Muallif diyarov vohid


O’zgaruvchan viruslar (Polymorphic viruses)



Download 39,68 Mb.
bet6/33
Sana11.01.2022
Hajmi39,68 Mb.
#341712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
BU TURFA OLAM

O’zgaruvchan viruslar (Polymorphic viruses) – Bu viruslar nafaqat o’z-o’zidan ko’payadi, balki ko’paygan paytda o’zlarining kodlarini ham o’zgartirib turishadi. O’zgaruvchan viruslarni aniqlash ham ba’zi antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin.

Vaqt bombasi viruslari (Time or Logic Bombs)
– Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. Misol uchun Kulgi kunida(1 aprel) yoki Yangi yilda kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o’chirib tashlab sizga "sovg’a” taqdim etishi mumkin.

 

Ajabtovur go’shalar



Ko‘hna dunyo mo‘jiza va ajoyibotlarga boy. Istagan kishi uni har qadamda uchratishi yoki kashf qilishi mumkin. Axir, shu kungacha inson qo‘li bilan yaratilgan mo‘‘jizalarning son-sanog‘i yo‘q. Quyida e’tiboringizga havola etilayotgan ajabtovur go’shalarning yaralishida insonning ham qo‘li bor.

Xarsang toshlar bag’ridagi qishloq



Portugaliyadagi Monsantu qishlog‘i ulkan xarsang toshlarning zich joylashuvi tufayli paydo bo‘lgan. Qishloqning ko‘rinishi uzoq yillardan beri o‘zgarishsiz qolgan. Mahalliy aholi bu yerdagi tartibni o‘zgarishni istamaydi ham. Portugaliya hukumati Monsantu qishlog‘ini ilk bor 1938 yili tan oldi. Haqiqiy portugallar qishlog‘i, deya e’tirof etilgan Monsantu hozirda ochiq osmon ostidagi muzey hisoblanadi. Ammo, xarsang toshlar tufayli qishloqqa beshikast yetib olish hazilakam ish emas.

Qoyalar ichidagi qishloq

Eronning Kandovan qishlog‘idagi uylar qoyalar ichiga qurilgan. Bu yerdagi ayrim uylarning yoshi 700 yildan ham oshadi. Zamonaviy qulayliklardan xoli bo‘lishiga qaramay, qishloqda yashovchi aholi soni ming nafardan ziyod. “Kandovan” so‘zma-so‘z tarjima qilinganda “ari uyasi” degan ma’noni beradi. Afsonalarga ko‘ra, qirg‘in-barotlardan aziyat chekkan xalq shu erlarni o‘ziga makon tutgan ekan. Ular vulqon otilishi natijasida hosil bo‘lgan qoyadagi o‘yiqlarni kengaytirib, g‘orlar hosil qilishgan. To‘g‘ri, o‘shandan buyon Kandovanda katta o‘zgarishlar bo‘lgan. Turar-joylarga zarurati ortgach, qoya atrofida qo‘shimcha tosh qurilmalar bunyod etilgan. Biroq, shunga qaramay qoya ichidagi uylarning asl ko‘rinishiga zarar yetmagan.

Pxi-Pxi oroli

Taylandning Pxuket orolidan uncha uzoqlikda bo‘lmagan Pxi-Pxi arxipelagi ohaktosh monolitlaridan hosil bo‘lgan so‘lim va betakror go‘shalari bilan dunyoga mashhur. Ayniqsa, arxipelagdagi oltita oroldan ikkitasi: Pxi-Pxi-Don va Pxi-Pxi-Ley o‘zining zamonaviy va ayni paytda yovvoyi tabiati bilan ajralib turadi. Hatto, orolda inson qadami yetmagan joylar bor. Pxi-Pxi-Ley orol bo‘lish bilan birga, milliy bog‘ maqomiga ham ega. Qolaversa, bu yerdagi dengiz suvlarida miriqib dam olish, sayohatga chiqish, sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanish mumkin. Dengiz suvlarining harorati yil bo‘yi 28-29 daraja iliqlikni saqlab turadi. Bundan tashqari, orolda qaldirg‘ochlar in qurgan tog‘ ungurlari ham mavjud.

Suni’y quyoshli qishloq

Italiyadagi Viganella qishloqchasi baland tog‘lar bilan o‘ralgan chuqurlikda joylashgan. Shu bois, bu yerga quyosh nurlari noyabr o‘rtasidan to fevral oyiga qadar deyarli tushmaydi. Bir necha yuz yillar davomida qishloqliklar 2-fevralni quyosh bayrami sifatida nishonlab ham kelishgan. Ammo, 2006-yilda bu an’ana batamom barham topdi. Chunki, o‘sha yildan buyon Viganellada quyosh yil o‘n ikki oy charaqlay boshladi. Arxitektor va dizayner Jakomo Bonzanining kashfiyoti tufayli qishloq ahli o‘z “quyoshi”ga ega bo‘ldi. Gap shundaki, vaziyatni o‘rganib chiqqan Bonzani Viganellani o‘rab turgan tog‘ qoyalaridan biriga ulkan oyna o‘rnatadi. Buning natijasi o‘laroq chuqurlikdagi qishloq yil davomida quyosh nurlaridan bahramand bo‘lib kelmoqda. Ulkan oyna qishloqdan 870 metr balandlikda qurilgan. Uning maydoni 40 kvadrat metrni (eniga 8 m., bo‘yiga 5 m.) tashkil qiladi. Mazkur qurilma kompyuter orqali boshqarib turilishi bois, quyosh nurlari qishloqni bir xilda yoritib turadi. Eng qizig‘i, o‘shandan buyon sun’iy quyosh qurilmasini ko‘rish uchun Viganellaga kelayotgan sayyohlarning keti uzilmay qolgan.

Eng chekka hudud

Atlantika okeanining janubiy qismida joylashgan Tristan-da-Kunya arxipelagi Britaniya dengizorti hududi tarkibiga kiradi. Uning poytaxti – Edinburg. Birinchi bor arxipelag haqidagi ma’lumotlar 1506-yili portugaliyalik dengizchi Trishtan da Kunya kundaliklarida qayd etilgan edi. Mayda orollardan tarkib topgan arxipelagga oradan 261 yil o‘tgach fransuz dengizchilari qadam qo‘yishgan. Orolda yashay boshlagan eng birinchi inson esa amerikalik Jonatan Lambert bo‘ladi. Biroq, u Tristan-da-Kunya orolida atigi ikki yilgina yashagach, 1810-yili jon taslim qilgan. Arxipelagdagi asosiy orol bundan bir necha asr avval shakllanadi. Bu erdagi eng baland orollar nuqtasi — Qirolicha Mariya vulqoni cho‘qqisidir(2055 m.). Hozirgi kunga kelib orolda 300 kishi istiqomat qiladi. Iqlimi iliq bo‘lishiga qaramay, orolda bir dona ham kapalak, sudralib yuruvchi yoki sut emizuvchi jonivorlarni uchratish qiyin.




Download 39,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish