CES 2014 ko’rgazmasida eng zo’r va hayratlanarli deb topilgan Innovatsiyalar
1 Reply
Las Vegas shahrida 7-10 yanvar kunlari bo’lib o’tgan CES 2014 maishiy elektronika ko‘rgazmasida dunyoning ilg’or va ko’zga ko’ringan kompaniyalari o’zlarining eng so’ngi ixtiro, yutuq va yangiliklari bilan ishtirok etdilar. Quyida ko’rgazmada eng zo’r va hayratlanarli deb topilgan innovatsiyalarning ba’zilari haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
Brunton Vodorod Reaktori
Brunton Vodorod Reaktori yuqori texnologiylarga asoslangan elektr toki ishlab chiqaruvchi uskuna bo’lib, u vodorod va kislorodni aralashtirish orqali elektr toki ishlab chiqaradi. Uning yordamida hohlagan joyda telefon, planshet, batareykalar, fonarlar, GPS transiver va boshqa uskunalarni zaryadlab olish imkoniga ega bo’lasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |