Dahomi yoki zamondan o‘zib ketgan telba?
Nyu-York, Ist-Xyuston ko‘chasi, 48-uy. Bu manzilda g‘alati, ko‘zlari allaqanday nur sochuvchi odamovi olim yashardi. Uning graf Drakulaning qarindoshi va quyosh nuriga chiqa olmaydigan vampir ekanligi haqida mish-mishlar yurar, uning yer sharini bo‘laklarga bo‘lib tashlashga qodir qurol yaratgani haqida gapirishardi. Bu shaxs Nikola Tesla edi. Aslida, Teslaning Drakulaga hech qanday aloqasi yo‘q, quyoshdan qochishi esa rost edi, chunki u tez-tez elektromagnit maydoni ta’siriga tushib qolar, miyasi o‘ta sezgir qobiliyatga ega bo‘lardi. Yorug‘lik uning ko‘zlarini og‘ritar, shitirlagan tovush ham qulog‘iga xuddi momaqaldiroqdek eshitilardi. Qorong‘ida esa uning ko‘zlari juda yaxshi ko‘rardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |