Toyota FCV va FV2
Toyota barchani hayron qoldirishda davom etmoqda. U vodorodda yuradigan FCV gibrid mashinani taqdim etdi. Albatta, bunday mashina birinchi marta taqdim etilayotgani yo’q. Lekin, Toyota bunday turdagi mashinalarni keng ko’lamda ishlab chiqarishni boshlagan birinchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya gibrid mashinalarni 2015 yildan boshlab ishlab chiqarilishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, Toyota dronga o’xshagan FV2 mashina/mototsikl konsepsiyasini taqdim etdi. Ushbu mashina rul emas, haydovchi tanasining egilishi yordamida boshqariladi. Uni takomillashtirish ishlari hali tugallanmagan bo’lib, bunday mashina qachon ishlab chiqarila boshlanishi, hatto, bu konsepsiyani to’liq qo’llab bo’lishi hali ma’lum emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |