilmiy izlanish olib 
borish metodlarini o'zlashtirish shular jumlasidandir.
Mustaqil ishlarning Moodle tizimi orqali topshirilishining ham tyutor ham tinglovchila uchun 
bir qancha qulaylik va afzallik tomonlari mavjud:
— tinglovchi bajarilgan mustaqil ishni masofadan Moodle tizimi orqali topshirish;
— tinglovchilarning zamonaviy kompyuter texnologiyalari orqali bilim olishga bo'lgan 
qiziqishini orttirish;
— tinglovchi va tyutorning kompyuter texnologiyalariga oid savodxonligini oshirish;
— Mustaqil ishlarnining bajarilishini nazorat qilish va ularni yig'ib olish bilan bog'liq 
muammoni bir joyda kompyuter orqali hal etilishi;
— Moodle tizimidagi keng imkoniyatlarni inobatga olgan holda tinglovchining mustaqil ishga 
ijodiy yondashuvini ta'minlab berish;
Moodle tizimi orqali tinglovchilar turli xildagi va ko'rinishdagi mustaqil ishlarni elektron 
ko'rinishda tyutor e’tiboriga taqdim etishlari mumkin. Bu tizim orqali topshirilgan ishlarning 
barchasi faqatgina tyutor tomonidan ko'rib chiqiladi va baholanadi. Agar tinglovchi tomonidan ish 
matn ko'rinishida topshirilsa, tyutor uni Moodle tizimini tark etmasdan turib tekshirishi va xatolarini 
to'g'rilashi va tyutor shu yerning o'zida o'z fikrlarini qoldirishi mumkin.
Xulosa qilib shuni ta’kidlab o'tish lozimki, Moodle tizimi o'qitish jarayonida tinglovchilarning 
bilim olish va berilgan materiallarni o'zlashtirilishini nazorat qilishni yengillashtiradi va har bir 
tinglovchining ishini alohida va sifatli kuzatish imkonini beradi. Hozirgi kunda o’qituvchilarning 
zamonaviy texnologiyalarga bo'lgan qiziqishini e'tiborga olgan holda, masofaviy o'qitish tizimi 
tinglovchilarning o'qishga bo'lgan qiziqishini ancha oshiradi deb o'ylaymiz. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
174 
ТУЗИЛИШИ ВА ШАКЛИ БЎЙИЧА ТУРЛИ ХИЛ МАТЕМАТИКА ДАРСЛАРИ 
АРТИКБАЕВА З.А., ТДПУ доценти, 
АСАТОВА С., талаба 
Тингловчиларда мазмуни ва шаклига кўра турли хил дарсларни режалаштириш бўйича 
ижодий кўникмаларни ривожлантиришда «Тузилиши ва шакли жиҳатдан турли хил 
математика дарслари» мавзуси ёрдам беради. 
1-ўқув топшириғи. «y=ax
2
функция ва унинг графиги» мавзуси бўйича тузилиши 
(кўзланган мақсади, ўқувчиларнинг бажарадиган ишлари, материални бериш тарзи) турли 
хил дарс режалари билан танишинг. Мактаб математикасининг аниқ мавзуси бўйича турли 
хил дарс моделларини ишлаб чиқинг. 
Мақсад: мактаб математикасининг конкрет мавзулари бўйича тузилиши ва шаклларига 
кўра турли хил дарсларни ўрганиш. Дарсларнинг режа­конспектини ишлаб чиқиш ва 
ишчанлик ўйинларини ташкиллаштириш. 
Методик масалалар. 
1. 7­9­синфларда функцияларни ўрганишда функционал йўналиш ичидаги асосий 
боғланишларни, ўрганишнинг методик хусусиятларини тавсифланг. 
2. Алгебра дарслигидаги «Квадратик функция, унинг хоссалари ва графиги» 
мавзуси ўқув материалини методик таҳлил қилинг.
3. «y=ax
2
функция ва унинг графиги» мавзусига бағишланган турли хил дарс режаси ва 
конспектлари билан танишинг
1) ҳар бир дарс мақсади, материални ўқитиш хусусияти, ўқувчининг фикрлаш 
қобилиятини фаоллаштириш учун танланган метод ва воситалар, назорат методи, босқичлар 
орасидаги мантиқий боҚланишлар, ўқитувчи ва ўқувчилар фаолияти хусусиятлари, уйга 
вазифа ҳажми ва мазмунини таҳлил қилинг;
2) таҳлил натижалари ва дарс режаларини /4/ тузган муаллифнинг методик 
кўрсатмалари билан таққосланг, керакли хулосалар чиқаринг. 
4. Конкрет мавзу бўйича дарснинг бир нечта режа­конспектини ишлаб чиқинг ва ҳар 
бир вариантни қисқача тавсифланг. Дарснинг режа­конспекти лойиҳасини ҳимоя қилиш 
танловида қатнашинг. 
Тингловчилар томонидан ўқув топшириғини бажариш босқичлари: 
1. Топшириқнинг мақсади ва талаблари билан танишиш. 
2. Хусусий методика бўйича назарий материаллар билан ишлаш, функционал 
йўналишдаги асосий боғланишлар хусусиятини, 7­9­синфларда функцияларни ўрганишнинг 
методик схемаси хусусиятларини аниқлаш. 
3. «Квадратик функция, унинг хоссалари ва графиги» мавзуси ўқув материалини 
методик таҳлил қилиш. 
4. «y=ax
2
функция ва унинг графиги» мавзуси бўйича турли хил тузилишга эга бўлган 
режа­конспектлар босқичларини ўрганиш: 
а) мавзу бўйича ҳар бир дарс варианти мақсади, материални узатиш хусусиятлари, 
ўқувчиларнинг фикрлаш фаолиятини фаоллаштириш методлари ва воситаларини танлаш, 
назорат методи, босқичлар орасидаги мантиқий боҚланишлар, ўқитувчи ва ўқувчилар 
фаолиятлари хусусиятлари, уй вазифаси ҳажми ва мазмунини таҳлил қилиш; 
б) таҳлил натижаларини дарс режасини тузган муаллифнинг методик кўрсатмалари 
билан солиштириш ва хулоса қилиш. 
5. Конкрет мавзу бўйича турли хил дарс вариантлари моделларини ишлаб чиқиш ва ҳар 
бир вариантга методик кўрсатма бериш. 
6. Конкрет мавзу бўйича мустақил ишланган дарснинг режа­конспект лойиҳасини 
ҳимоя қилиш танловида иштирок этиш. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
175 
Тингловчининг бу топшириқни бажаришдаги фаолиятини қуйидагича тасаввур қилиш 
мумкин: 
Шундай қилиб, берилган топшириқни бажариш методик фаолиятнинг репродуктив 
даражадан продуктив даражага кўтарилишига олиб келади, яъни тингловчи ўзлаштирган 
билим ва шаклланган кўникмалардан 1

4 босқичларни бажариш жараёнида, мактаб 
математикасининг исталган конкрет мавзуси бўйича режа­конспектни ишлаб чиқиш учун 
ижодий фойдаланади. Бунга мактаб ўқитувчиларининг ўз иш тажрибаларини танқидий 
таҳлил қилиш ҳам ёрдам беради. 
Шундай қилиб, тингловчилар математика ўқитувчисининг ноанъанавий дарс 
шаклларини ишлаб чиқиш бўйича методик фаолияти хусусиятларини назария ва амалиёт 
бирлиги асосида ўрганади ва бундай фаолиятга ижодкорлик билан ёндашишга ҳаракат 
қилади. Тингловчилар «Бундай фаолиятни нима учун ва қандай қилиб амалга ошириш 
керак?» деган саволга жавоб олади. Топшириқларни бажариш жараёнида тингловчиларда 
мактаб математикасининг муайян мавзулари бўйича кўп вариантли дарс шаклларини 
лойиҳалаштириш кўникмалари ривожланади. 
MATEMATIKA DARSLARIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA
OG’ZAKI HISOBLASH QOIDALARINI QО‘RGATISH 
ARTIKBAYEVA Z.A., TDPU dotsenti, 
MUSURMONQULOVA N., talaba 
O’quvchilarga ta’lim berishda individual yondashish, ularning qiziqishlarini hisobga olish 
mazmuni ham axborotlar asrida o’zgarib bormoqda. Ijtimoiy yo’nalishda tahsil olishni istaydigan 
aksariyat o’quvchilarning matematikaga degan qiziqishi yuqori emas. Bu toifadagi o’quvchilardan 
barcha formulalarni eslab qolish, standart masalalarni yechish usullarini yod bilishni talab etish 
ta’limni insoniylashtirish tamoyiliga zid keladi. Shuning uchun bunday o’quvchilarga matematik 
masalalarning mohiyatini tushuntirish, hayot bilan bog’lash, eng sodda masalalarni yechish, ba’zi
misol­masalalarni og‘zaki hisoblash usullarini o’rgatish bilan cheklanish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. 
Ko’pchilik qiziqarli matematika deganda “Simyog’ochda 10 ta chiroq yonib turgan edi, 
to’rttasi kuydi. Necha chiroq qoldi?” , “Simyog’ochda 10 ta chumchuq qo’nib turgan edi, ovchi 
4 tasini otib tushirdi, nechta qoldi? ” qabilidagi boshqotirmalarni tushunishadi. Ular foydadan 
holi emas, lekin qiziqarli matematikaga aloqasi yo’q –ko’proq tilga, hozir javoblikni
tarbiyalashga oid.
Maktab doirasida lekin darslarda o’tilmaydigan, ayni paytda qiziqarli mavzular ko’p – 
ular bilan quyi va yuqori sinflarda to’garak mashg’ulotlarda shug’ullansa bo’ladi. Shunday
mavzulardan biri­ og’zaki hisoblash qoidalaridir. 
1. 5 raqami bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni kvadratga ko’tarish. 
Б 




а 
б 


Я 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
176 
Buning uchun o’nlik raqamini o’ndan birga ko’p songa ko’paytirib, orqasiga 25 sonini 
yozsak kifoya.
Misol 45
2
=(4x5=20, yoniga 25 yoziladi) 2025 
75
2
(7x8=56, yoniga 25)=5625 
Bu qoida aslida ko’p xonali sonlarga ham yaraydi (10a+5)
2
=100a 
2
+2x10ax5+25=100a(a+1)+25. 
Misol 195
2
=(19x20=380, va25)=38025 
25 bilan tugaydiga sonlar kvadratini topish qoidasi uyga beriladi.
2. 11dan19 gacha sonlar kvadratini og’zaki topish masalasi . 
11
2
=11x11=(1x1=1,11+1=12)=121 
13
2
=13x13=(3x3=9, 13+3=16)=169 
14
2
=14x14=(4x4=16,6 ni yozib(1 dilda),14+4=18,18+1=19)=196 
18
2
=18x18=(8x8=64,4 ni yozib,(6 dilda),18+8+6=32)=324 
3. 21 dan 99gach sonlar kvadrati topish qoidasi uyga vazifa qilib berildi. 
4. 1000 dan biroz katta sonlarni o’zaro ko’paytirish qoidalari.
1006x1009=(6x9=54, 1006+9=1015)=1015054 
1003x1008=(1003+8=1011,3x8=24)=1011024 
1009x1012=(1009+12=1021,9x12=108)=1021108 
6)1000 dan biroz kichik sonlarni ko’paytirish. 
998x993=(1000­998=2,1000­993=7)(998­7=991,2x7=14)=991014 
992x999=(1000­992=8,1000­999=1,992­1=991,8x1=8)=991008 
Uyga vazifa qilib 100 dan biroz katta va kichik sonlarni ko’paytirish qoidalari berildi. 
5. Og’zaki kub ildiz chiqarish.
Ikki xonali soning kubi to’rt xonali, besh xonali yoki olti xonali son bo’lishi mumkin. Bizga 
biror besh­ olti xonali soning kubini topib bering deyishsa bu murakkab masala bo’lar edi.Chunki, 
sonlarning ko’pidan kub ildiz chiqmaydi. 
Shuning uchun masalani boshqacha qo’yamiz ikki xonali sonning kubi berilgan, kub ildizni 
topamiz. Buning uchun o’quvchi 1dan 10 gacha sonlar kubini yaxshi bilishlari kerak. 











10 
a
3



27 
64 
125 
216 
343 
512 
729 
1000 
Agar jadvalga e’tibor berib qaralsa 0,1,4,5,6,9 ning kublari yana xuddi shu raqam bilan 
tugaydi 2,3,7,8 ning kublari oxirgi raqami esa 10 ga to’ldiruvchi son bilan tugaydi.Aynan mana shu 
qonuniyat bizga yordam beradi. 
Misol 1)
 
Demak oxirgi raqam 3,uning 10 ga to’ldiruvchisi 7 sonidir. 7 soni birlar xonasidagi son. 
Minglar sinfida 19 turidir Jadvaldan osongina 2
3
<19<3
3
demak ildiz 2 raqami bilan boshlanishi 
kerak.
=27 Javob.27. 
1)
ni toping.
1­qadam oxirgi raqam 7 soni, uning 10 ga to’ldiruvchisi 3 soni,demak birlar xonasida 3 soni. 
2­qadam 571 soni minglar xonasida turibdi. Jadvaldan 8
3
<571<9
3
, 512<571<729, demak ular 
xonasidan raqam 8 sonidir
=83 Javob:83 
3)
=(oxirgi raqam 4,demak jadvaldan birlar xonasidagi son 4 dir, 1
3
≤1<2
3
, demak
10 lar xonasidagi raqam 1)=14: Javob: 14 
Yuqorida biz bayon qilgan masalalarni bevosita qo’llab bo’lmasada, baribir og’zaki
hisoblasa bo’ladigan masalalardir.
Og’zaki misollarni hisoblash osonmas, lekin, biroz mashq qilinsa, ularni og’zaki bajarsa 
bo’ladi. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
177 
Xullas, og’zaki hisoblash ham aslida matematika. Qolaversa, matematika o’z holicha 
qiziqarli fan. Uning ana shu xususiyatini payqagan o’quvchilardan keyinchalik buyuk matematik 
chiqadi.
FIZIKA FANINI O’QITISHDA INNOVATSIYALARNI QO’LLASH DARS 
SAMARADORLIGINI ORTTIRISH OMILI SIFATIDA 
ARZIMBETOVA B., Qoraqalpog’iston Respublikasi XTXQTO’MOHM katta o’qituvchisi, 
DAWLETNIYAZOV А.,- Nukus shaqri 22-sonli ixtisoshlashtirilgan maktabning o`qituvchisi 
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga yangicha zamonaviy yondashuv bo’lib, an’anaviy 
o’qitish tizimidan ancha farq qiladi. Masalan, an’anaviy o’qitish tizimida bilimlarni o’quvchilar 
tomonidan asosan xotirada saqlab qolish va uni og’zaki bayon qilish maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, 
yangicha pedagogik texnologiya o’quvchini ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi 
nazarda tutiladi. Bu yangicha pedagogik texnologiyaning an’anaviy o’qish tizimidan farqli 
jihatlaridan yana biri shundaki, bunday ta’lim jarayoni albatta oldindan loyihalashtirilgan bo’ladi. 
Pedagogik texnologiya – o’qituvchining ijodiy faoliyati bo’lib, bunda dars jarayoni uzluksiz, izchil 
reja asosida qo’yilgan maqsadni amalga oshirishga qaratilgan. Pedagog darsni to’g’ri tashhis 
asosida to’liq rejalashtira olsa, bilim oluvchi o’quvchilar mavzu mazmunini tez anglaydi. Pedagogik 
texnologiya o’quvchilarning mashg’ulotlar davomida ilg’or pedagogik texnologiyalardan mohirona, 
o’z o’rnida foydalanishi o’quv jarayoni samaradorligini oshirishning dolzarb vazifalaridan biridir. 
Texnologiyalar o’qituvchidan yangilikni, ijodkorlikni, faollikni hamda kasbiy mahoratni talab etadi. 
Fizika darsida ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida quyidagicha: “Ustoz­ shogird” an’analarini 
yo’lga qo’ygan holda ta’lim muassasasida o’qitish mustaqil bilim egallash, ochiq, amaliy o’quv 
mashg’ulotlari, ilmiy – metodik va ilmiy – amaliy seminarlar, konferensiyalar, ularda ma’ruzalar 
bilan qatnashishni keng yo’lga qo’yish orqali malaka oshirish sifat samaradorligiga erishish 
mumkin. Hozirgi zamon ta’lim va tarbiya jarayonlarini tubdan o’zgartirish bu yoshlarni eng 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish va tarbiyalashga o’tishini bunda barcha “ustoz 
– pedagoglar” o’z faoliyatlarida tubdan o’zgarish qilishlari davr talabi ekanligi ko’rsatilgan. 
Ayniqsa, endigina o’z ish faoliyatini boshlagan pedagoglar pedagogik mahoratini shakllantirishi, 
kasbiy tayyorligini oshirishda “Ustoz ­ shogird” an’analaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Ilmiy va pedagogik jamoatchilik o’rtasida o’zining yuksak natijalari, kasbiy faoliyatining qoniqarli 
ko’rsatkichlari bo’yicha o’rnak bo’lgan yuqori malakali pedagog – ustozlar rahbarligida ta’lim 
muassasasining o’zida yosh pedagoglarning malakasini maqsadli oshirish samarali natija beradi. 
Ustoz – bilimdon, o’z uslubiga, texnikasiga ega bo’lgan shaxs sifatida ushbu xislatlarini 
shogirdlariga o’tkaza olish, “ta’sirlantirish” mahoratiga ega bo’lishi lozim. Masalan, 
ishtirokchilarga “Fizika fanidan zamonaviy darslarni qanday tashkil qilish mumkin?” degan savol 
beriladi va javoblari izohlar bilan tinglanadi, qoniqarsiz javoblar to’ldiriladi. Keyingi bosqichda
“Nima uchun” metodini qo’llash mumkin. Bunda bir – birini inkor etuvchi muammoli savol yoki 
topshiriq beriladi. Masalan, “Nima uchun biz umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika fanini 
o’qiymiz” kabi savollar beriladi. Ishtirokchilarning bergan javoblari izohlanadi, ish tajribasidan 
misollar keltirib, fikrlar mustahkamlanadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan metodlardan foydalanish 
ishtirokchilarni mustaqil ishlashlariga, o’zaro fikr almashishlariga faollikka, ijodkor bo’lishga, erkin 
fikrlashga, mavzu asosida bahslashishga olib borishiga imkon yaratadi. Maktablarda har kungi 
darslarda AKT, pedagogik texnologiyalarni qo’llayotgan fan o’qituvchilarining ishini 
ommalashtirish maqsadiga alohida e’tibor berib ularning tajribalarini matbuotda yoritib 
tavsiyanoma tariqasida ommalashtirilsa yaxshi samara beradi.
Hozirda ta’lim – tarbiya tizimida 
innovatsion texnologiyalarni amalda qo’llash orqali o’quv­bilim, ta’lim­tarbiya jarayoni 
samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan sanaladi. Bugungi kunda pedagogik va axborot­
kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish o’quvchining intellektual qobiliyatini 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
178 
rivojlantirishga qaratilgan. Barcha fanlar kabi fizika fanini o’qitishda ham o’quvchining individual 
xususiyatlari imkoniyatlarini hisobga olish, fizika fanini ham o’qitishda turli pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish, darslarni DTS talablariga muvofiq holatda tashkil etishning ma’qul 
yo’li hisoblanadi. O’qituvchi fanni o’qitish jarayonida har bir mavzu mazmunida chuqur bilim 
berishi uchun zamonaviy pedagogik texnologiyaning qonuniyatlaridan unumli foydalanish orqali 
o’quvchilarga beriladigan bilimning sifatini so’zsiz oshiradi va samarali natija berishiga olib keladi. 
O’qituvchining mavzuni rejalashtirishdan asosiy maqsadi mavzu mazmunini nazariy jihatdan 
tushunib olishga erishishdir. Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga 
intilish o’quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interfaol metodlardan foydalanish ta’lim 
maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Interfaol mashg’ulot turlari ko’p bo’lib, 
ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda ko’zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlash va 
tayyorgarlik ko’rish zarur. Buning uchun zarur vositalarni to’g’ri tanlash, tayyorlash hamda 
mashg’ulot o’tkazuvchilar va ularning vazifalari aniq belgilangan bo’lishi lozim. Interfaol metodlar 
bilan an’anaviy ta’lim usullari orasida o’ziga xos farqlar mavjud bo’lib, har bir o’qituvchi bu 
farqlarni qiyoslashi, ularning bir­biriga nisbatan avzalliklari va kamchiliklari darsni rejalashtirish, 
uni o’tkazish usullarini hisobga olish zarur. Bunda yangi bilimlarni berish ko’nikmalarini 
shakllantirish, 
rivojlantirish, 
mustahkamlash, 
bilimlarini 
takrorlash, 
amalda 
qo’llash 
mashg’ulotlarida qoida o’quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda muvofiq bo’lgan 
interfaol yoki boshqa metodlarni qo’llash mashg’ulotining qiziqarli va samarali o’tishini, shaxs 
shakllanishini ta’minlaydi. 
Pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tadbiqi jarayonida ta’limning shakllari, metodlari, 
usullari hamda vositalari takomillashib boradi. Bu albatta o’qituvchilarning kasbiy pedagogik 
mahorati bilan bog’liq bo’lib, har doim o’quvchini izlanishga, o’z ustida izchil izlanishga va 
ijodkorlikka safarbar etadi. Hozirgi kunda fizika fani zamonaviy darslarni tashkil etishda quyidagi 
interfaol safarbar etadi. Hozirgi kunda fizika fani zamonaviy darslarni tashkil etishda quyidagi 
interfaol metodlardan “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar”, “Insert”, “BBB”, “Tajriba vositasida o’qitish”, 
“Kichik guruhlarda ishlash”, “FSMU”, “Debat”, “Juftliklarda ishlash”, “Rolli o’yinlar”, “Evrika”, 
“Keys” metodlaridan foydalanilmoqda. Har bir o’qituvchi yaxshi biladiki, dars ta’lim – tarbiya 
jarayonining asosiy shaklidir, shuning uchun o’qituvchi, avvalo dars o’tish va takomillashtirib 
borish haqida o’ylaydi, izlanadi. Ta’limda yuqori samaradorlikka erishish uchun o’qitishning 
noan’anaviy metodlaridan ya’ni zamonaviy pedagogik texnologiyaning turli metodlaridan dars 
mavzusiga mos ravishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu murakkab va uzoq davom etadigan 
jarayon bo’lib bu jarayon o’qituvchining mashaqqatli mehnati bilan bosqichma – bosqich 
mahoratlarni egallab, uning yuksak pedagogik darajasiga ko’tarilishdir. 
“GIDROSFERA QOBIG`I” NI O’QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSION 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish