Muallif diyarov vohid



Download 39,68 Mb.
bet33/33
Sana11.01.2022
Hajmi39,68 Mb.
#341712
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
BU TURFA OLAM

Fransiya

XIX asrda Fransiyada ba’zi ism-shariflar raqam, oy yo kun nomi bilan belgilangan. Masalan, ayrim oilada tug‘ilgan o‘g‘il bolalar yil taqvimining dastlabki to‘rt oyi nomi bilan atalgan: Yanvar, Fevral, Mart, Aprel. Ana shunday odamlardan biri janob Mart 1904 yil sentyabrida vafot etgan.



Italiya

Ilk bor otalik baxtiga muyassar bo‘lgan yigit FXDYo bo‘limiga kirib, o‘z o‘g‘liga Varenne Djampaulo deb nom qo‘yishini ma’lum qilganida bo‘limdagilar hayron bo‘lishgan. Negaki, Varenne o‘sha paytlarda poygada qatnashuvchi mashhur otning laqabi, Djampaulo esa uning egasi bo‘lgan. Yigit o‘z maqsadiga erishgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay, bu ish sudga oshirilgan. Chunki uning rafiqasi bu nomga o‘z noroziligini bildiradi.



Rossiya

Mana bu holga guvoh bo‘lib ajablanishingiz aniq. Voronej oblastining Nijniy Tagil shahrida Rossiya ismli ikki qiz borligi ma’lum bo‘ldi: Rossiya Kitsenko va Rossiya Shramkova. Bu yurtda yashovchi oilalardan yana biri o‘z qiziga Privatizatsiya, boshqasi esa o‘g‘liga Praxlado deb ism berishgan. Rossiya zaminida XX-XXI asrlarda uchragan quyidagi ism-shariflarga e’tibor bering: Yelpumed (Yelsin, Putin, Medvedev), Vlaput (Vladimir Putin), Bnel (B.N. Yelsin), Mdan(a) (Medvedev Dmitriy Anatolevich), Gandzyu (Gennadiy Andreyevich Zyuganov), Vlavojir (Vladimir Volfovich Jirinovskiy), Yumluj (Yuriy Mixaylovich Lujkov) va hokazo.

Google” haqida hayratlanarli 15 Fakt

#1 Google yirik qidiruv tarmog’iga 1998- yil 7-sentabrda Sergey Brin hamda Larry Pagelar tomonidan asos solingan bo’lib,ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi bo’yicha birinchi o’rinda bormoqda (u 70% qidiruv so’rovlarini amalga oshiradi). Google 100 dan ortiq tillarda so’rovlarni qayta ishlaydi. Kompaniya shiori esa “Don’t be evil” ya’ni “Zolim bo`lma”.

#2 Google ni avvaliga “googol” qilishmoqchi bo’lishgan, reja bo’yicha domen “googol.com” edi, lekin tashkilotchilardan biri domenni ro’yxatdan o’tkazayotib imloviy xato qilgan va “l” harfi tushib qolgan. Bu nom tashkilotchilarga yoqib qoladi hamda sayt shu domenda qolgan. Bu esa internet olamida eng yirik omadli “xato” lardan biri hisoblanadi. Ha aytgancha, Google degani – bu 1 dan keyin 100 ta noli bor bo’lgan son ya’ni, 100000….000 (100 ta nol)!

#3 Xodimlar bo’limiga yuborilgan rezyumelarning barchasi diqqat bilan o’rganib chiqiladi. Har 10 ta rezyumedan 1 tasiga telefon qilinadi. Har 10 ta qilingan telefon qo’ng’irog’idan 1 tasi suhbatga chaqiriladi. Har 10 ta suhbatdoshdan 1 tasi ishga qabul qilinadi. Shunday qilib, Google ga ishga kirish tanlov asosida bo’ladi va bu tanlov 1:1000 to’g’ri keladi.

#4 Google ga ishga kirish juda qiyin. Lekin undandan ham qiyini, ishdan ketish. Bunga asosiy sabab esa Kaliforniya shtati mehnat qonunlari hisoblanadi. Ishdan zudlik bilan «uchib ketish» — faqatgina 1 holatda, ya’ni korxona ma’lumotlarini fosh etishda sodir bo’ladi. Agar xodim o’zining vazifalarini uddalay olmasa, yoki ishlamasa, unda boshliq, bu xodim bilan suhbat o’tkazadi va yordam beradi. Agar bir oydan so’ng holat o’zgarmasa, uni qo’llab-quvvatlash uchun yordamchi ajratiladi. Agar bu ham ish bermasa, unda yana suhbatlar, ogohlantirishlar va jarimalar boshlanadi. Shundan so’ngina, 6 oydan keyin, ishdan ozod etishadi. Biroq, bu hodisa kamdam kam holatda bo’ladi. Chunki, birinchidan, ishga qabul qilishda mingta chig’iriqdan o’tkazib olsa, ikkinchidan, bu yerda yaratilgan sharoitning o’zi jonini jabborga berib ishlashga asos bo’ladi.

#5 Google ofisida qanaqadir ish rejasi ko’zda tutilmagan. Har bir kishi o’zining ishini xohlagan payt boshlashi va xohlagan payt tugatishi mumkin. Asosiysi — ko’zda tutilgan ish reja asosida tugatilishi zarur.

#6 Har bir xodimga o’zining g’oyasi uchun 20% vaqtni ajratishga ruxsat berilgan. Hatto, uning g’oyasi 100% fantaziya bo’lsa ham. Kompaniyaning ta’kidlashicha, hozirda takomillashtirish ishlari olib borilayotgan ‘’Google Glass’’, haydovchisiz mashinalar, ishchi robotlar ham aynan mana shu 20% lik vaqt sabab bo’lgan.

#7 Google-shaharchada xodimlarga trenojyor zallari, meditsina xizmatlari, AQSHda juda ham qimmat hisoblangan yuridik maslahatlar bepul (yurist xizmati esa azronlashtirilgan narxlarda) taklif etiladi. Shuningdek, kompaniya o’z hodimlarni doim o’qib-izlanishga ruhlantirib turadi. Shu maqsadda ofislarda kutubxonalar hamda bepul kurslar tashkil qilingan . Agar xodim o’qimoqchi(magistratura, MBA) yoki malaka oshirmoqchi bo’lsa, kompaniya barcha harajatlarni o’z bo’yniga oladi.

#8 Kompaniya xodimlarga «Shatl»-avtobuslari qatnab turadi. Ular xodimlarni uydan ishga va ishdan uyga tashiydilar. Shuningdek, xodim uyda yoki ofisda ishlash tanloviga ham ega.

#9 Farzand kutayotgan xodimlarga kompaniya moliyaviy yordam bilan birga farzandi bilan ko’proq vaqtni o’tkazish imkonini beradi. Ya’ni farzandi tug’ilgach, ota yoki ona uyidan turib bemalol ishlashi yoki ko’proq ta’til olishi mumkin. Shuningdek , Google-shaharchasida xodimlarning farzandlari uchun ham bog’chalar mavjud.

#10 Google xodimlariga uy hayvonlari, masalan, itlarni ishga birga olish kelishga ruxsat beradi. Lekin, mushuklarni ofisga olib kelish mumkin emas. Bunga sabab, balki mushuklar bilan itlarning kelisha olmasligi bo’lsa kerak.

#11 Kompaniyada o’zining maxsus atamalari mavjud. Masalan, Google ning xodimlari o’zlarini “Google People“ ya’ni “Google Odamlar“ deb atashadi. Bosh ofis joylashgan ko’chani ham “Google street“ deb atashadi.

#12 Google da ishlovchilarning ko’pchiliga kelib chiqishi rus millatiga borib taqaladi. Bularning o’ziga xos tarixlari mavjud. Kimdir shu erda rus oilasida tug’ilgan. Kimdir mutaxasis bo’lib ishga kelgan. Bu xodimlar bir-birlari bilan doim muloqotda. Darvoqe, aytishlaricha, Google ning ruscha versiyasi Xitoyda tuzilgan ekan.

#13 Google-shaharchasining territoriyasida 20 ga yaqin oshxonalar mavjud. Ularning barchasida xodimlar3 mahal bepul ovqatlanishlari mumkin. Oshxonalar ham turlicha: turli davlat taomlari, vegetarian, fastfud va boshqalar.

#14 Har juma Google da odatiy o’tirishlar bo’lib o’tadi. Bu o’tirishda har bir xodim o’zining boshdan o’tkazgan qiziq voqealarni boshqalar bilan baham ko’radi. Shuningdek, xodimlar uchun Elton Djon kabi mashhur san’atkorlar tez- tez konsert berib turadilar.

#15 Shuncha sharoitlarga qaramasdan, Google o’z xodimlarindan 100 foiz ishga berilishni va eng yaxshi natijalarni talab qiladi. Bir dasturchining aytishicha, agar u tomonidan yozilgan dasturiy Kod ixchamlash mumkin bo’lsa, boshliq bu kodni qayta ko’rilsin deya imzo qo’yadi. U bilan qanday qilib qisqartirish kerakligi haqida bahslashmaydi. Chunki u ham (boshliq) o’z sohasining professionali.

Insoniyatga qimmatga tushgan halokatlar(Top 10)

Insoniyat o’z hayotini o’zi quradi, lekin urinishlarimiz har doim ham muvaffaqiyatli yakunlanavermaydi. Quyida insoniyatga qimmatga tushgan eng yirik halokatlar haqida hikoya qilamiz. Bunda faqat iqtisodiy zarar qiymati(aqsh dollarida) hisobga olingan.

#10. Titanik kemasining halokati – $150 mln.

Titanik kemasi 1912-yil 15-aprelda halokatga uchragan. Eng hashamatli okean layneri hisoblanadigan Titanik o’zining ilk sayohatidayoq Atlantika ummoni qa’riga g’arq bo’lgan. Bu mashhur kema bortida 1309 yo’lovchi va 898 kema ekipaji a’zolari bo’lib, ulardan bor-yo’gi 712 kishi qutqarilgan. Kemani qurish uchun $7 mln. (hozirgi hisobda $150 mln.) sarflangan edi.

#9. Viltal ko’prigidagi halokat – $358 mln.

2004-yil 26-avgustda Germaniyadagi Viltal ko’prigida 32 tonna yonilg’i yuklagan avtosisterna va yengil avtomobil to’qnashib ketdi. Boshqaruvni yo’qotgan tanker 27 metr balandlikdan qulab tushgan va portlash oqibatida ko’prikning chidamlilik darajasiga zarar yetgan. Uni qayta tiklash ishlari esa $358 mln.ni tashkil etgan.

#8. Poyezdlar to’qnashuvi – $500 mln.

2008-yil 12-sentabrda Kaliforniya tarixidagi eng yirik poyezdlar halokati sodir bo’ldi. Metrolink yo’lovchi poyezdi va “Union Pacific” yuk poyezdi to’qnashuvi oqibatida 25 kishi halok bo’lgan. Halokatga telefonida sms yozish bilan band bo’lgan konduktor aybdor deb hisoblanadi. Halokat Metrolink kompaniyasiga $500 mln.ga tushgan.

#7. B-2 qiruvchi samolyot halokati – $1.4 mlrd.

B-2 qiruvchi samolyoti 2008-yil 23-fevralda Guam aviabazasida parvozni boshlagach, bir necha daqiqadan so’ng qulab tushgan. Halokat sababchisi namlik tufayli kelib chiqqan parvoz nazorat tizimi nosozligi hisoblanadi. Bu halokat aviahalokatlar tarixida eng qimmatga tushgani hisoblanadi.

#6. “Exxon Valdez” – $2.5 mlrd.

1989-yil 24-martda “Exxon Valdez” kompaniyasiga tegishli tanker boshqaruvchisi Jozef Heyzlvud kema boshqaruvini nazoratsiz qoldirishi oqibatida tanker marjon qoyalarga urilgan va 300 ming barreldan ortiq neft to’kilib ketgan. Uni yig’ishtirib olish ishlari esa $2.5 mlrd.ga tushgan.

#5. “Piper Alpha” neft platformasida yong’in – $3.4 mlrd.

“Piper Alpha” bir paytlar dunyodagi eng yirik neft qazuvchi platform bo’lgan. Kuniga 307 000 barrel neft qazib chiqarilgan. 1988-yil 6-iyulda texniklar almashtirishni unutgan bitta xavfsizlik klapani tufayli yong’in kelib chiqqan va 2 soat ichida butun platformani olov qurshab olgan. 167 ishchi halok bo’lgan.

#4. “Challenger” fazo kemasi halokati- $5.5 mlrd.

“Challenger” fazo kemasi 1986-yil 28-yanvarda parvozning 73-soniyasida portlab ketgan. Fazo kemasini qurishga $2 mlrd. (hozirgi hisobda $4.5 mlrd.) sarflangan edi. Tadqiqot harajatlari, yo’qotilgan jihozlar esa $450 mln.ga (hozirgi hisobda 1 mlrd.) baholangan.

#3.”Prestige” neft tanker halokati – $12 mlrd.

2002-yil 13-noyabr kuni 77 000 tonna neft ortgan “Prestige” tankeri Ispaniya qirg’oqlari yaqinida to’fonga uchraydi. Kema halokatidan cho’chigan kapitan Ispaniya qutqaruv xizmatini yordamga chaqiradi. Biroq yordam o’rniga Ispaniya sohillarini tark etishni talab qilishadi. Fransiya va Portugaliya yordam berishdan bosh tortadi. Shunday qilib, to’fon kemani g’arq qiladi. Okeanga to’kilgan neftni tozalash esa ja’mi $12 mlrd.ga tushadi.

#2. “Columbia” fazo stansiyasi halokati – $13 mlrd.

2003-yil 1-fevralda portlab ketgan ushbu Shatl halokati uni qayta tiklash harajatlarini hisobga olmaganda $13 mlrd.ni tashkil etgan.

#1. Chernobl fojeasi – $200 mlrd.

1986-yil 26-aprelda insoniyat tarixdagi eng daxshatli halokat guvohi bo’ldi. Chernobl fojeasi tinchlik vaqtidagi eng yirik ijtimoiy-iqtisodiy halokat hisoblanadi. Ukraina hududining deyarli yarmi u yoki bu darajada zararlangan. 200 000 aholi evokuatsiya qilingan, fojea zararini boshdan kechiraganlar soni esa 1.7 million. 125 mingga yaqin odam radiatsiya oqibatida kelib chiqqan rakdan vafot etgan. Fojea ko’lami esa hozirgi hisobda $200 mlrd.ga baholandi.

McDonald’s Muvafaqiyati Sirlari

Mcdonald’s 119 mamlakatda 68 million mijozga hizmat ko’rsatadi hamda dunyo bo‘yicha deyarli har kuni bitta “restoran”i ochiladi. To‘g‘rirog‘i, McDonald’s ovqatlanish shoxobchasi. Amerikaliklarning 7 foizi har kuni McDonald’s tamaddixonalarida ovqatlanishadi Bu yerda tamaddi qilish istagida bo‘lganlar oqimi esa aslo kamaymaydi. Buning siri esa dunyoning istalgan burchagida amal qilinadigan qat’iy ish me’yori va marketing ishlaridadir. Rey Krok ilk marta McDonald’sni qanday ko‘rinishda tashkil etgan bo‘lsa, u hozir ham ana shu ko‘rinishda saqlanib qolgan.1958 yilda MakDonaldsda ish olib borish jarayoni batafsil yozilgandi: kotletni qancha vaqt davomida va necha daraja issiqlikda pishirishdan boshlab xaridor bilan qanday gaplashish kerakligigacha. O‘shanda yo‘riqnoma 75 sahifa edi. Hozir esa sahifalar soni 750taga yetgan. Yo‘riqnomada xodimlarning har bir qadamidan tortib mijozlarning harakatigacha yozilgan.

Qoidalar

Kompaniya o‘tkazgan tadqiqotlarga qaraganda, 70 foiz hollarda odamlar McDonalds tamaddixonasiga kirishga kutilmaganda qaror qiladilar. Shuning uchun restoranlarni bunday qarorga kelish ehtimoli ko‘p joylar – odamlar gavjum hududlar, chorrahalar, yirik o‘quv yurtlari yaqiniga qurishadi.

O‘tgan asrning 70-yillariga qadar McDonald’sda faqat erkaklar ishlashgan, ammo ayollar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar ayollarning ham bu yerda ishlashlariga erishgan. Rahbariyat bundan tashvishga tushgan, chunki qizlar yigitlarni ishdan chalg‘itishi, ish joyida sevgi munosabatlari paydo bo‘lishi mumkin edi. Vaziyatdan chiqish uchun antiqa qaror qabul qilindi: chiroyli qizlarni ishga olmaslik, barchani bir xil erkakcha kiyintirish, qizlarga bo‘yanish va turli taqinchoqlar taqishni taqiqlash.Rahbariyat restoranga kelgan oilalarni kuzatib, bu oilalar bekalari erlarining ofitsiant qizlarga qaramayotganliklaridan xursand ekanliklarini sezdi va qoidani o‘zgartirmadi. Hozirgacha restoran xodimlarining kiyimlari e’tiborni jalb qilmaydigan ko‘rinishda tikiladi, qizlarga taqinchoq taqish, atir sepish, tirnoqlarini o‘stirish va bo‘yashga ruxsat berilmaydi.

Mijozlarni chorlash

McDonald’sdagilar bu yerga ota- onalar farzandlarini emas, farzandlar ota-onalarini boshlab kelishlarini allaqachon anglab yetishgan. Shuning uchun bu yerda bolalar orqali mijozlarni jalb etishga katta e’tibor beriladi. Bolalar uchun o‘yin maydonchalari, arzon narxlarda tug‘ilgan kunlar o‘tkazish, ota-onalari bilan navbatda turgan kichkintoylarga sovg‘alar berish, yuqori e’tibor va sabr shular jumlasidandir.

Ko’proq sotish

Kompaniya qoidasiga ko‘ra, agar xaridor kartoshka, ichimlik, muzqaymoq yoki qahvaga buyurtma berganida uning miqdorini aytmasa, eng katta porsiya olib kelinadi. Birinchidan, vaqtdan yutiladi – buyurtma 60 soniya ichida qabul qilinishi lozim, agar xaridordan qancha miqdorda narsa olishini so‘raydigan bo‘lsa, navbatda turganlar ko‘payib ketishi mumkin. Ikkinchidan, qancha ko‘p narsa sotilsa, shuncha ko‘p pul tushadi.

Bu yerdagi sotuvchilar hech qachon inkor qo‘shimchasini ishlatmaydilar. “Olmaysizmi? Yemaysizmi? Ichmaysizmi?” deb emas, “Olasizmi? Yeysizmi? Ichasizmi?” deb murojaat qiladilar.

Tezroq ketkazish

Agar mijozlar bu yerda uzoq o‘tirib qolishsa, yangi mijozlarga joy yetmasligi va tushum oz bo‘lishi mumkin. Shuning uchun McDonald’s mijoz uzoq o‘tirmasligi, balki tezda ovqatlanib ketishi uchun harakat qiladi.Qattiq stullar va noqulay divanlar shu maqsad uchun xizmat qiladi. Tezkor musiqa ham sizning kayfiyatingizni ko‘tarish uchun emas, balki musiqa tezligi­ga mos ravishda ovqatlanishingiz uchun qo‘yiladi.Stollar orasidagi tor yo‘laklar ham mijozlarga iloji boricha ko‘proq joy ajratish va ovqatlanib o‘tirganlar ortidan yoki yonidan tinmay odamlar o‘tib turishidan noqulaylik sezishi uchun maxsus qilingan.

Mijozlarning qaytib kelishi

McDonald’sning asosiy qoidalaridan biri MSOQ-”madaniyat, sifat, ozodalik, qulaylik” degan ma’noni bildiradi. Mijozlarga doimo tabassum bilan javob beriladi, hech qachon qo‘pollik qilishmaydi.Odamlar Big Makning ta’mi dunyoning har qanday burchagida ertaga ham, besh yildan keyin ham o‘zgarmasligiga ishonishadi. Chunki bu sendvich 1967 yildan buyon bir xil retsept asosida tayyorlanib kelinadi.Ovqatlanayotganlar atrofida doimo pol yuvib yoki derazalarni artib yurayotganlar esa mijozlarda “bu yerda doimo ozodalikka e’tibor beriladi” degan fikrni uyg‘otadi. Ko‘pchilik McDonald’s sendvichlari tarkibida odamni o‘ziga o‘rgatib oluvchi kimyoviy modda bor deb taxmin qiladi. Aynan shu modda tufayli bu yerda bir marta ovqatlangan kishi yana kelib ovqatlangisi kelaveradi deyishadi. Bu gap to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi buni faqat ushbu kompaniyada ishlovchi kam sonli kishilar – rahbarlargina bilishadi.

ODDIY, BIROQ FOYDALI KASHFIYOTLAR

Turmush tarzimizga yangilik va yengillik olib kirgan kashfiyotlar juda ko‘p. Asosiysi, ularning bari inson uchun xizmat qiladi. Oddiy, biroq foydali kashfiyotlarsiz hayotimizni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Quyida ana shunday kashfiyotlarning bir nechtasini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

G‘ildirak

Miloddan avvalgi 35 asrda Shumerlar piktogrammasida, birinchi marta arava ko‘rinishidagi narsa: g‘ildirakli chana tasvirlangan. O‘sha paytdagi g‘ildiraklar, butun disk ko‘rinishida yog‘ochdan qirqilgan. Keyinchalik birinchi g‘ildiraklar, Kichik Osiyo (Osiyoning eng g‘arbiy yarim oroli, hozirda Turkiyaga tegishli) yarim orolida, eramizga qadar XX asrda yasalgan va huddi shu asrning o‘zida Yevropa, Xitoy va Hindistongacha borgan. Bunday g‘ildiraklar, faqat kishilarni tashib yuruvchi aravalarda qo‘llanilgan, lekin Misrda ulardan yuk tashish uchun ham foydalana boshlangan. G‘ildiraklar va har qanday aravalar Qadimgi Yunonistonda, keyin esa, Rimda ham keng tarqalgan.

Konfetlar uchun o‘ram

Buyuk kashfiyotchi Tomas Alve Edison to‘g‘risida gap borganda, uning kamida 5 mashhur ixtirolari esga keladi: fonograf, yozuv mashinkasi, birja telegrafi, o‘zgaruvchan tok generatori va albatta, lampochka. Oxirgisini, aslida, rus olimi Aleksandr Lodigin patentlagan, Edison, esa uning takomillashishi bilan shug‘ullangan.

Edison loyihasi bo‘yicha, 1882-yilda Nyu-Yorkda dunyoda birinchi doimiy tok elektrostansiyasi qurilgan. U diktofon prototipi bo‘lib qolgan, telefon suhbatlarini yozib oluvchi asbobni o‘ylab topdi, temir-nikel akkumulyator tuzilmasini va yana ko‘p narsalarni ishlab chiqdi (hammasi bo‘lib 1000 patent). Bularning orasida, 1872-yilda Edison, konfetlar uchun qog‘oz o‘rami bo‘lib xizmat qilgan, parafinlangan qog‘ozni o‘ylab topdi. Agar u bo‘lmaganida, hozir shirinliklarni qanday saqlagan bo‘lar edik?

Gigiyenik qog‘oz

1857-yilga kelib, nyu-yorklik Djozef Gayetti, qog‘ozni bir xildagi bo‘laklarga qirqib, pachkalarga o‘rashni o‘ylab topdi. U o‘z kashfiyotidan shunchalik fahrlanganki, hattoki har bir o‘ramdagi qog‘jzga o‘z ismini yozib chiqqan. Bunday qog‘ozlarni bir rulonga o‘rab sotishni kim ixtiro qilinganligi noma’lum, biroq, bunday rulonlarni ilk bor 1890-yilda «Scott Paper» fabrikasi ishlab chiqara boshlagan.

Yelkali veshalka

Bunga ishonish qiyin bo‘lsa ham, kiyim uchun ilgak ixtirosi uchun patent, faqatgina 1869-yilga kelib, O.A.Norton ismli kimsaga berildi. Bundan oldin, kishilar o‘z kiyimini qayerga ilganlari noma’lum. 1903-yilga kelibgina sim zavodi ishchisi Albert Parkxaus, palto ilishga joy yetmagan ishchilarning doimiy shikoyatlariga javoban, yelkali ilgakni kashf qildi.

Simdan, u bir-biriga qarama qarshi tomonda bo‘lgan, orada bir oz masofada simdan ikki oval yasadi, ularning uchlarini esa, ilgak yordamida birlashtirdi. Ho‘l kiyim, osilib, g‘ijimlanmasligi uchun, 1932-yilda ushbu ovallar karton yordamida birlashtirilgan. Uch yildan so‘ng esa, barcha zamonaviy ilgaklarning proobrazi bo‘lgan, quyi plankali veshalkalar kashf qilindi.

Qoshiq va vilka

Qadimgi rimliklar va yunonliklar, go‘zalliklar to‘g‘risida suhbat qurib, qo‘llari bilan ovqat eyishgan. Rimlik shoir Ovidiy, ularni barmoqlar uchida yeyishga va ovqatdan so‘ng, ularni nonga artishni o‘rgatgan. Keyinchalik, Yunonistonda, qo‘lga qattiq uchli maxsus qo‘lqoplar kiyilgan. Qoshiqlarning ilk proobrazlari, eramizdan 3000 yil avval yaratilgan.

Ular loydan yoki hayvonlar suyak va shohlaridan yasalgan, shuningek, dengiz chig‘anoqlari, baliq suyak va boshlari hamda yog‘ochdan ham yasalgan. Dunyodagi eng birinchi kumush qoshiqlari, 998-yilda Rusda yasalgan. U paytdagi qoshiqlar kalta ruchkali bo‘lib, mushtakda ushlanardi.

Zamonaviy vilkaga o‘xshagan, lekin 5 yoki undan ko‘p tishli narsa, Osiyoda 10 asrda paydo bo‘lgan. 100 yildan keyin, ushbu kashfiyot Ovropagacha ham yetib keldi, lekin faqatgina 16 asrga kelib, u keng tarqala boshlagan: ovqatni isitilgan o‘tkir bigiz, 2 tishli vilkaga almashtirilgan. 18 asr oxiriga kelib, Ovropaning deyarli barcha mamlakatlarida, o‘tkir uchli pichoq o‘rniga, yumaloq tig‘li pichoq keldi. Pichoq uchiga ovqatni sanchishning ehtiyoji qolmagan edi, chunki pichoqning bunday vazifasini endi vilka bajarar edi.

Tugmacha

Qadimda, kishilar, o‘zi kiyim bo‘laklarini o‘simliklar tikanaklari, hayvonlar suyaklari yoki tayoqlar yordamida birlashtirishgan. Qadimgi Misrda to‘kalardan foydalanilgan, yoki kiyimning bir qismi, boshqa bo‘lakda qilingan teshigiga kirgizilgan, yoki bo‘laklar uchlari shunchaki bir-biriga bog‘langan.

Tugmachani aynan kim ixtiro qilgani noma’lum: ba’zi olimlar bu yunonlar yoki rimliklar, boshqalari – tugmacha Osiyodan kelgan deb aytadilar. Ular ko‘pincha fil suyaklaridan yasalgan. Tugmachalar 13 asrga kelib keng tarqalgan. Va deyarli 18 asrgacha, boylik va aslzodalar nasabidan kelib chiqqanlik belgisi edi: qirollar va zodagonlar, o‘zlariga tilla va kumush tugmachalarni yasattirishgan.18 asr boshlarida, tugmachalar metall va misdan yasala boshlangan, va deyarli 19 asrgacha, tugmachalar shunchalik qimmat mahsulot ediki, ular kiyimdan kiymiga tikilardi.

Skrepka


Qog‘oz varoqlari 13 asrda birlashtirila boshlangan: har bir varoqning yuqori chap burchagida kesik qilinib, ulardan lentachalar o‘tkazilib boylangan. Keyinchalik tasma mumga ishqalangan, bu birinchidan tasmani mustahkamlaydi, ikkinchidan, kerakli varoqlarni olishni va kirgizishni yengillashtirardi.

1835-yilda Nyu-Yorklik vrach Djon Ayrlend Xoui to‘g‘nag‘ichlarni ishlab chiqaruvchi mashinani kashf qildi. To‘g‘nag‘ichlar, tabiiyki, tikuvchilar uchun yaratilgan, lekin ular varoqlarni birlashtirishda ham keng qo‘llanilgan. Qayiltirilgan sim bo‘lagi bilan qog‘ozlarni birlashtirishni birinchi bo‘lib, norvegiyalik ixtirochi Yoxan Vaaler 1899-yilda o‘ylab topdi, biroq u hozirgi zamon skrepkasiga o‘xshamas edi. Bugungi kundagi skrepkaning ilk ko‘rinishini «Gem Manufacturing Ltd» ingliz kompaniyasida ixtiro qilishgan, biroq negadir uni hech kim patentlamagan.

Taroq

Yer sayyorasining aholisi foydalangan eng qadimgi taroqlar, baliq suyaklari deb aytish mumkin. Birinchi taroq qayerda va qachon kash etilganligi noma’lum, lekin dastlabki taroqlardan biri Qadimgi Rim hududida topilgan. U hayvonning katta suyagidan yasalgan bo‘lib, bir-biridan 0.2 sm masofada joylashgan tishlari va ruchkasi qo‘l bilan o‘yib chiqilgan. Keyinchalik taroqlar yog‘ochdan, marjondan, fil suyaklaridan, toshbaqa kosasidan va turli hayvonlarning shoxlaridan ham yasala boshlagan. Taroqlar uchun ushbu ashyolar, deyarli 19 asr o‘rtalarigacha ishlatilgan.



1869-yilda Isayya va Djon Xayat aka-ukalari, taroqlar ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirgansselluloydni kashf qildilar. Fillar va toshbaqalar qirib tashlashdan ozod bo‘ldilar, odamlar esa, tashqi ko‘rinishi marjonga ham, fil suyaklariga ham, toshbaqa kosasiga ham o‘xshab ketadigan, arzonroq taroq sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Gugurt


Gugurt paydo bo‘lgunga qadar, inson olov yoqish uchun nima qilmagan?! Yog‘och sirtlarini bir-biriga ishqalagan, kremniy orqali uchqun keltirishga, oyna orqali quyosh nurini tutib olishga harakat qilishgan. Faqatgina 18 asr oxirlariga kelib, yashash ancha osonroq bo‘ldi. Fransiyalik kimyogar Klod Bertolle, keyinchalik bertolet tuzi deb atala boshlangan, tajribaviy yo‘l bilan modda ishlab chiqargan. Shunday qilib, 1805-yilda “makanka” gugurtlari paydo bo‘ldi – quyuq sulfat kislataga botirilganidan so‘ng yonadigan, bertolet tuzi bilan moylangan ingichka cho‘pchalar. Birinchi “quruq” gugurtlarni ingliz kimyogar va aptekar Djon Uoker ixtiro qilgan. Biroq Uoker gugurtlarning hidi nihoyatda badbo‘y edi. 1830-yilda 19 yoshli fransiyalik kimyogar Sharl Soriya bertolet tuzi, fosfor va elim qorishmasidan tashkil topgan, fosfor gugrtlarini kashf qildi. Ular qattiq sirtga, masalan etik tagligiga ishqalanganida tezda o‘t olgan. Soria gugurtlari hidsiz bo‘lib, biroq oq fosfor zaharli modda bo‘lgani uchun, sog‘liqqa zarar keltirar edi. 1855 yilda kimyogar Yoxan Lundstrom, qizil ba’zilarda, oqdan ham yaxshiroq bo‘lishini hayoliga keltirdi. Shved, katta bo‘lmagan qutisining tashqarisidagi jilvirli qog‘ozga qizil fosforni surtib, huddi shu fosforni gugurt uchidagi qorishmaga qo‘shdi. Shunday qilib, ular sog‘liqqa zarar etkazmaydigan va oldindan tayyorlangan sirtga ishqalanganida, tez o‘t oladigan gugurt paydo bo‘ldi. Va nihoyat, 1889-yilga kelib, Djoshuyu Pyusi gugurt qutisini ixtiro qilgan, lekin bu ixtironing patenti, huddi shunday, biroq yonuvchan sirti tashqarida bo‘lgan (Pyusida u sirt qutining ichida edi) qutini o‘ylab topgan amerikalik kompaniyasi “Diamond Match Company”ga berilgan.

Tish cho‘tkasi

Og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenasi to‘g‘risida miloddan avvalgi 3 ming yil ilgari qadimgi misrliklar tashvishlanganlar: ularning sarkofaglarida, tish cho‘tkalarining proobrazlari topilgan, ular asosan uchlari yoyilgan daraxtlardan yasalgan. Biroq zamonaviy ko‘rinishidagi tish cho‘tkasining ixtirochisi ilk chyotkani 1498-yilda yasagan Xitoy imperatori hisoblanadi.

Xitoy tish chyotkalarining qilli qismi, Sibirning yovvoyi cho‘chqasining yag‘rinidagi yolidan qilingan, ushlaydigan joyi esa, yo yog‘ochdan, yo hayvon suyagidan yasalgan. Bu kashfiyot 17 asrda, tishlar yuvilmagan bir paytda, Yevropagacha yetib borganida, qattiq yovvoyi cho‘chqaning juni, yumshoqroq ot yoliga almashtirilgan. Bu davrgacha, ozoda yevropaliklar, tishlarini g‘oz parlaridan yasalgan tish-kovlagichlari bilan, boylar esa, po‘lat yoki kumushdan yasalgan tish kovlagichlar bilan tozalashgan yoki shunchaki lattacha bilan artishgan. Hayvonlarning juni va yoli deyarli 20 asrgacha qo‘llanilgan. 1937-yilda neylon ixtiro qilingan, 1938-yildan boshlab esa, cho‘tkaning qillarini aynan undan qilinishi boshlandi. Lekin hayvon junidan qilingan tish chyotkalari xali xamon omma orasida keng tarqalgan edi, chunki ular, sun’iy cho‘tkaga nisbatan yumshoqroq bo‘lib, milklarni og‘ritmagan. Tish cho‘tkalarining neylon qili faqatgina 1950-yilga kelibgina yumshoqroq qilib ishlana boshlangan.

Roopkund ko’li tubidagi suyaklar siri

1942 yilda Himoloy tog’larida 5000 metr balandlikda joylashgan Roopkund ko’lida 200 ga yaqin odam suyaklari topildi. Bu suyaklarning kimlarga tegishliligi va ushbu odam yashamas joyga qanday kelib qolganini hech kim aytib bera olmadi.Ikkinchi jahon urushi paytida topilgani uchun ham ushbu suyaklarni yapon bosqinchilariga tegishli deb o’ylay boshladilar. Lekin, tekshiruvlar natijasida suyaklar kamida 100 yoshda ekanligi aniq bo’lid hamda bu suyaklar 1841 yilda Himoloy tog’larida g’oyib bo’lgan Kashmirlik soldatlarga tegishli degan farazni ilgari sura boshladilar. Ko’pchilik ishongan ushbu farazlar nafaqat noto’g’ri, balki haqiqatga yaqin ham kelmas edi.

1960 yillarda suyaklarni qayta tekshirish natijasida, ularning yoshi 500-800 yil deb e’lon qilindi. Bu safar bu suyaklar 14 asrda yashagan Dehli sultonining muvafaqqiyatsiz yurishlaridan biri natijasi degan hulosaga keldilar. Chunki, suyaklarga qarab ular kurashib, qarshilik ko’rsatib halok bo’lganini ayta olish mumkin edi.

2004 yilda Milliy Jo’grofiya Jamiyati ushbu sirli halokat to’grisida hujjatli film olish maqsadida suyaklar ustida tekshiruv ishlarini boshladilar. Natija esa hayratlanarli bo’lib, oldingi nazariya hamda tahminlarni butunlay yo’qqa chiqardi. DNA tekshiruvlariga ko’ra suyaklar ikki guruhga tegishli deb topildi. Farazga ko’ra, bir guruh ziyoratchilar tog’dan o’tish uchun mahalliy aholidan yo’lboshlovchilar yollagan. Eng qizig’i, suyaklar yoshi avvalgi tekshiruvlarda e’lon qilinganidan ancha katta bo’lib, ular 1200 yil avval vafot etgani ma’lum bo’ldi.

Bosh suyaklari hamda yelka suyaklarga yetga jarohatlarga qarab, ular jangda emas, qandaydir qattiq jism ostida qolib ketish natijasida halok bo’lgan degan hulosaga keldilar. Buning izohi ham tez topila qoldi. Avloddan avlodga o’tib kelayotgan qadimiy bir qo’shiqqa ko’ra, bir guruh sayohatchilar to’g’dan o’tmoqchi bo’ladilar. Tog’dan o’tayotib, Nanda nomli tog’ mabudiga hurmat bajo keltirmaydilar. Natijada, Nanda ularni toshbo’ron qilib o’ldiradi.

Milliy Jo’g’rofiya Jamiyatining yakuniy hulosasiga ko’ra, ushbu sayyohlar kuchli to’sh ko’chkisida qolib ketgan bo’lib, halok bo’lganlarni keyinroq muz va qor o’z bag’riga oladi. Eriy boshlagan muz va qorlar halok bo’lganlarning ko’pchiligini ko’l tomon oqizib ketadi. Buning natijasida ko’l tubida suyaklar uyumi hosil bo’lgan. Shuningdek, suyaklar ko’l atrofi va muzlar orasida ham uchrab turadi. Mutaxassislarning fikricha, atrofdagi muzlar ichida yana 600 atrofida inson suyaklari bo’lishi mumkin.

Tadbirkorlikka oid Qiziqarli Faktlar

*Apple kompaniyasining birinchi logotipida Isaak Nyutonning rasmi bo’lgan

*Stiv Djobs: “Agarda kompaniyaga soat 5 gach nom topolmasangizlar men kompaniyaga olma deb nom qo’yaman”

*Birinchi Kolgeyt tish yuvish pastasi shisha idishlarda sotilgan

*Birinchi koka-kolaning rangi yashil bo`lgan chunki kakoa barglaridan tayyorlashgan

*Nike belgisini yaratuvchisiga xizmat haqi uchun bor yo’g’I 35 dollar to’lashgan

*Restoranlarning 90 foizi birinchi yilni zarar bilan yakunlaydi

*Duracell – batareyka ishlab chiqaruvchi kompaniya o’zining bosh ofisini ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan qurgan

*Microsoft – kompaniyasining birinchi yildagi foydasi 16 005 dollarga teng bo’lgan

*Neft qiroli Rokfeller dunyodagi eng birinchi milliarder hisoblanadi

*Sony kompaniyasining eng birinchi mahsuloti gaz plitasi bo’lgan

*Uolt Disney kompaniyasi har kuni 120 000 kilogramm chiqindi ishlab chiqaradi

*M&M – brendi Mars va Murrielarning birinchi harflaridan olingan

*Angliyadagi eng birinchi bosma reklama 1477 yilda chop etilgan

*Birinchi klass bilan uchadigan yo’lovchilarning tushligidan bor yo’g’ olivkani olib tashlash yo’li bilan AMERICAN AIRLINES kompaniyasi 40 000 tejagan

*Dunyodagi barcha o’yinchoqlarning 80 foizi Xitoyda ishlab chiqariladi

*1 metr kup yog’ochdan 500 000 dona tish tozalagich ishlab chiqarish mumkin

*Kir yuvish kukini bozorining 70 foizini TIDE egallaydi

WI-FI MAMLAKATI

Tinch okeanida Yangi Zelandiyaga qo’shni Niue orol-davlatining hamma yerida va atrofida wi-fi moslamasi yordamida tekin internet 2003-yildan beri uzluksiz ishlab turadi.



Dunyodagi birinchi bo’lib butun hududida internet ishlaydigan davlat bo’lgani uchun unga “birinchi wi-fi millat“ maqomi berilgan bo’lib, ushbu orolda yashaydiganlar hamda uning yonidan suzib o’tayotgan kemalar ham bepul internetga ulanish imkoniga egalar. Uhsbu g’oya muallifi va homiysi amerikalik tadbirkor Uilyam Semich bo’lib, ushbu loyihani moliyalashtirish evaziga u Nieu davlati domeni yani “.nu“ da domen nomlarini sotish imkoniyatini qo’lga kiritgan.

1974 yilda mustaqillikka erishgan ushbu orol-davlatning diplomatik aloqalari Yangi Zelandiya tarafidan olib boriladi. Shuningdek, Fuqarolari 1400 ga yaqin bo’lib, ular Yangi Zelandiya fuqarolari ham hisoblanadi.

31
Download 39,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish