Muallif diyarov vohid


ARXIMEDNING «O‘LIM KELTIRUVCHI NUR»I



Download 39,68 Mb.
bet17/33
Sana11.01.2022
Hajmi39,68 Mb.
#341712
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
BU TURFA OLAM

ARXIMEDNING «O‘LIM KELTIRUVCHI NUR»I

O‘tmish afsonalarining birida ­mashhur astronom, matematik va texnik olim Arximedning tilga olingan «ajal keltiruvchi nur»i hozirgacha tad­qiqotchilarga tinchlik bermayapti. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur nur yordamida olim ona shahriga xavf tug‘dirgan butun bir dengiz flotini yo‘q qilib tashlashga erishgan.

Rivoyatga ko‘ra, miloddan avvalgi 212 yili Sirakuza shahri qurshovga olinib, quruqlikda rimlik legionerlar, dengizdan esa galeralar (ko‘p eshkakli kemalar) tomonidan qamal qilinadi. Ayni paytda Sirakuzadagi palaxmonlar (xarsanglar otishga mo‘ljallangan qadimiy qurol turi) ham o‘sha davr texnikasi mo‘’jizalaridan biri hisoblansa-da, kemalarga qarshi kurashda bas kelishi amrimahol edi. Shunda Arximed quyosh nurlari va shahar qal’asi devoriga o‘rnatilgan qandaydir buyum yordamida dushmanning flotini yoqib yuborib, yakson qilishga muvaffaq bo‘ladi. Bu voqeadan keyin Rim konsuli Martsell geometriya ilmi olimi, ya’ni Arximedga qarshi mazkur urushni to‘xtatish haqida farmon beradi. Bu haqda ko‘plab tarix kitoblarida ham o‘qish mumkin.

Arximed, tarixiy afsonada bayon qilinishicha, qal’a devorlarida Sirakuzaning barcha ayollarini yig‘adi, qizig‘i, ularning barchasi yaltirab tarashlangan bronza qalqonlar bilan kelishadi. Olimning buyrug‘iga binoan ular galma-gal qalqonlarga tushayotgan quyosh nurlarini dushman kemalariga yo‘naltiradilar, natijada biroz muddatdan so‘ng flot yona boshlaydi.

Qadimgi Yunoniston matematigining afsonaviy sa’y-harakatlarini bir necha yil avval Massachusets texnologik universiteti tadqiqotchilari San-Frantsisko ko‘rfazi atrofida takrorlashga urinib ko‘rishgan. Universitet veb-saytida yozilishicha, ko‘rfaz chetlariga bronza va shishadan yasalgan, umumiy maydoni 300 kvadrat metrga teng nur qaytargichlar o‘rnatiladi. Ulardan 45 metr masofa uzoqlikda joylashgan eski baliqchilar qayig‘i esa hech ham yonmasdi. Shunda massachusetslik professorlarning Arizona universitetidagi hamkasbi Bill Dyukenen oynalarning o‘zgacha konstruktsiyasidan foydalanishni taklif etadi. Mutaxassislar oynalarni aylana bo‘ylab joylashtirib, parabola shaklidagi ulkan nur qaytargichni hosil qilishadi. Markazga esa «x» shaklidagi oynak o‘rnatiladi va undan tushadigan nur asosiy nishonga aylanadi. Oxir-oqibat qaytargichlardan taxminan 23 metr uzoqlikdagi masofada bo‘lgan qayiqda olov paydo bo‘ladi. Demak, «Arximedning o‘lim keltiruvchi nuri» haqiqatda ham mavjud ekan!

DUNYONING ENG QUDRATLI 10 AYOLI (FORBES 2013)

Tarixdan ma’lumki, kuch-qudrat va hokimiyat ko’p hollarda erkaklarga tegishli bo’lgan. Ayollar esa barcha davrlarda erkaklarning soyasida bo’lib kelishgan. Lekin hokimiyatni o’z qo’liga ola bilgan ayollar bo’lgani ham haqiqat. Doro I ni tor-mor etgan malika To’maris, Xitoy qirolichasi Vu Zitsyan, Misr malikasi Kleopatra, qirolicha Yekaterina, qirolicha Viktoriya kabi ayollar jahon tarixida o’chmas iz qoldirishgan. Ushbu maqolada sizga hozirgi davrning qudratli ayollari, hokimiyat va ta’sir doirasi eng qudratli erkaklar bilan bir qatorda turadigan xonimlar haqida hikoya qilamiz.

#10 Indra Nooy

PepsiConing bosh direktoriga aylangan Nooyi xonim dunyoning eng yirik tadbirkor ayollaridan. Kursiga o’tirganidan beri PepsiCoda turli o’zgarishlar qilib kelmoqda. Kompaniyaning daromadi ham salmoqli darajada ortgan. Nooyi xonim Coca-Cola bilan raqobatlashadigan ichimlik tarkibi ustidagi tadqiqotlani qo’llab-quvvatlab kelmoqda.

#9 Sonia Gandi

Familiyasidanoq Hindistondagi eng qudratli oilalardan biriga mansubligi kundek ravshan. Hindistonni boshqarayotgan partiya – Hindiston Milliy Kongressining prezidenti bo’lib, mintaqada juda katta kuch-qudrat va ta’sirga ega.

#8 Janet Napolitano

Janet Napolitano AQShda istiqomat qiladi. Byudjeti $48 mlrd.ga teng bo’lgan AQSHdagi uchinchi eng yirik idora – AQSH Ichki Xavfsizlik departamentiga rahbarlik qiladi. Qo’l ostida 240 000 xodim va 22 agentlik bor.

#7 Kristina Lagard

Ro’yxatning 9-pog’onasidan joy olgan Lagard xonim – fransiyalik. 58 yoshni qarshilagan bu ayol hozirda Xalqaro Valyuta Fondining ijrochi direktori hisoblanadi. U, shuningdek, Fransiya hukumatida Savdo vaziri, Iqtisodiy aloqalar vaziri kabi lavozimlarda mehnat qilgan. Financial Times gazetasi 2009-yilda Kristina Lagardni Fransiyaning eng yaxshi vaziri deb e’lon qilgan.

#6 Sheril Sendberg

44 yoshli ushbu xonim AQSHda istiqomat qiladi. Dunyoda eng ommalashgan ijtimoiy tarmoqlardan hisoblangan Facebookning direktorlar kengashi a’zosi bo’lgan Sendberg xonim axborot texnologiyalari sohasida katta mavqe va ta’sirga ega. Uning qarorlari ushbu sohada mehnat qilayotgan 100 millionlab odamlarning faoliyatiga ta’sir qiladi.

#5 Hillari Klinton

AQSHning sobiq birinchi xonimi Hillari Klinton, AQSH davlat kotibi lavozimidan allaqachon iste’fo bergan bo’lsa-da, hamon Yer yuzidagi eng qudratli ayollardan hisoblanadi. Diplomatik qobiliyati bilan dunyoga mashhur.

#4 Mishell Obama

Barak Obamaning rafiqasi, AQSHning birinchi xonimi Mishell Obama ham Garvard universitetini tamomlagan. Hozirda nochor odamlarga yordam berish, oziq-ovqat ta’minoti kabi sohalarda mehnat qilmoqda. AQShning 67% aholisi unga ijobiy munosabatda, bu borada u eridan o’zib ketgan: Barak Obamaga 47% aholi ijobiy munosabatda.

#3 Melinda Geyts

Amerikalik bu ayol gumanitar sohada faoliyat yuritadi. Yer yuzidagi ikkinchi eng boy inson Bill Geytsning rafiqasi bo’lib, sog’liqni saqlash va ta’lim sohasidagi hayriya ishlari bilan mashhur.

#2 Dilma Russef

Dilma Rusself Braziliya prezidenti. Bu lavozimga saylangan ilk ayol. 2010-yildan beri Braziliyani boshqarmoqda. Demokratik Ishchilar Partiyasiga asos solgan bu ayol Braziliyadagi eng qudratli ayol hisoblanadi.

#1 Angela Merkel

Angela Merkel Germaniya Kansleri va dunyodagi eng qurdatli ayol. Kansler lavozimini egallagan birinchi ayol. Shuningdek, Yevropa Ittifoqining norasmiy lideri hisoblanadi. Yevrozonaning iqtisodiy inqirozdan

Fir’avnlar qarg‘ishi» siri

2 Replies

«Misr hukmdorining maqbarasiga kirgan har bir odam o‘zini o‘limga mahkum etadi» kabi vahimali va mash’um gap-so‘zlar o‘tgan asrdagi arxeologik topilmalardan so‘ng, ayniqsa, keng tar¬qala boshlagan. Har holda 1922 yili ingliz tadqiqotchisi Govard Karter tomonidan topilgan fir’avn bola – Tutanxamon dahmasiga aynan shu «Fir’avnlar qarg‘ishi» nomi berilgan. O‘shanda ilmiy ekspeditsiyaning ko‘plab ishtirokchilari (20 nafardan ortig‘i) sag‘anadagi ishlardan so‘ng sirli holatlarda birin-ketin halok bo‘lishgan. Hukmdorlar qarg‘ishi faqat Govard Karterga tegmagan, xolos, sababi 1930 yilga kelib ekspeditsiya qatnashchilaridan birgina u hali hayot edi.

Shundan so‘ng, piramidalar haqida bir biridan vahimali afsonalar to‘qila boshlandi. Biroq 1962 yilning ¬noyabr oyida Qohira universitetining biologiya va meditsina bo‘yicha professori Aziziddin Taxa piramidalarni qazish ishlarida ishtirok etgan odamlarda nafas olish yo‘llari yallig‘lanishini keltirib chiqaruvchi virus aniqlanganligini ma’lum qildi. Fir’avnlar mo‘miyolarini tekshiruvdan o‘tkazgach esa, bu turdagi yana ko‘plab bakteriyalarni topdi, darvoqe, uning fikricha, ushbu zamburug‘larning ba’zilari 4 ming yilgacha ham umrguzaronlik qilishi mumkin ekan. Tadqiqotlardan so‘ng olim «fir’avnlar qarg‘ishi»ga osonlikcha antibiotiklar yordamida barham berish mumkinligini ishonch bilan ayt¬di. Virus nega bitta Govard Karterga ta’sir etmay qolgan, degan savolga u quyidagicha javob berdi: «Bu tadqiqotchi hammadan ham ko‘p vaqtini piramidalar qad rostlagan Hukmdorlar vodiysida o‘tkazgan. Arxeologik qazilma ishlari davomida u boshqalarga nisbatan o‘sha yerdagi havodan ko‘proq nafas olgan, shu sabab uning organizmida asta-sekinlik bilan bakteriyaga qarshi mus¬tahkam immunitet shakllangan».

Markaziy Afrikadagi Port-Elizabet shifoxonasida faoliyat yuritgan tibbiyot olimi Joffri Din ko‘p sonli o‘lim holatlariga olib kelgan vaziyatning sababi ko‘rshapalak chiqindilari chirishi natijasida paydo bo‘lgan zaharli zamburug‘ changida ekanligini aytgan. Bunday xulosaga kelishga turtki bo‘lgan voqea shunday ro‘y bergandi: shifokor ishlaydigan kasalxonaga qit’a g‘orlaridagi ko‘rshapalak chiqindilarini o‘rganayotgan geolog Jon Uilz og‘ir ahvolda olib kelinadi. Doktor Din oldin ham bu kabi holatlarga duch kelgandi, chunki Janubiy Amerikada ink qabilalari yashagan g‘orlarni o‘rganishda tadqiqotchilarda Jon Uilzda kuzatilgan kasallik belgilari bo‘lgan. O‘shanda bemorlarda kasallikni keltirib chiqaruvchi va ko‘rshapalaklar chiqindilarida bo‘ladigan gistoplazmolis virusi aniqlangan. Shu tariqa, 1956 yili Joffri Din bu kasallikka «g‘or xastaligi» nomini berdi, bu yo‘l bilan «fir’avnlar qarg‘ishi» voqeasiga nuqta qo‘yishga harakat qildi. Aytgancha, Jon Uilzni u oxir-oqibat sog‘aytirib yubordi, shuningdek, mingyillik tarixga ega kasallikni ham ilmiy asoslab bergan dastlabki insonlardan biriga aylandi.

Ulardan tashqari qator mutaxassislar qadimda misrliklar o‘zlarining muqaddas qadamjolari, ya’ni maqbaralarga kirib, ularni tahqirlaydigan insonlarga qarshi radioaktiv va boshqa shu kabi turli toksinlar (zaharli moddalar) ishlab chiqqanligi haqida gapirishdan charchashmaydi. Mazkur mavzuga bag‘ishlangan yuzlab, minglab ilmiy tad¬qiqot ishlari munkun.

G’aroyib tabiat hodisalari.

Tabiat mo’jizalarga boy. Sizga hikoya qilmoqchi bo’lgan ajabtovur hodisalarni faqat filmlarda yoki “Discovery” kanalida ko’rgan bo’lishingiz mumkin.

Olov-kamalak

Bu ga’royib tabiat hodisasini yozda kuzatish mumkin. Quyosh nuri osmonning yuqori qavatlarida joylashgan parsimon bulutlarda to’plangan muz kristallaridan o’tib sinishi natijasida olov-kamalak paydo bo’ladi. Oddiy kamalakdan farqli ravishda olov-kamalak yomg’ir yog’magan paytda paydo bo’ladi va shakli ham yoysimon emas, yonayotgan olovni eslatadi. Ekvatorga qancha yaqin joyda yashasangiz, bu go’zal hodisaning guvohi bo’lish imkoniyati shuncha ko’proq.

Neon ko’l

Avstraliyadagi Gipslend ko’li boshqa ko’llarga o’xshamaydi. Tunda bu g’aroyib ko’l katta neon lampa singari yorug’lik taratadi. Buning sababchisi, ko’l suvini makon qilgan fitoplanktonlardir. Bu mayda suv jonivorlari tunda binafsharang yog’du taratadilar. Qumni tepsangiz, ularning yanada kuchliroq tovlanishiga guvoh bo’lishningiz mumkin.

Biolyuminissent zamburug’lar

Biolyuminissensiya nafaqat suvda, balki quruqlikda ham kuzatilishi mumkin. Yoz oxiriga borib, ko’plab o’rmonlarda yog’du taratadigan zamburug’larni ko’rasiz. Dunyoning turli nuqtalarida bunday hodisalarning guvohi bo’lish mumkin, lekin biolyuminissent zamburug’lar ko’proq tropik o’rmonlarda uchraydi.

Yashil nur

Bu juda noyob meteorologik hodisa bo’lib, uni faqat quyosh chiqishi yoki botishida kuzatish mumkin. Bu paytda quyosh nurlari atmosferaning yuqori qatlamlaridan o’tib, prizma effektini hosil qiladi. Bu hodisaning guvohi bo’lgan bo’lsangiz o’zingizni juda omadli deb hisoblashingiz mumkin. Uni kuzatishning eng yaxshi pallasi esa ochiq kunda okean yoki dengiz ufqiga tikilishdir. Ha aytgancha, bu hodisa soniyaning ulushlari ichida yuz beradi, ko’zlairnigzni yummay, osmonga diqqat bilan tikilib turing.

Sohta quyosh

Quyosh botayotgan mahal havoda muz kristallari bo’lsa, quyoshning ikki tarafida bir nechta yorqin dog’larni kuzatish mumkin. Agar quyosh nurlari parsimon bulutlar orasidan o’tsa, bu dog’lar yanada yorqinroq bo’ladi. Sohta quyosh hodisasini sovuq o’lkalarda kuzatish imkoniyati ko’proq.

Katatumbo chaqmoqlari

Venesuelada Katatumbo chaqmoqlari eng sirli tabiat hodisalaridan biri hisoblanadi. Asosan, Katatumbo daryosi Marakaybo ko’liga quyiladigan joyda yuz beradi. Yil davomida 140-160 tun davomida shunday davomli hamda daxshatli chaqmoqlarni kuzatish mumkin.

Gravitatsiya to’lqini

To’lqinlar nafaqat suvda, balki osmonda ham hosil bo’lishi mumkin. Havo oqimi atmosferaning turg’un qatlamlariga chiqqanda, mana shunday gravitatsiya to’lqini hosil qiladi, xuddi ko’lmak suvga tosh tashlagandagidek. So’nggi tadqiqotlardan ma’lum bo’ldiki, gravitatsiya to’lqinlari tornadolarni keltirib chiqaradi hamda uni yanada daxshatliroq tus olishini ta’minlaydi



Bazalt ustunlar Tabiiy vulqon hosilalari – bazalt ustunlar xuddi inson qo’li bilan yaratilgandek taassurot uyg’otadi. Oltiburchakli ustunlar quyuq lava tez sovib, qoyalar yuzasida yoriqlar hosil qilishidan paydo bo’ladi. Basalt ustunlarning eng chiroyli namunal.


Download 39,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish