BERMUD UCHBURCHAGI
Bermud uchburchagi – bu Bermud orollari, Floridadagi Mayami va Puerto-Riko oralig‘idagi hudud bo‘lib, uning maydoni 1000 kvadrat kilometrdan ziyodroq. Uni, shuningdek, “shayton dengizi”, “Atlantika qabristoni”, “qarg‘alganlar dengizi” deb ham atashadi. Ana shu nomlar orasida eng ommalashgani “Bermud uchburchagi” bo‘lib qoldi. Lekin nega endi Bermud? Axir Bermud orollari bu uchburchak tepaliklaridan biri, xolos. Qolaversa, hudud markazida ham joylashmagan. Ehtimol, ko‘plab sirli yo‘qolishlar aynan Bermud orollari atrofida sodir bo‘lgani, so‘zning o‘zi ham ancha ifodali va jarangdor ekanligi bunga sabab bo‘lgandir? Xullas, “Bermud uchburchagi” so‘zi iste’molga o‘zining fonetik qiymati tufayli kirib kelgan, deyish asosliroq bo‘ladi.
Mazkur hudud sohillarining relefi yaxshi o‘rganilgan, ular neft va boshqa foydali qazilmalar izlab bir necha bor qazilgan. Yilning turli davrlarida suv oqimi, uning tuzlilik darajasi va harorati, okean ustida havo massalarining harakati – barcha tabiiy ma’lumotlar o‘rganilib, maxsus kataloglarga kiritilgan. Bu hudud shu kabi boshqa geografik joylardan unchalik jiddiy farq qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |