Ford C-Max
Ford esa quyosh energiyasi asosida ishlaydigan mashina konseptsiyasini taqdim etdi. Mashina yoqilg’isining 75% i quyosh energiyasi yordamida ishlashga asoslangan bo’lib, bunday avtomobillar qachondan boshlab ishlab chiqarila boshlanishi ma’lum emas.
Dunyoning Eng Boy Insonlari (“Forbes“ 2013)
EYNSHTEYNNING NISBIYLIK NAZARIYASI NIMA O’ZI?
Bu nazariya e’lon qilinganida, uni dunyo bo’yicha jamlab kelganda ham biron o’ntacha olim tushuna olsa kerak, deb taxmin qilishgan edi! Mana, nima sababdan biz bu o’rinda uning texnikaviy, ya’ni mahoratga bog’liq xususiyatlariga to’xtalmoqchi emasmiz. Biroq Eynshteyn nimalar bilan shug’ullandi, qanday masalalarni tadqiq etdi? — bularni tushunib olish foydadan xoli bo’lmaydi. Biz bilamizki, har qanday harakat «nisbiy»dir. Ya’ni bu harakatni boshqa nimagadir qiyoslash mumkin. Masalan, Siz poyezd vagonidasiz va oynaga qarab ketyapsiz. Deraza ortida lipillab o’tayotgan predmetlarni kuzataturib, poyezd harakatlanayotganini payqaysiz. Biroq vagonda qarshingizda o’tirgan kimsaga nisbatan olib qaraganda Siz o’z joyingizda o’tiribsiz. Shuning uchun harakatning mavjudligini harakatsiz nimagadir nisbatan aniqlash mumkin. Bu, Eynshteyn nazariyasining birinchi qismi. Biz uni quyidagicha ta’riflashimiz mumkin: kosmik kenglikda jismning doimiy tezlik bilan harakatini boshqa biron ob’yektga nisbat bermasdan qayd etish mumkin emas. Eynshteyn nazariyasining ikkinchi qismi shuki, yorug’lik tezligini Eynshteyn koinotdagi yagona o’zgarmas hodisa deb biladi. Yorug’likning tezligi 300 000 km/sekund atrofida ekanligini biz bilamiz. Lekin uning o’zgarmas ko’rsatkich ekanligini tafakkur qilishimiz qiyin. Va, mana, qay bir sababga ko’ra: agar avtomobil soatiga 100 kilometr tezlik bilan yursa, bu hol uning tezligi tinch turgan — harakatsiz kuzatuvchiga nisbatan 100 km/soat ekanligini bildiradi. Agar birinchi avtomobil 60 km/soat tezlikda borayotgan avtomobilni quvib o’tsa, u holda birinchi avtomobilning harakati ikkinchi avtomobilnikiga nisbatan 40 km/soat ortiqchadir. Agar ikkinchi avtomobil qarama — qarshi tomondan kelayotgan bo’lsa, unda ular harakatining umumiy yig’indisi avtomobillarning duch keluv nuqtasida 160 km/soatni tashkil etadi. Shunday qilib, Eynshteyn nazariyasiga ko’ra, agar yorug’likning harakat tezligi xuddi shu asosda o’rganiladigan bo’lsa (masalan, biz bir yo’nalishda, yorug’lik esa — bizga qarab qarama — qarshi tomondan harakatlanayotgani hisobga olinsa), uning tezligi o’zgarmasdan — 300 000 km/soat bo’lib qolaveradi. Bu hol Eynshteynning nisbiy nazariyasi xususida umumiy tasavvur beradi. Bundan tashqari, Eynshteyn massa va energiya bilan bog’lig’ muammolarni ham ularning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi nuqtai nazaridan o’rgandi.
G’arazlar Bo’roni
Fikr bildiring
Biror muhim yumushingiz yodingizga kelib, kompyuteringizni ishga tushirmoqchi bo‘ldingiz, ammo negadir maqsadingiz amalga oshmadi. Qarshingizdagi buyum sizga bo‘ysunishni istamadi. Nega? Balki sizning kompyuteringiz ham «g‘arazlar bo‘roni»ga tushib qolgandir? Bu bo‘ron hozirda nihoyatda ko‘p kompyuterlarga tahdid solayapti. Fan tilida uni «virus» deb atashadi. Ilk kompyuter viruslari 1982 yilda talaba Rich Skrenta tomonidan hazil tariqasida tarqatilgan bo‘lib, u kompyuterdagi o‘yinlarni ishdan chiqarar va tizim ishga tushirilganda sizga atab hazilomuz she’rlar o‘qiy boshlardi. «Elk Kloner» nomini olgan bu virus 50 bora she’r o‘qigandan so‘ng o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketardi.
Shundan so‘ng bir necha turdagi mayda-mayda viruslar paydo bo‘ldi. 1987 yilga kelib ular shu darajada ko‘pa¬yib ketdiki, endi «viruslar epidemiyasi» degan ibora qo‘llanila boshlandi. Aynan mana shu yilda birinchi epidemiya Brayn nomi bilan tar¬qatildi. Natijada birgina AQShning o‘zida 18.000 ga yaqin kompyuterga zarar yetdi. Olimlar esa virus tarqatgan «zararkunanda»ni izlashga tushib ketishdi. Bu borada yaratilgan dastur virus kashfiyotchisining uy manzili va telefon raqamini topib berdi.
Ikkinchi epidemiya Lexay universitetida boshlandi. 4000 ga yaqin kompyuterni ishdan chiqargan virus kutubxonadagi kitoblarning elek¬tron ko‘rinishi muhrlangan disketlarni ham yo‘qqa chiqardi.
Uchinchi epidemiyaning tarqalishiga 1987 yil 30 dekabrda Ierusalim universiteti sababchi bo‘ldi. Tarqatilgan virusning maqsadi kompyuterdagi kerakli fayllarni o‘chirib tashlashdan iborat edi.
1989 yilga kelib esa «Datacrime» nomli «bo‘ron» ko‘tarilib, u faqatgina fayllarga emas, ishchi tizimga ham tahdid sola boshladi. Birgina Niderlandiyaning o‘zida zararlangan kompyuterlar soni 100.000 dan oshib ketdi.
Asta-sekin viruslardan pul ishlash maqsadida foydalanila boshlandi. Shunday viruslar yaratildiki, ular kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o‘ziga ko‘chirib olib, sizdagisini yo‘q qilib yuborardi. Ekranda esa «ma’lum summani kerakli manzilga jo‘natsangiz, ma’lumotlaringiz qaytariladi», degan yozuv paydo bo‘lardi.
1990 yilga kelibgina viruslar muammosi global muammoga aylandi. Uni hal qilish borasida turli yig‘ilishlar, xalqaro konferentsiya¬lar o‘tkazila boshlandi. Natijada davlatlar tomonidan Frado va Whale deb nomlangan ilk antivirus (viruslarga qarshi dastur) ishlab chiqildi. Dastur ancha sodda ko‘rinishga ega bo‘lsa ham kompyuterdagi zararlangan qismlarni topar va ularga tuzatish kiritardi.
Vaqt o‘tgan sari viruslarning tuzilishi ham murakkablasha bordi. Endi Windows dasturini ishdan chiqaruvchi Nightfall, Nostradamus, Nutracker Pascal kabi turlari ishlab chiqildi. Bunga qarshi esa Norton, Kasperskiy, spyware, doctor web, panda nomli dasturlar yaratildi. Bugungi kunda kompyuter viruslariga qarshi dastur ishlab chiquvchi kompaniyalar mavjud. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, bir oyda dunyo bo‘yicha 6000 ga yaqin zararli dasturlar ishlab chiqarilayotgan ekan. Yana bir qiziq ma’lumot shuki, viruslar tarqatishda talabalar birinchi, internetdagi xat markazlari ikkinchi, kompyuter klublari uchinchi o‘rinda turarkan. Ba’zilar hazil tariqasida virus tarqatsalar, ayrimlar dushmanlik kayfiyatida bu ishni amalga oshiradilar. Hatto ba’zi mamlakatlar boshqa davlat kompyuterlariga virus yuborib, statistik ma’lumotlar, davlat sirlari kabi muhim ma’lumotlarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘ladilar. Shuning uchun bu turdagi o‘yinlar «g‘arazlar bo‘roni» deb nomlanadi.
Kompyuteringizni ishga tushirmoqchi bo‘ldingiz, biroq qarshingizdagi buyum bo‘ysunishni istamadi. U aniq «g‘arazlar bo‘roni»ga tushib qolgan. Ehtiyot bo‘ling! Bo‘ron hali tingani yo‘q.
Harakatlanuvchi Toshlar
Oldingi maqolamizda boshlagan ‘’G’aydioddiy tabiat hodisalari’’ mavzusini davom ettirib, bu safargi maqolamizda AQShda joylashgan ‘’O’lim Vodiysi’’ deya nom olgan sahrodagi ‘’harakatlanuvchi toshlar’’ haqida hikoya qimoqchimiz.
«O‘lim vodiysi» o‘zining sarg‘ish-kulrang tog‘lari, ko‘zni qamashtiruvchi quyosh tafti hamda noxush hidi bilan qizib turgan qozonga o‘xshaydi. Aynan shu yerda o‘zi harakatlanuvchi toshlar mavjud. Toshlarning harakatlanishi hamon sirligicha qolmoqda…
Reystrek-Playya, ya’ni «O‘lim vodiysi» yer sharining eng quyi nuqtasi hisoblanib, dengiz sathidan 86 metr pastda joylashgan. Bu maydon AQShning eng mashhur qo‘riqxonalaridan biri hisoblanadi. Qo‘riqxonaga tashrif buyurgan sayyoh birinchi bo‘lib taqir yerlarga duch keladi. Bu tabiiy hol, albatta. Chunki bir vaqtlar dengiz bo‘lgan yerlarda tuzli taqir maydon hosil bo‘lishini yaxshi bilamiz. Keyinchalik sayyohlar qumli barxanlarga, undan so‘ng esa tosh kabi qattiq bo‘lib qolgan tuzlarga duch keladilar. Yillar davomida yomg‘ir va shamol ta’sirida qumga aralashib, quyosh taftida toblangan tuz oyna holiga kelib qoladi. Shuning uchun ham tuzli yerga tosh yoki boshqa qattiq jism bilan urilganda oynaning chil-parchin bo‘lib singaniga o‘xshash tovush eshitiladi.
Lekin «O‘lim vodiysi»dagi eng hayratga soluvchi manzara bu-harakatlanuvchi toshlardir. Tekis maydonda joylashgan katta-kichik toshlar muntazam ravishda harakatlanib turadi. Olimlar toshlarning g‘ayrioddiy harakatlanishini turlicha izohlaydilar. Ulardan ba’zilari haqiqatga yaqin bo‘lsa, boshqalari aql bovar qilmas farazlar, xolos.
Shamol, quyosh hamda suvning ta’siri
«O‘lim vodiysi»dagi toshlarning harakatlanishi fanda rasman tan olingan bo‘lib, ularning harakatlanish sababi quyosh, shamol hamda suvning ta’siri deya e’tirof etilgan. Bu makonda joylashgan eng katta tosh-ko‘k tosh bo‘lib, uning vazni O‘n ikki tonnaga teng. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, ushbu toshning harakatlanishi uchun shamol soatiga 400 kilometr tezlikda esishi kerak edi. Bundan tashqari, bu yerdagi shamol yo‘nalishi toshlarning harakat yo‘nalishiga umuman qarama-qarshi tomonga esadi. Suvning ta’sirida harakatlanadi deb berilgan izoh ham o‘zini oqlamaydi. Negaki, Kaliforniyada yomg‘ir juda kam yog‘adi. Kunduzi quyosh tafti tushgan tomon kengayib, kechqurun ikkinchi tomonga og‘adi, degan faraz ham haqiqatdan yiroq. Chunki bu hodisa toshni yarim kilometr masofaga siljitib yuborishi aqlga to‘g‘ri kelmaydi.
Geomagnit maydon
Ba’zilar toshlarning harakatlanish sababi ularning geomagnit maydonda joylashganligida deb bilishadi. Ammo, shu kunga qadar hech kim bu ta’rifni izohlab berolmagan.
Kremniyli miyalar
Toshlar tirik mavjudot va ular istalgancha harakatlana oladi, deb ta’kidlayotganlar ham bor. Ularning fikriga ko‘ra, tosh bir marta nafas olishi uchun uch kun vaqt ketadi va bir kunda bir marotaba toshning yuragi uradi. Ushbu farazga ikki fransuz olimi Demon hamda Eskolelarning kashfiyoti turtki bo‘lgan. 10 yil muqaddam bu ikki olim toshlarni o‘rganish jarayonida ularda ham tomir urishini payqab qolganlar. Shunda olimlar toshlar ham tirik mavjudot, faqat ularning rivojlanish sur’ati juda sust, degan to‘xtamga kelganlar. Shu vaqtdan e’tiboran Yer sayyorasida hayot tanasida oqsil moddasi bo‘lgan mavjudotlardagina emas, balki kremniy moddasiga ega bo‘lgan jonzotlar ham bor degan qarash yuzaga keldi.
Narigi dunyodan kelib qolgan
Ba’zi bir odamlarning aytishlaricha, «O‘lim vodiysi»dagi toshlarda yovuz ruhlar joylashgan emish. Aynan o‘shalarning ta’sirida toshlar harakatlanar ekan. Toshlar ichida yovuz ruhlar joylashganligi quyidagi voqea bilan izohlanadi.
Voqea O‘tgan asrning 40 yillarida Angliyaning Esseks grafligida sodir bo‘lgan. O‘sha davrdagi ro‘znomalarning xabar berishicha, ishchilar qishloq yaqinida joylashgan aylana shaklidagi ulkan toshni joyidan qo‘zg‘atganlarida o‘z-o‘zidan ibodatxonadagi qo‘ng‘iroqlar chalinib, simyog‘och va omochlar o‘z-o‘zidan ucha boshlagan ekan. Asrlar davomida qo‘zg‘atilmagan tosh o‘z joyiga qaytarilgach, qishloqdagi to‘s-to‘palon tingan ekan.
O‘zga sayyoraliklar
Bu faraz tarafdorlari toshlar ichiga o‘zga sayyoraliklar joylashib olgan, degan fikrdalar. Qo‘riqxona ustida sirli uchar ob’ektlarga duch kelgan guvohlar ham mavjud. Ularning ta’kidlashicha, Yerdagi ma’lumotlarni o‘zga sayyoraliklarga uzluksiz ravishda yetkazib turish maqsadida tosh ko‘rinishidagi jismlar shu yerga joylashtirilgan ekan.
Harakatlanuvchi meteoritlar
Ba’zi olimlar bu toshlar meteorit yoki meteorit qoldiqlari bo‘lishi mumkin, degan taxminni ilgari suradilar. Ularning g‘oyalariga ko‘ra, fazo bo‘ylab tinmay harakatda bo‘lgan meteoritlar Yerga tushgandan keyin ham harakatlanishni to‘xtamagan.
Koinot Raqamlarda
*Quyosh nuri Yerga 8,5 daqiqada yetib keladi.
*Oyning Yerdan ko‘rinib turadigan eng ulkan krateri Beyli deb ataladi. Uning maydoni taxminan 26,000 kvadrat milga teng.
*Yerga har kuni 27 tonna kosmik chang yog‘iladi. Bir yilda 10 ming tonnadan ortiq chang Yerga tushadi.
*Agar o‘rgimchak ini tolasini Sentavr yulduzlar turkumidagi eng yaqin yulduzgacha tortib chiqilsa, tolaning og‘irligi besh yuz ming tonnani tashkid etgan bo‘lardi.
*Galaktikamizda har yili qirqqa yaqin yulduz paydo bo‘ladi.
*Oyning diametri 3 476 kilometrga teng.
*Agar bir choy qoshiqni neytron yulduzlarini tashkil etuvchi modda bilan to‘ldirilsa, uning og‘irligi taxminan 110 million tonnaga teng bo‘lardi!
*Dunyoda eng ko‘p xususiy meteoritlar kolleksiyasi amerikalik Robert Xaagga tegishli – u ikki tonna samoviy jismlarni yiqqan. Xaag meteorit yig‘ishni 12 yoshida boshlagan ekan.
*Kaliforniyaning Palomar tog‘idagi teleskop 7,038, 835,200, 000,000, 000,000 mil masofadagi jismni kuzatishi mumkin..
*Quyosh tizimidagi barcha sayyoralar Yupiter sayyorasining ichiga joylashishi mumkin.
*Oddiy pochta markasi bilan teng bo‘lgan quyosh parchasi 1,500,000 dona sham yonganchalik yorug‘likni bera oladi.
*Yerda og‘irligi yuz kilogrammga teng jismning og‘irligi Marsda 38 kiloga teng bo‘ladi.
*Quyosh energiyasining 19 foizi atmosferaga singib ketadi, 47 foizi Yerga tushadi, 34 foizi esa koinotga qaytadi.
*Merkuriy sayyorasidagi bir kun Yerdagi ikki yildan uzunroq. Merkuriy o‘z o‘qi atrofida juda skein aylanadi, Quyosh atrofini esa 88 kundan ozroq vaqt ichida aylanib o‘tadi.
Millionlar olib kelgan 10 ta bema’ni g’oya
1. Million Dollar Homepage
1000000 piksel, har bir pikselga bir dollar to’lash kerak. Bu inson miyasiga kelgan onlayn biznesi sohasidagi eng ahmoqona g’oya bo’lsa, ajabmas. Ammo shunga qaramasdan, ushbu g’oyani o’ylab topgan 21 yoshli Aleks Tyu hozir millioner.
2. SantaMail
Bunisi esa durustroq g’oya. Shimoliy qutbda o’zingiz uchun pochta manzilini toping (masalan, Alyaska shtatidagi shahar). O’zingizni Santa Klausman deng va farzandlariga undan xat kelishini xohlagan ota-onalardan 10 dollardan oling. Keyin-mi? O’z biznesini 2001-yili boshlagan Bayron Riz hozirgacha 200 mingdan ziyod xat jo’natgan, bu uni ikki million dollarga boyitdi.
3. Doggles
Itlar uchun himoya ko’zoynagini ishlab chiqish va sotish? Bir qarashda, juda bema’ni biznes-g’oyaga o’xshaydi. Ammo g’oya mualliflari millioner bo’lishdi-ku, hozir o’z ishlanmalarini butun dunyo bo’ylab sotishmoqda! Aql bovar qilmaydi.
4. LaserMonks
LaserMonks.com bu – Bibi Maryam Sistersian abbatlagining profil bo’limi, ya’ni Medisondan 90 mil shimoli-g’arbda joylashgan Monro grafligi tepaliklaridagi cherkov. Unda bor-yo’g’i 8 ta rohib yashaydi. Ha, kartrijlaringizni haqiqiy rohiblar bo’yoqqa to’ldirib beradi. Yashasin! Savdolar hajmi 2.5 million dollarni tashkil etdi!
5. AntennaBalls
Siz antenna koptoklarini onlayn tarzda sotolmaysiz. Umuman. Bu, albatta, sizni badavlat qilmaydi. Biroq, aynan shu ishni Jeyson Uoll amalga oshirdi. Endi u – millioner.
6. FitDeck
Turli jismoniy mashqlar tasvirlangan kartalar dastasini yarating va ularni 18,95 dollardan soting. Bir qarashda g’oya emas, halokatga o’xshaydi. Ammo sobiq dengiz askari va fitnes bo’yicha instruktor Fil Blek o’tgan yili 4,7 million dollar miqdoridagi daromadini deklaratsiyadan o’tkazdi. Albatta bu harbiy xizmatdagidan ancha ko’p.
7. PositivesDating.Com
Pol Greyvs va Brendon Kochlinlar OITVni yuqtirganlar uchun sayt yaratishdi. 2006-yili undan tushgan foyda 110 ming dollarni tashkil etdi. Hozir ular keyingi ikki yil ichida saytga 50 mingdan ziyod foydalanuvchi kirishini taxmin qilishmoqda.
8. Designer Diaper Bags
Kristi Reyn alohida sumkada o’zi bilan doim yo’rgaklarni olib yurishdan charchadi. 34 yoshli ona chaqalog’ining yo’rgaklari kichik sumkachasida g’ijim bo’lmasligi uchun alohida sumkada olib yurishdan qiynalib ketgandi. Reyn kichkina, chiroyli va qulay sumka haqida orzu qilardi. Bir kuni u turmush o’rtog’i bilan birga chaqaloqning buyumlari va 2-4 dona yo’rgak sig’adigan maxsus sumkani yaratishga qaror qilishadi. Savdolari hajmi 2005-yili 180 ming dollarni tashkil etgan Kristining “Diapees&Wipees” kompaniyasi bugungi kunda 22 turdagi sumkalarni ishlab chiqqan. Ularni on-layn shaklida 120 ta butikdan 14,99 dollarga xarid qilish mumkin.
9. PickyDomains
Sizning o’rningizga domenlarning chiroyli nomlarini o’ylab topish bilan shug’ullanadigan odamni yollash? Odamlar bunga hech qachon pul to’lashmaydi. Aslida esa, boshqa odamlar uchun domen nomlarini izlash jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan biznesga aylandi. Bu yerda hatto tavakkalchilik ham yo’q. Ayni paytda “PickyDomains”da qiziqarli va esda qoladigan domen nomi uchun PUL TO’LASHNI istayotgan va buni kutayotgan odamlar ro’yxati bor. Kompaniyadagilar bu yili savdolardan tushadigan daromad olti raqamli summaga yetishini kutishmoqda.
10. Lucky Wishbone Co.
Tovuqning plastmassadan yasalgan qalbaki “orzular suyaklari”. Ushbu bema’ni g’oya barbod bo’lishi turgan gap. Es-hushi joyida bo’lgan qaysi odam QALBAKI ORZULAR SUYAKLARIni sotib oladi? Ma’lum bo’lishicha, xarid qiluvchilar ham bor ekan. Ayni paytda firma kuniga 30 ming dona suyak ishlab chiqaradi (donasi 3 dollar turadi). G’oya muallifi Ken Axroni 2007-yili savdolar hajmi bir million dollarga yetdi. Hozirda bir yillik savdo aylanmasi 17-19 million dollar atrofida.
Do'stlaringiz bilan baham: |