Tesla ochgan eshiklar
Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan avval u AQSh harbiy-dengiz vazirligining maxfiy loyihalari ustida ish boshladi. Bu loyihalar dushmanni yo‘q qilish uchun masofadan turib energiyadan foydalanish, vaqtni boshqarish kabi loyihalar edi. «Filadelfiya tajribasi» deb nom olgan mashhur voqea uning ishtirokida boshlangan.
Nikola Tesla bu tajribada insonlar qurbon bo‘lishi mumkinligini oldindan bilgan va uskunani qaytadan tayyorlash kerakligini talab qilgandi. Ammo urush sharoitida bunga vaqt ham, mablag‘ ham yetmasdi. Teslaning o‘limidan o‘n oy o‘tgandan so‘ng Amerika harbiy floti kemalarni radarga ko‘rinmaydigan qilish borasida tajriba o‘tkazdi. Buning uchun «Eldrij» esminetsiga Nikola Teslaning generatori yordamida radarga ta’sir o‘tkazadigan «elektromagnit pufak» o‘rnatishdi. Tajriba paytida mutlaqo kutilmagan hodisa yuz berdi. Kema nafaqat radarga, balki inson ko‘ziga ham ko‘rinmaydigan bo‘lib qoldi. Buning ustiga, kema turgan joyidan yuzlab kilometr uzoqlikda paydo bo‘lib, so‘ng yana Filadelfiyadagi bazaga qaytdi. Kema Filadelfiyadan Norfolkka «borib-kelguncha» uning ichidagi odamlar butunlay telbaga aylanishdi. Ularnidavolashga uzoq vaqt urinishdi, ammo foydasi bo‘lmadi. Shundan so‘ng bu loyiha bekor qilindi.
Tesla 1943 yilning 7 yanvarida qashshoqlikda vafot etdi. Uning bor mablag‘i turli loyihalarni amalga oshirish uchun sarflangan edi. Teslaning o‘limi haqida xabar tarqalishi bilanoq, FQB maxsus bo‘limi u vafot etgan mehmonxona xonasini tintuv qildi. Nikola Teslaga tegishli bo‘lgan barcha yozuv va chizmalar olib ketildi.
Uning jasadi kuydirildi va kuli solingan quti Nyu-Yorkdagi Fernkliff qabristoniga qo‘yildi.
Nikola Teslaning aksariyat qo‘lyozmalari haligacha topilmagan. Ayrimlar bu qo‘lyozmalarni uning o‘zi yondirib yuborgan deb taxmin qilishadi. Chunki zamonasidan o‘tib ketgan olimning ixtirolariga insoniyat hali tayyor emasdi…
Eng ko‘p qalam haqi oladigan Yozuvchilar (“Forbes“ 2013)
Britaniyalik yozuvchi ayol, katta shov-shuvga sababchi bo‘lgan “Kulrangning 50 soyasi” trilogiyasining muallifi E. L. Jeyms “Forbes” jurnali tomonidan tuzilgan jahonning eng ko‘p qalam haqi oladigan yozuvchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
So‘nggi yil davomida Jeyms 95 million dollar gonorar olgan, deb yozadi Lenta.ru. Ruhshunos Aleks Krosse haqidagi o‘tkir syujetli romanlarning muallifi, o‘tgan uch yil davomida ro‘yxatda yetakchi bo‘lgan Jeyms Patterson bu safar ikkinchi o‘ringa tushdi. Patterson kelasi yil birinchi o‘ringa qaytishi mumkin, chunki uning kitoblari sotilish darajasi bo‘yicha juda yuqori o‘rinlarda bormoqda. Uchinchi o‘rin o‘tgan yili “Ochko‘z o‘yinlar” asari tufayli 55 million dollar ishlab olgan Syuzan Kollinz egalladi. Aytish joizki, yozuvchining yuqori daromad olishiga asarning muavaffaqiyatli ekranlashtirilishi ham sababchi bo‘lgan, film prokatda 690 million dollar ishlab olgan.
To‘rtinchi o‘rinda bir yil ichida 28 million dollar ishlab olgan “Linkolnni o‘ldirish” va “Kennedini o‘ldirish” trillerlarining muallifi Bill O’Reyli bormoqda. Yaqinda chop etilishi kutilayotgan yozuvchining yangi “Isoni o‘ldirish” romani esa oldingilaridan ham muvaffaqiyatliroq chiqishi mumkin.
Beshinchi o‘rinni o‘tgan 12 oy ichida 26 million dollar pul ishlab olgan Daniela Stil egalladi. Qayd etib o‘tamiz, o‘zining yozuvchilik faoliyati davomida Stil 128 ta kitobni nashr etgan, ularning aksariyatini ayollar o‘qiydigan romanlar tashkil etadi. Kitoblar 600 mln. nusxada sotilgan.
INSON TANASI HAQIDAGI QIZIQARLI FAKTLAR
Miya
*Nerv impulsi 270 km/s tezlikka ega.
*Miya ish faoliyati uchun shunday energiya kerakki, hatto uning quvvatidan 10 vattli lampochka yoqish mumkin.
* Inson miyasidagi bir hujayra istalgan ensklopediyadan 5 marta ko’p ma’lumot saqlash kuchiga ega.
* Qon aylanish sistemasiga kiradigan Kislorodning 20%i miya uchun sarflanar ekan.
* Kunga nisbatan tunda inson miyasi faolroq bo’ladi.
* Olimlarni aytishlaricha IQ darajasi baland odamlar ko’p tush ko’rarkan.
* Neyronlar(miya hujayralari) insonni butun umri davomida o’sib rivojlanib boradi.
* Axborotlar turli neyronlardan turlicha tezlikda tarqaladi.
* Miyaning o’zi og’riqni his qilmas ekan.Miyaning 80%i suvdan iborat.
Sochlar va tirnoqlar
* Yuzdagi tuklar tananing boshqa joydagilarga nisbatan tezroq o’sadi.
*Kun ora inson o’rtacha 60 – 100 soch tolasi yo’qotadi.
* Ayol kishining soch diametri erkak kishinikiga nisbatan 2 marta kichikroq.
*Insonning bir soch tolasi 100 g ga yaqin yukni ko’tara oladi.
* O’rta barmoqdagi tirnoq boshqa barmoqdagi tirnoqlardan tezroq o’sadi.
* Shimpanze tanasining 1 sm kvadrat qismidagi tuklar soni inson boshining 1 sm kvadrat qismidagi soch tolalari bilan teng miqdorda ekan.
* Malla sochli odamlarda boshqa tusdagi sochli odamlarga nisbatan soch tolalar soni ko’proq ekan.
* Qo’limizdagi tirnoqlar oyoqlardagi tirnoqlarga nisbatan 4 marta tezroq o’sadi.
* Inson sochining o’rtacha umr davomiyligi 3-7 yil hisoblanadi.
* Sezilarli kal bo’lish uchun sochlarni yarmini olib tashlash kerak bo’ladi.
* Inson sochi doimiy yangilanib turadi.
Ichki a’zolar
* Ichimizdagi eng katta ichki a’zo bu – ingichka ichakdir.
* Inson yuragi shunday bosim yaratadiki, xatto qon 7 metr balandlikka sochilishi mumkin.
* Oshqozonda hosil bo’ladigan kislota hatto britva lezviyasini butunlay yemirishga qodir.
* Inson tanasidagi tomirlarning umumiy uzunligi – 96 kmga yaqin.
* Oshqozon har 3-4 kun ichida mutloq yangilanadi.
* O’pkani yoygandagi umumiy yuza tennis maydonining yuzi bilan teng.
* Ayol kishining yuragi erkak kishining yuragiga nisbatan tezroq uradi.
* Olimlarning aytishicha jigarning 500dan ortiq funksiyalari mavjud.
* Aorta tomirning diametri bog’ sug’orishda quviri diametriga teng.
* Yurak sig’ishi uchun chap o’pka o’ngdagisidan kichikroq.
* Ichki organlarni ko’p qismini olib tashlab ham uzoq vaqt yashash mumkin.
* Buyrak osti bezlari inson umri davomida o’z razmerini o’zgartirib boradi.
Tanamizning ajabtovur funksiyalari
* Chuchkurish tezligi 160 km/soat ekan.
* Yo’tal tezligi hatto 900 km/soatga yetadi.
* Ayollar erkaklarga qaraganda ikki marta ko’proq ko’zini ochib yumadi.
* To’liq peshob pufakchasi softbol sportining koptogi razmeriga yetadi.
* Inson hayoti davomida iste’mol qiladigan mahsulotlarning 75%ini suv tashkil etadi.
* Oyoqlarimizda 500 000ga yaqin ter bezlari mavjud bo’lib, ular hatto kuniga 1 litrgacha ter ishlab chiqarishi mumkin.
* Inson hayoti davomida shunchalik ko’p so’lak ishlab chiqaradiki, undan ikki basseyn hovuzini to’ldirish mumkin.
* Inson tanasidan kuniga o’rtacha 14 marotaba gaz chiqaradi.
* Quloqning ichki tomonidan ishlab chiqariladigan oltingugurt quloq salomatligi uchun foydali.
Sezgi
* Tushlikdagi to’yib ovqatlanishdan so’ng biz yomonroq eshitamiz.
* Har uch odamning birida 100 foizli ko’rish qobilyatiga ega.
* Agar so’lakka nimadir aralashsa biz tam bila olmaymiz.
* Hid bilish qobilyati erkaklarga nisbatan ayollarda kuchliroq.
* Burun 50000 ga yaqin hidlarni saqlab qoladi.
* Ko’z qorachig’i ozgina shovqin tufayli ham kattalashishi mumkin.
* Har bir insonning o’zgacha isi(hidi) mavjud.
Qarilik
* Inson 60 yoshga yetganda tam bilish retseptorlarini yarmini yo’qotadi.
* Inson ko’zlari butun hayoti davomida bir razmerda, quloq va burunlar doimiy o’sib boradi.
* 60 yoshga yetganda 60% erkaklar va 40% ayollar hurrak ota boshlaydi.
* Bolaning bosh qismi tug’ilganda butun uzunligini chorak qismini, 25 yoshga kirganda esa 8 dan bir qismini tashkil etadi.
Kasalliklar va jarohatlar
* Sovuq xonada uxlash inson sog’ligi uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi.
* Quyosh nuralarida toblanganingizda kapilyar tomirlaringiz zararlanadi.
* 90% kasalliklar stress natijasida kelib chiqadi.
Mushak va suyaklar
* Siz jilmayish uchun 17, qoshlaringizni chimirish uchun esa 43ta mushaklaringizni harakatlantirasiz.
* Bolalar 300ga yaqin suyak bilan tug’iladi, voyaga yetganlarida esa suyaklar soni 206 tani tashkil etadi.
* Bo’yimiz kechqurunga qaraganda ertalab 1 santimetr baland bo’ladi.
* Insonning eng kuchli muskuli bu – tildir.
* Inson tanasidagi eng og’ir suyak bu – Jag’ suyagidir.
* Bir qadam tashlash uchun biz 200ga yaqin mushaklarimizni harakatga keltiramiz.
* Tish- hech qachon qayta tiklanmaydigan yagona tana azosi.
* Muskullar shishidan ikki marta kam kichrayadi.
* Bazibir suyaklar po’latdan qattiq.
* Oyoq kaft suyaklari barcha suyaklarning chorak qismini tashkil etadi.
Hujayra miqyosida
* Tananing 1 kvadrat santimetr joyida 16000 bakteriya mavjud.
* Har 27 kun ichida sizning teringiz mutloq yangilanadi.
* Har daqiqada inson tanasida 3 000 000 ga yaqin hujayra nodub bo’ladi.
* Har soatda terining 600 000 dan ortiq qismi yo’qoladi.
* Har kuni sog’lom inson tanasida 300 milliard yangi hujayralar paydo bo’ladi.
* Tilning izlari o’zgachadir ular bir biriga o’xshamaydi.
* Inson tanasidagi mavjud temir moddasidan hatto 6 santimetrli miq yasash mumkin.
* Dunyoda eng ko’p tarqalgan qon gruppasi bu – I guruhdir.
* Lablarning qizil bo’lishiga sabab – uning terisi ostida minglab kaplyar tomirlar mavjud.
Turli xil.
* Odamlar yeguliksiz uzoq vaqt yashashi mumkin, ammo uxlamasdan yashay olmaydi.
* Ko’z yoshi tarkibida lizotsim fermenti mavjud bo’lib, u ko’p bakteriyalarni yo’qotishga qodir.
* Inson tanasining yarim soatdagi sarflaydigan energiya yarim lirt suvni qaynatishga sarflanadigan energiyaga teng.
* Odamlar qo’rqqanida quloqlar ko’proq oltingugurt ishlab chiqaradi.
* Siz o’zingizni hech qachon qitiqlay olmaysiz.
* Qo’laringizni ikki tomonga keng ochkaningizdagi uzunlik bu sizning bo’yingiz uzunligi bilan teng.
* Inson hissiyotlari sababli ko’z yosh to’kadigan(yig’laydigan) yagona mavjudot.
* Ayollar erkaklarga nisbatan kuniga 50 kaloriya kam yog’ sarflaydi.
MASHHUR KOMPANIYA NOMLARI QANDAY KELIB CHIQQAN?
Acer- «Acer» so‘zi lotinchadan «sеzgir, o‘tkir ko‘zli, shiddatli» deb tarjima qilinadi.
Adobe – kompaniya asoschisi Jon Vornok (John Warnock)ning uyi atrofidan oqib o‘tgan daryo Adobe Creek sharafiga qo‘yilgan.
Adidas – firma asoschisi Adi Dasler nomidan olingan.
Apple- Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Apple (olma) – kompaniya asoschisi Stiv Jobsning (Steve Jobs) sеvimli mеvasi. Boshqa ma’lumotlar bo‘yicha – kompaniya asoschi\loyihachilaridan birining sеvimli olmasidir. Yangi biznеs uchun nom topishga uch oy mobaynida natijasiz urinishlardan so‘ng Stiv Jobs o‘z shеriklariga shunday shart qo‘ygan: «Agar soat 5 gacha yaxshiroq nom topmasangiz, kompaniyani Apple dеb atayman». Aftidan, yaxshiroq nom topa olmaganga o‘xshaydilar.
ASUS- bu savdo bеlgisining nomi Pegasus (pеgas) so‘zidan kеlib chiqqan. Pеgas qadimiy yunon mifologiyasida ilhombaxsh, sеvimli qanotli otdir. Kompaniya nomi ro’yxatlarda(alfavit bo’yicha) birinchi turishi uchun Pegasus so’zidan p harfini olib tashlab, Asus nomini qoldirganlar
Canon- Kompaniyaning nomi buddadagi rahmdillik ma’budasi Kwanon (uning o‘zi bodxisatva Avalokitеshvara) sharafiga nomlangan. Biroq jahon bozorlariga chiqish bilan diniy tashkilotlar noroziliklarining oldini olish maqsadida nomi o‘zgartirilib, Canon dеb ataladi.
Cisco nomi —Kaliforniya shtati San-Fransisko (San Francisco) shahrining qisqartirilgan nomidan olingan. Avvaliga, kompaniya asoschilari o‘z kompaniyalari uchun nom tanlaganlarida egallab bo‘lingan yoki foydalaniladigan nomlarga duch kеlgandilar. Oxir-oqibat, kimdir birinchi «c» kichik harfi bilan «cisco» nomini taklif etadi («CISCO» nomli kompaniya mavjud edi). Bundan tashqari, boshqa taxminlar ham mavjud, ularga qaraganda, kompaniyaning nomi dastavval San-Francisco Systems sifatida atalgan va yozilgan, ammo ro‘yxatdan o‘tish jarayonida advokatning (yoki notariusning) xato harakati kompaniya nomi bilan titul varag‘i yirtilishiga olib kеlgan. Kompaniyaning bo‘lajak egalari buni alomat deb tushunib, cisco Systems nomini kichik harf bilan qayd etganlar.
Coca-Cola- Bu ichimlik koka daraxti barglari va kola nomli tropik daraxt yong’og’idan tayyorlangani uchun Coca-Cola deb nom berilgan.
Corel – kompaniya asoschisi Mayk Kouplend (Dr.Michael Cowpland) sharafiga. Kengaytmasi – COwpland REsearch Labaratory – Kouplendning tadqiqot laboratoriyasi.
Daewoo – kompaniya asoschisi Kim Vu Chong firmasiga kamtargina qilib “Buyuk koinot” deb nom bergan.
Fuji – Yaponiyadagi eng baland tog‘ Fudzi nomidan.
Google – 100 ta nol bilan ifodalanadigan birlik – Googol so‘zidan olingan. Mazkur dastur g‘oyasi mualliflari birinchi investordan Google so‘zi yozilgan chek olishgan. Keyin yaratilajak qidiruv sistemasiga shu nom berilgan.
HP (Hewlett-Packard) – asoschilar Bill Xyulett (Bill Hewlett) va Deyv Pakkard (Dave Packard) kompaniya nomida kimning ismi birinchi qo‘yilishi uchun tanga bilan qur’a tashlagan. Sezganingizday Bill g‘olib bo‘lgan.
Hyundai – koreychada “hozirgi”, “ayni vaqtdagi” degan ma’noni anglatadi.
Kodak – “K” kompaniya asoschisi Jorj Istmenning sevimli harfi bo‘lgan. U mana shu “yoqimtoy” harf bilan boshlanib, shu harf bilan tugallanadigan so‘z qidiradi. Bundan tashqari K dunyoning deyarli barcha alfavitlarida bir xil shaklda yoziladi. Oxir-oqibat Kodak so‘zi tanlangan. Nom beriuvchilarning fikricha, fotokamera suratga olganda aynan shunday tovush chiqararmish.
Mitsubishi – kompaniya asoschisi Yataro Ivasaki 1870 yilda o‘ylab topgan, yapon tilida “Uch brilliant” degan ma’noni anglatadi.
Nissan – dastlab Nichon Sangio – “Yapon sanoati” nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Nokia – Finlandiyaning Nokia shahridagi yog‘ochni qayta ishlash zavodi ko‘p yillik taraqqiyot va o‘zgarish natijasida rezina idishlar va turli texnik buyumlar ishlab chiqara boshladi. Zavodga shahar nomi berildi.
Siemens – mazkur kompaniyaga Verner fon Simens (Werner von Siemens) tomonidan asos solingan.
Xerox – ixtirochi Chastor Karlson o‘z uskunasi nomida “quruq” degan ma’noni anglatmoqchi bo‘lgan. Chunki o‘sha davrdagi nusxalash dastgohlari nam bilan ishlardi. “Xer” – yunonchada quruq degan ma’noni anglatadi.
Yahoo – mazkur so‘zni ilk bor Jonatan Sfift “Gulliverning sayohatlari” kitobida ishlatgan. Yoqimsiz odamlarni shunday atashgan. “Yahoo”ning asoschilari Jeri Yang va Devid Filo aynan shu nomni tanlaganlar. Chunki ular o‘zlariga shunday nom berganlar. Lekin hozir kompaniya ismi boshqacha talqin qilinadi. U Yet Another Hierarchical Officious
Narxlar nega .99 bilan tugaydi yoxud Xaridorlar uchun qopqon
Nega narxlar .99 bilan tugaydi?
Ko‘pgina magazinlarda narxlar o‘zgarganida narxnoma oxirida .99 qo‘yiladi. Narxni 1 sent yoki bir so‘mga pasaytirish telbalikday tuyulishi mumkin, ammo bu usul bir asr ilgari Xenderson universiteti marketologi Li Xibbett tomonidan ishlab chiqilgan. Xibbettning fikriga ko‘ra, narxning .99 bilan tugashi bizning chapdan o‘ngga qarab o‘qishimizga asoslangan bo‘lib, bunda dastlabki raqam keyingisiga qaraganda kuchliroq ta’sir qiladi. Aynan shuning uchun kishi biron narsa xarid qilayotganida narxi 5 emas, 4,99 deb yozilgan mahsulotni sotib oladi. Chunki miya unga farq unchalik katta bo‘lmasa ham 4 raqami 5dan kichik ekanligini uqtiradi.Bundan tashqari, narxi .99 bilan tugagan mahsulot xaridorga uning narxi arzonlaganligini bildirib turadi.
Xaridorlar uchun qopqon
* Katta arava – katta xarid. Magazinda sotib olingan narsalar uchun katta aravaning yarmi bo‘sh turishi ozgina narsa xarid qilgan xaridorda noqulaylik hissini paydo qiladi. Oqibatda xaridor uni to‘ldirish maqsadida yana qo‘shimcha narsalar sotib oladi.
* Kiyimlar sotiladigan magazindagi katta ko‘zgular: ko‘zgu oldidan o‘tayotgan har bir xaridor ko‘zgudagi aksiga qaramasdan o‘tolmaydi. O‘z ko‘rinishidan yuz foiz qanoatlanadigan odam kam topiladi. Ko‘rinishidan qoniqmagan inson darhol biror yarashadigan kiyim olgisi keladi.
* Bitta buyum uchun 100 so‘m to‘lash bilan uchtasiga 299 so‘m to‘lash orasida deyarli farq yo‘q. “Arzon olyapman” degan xayolda aslida yana 200 so‘m sarflaymiz.
* Eng ko‘p sotiladigan mahsulotlar – sut, non, choy ko‘pincha magazinning eng uzoq burchagida turadi. Ularga yetib borguncha xaridorning ko‘zi boshqa narsalarga ham tushadi va yana nimanidir sotib olishi mumkin.
* Bolalar uchun mo‘ljallangan buyumlar ko‘pincha eng pastki qatorda bo‘ladi.
«Qovun tushirgan» Jinoyatchilar
Butun yer yuzi bo‘ylab jinoyatchilik ham, unga qarshi kurash ham avj olib borayotgan bugungi kunda, har ikki tomon ham o‘ylab ish tutishga harakat qiladi. Albatta, jinoyatchilar ham anoyi emas, ular qayerda, qachon, qanday «hunar» ko‘rsatishni ko‘pincha oldindan rejalashtirib olishadi. Lekin jinoyatchilar orasida ba’zida «qovun tushirib» qo‘yadiganlari ham bo‘larkan.
Internetdagi «sb.adverman.com» saytida e’lon qilingan quyidagi maqolada xorij davlatlarida sodir bo‘lgan ana shunday holatlarning ayrimlari haqida hikoya qilinadi.
Giyohvand tomoshabin
Chet davlatlardan birida bir ayol, o‘g‘li ishtirok etayotgan musobaqani tomosha qilayotgan paytida qo‘lga olindi. Bu tadbirda politsiyachilar musobaqalashayotgan bolalarga o‘z faoliyatlaridan namunalarni namoyish qilayotgan edilar. Navbat o‘rgatilgan itlarning hid orqali giyohvandlik moddalarini topish nomeriga keldi. It esa to‘g‘ri tomoshabinlar orasidagi ayolning oldiga kelib, qo‘lidan sumkasini tortib oldi-da, ichidan giyohvandlik moddasi solingan paketni chiqardi.
«Voyaga yetgan» talonchi
Bir yigit qo‘lida qurol bilan kichikroq magazinga bostirib kirdi va kassadan pul talab etib, tahdid qildi. Olingan «o‘lja»ni sumkasiga joylagach, peshtaxtada turgan, katta butilkadagi viskini ko‘rib, ko‘zi o‘ynab ketdi. Uni ham olib ketmoqchi bo‘lgan edi, sotuvchi ayol qarshilik bildirdi. «Sen hali yoshsan, spirt¬li ichimlik xaridi uchun ruxsat beriluvchi yoshga yetmagansan», dedi. Bu boradagi tortishuvlardan so‘ng, talonchi o‘zining 21 yoshga to‘lganligini isbotlash maqsadida cho‘ntagidan haydovchilik guvohnomasini olib, sotuvchiga ko‘rsatdi: «Mana, haydovchilik guvohnomam ham bor, ko‘rib qo‘y, men 21 yoshga to‘lganman!». Sotuvchi hujjatni sinchiklab o‘qib chiqqach, viskini talonchi yigitning sumkasiga solib berdi.Talonchi ikki soatdan so‘ng o‘z xonadonida hibsga olindi. Chunki sotuvchi uning haydovchilik guvohnomasida ko‘rsatilgan ism-sharifini, turar joy manzilini eslab qolib, politsiyaga xabar bergan edi…
Savodsiz po‘pisaboz
Amerikalik bir kishi bankni o‘marishga qaror qildi. U «Bank of America»ga bordi va bankning depozit blankasiga taxminan quyidagi mazmunda po‘pisa xati yozdi: «Bu talonchilik. Hamma pulni paketga joylab, bu yoqqa uzat!».
Keyin u xatni topshirish uchun xotirjam borib, omonat olinadigan tuynuk oldida navbatga turdi. Lekin o‘sha paytda birdaniga shubha va gumon iskanjasida qoldi: «Atrofimda odamlar bor edi, xatda nima yozganimni ko‘rib qolishgan bo‘lishsa-ya! Balki allaqachon politsiyaga ham xabar berishgandir?».
U shu o‘y bilan bu bankni tark etib, darrov ko‘chaga chiqdi. Yo‘lning narigi betida esa «Wells Fargo Bank» bor edi. Talonchi ko‘p o‘ylab o‘tirmay, o‘sha bankka kirdi. Bu yerda odamlar oz edi, tezda uning navbati keldi. Nihoyat, kutilgan lahza: talonchi qo‘lidagi xatni operator qizga uzatdi. Operator ancha aqlli qiz edi, yozuvdagi imlo xatolari va boshqa ba’zi holatlarni hisobga olib, talonchining aql doirasi haminqadarligini tezda fahm¬lay bildi. U xotirjamlik bilan, bu arizani ololmasligini, chunki u «Bank of America»ning blankasiga yozilganini, bu yer esa «Wells Fargo Bank» ekanligini ma’lum qildi. Shuning uchun mijoz o‘z arizasini «Wells Fargo Bank» blankasiga yozishi yoxud «Bank of America»ga qaytishi lozimligini tushuntirdi.
Xafa bo‘lgan talonchi bankni tark etdi, qiz esa zudlik bilan politsiyaga qo‘ng‘iroq qildi. Besh daqiqadan so‘ng talonchining qo‘llariga kishan solishdi. Bu paytda u yo‘lning narigi betidagi «Bank of America» tuynugi oldida navbatda turgan edi…
Konvertdagi suratlar
Angliyalik bir haydovchining tezlikni oshirgani avtomatik radar yordamida aniqlangan edi. Ma’lum muddatdan so‘ng pochta orqali unga jarimaga tortilgani haqidagi hujjat va o‘z avtomobilining fotosurati yetib keldi. U jarimani to‘lash o‘rniga, politsiyaga jarima miqdoricha pulning fotosuratini pochta orqali jo‘natdi. Bir necha kundan so‘ng unga yana politsiyadan konvert keldi. Bu konvertda ham fotosurat bor edi, faqat… kishanning surati!
Bu fotosuratning badiiy ku¬chi g‘aroyib darajada ta’sir qildi – politsiyaga kelgan navbatdagi konvertda to‘lov haqidagi ma’lumotnoma bor edi…
«Ishonmasang, ochib qara!»
AQShning Michigan shtatida bo‘layotgan sud paytida giyohvandlik moddalari saqlaganlikda ayblanayotgan sudlanuvchi Kristofer Yansen norozilik bildirdi:
- Meni ordersiz tintuv qilishdi!
Prokuror bunga javoban shunday izoh berdi:
- Tintuv paytida Yansenning egnidagi kurtkasi qandaydir g‘alati do‘ppayib turardi, shuning uchun ofitser uning kurtkasi ostida to‘pponcha bor deb gumon qilgan. Bunday hollarda esa uni tintuv qilish uchun order ham shart emas.
- Bo‘lmagan gap! – dedi Yansen. – Mana, o‘sha kurtka hozir ham egnimda. Xo‘sh buning qayeriga to‘pponcha yashirish mumkin?
Shu so‘zlarni aytib, u kurtkasini yechdi va sudyaga uzatdi. Sudya¬ esa kurtkaning yashirin cho‘ntagidan… kokain to‘la paketni topib chiqardi. Sud majlisi tanaffus e’lon qilishiga to‘g‘ri keldi, chunki ko‘pchilik sud a’zolarining kulgidan o‘zlarini to‘xtatishlari qiyin bo‘ldi.
Tilidan ilindi
AQShning Oklaxoma shtatidagi yana bir sud ham qiziq o‘tgandi. Sudda qurolli talonchilik bo‘yicha sud qilinayotgan Denis Nyuton jahl ustida advokatini haydab soldi va o‘zini o‘zi hi¬moyalay olishini e’lon qildi. Chindan ham, u asosli javoblar berib borardi, faqat bir joyda «qovun tushirib» qo‘ydi. Prokuror talonchilik sodir etilgan magazin menendjerini guvoh sifatida so‘zga chiqardi. U talonchini tanib qolgandi. Shunda jahli chiqqan Denis menendjerni tuhmatchilikda aybladi:
- Afsus, o‘shanda sening peshanangdan darcha ochib qo‘ysam bo‘larkan! – dedi u qizishib ketib. Keyin «qovun tushirganini» anglab yetib, darhol qo‘shib qo‘ydi:
- Albatta, o‘sha yerda bo‘lganimda edi…
Uni o‘ttiz yillik qamoqqa jo‘natish uchun sud zalida yig‘ilganlarga atigi yigirma daqiqa vaqt kifoya bo‘ldi.
Qiziquvchan qochoq
Detroyt shtatida politsiyachilar yo‘l chetida to‘xtab turgan holda, o‘z patrul mashinalariga o‘rnatilgan yangi kompyuter qurilmalarini atrofdagi qiziquvchan bolalarga ko‘rsatayotgan edilar. Shu yerda sayr qilib yurgan bir yigit ham qiziqib, «bu matoh» qanday ishlashini so‘radi. Politsiyachi qurilmaning qanday ishlashini amalda ko‘rsatib berish niyatida uning haydovchilik guvohnomasini olib, undagi ma’lumotlarni kompyuterga kirita boshladi. Bir necha soniyadan so‘ng esa bu bechora yigitni barcha qonun-qoidalarga asosan qo‘lga olishdi. Chunki kompyuter ekranga chiqarib bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yigit Missuri shtatining Sent-Luis shahrida, bundan ikki yil oldin sodir etilgan qurolli talonchilik jinoyatining faol ishtirokchisi bo‘lib, qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan edi.
Sug‘urta qilingan sigaralar
Amerikalik bir janob juda qimmat va kamyob bo‘lgan sigaradan bir quti sotib oldi. Bu mol shu qadar qimmat ediki, bu tadbirkor kishi ularni hatto sug‘urta qildirib ham qo‘ydi. Sug‘urta shartnomasida yong‘indan sug‘urta ham bor edi. Bir oydan so‘ng sigaralar tugadi. Ularni sotib olgan janob sug‘urta polisi bo‘yicha ilk vznosni hali to‘lamagandi ham. Shunga qaramay, u sug‘urta kompaniyasiga ariza bilan murojaat qildi. Arizada «Sigaralar «kichik yong‘inlar seriyasi» oqibatida yonib ketdi», deyilgandi. (Eslatib o‘tamiz: inglizchada «olov» ma’nosi ham, «yong‘in» ma’nosi ham bitta – «fire» so‘zi orqali ifodalanadi.)Tabiiyki, kompaniya sug‘urta pulini to‘lashdan bosh tortdi, axir mijoz sigaralar uchun eng tabiiy bo‘lgan usulda ulardan foydalangan edi-da. Janob nima ham qila olardi, sudga murojaat etdi va… yutib chiqdi! Sud qarorida ko‘rsatilishicha, da’vo arizasi garchi uncha jiddiy bo‘lmasa-da, uni asoslovchi ashyoviy dalil – sug‘urta polisi mavjud. Unda esa sigaralarni yong‘inning har qanday turidan sug‘urta qilinganligi ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda yong‘inning «ixtiyoriy ravishda» yoki «tasodifan» kelib chiqishi aniq belgilab qo‘yilmagandi. Shunday ekan, sug‘urta kompaniyasi polisda belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshirishi shart.
Sug‘urtachilar uzoq muddatli va qimmatga tushuvchi apellyatsiyalar bilan boshlarini og‘ritib o‘tirgandan ko‘ra, o‘sha «yonib ketgan» sigaralar uchun o‘n besh ming dollar to‘lab qo‘ya qolishni afzal bildilar.Ammo janobning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Chek bo‘yicha bankdan naqd pullarni olishi bilan uni hibsga olishdi. Xuddi o‘sha sug‘urta polisiga va suddagi o‘z ko‘rsatmalariga asosan, uni… «sug‘urta qilingan mulkni ongli ravishda, yoqib yuborish yo‘li bilan 24 marta yo‘q qilish»da ayblashdi. Yangi sud jarayoni natijasida janobga 24 oy qamoq jazosi belgilandi.
Suvosti Ehromlari
Suvosti arxeologiyasi har qancha e’tirofga loyiq. Inchunun, akvalang kashf qilinganidan beri tadqiqotchilar mustaqil ravishda qazishma va razvedka ishlari bilan shug‘ullana boshlashdi.
Ular salkam yuz yildan buyon suvosti olamini tadqiq etish asnosida ko‘pchilikning nazariga tushishdi. Hatto, dunyoning nufuzli universitetlarida ham suvosti arxeologiyasi fakultetlari ochilgan. Deyarli har kuni suvosti arxeologlari bizni biror-bir yangilik yoki topilmadan boxabar qilishmoqda. YAqinda Xitoy hududidan topilgan suvosti ehromi ham ularning e’tiboridan chetda qolmadi.
Ehromlar saltanati
Fusyan ko‘li tubidan topilgan ehrom zinapoya ko‘rinishida bo‘lib, uning balandligi 19, har bir zina asosining uzunligi esa 90 metrni tashkil qiladi. Sirli inshoot tosh plitalardan qurilgan bo‘lib, asosan beshta zinapoyadan iborat. Ehromning eng yuqori qismidagi ikkita zina qumdan yasalgani bois deyarli to‘kilib bo‘lgan. Qolgan zinalarga kelsak, ular ohaktoshning suvga chidamli turlaridan qurilgan. Eng qizig‘i, Fusyan ko‘li tubida bunday ehromlarning soni 9 taga yetadi. Ko‘l tubida shu inshootlarga o‘xshash o‘ttizga yaqin bir nechta mo‘‘jaz ehromlar borligi ham aniqlangan. Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, bu ehromlar qadimgi tsivilizatsiya vakillariga tegishli ekan. Me’morlik majmuasining umumiy maydoni 2,5 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Ayni damda arxeologlar ko‘l tubidan olib chiqilgan loy idishni eramizga qadar 25-200 yillarda hukmronlik qilgan SHarqiy Xan sulolasi davriga oidligini ta’kidlashmoqda.
Uch ehrom
Bir emas, naqd uchta suvosti ehromi Rok ko‘lidan ham topilgan. Ko‘l Medison (AQSH, Viskonsin sht.) shahridan 40 km. narida joylashgan. Havoning avzoyi buzuq paytda ko‘l suvlari tez-tez loyqalanib turadi. SHu bois, uning tubini ko‘rish hammaga ham nasib etavermaydi. Biroq, 1936 yilning aprelida F.Morgan ismli kimsa ko‘l ustidan sport samolyotida ucha turib, uning tubini ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, o‘sha kuni havo nihoyatda ochiq bo‘lgan va u ko‘l tubida uchta ulkan suvosti inshootlarini ko‘rgan. Piramidaga o‘xshash inshootlarning uchi cho‘qqisimon ekaniga ishonch hosil qilgach, Morgan bor gapni mutaxassislarga aytadi. SHundan so‘ng Rok ko‘liga juda ko‘plab tadqiqotchilar kela boshlashadi. Ammo, ularning hech biri ko‘ldagi ehromlarni topa olmaydi. Oradan bir necha yillar o‘tgach, bu erga navbatdagi ekspeditsiya uyushtiriladi. Suvosti arxeologlari bu safar ko‘lning har bir kvadrat metrini ko‘zdan kechirib, Morgan tasvirlagan o‘sha piramidaning dastlabkisini topishadi. Inshoot haqiqatdan ham piramida ko‘rinishida bo‘lib, 9×10 metrli to‘g‘riburchakli asosga ega edi. Keyinroq, tadqiqotchilar ko‘lda yana bir inshoot borligini aniqlashadi. Biroq, bunisi hajm jihatidan avvalgisidan ancha farq qilardi.
Yonaguni siri
Suvosti ehromlarining yana biri YAponiyaning Yonaguni orolida kashf qilingan. 1985 yili dayving bo‘yicha instruktor Kixachiro Aratake nimadir uning suzishiga xalal berayotganini payqaydi. O‘sha kuni kuchli to‘lqinlarning mavj urishi natijasida Aratake ulkan toshlardan yasalgan qurilmalarga ko‘zi tushadi. Ular geometrik bezaklar bilan qoplagan bo‘lib, bir nechta pillapoyalari ham bor edi. Ko‘rinishdan qadimgi shumerlarning piramidasini eslatuvchi bu inshoot mutaxassislarni chuqur o‘yga solib qo‘yadi. Kamiga suvosti arxeologlari toshlardagi bezaklar orasidan hindularga xos patli bosh kiyimi chizilgan rasmlarni topishadi. Aynan mana shu topilma ushbu ehrom Janubiy Amerikalik hindular tomonidan qurilgan, degan taxminni yuzaga keltiradi. Negaki, inshootning Machu-Pikchu ibodatxonasiga o‘xshash jihatlari nihoyatda ko‘p. Masalan, ikkala ehrom qurilishida ham “G” ko‘rinishidagi tosh bloklaridan foydalanilgan. Bu o‘z navbatida bloklarni bir-biriga “choksiz” birlashtirish imkonini beradi. Qolaversa, ushbu inshotlarning ikkovida ham tabiiy ofatlardan himoyalovchi o‘ziga xos texnologiya mavjud. Hozircha bir narsa, ya’ni And tog‘larida paydo bo‘lgan madaniyat boshqa bir qit’aga qanday kirib kelgan va eng asosiysi, suvosti ehromlari kim tomonidan yaralgani jumboqligicha qolmoqda. Ehtimol, shu va shunga o‘xshash jumboqlarning echimi kuni kelib topilar. Albatta, buning uchun vaqt, yangi va yangi tadqiqotlar qilinishi lozimdir.
Darvoqe…
*O‘tgan asrlarda suvosti ehromlarining yana bir nechtasi aniqlangan. Masalan, 1968 yili uchuvchi R.Brash tadqiqotchilarga Bimi-ni va Andros (Bagam) orollarining suvosti dunyosida ulkan tosh qurilmalar borligini aytadi. Buni eshitgan arxeologlar darrov ishga tushib ketishadi. Ular suv ostida haqiqatdan ham 54×42 metrli ehrom, ko‘chalar, qal’a devorlari va ajabtovur doirasimon toshlar borligini qayd etishgan.
*1973 yili “Akademik Petrovskiy” kemasi bortida ketayotgan yo’lovchilar Portugaliya janubi-g‘arbidan 240 milь uzoqlikdagi okean tubida ulkan tosh bloklaridan qurilgan inshootlarni suratga olishga muvaffaq bo‘lishadi.
*1991 yilning yozida taniqli okeanshunos olim Verlag Meyer “Bermud uchburchagi” orollarining qoq markazida, 600 metr chuqurlikdagi suv tubliklarida ikkita ulkan piramida borligini, ular Misrning Xeops ehromidan ham ulug‘vor ekanini ma’lum qiladi. Olimning ta’kidlashicha, ushbu ehromlarni faqat maxsus apparat yordamida ko‘rish mumkin ekan.
Vijdonli O’g'rilar
*Quyi Saksoniyadagi uylardan biriga qurollangan talonchi bostirib kirdi. U uydagi enagaga to’pponcha o’qtalib, pullar qayerda saqlanishini aytishni talab qilayotgan bir paytda 6-7 yoshli ikki bolakay talonchiga o’zlari yig’ib qo’ygan pullarini keltirib tutqazishadi va ayolga tegmaslikni iltimos qilishadi. Bundan juda ta’sirlangan erkak uydan hech narsa olmay chiqib ketadi.
*2011 yilning oktyabrida maydonchada turgan avtomobilni tunashdi: o’g'ri mashina salonidan 2 ta uyali telefon va yondaftarchani o’g'irladi. Telefonlardan birini ko’zdan kechirayotib, o’g'rining ko’zi behayo tasvirlarga tushadi. Bu unda kuchli nafrat uyg’otadi va bu tasvirlarni suratga olgan, tarqatgan kishilarni jazolashda yordam berish maqsadida polisiya.ga taslim bo’ladi. O’g'rining ko’magida noqonuniy ishlar bilan shug’ullanuvchi 46 yoshli erkak hibsga olinadi. O’g'irlikni amalga oshirgan yigitga esa yengillashtirilgan jazo tayinlanadi: bir oylik qamoq va jarima.
*Braziliyada esa o’g'irlangan mashina egasi salonda qoldirgan telefonga qo’ng’iroq qilib, hozir og’ir moliyaviy ahvolda ekanligini aytgach transportni joyiga qaytarib qo’yadi.
*Saudiya Arabistonida shunday voqea yuz berdi. Kimligi hozirgacha noma’lum bo’lib qolayotgan kishi bundan 10 yil avval o’g'irlangan tilla taqinchoqlarni haqiqiy egasiga qaytardi. Taqinchoqlarning egasi aytishicha, tun yarmida kimdir eshik qoqadi, eshikni ochgan uy sohibi ostonada kichikroq bir sumkani ko’radi. Sumkada u yo’qotgan tilla buyumlar va uzr maktubi turardi.
*Shved universitetlaridan birining professori o’g'riga nishon bo’ldi. Noutbugini o’g'irlatganini bilgan professor dahshatga tushdi, chunki noutbukda uning 10 yillik mehnati jamlangan yozuvlar bor edi. Ammo o’g'ri shunchalik “vijdonli” chiqdiki, biroz vaqt o’tib u noutbukdagi barcha ma’lumotlarni fleshkaga yozib professorga qaytardi.
*Yaqinda sodir bo’lgan ushbu voqeadan habardor bo’lsangiz kerak. Xitoyda mobil telefonni o‘margan yigit undan barcha telefon raqamlarini qog‘ozga ko‘chirib oldi va mobil telefon egasiga yubordi.Ushbu voqea Xunan viloyatida sodir bo‘lgan. Telefon egasi — Tszou ismli kishi telefonini taksida yo‘qotganini ta’kidlab, uni mashinaga o‘zi bilan birga chiqqan kishi o‘g‘irlaganini taxmin qilmoqda.
Tszou o‘g‘riga uning kimligini bilishini, taksida uni tanib olganini va uni albatta qidirib topishini bildirib SMS-xabar jo‘natgan. Shuningdek, jinoiy guruhlar bilan tanish ekanini, telefonida mingdan oshiq raqamlar saqlanganini ham qo‘shimcha qilib, uni qaytarib berishini talab qilgan.
Bir necha kundan so‘ng, Tszou o‘zining SIM-kartasi va qo‘lda yozib chiqilgan smartfonidagi telefon raqamlaridan iborat 11 varaqlik ro‘yxat solingan maktub oldi. O‘g‘rining manzilni qanday bilib olgani noma’lum.Ta’kidlash joiz, ushbu voqea Xitoy internet-foydalanuvchilari orasida ommalashib ketdi. Ular ushbu o‘g‘rini “barcha kissavurlarning vijdoni” deb atamoqda.
*Kaliforniyaning San-Bernardino shahridagi xayriya tashkilotidan kompyuter texnikasini o‘g‘irlab ketgan jinoyatchilar o‘g‘irlangan narsalarni qaytarib berishdi.O‘g‘rilar o‘z tushuntirish xatlarida Jinsiy zo‘ravonlikdan jabr chekkanlarga yordam ko‘rsatish xizmatidan uzr so‘rashgan va xizmat faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilashgan.
O‘g‘irlangan narsalar o‘g‘rilik sodir bo‘lgani ma’lum bo‘lganidan ikki soat o‘tib qaytarib tashlab ketilgan. «Biz aynan nimani o‘g‘rilayotganimiz haqida tasavvurga ham ega emasdik. Mana sizning narsalaringiz, – deyiladi WTXF-TV telekanali iqtibos keltirayotgan va o‘g‘rilar tomonidan qoldirilgan xatda. – Umid qilamizki, siz bundan keyin ham odamlar hayotini yaxshi tomonga o‘zgartira olasiz. Xudo yorlaqasin!».Jinsiy zo‘ravonlikdan jabr chekkanlarga yordam ko‘rsatish xizmati ehtiyojmandlarga bepulga o‘z xizmatlarini ko‘rsatadi. Tashkilot idorasidagi o‘g‘rilik 7 avgust kuni oqshomda sodir bo‘lgan: olti statsionar kompyuterdan tashqari o‘g‘rilar bitta leptop va qimmatli buyumlar solingan qopni olib chiqib ketishgan. Jinoyatchilar signalizatsiya tizimini o‘chira olishmagan, biroq bir necha daqiqa ichida o‘ljalarni olib, yashirinishga ulgurishgan.
O‘g‘irlangan buyumlar qaytarib berilganidan so‘ng mahalliy huquqni muhofaza qilish organ xodimlari faoliyatlari davomida bunday holatga hech duch kelishmaganini ta’kidlashgan. Ma’lumot o‘rnida, 2013 yil davomida AQShning o‘zida shunga o‘xshash hodisa sodir bo‘lgandi: noma’lum jinoyatchi politsiyaga do‘kondan o‘g‘irlagan pullarini jo‘natgan. Qayd etish joiz, jinoyat sodir etilganiga 30 yil bo‘lgan, biroq jinoyatchi o‘g‘irlangan pulni foizi bilan – 800 dollar o‘rniga 1,2 ming dollar qilib qaytargan.
2013 yilning eng shov-shuvli va qimmat “Topilmalari“
*Hindistonnning Kalkutta shahridagi aeroport farroshlari ichida umumiy qiymati 1,1 million dollarga bahlolanayotgan 24 dona quyma oltin bo‘lgan yashirin qutini topishdi. Oltinlar Bangkokdan uchib kelgan Hindistonning Jet Airways aviakompaniyasi samolyoti hojaxonasiga yashirilgan.Farroshlar quymalarni samolyotni Hindiston shimolidagi Patna shahriga jo‘nashidan avval tozalayotganlarida topishgan. Har biri taxminan bir kilogramm atrofida bo‘lgan quymalar ikkita xaltaga joylashtirilgan. Ayni vaqtda bojxona xizmati topilmani musodara qilib, surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Oltinlarning kimga tegishli ekani ma’lum emas.
*Las-Vegasda 13 yillik ish tajribasiga ega taksichi mashinasining orqa o‘rindig‘idan 300 ming dollar solingan paket topib oldi. Haydovchi Jeraldo Gamboa paketni pulning egasi manziliga yetib kelib, taksichiga choychaqa sifatida besh dollar berib ketganidan so‘ng ko‘rib qolgan.Gamboaning aytishicha, avvaliga orqa o‘rindiqdagi qog‘oz paketni ko‘rganida unda shokolad bor, deb o‘ylagan. Bu vaqtda mashinada yo‘lovchi ham bo‘lgan va aynan u haydovchidan paketni tekshirishni so‘ragan. Paketda bir dasta pul borligini ko‘rgan Gamboa shu paytning o‘zida dispetcheriga bog‘lanib, topilma haqida xabar bergan.Shundan keyin (yo‘lovchini kerakli manzilga olib borgani haqida aytilmagan) u o‘zi ishlayotgan transport kompaniyasi ofisiga borib, pulni topshirgan. Bu vaqtda politsiyaga qo‘ng‘iroq qilinib, pul egasi qidirila boshlangan edi. Paket topilganidan bir necha soat o‘tib, 300 ming dollarning egasi aniqlandi. U Las-Vegasga kazinoda o‘ynash uchun kelgan erkak ekanligi ma’lum bo‘ldi.Pul egasining shaxsi tasdiqlangach, paket qonuniy sohibiga qaytarildi. U hali Gamboani suyunchi bilan rag‘batlantirgani yo‘q. Taksichining ma’lum qilishicha, u biror mukofot kutayotgani yo‘q. Haydovchiga rahbariyat tomonidan minnatdorchilik bildirilgan va ikki kishilik kechki ovqat uchun ming dollarlik sertifikat berilgan.
*AQShning Tennesi shtatidagi mahalliy «Makdonalds» buyurtma bergan juftlikka yegulik o‘rniga pul bilan to‘ldirilgan paketni berib yubordi. Bunda gap qancha miqdordagi pul haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan.Gregg va Steysi Terrining so‘zlariga ko‘ra, ular paketni ochib, ichidagi pullarni ko‘rishgani zahoti, kafe xodimi buni tasodifan beri yuborganini tushunishgan. Ularning qayd etishicha, pullarni o‘zlashtirib olish haqida o‘ylab ham ko‘rishmagan, garchi, Steysi paketdagi naqd pullar bir marta yaxshilab do‘kon aylanib chiqish uchun juda asqotishini aytib, hazillashgan bo‘lsa-da.Oxir-oqibat, yemakxona xodimi Terrilar oilasi bilan bog‘lanib, aslida bankka jo‘natilishi kerak bo‘lgan naqd pullarni olgan. «Makdonalds» tarmog‘ining mahalliy boshlig‘i ko‘mak uchun oilaga minnatdorlik bildirgan.Buning uchun oilaviy juftlikka qandaydir mukofot beriladimi-yo‘qmi, bu haqda ma’lumot berilmayapti. Faqatgina, yuz bergan hodisa yuzasidan «Makdonalds» tekshiruv boshlagani va o‘tkazib yuborilgan xatolik sabablarini aniqlashga harakat qilishi ma’lum qilingan xolos.
*AQShning Konnektikut shtatida yashovchi fuqaro sotib olgan stolidan salkam 100 ming dollar bilan to‘ldirilgan xaltani topib olgan. Fuqaro narxi arzonlashtirilgan stolni atigi 200 dollarga sotib olgan. Jihozni uyga olib kirish vaqtida u eshikdan sig‘magan, shundan so‘ng uni bo‘laklab olib kirishga to‘g‘ri kelgan. Shunda stolning yangi egasi, tasodifan, stol tortmalaridan birining orqa tomonida pul to‘la xaltani topib olgan.Ma’lum bo‘lishicha, stolning avvalgi egasi bo‘lgan ayol o‘z merosini shunday saqlab kelgan, keyinchalik esa bu haqda unutib qo‘ygan. Halol amerikalik esa topilmaning oxirgi sentigacha ayolga qaytarib berdi, deyiladi xabarda.
*Madrid metrosidagi vagonlardan biri ichida ikki million dollarga chek yozilgan hamyon topilgan. Hamyonni poyezd eshiklarini tekshirayotgan 5-yo‘nalish xodimi topib olgan – eshik yaxshi yopilmayotganiga aynan hamyon unga tiqilib qolgani sabab bo‘lgan.Metropoliten xodimlari hamyon ichidagi narsalar bilan tanishib, uni politsiyaga topshirishgan. Huquqni muhofaza qilish organ xodimlarining ma’lum qilishlaricha, hamyonda ikki millionli chekdan tashqari bank kartalari, shuningdek, Kaliforniyada berilgan haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lgan.Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiyada hamyon egasining shaxsiy ma’lumotlari bor va hozirda uni izlashmoqda. Biroq, politsiyadagilarning qayd etishlaricha, chek qonuniy yo‘l bilan olingani isbotlanmagunicha, u hamyon egasiga qaytarilmaydi.Taxminlarga ko‘ra, hamyon kimdir tomonidan o‘g‘irlangan va so‘ng tashlab yuborilgan: jinoyatchi faqat naqd pullarni olib, shoshilinchda Bank Of America’ga yozilgan chekni ko‘rmay qolgan.
Bu odamni tushingizda ko‘rganmisiz?
Hammamiz ham tushimizda tanimagan odamlarni ko’rib turamiz. Bu tabiiy hol. Lekin,siz ko‘rgan noma’lum shaxsni bir-birlariga notanish va uzoqlarda yashaydigan bir necha odam ko‘rsa, buni qanday izohlagan bo‘lardingiz?
Ismi, yoshi yoki kimligi noma’lum bo‘lgan bu shaxsni ilk bor “ko‘rgan” ayol 2006 yil yanvarda Nyu-Yorkning mashhur ruxshunoslaridan birining eshigini qoqdi. Noma’lum shaxsning tasvirini chizib, uning bir necha bor tushiga kirganini va bu shaxsni umuman tanimasligini aytgan. Bu shaxs har safar tushiga kirganida ayolga hayotida nimalar qilishi kerakligi haqida tavsiyalar bergan. Albatta, buning hech qanday hayratlanarli tomoni yo‘q. Lekin dunyoning turli shaharlarida yashovchi 2000 odam tushlarida xuddi shu rasmdagi yuzni ko‘rganini aytganidan keyin haligi surat atrofida katta shov-shuv ko‘tariladi. Katta ko‘chalardagi bekatlarga “Siz ham ko‘rganmisiz?” degan afishalar ilina boshlaydi.“Qayerda ko‘rgansiz: tushda yo o‘ngda? Agar ko‘rgan bo‘lsangiz shaxsan menga yoki thisman.org saytiga bog‘laning. Dunyoda minglab odamlarning og‘irini yengil qilasiz. Chunki bu insonlar hech kim tanimagan, ko‘rmagan noma’lum shaxsning har kecha tushlariga kirishining sababini bilolmay hayronlar. Qo‘limizda faqat qo‘lda chizilgan tasviri bo‘lgan shaxsning boshqalardan farqi nimada?” Ushbu savolga javob topgan kishi Nobel mukofotini olgandek hurmatga sazovor bo‘ladi.
Xuddi shu odam boshqa tushlarda
Kunlar o‘tib, ruxshunosga kelgan boshqa kishi ham tasvirdagi haligi shaxsga ko‘zi tushadi-yu uni bir necha bor tushida ko‘rganini aytadi. Ruxshunos bu tasvirni hamkasblarining e’tiboriga havola qiladi. Ruxshunoslar kabinetlariga bu tasvirni osib qo‘yishadi. Buni qarangki, bir necha kunda har biriga kelgan bemorlardan yana bir nechasi xuddi shu shaxsni tushlarida ko‘rganligini aytib doktorlarni lol qoldiradi. 2006 yil yanvardan buyon kamida 2000 kishi bu shaxsni ko‘rganligini iddao qilgan. Buning ustiga faqat Nyu-Yorkda emas. Los-Anjeles, Berlin, San-Paulu, Tehron, Pekin, Rim, Barselona, Stokgolm, Parij, Nyu-Deli, Moskvada ham… Lekin hammasining savoli birday: Bu sochlari yarmi to‘kilgan, qoshlari tutashib ketgan, labining ustki qismi ingichka, quloqlari katta-katta, korachadan kelgan odam kim? Nima uchun hammaning tushiga kiryapti? Mutahassislar ushbu savolga javob topish uchun noma’lum shaxsning tahminiy suratlarini tushda ko‘rilgan shaharlarning markazidagi binolarga, daraxtlarga va restoran eshiklariga yopishtirib chiqishdi. Lekin hali-hanuz hech kim chiqib “Bu menman” demadi. Hech kim uni ko‘chada yoki boshqa joylarda uchratmagan. Faqat rasman 2000 kishi “thisman.org” nomli internet sayti orqali tushlarida ayni odamni ko‘rganliklari haqida so‘z yuritishgan. Maqsadlari bu odamning nima uchun dunyoning turli shaharlaridagi turli xarakter va o‘tmishga ega kishilarning tushlariga kirib, har xil xabarlar berishini tushunish. Endi siz ham bu shaxsni tushingizda ko‘rsangiz nima qilish kerakligini bilasiz.
Qo‘rqqanlar ham bor, oshiq bo‘lganlar ham
Quyida “thisman.org” saytidan joy olgan tushlardan bir nechtasi keltirilgan:“Uni ilk ko‘rganimda oshiq bo‘ldim. Romantik so‘zlari bilan aqlimni oldi…”
“Tushimda uni doim Qor bobo sifatida ko‘rardim. Har gal juda xursand bo‘lardim. Menga qarab kulardi. So‘ngra boshi sharga aylanib, uchardi. Unga yetishishga harakat qilardim, lekin yeta olmasdim…”
“Bu odam braziliyalik bo‘lib, juda kelishgan edi. O‘ng qo‘lida oltita barmog‘i bo‘lgan maktab o‘qituvchisi edi. Menga “Amerikada yadro urushi boshlansa, shimolga qoch” derdi.”
“Uni ilk bor tushimda ko‘rganimda hayotimda juda murakkab paytlar edi. Katta supermarketda orqamdan quvib yurdi. So‘ngra meni tutib olib, kassaga boradigan yo‘lni ko‘rsatdi. Shundan beri bu odam qachon tushimga kirsa, menga yo‘l ko‘rsatadi.”
Nazariyalar ko‘paymoqda
Ko‘pchilikning fikricha, tasavvurimizda ba’zan yuzaga chiqadigan muayyan bir shakl-shamoyil bo‘ladi. Bu holat his-hayajonli hodisa, katta o‘zgarish, stresli hollar kabi hislar tarang bo‘lgan vaqtda yuz beradi.Ba’zilarning fikricha, haqiqiy hayotda bunday odam bor va insonlarning tushlariga kirib psixologik ta’sir ko‘rsatadi.Yana bir psixo-sotsiologik teoriyaga ko‘ra, bunday odamni tushida ko‘rganidan ta’sirlangan insonlar shunga o‘xshash tushlar ko‘rib, uni o‘zi istamagan holda fenomen holiga keltirgan.
Dunyo mamlakatlari haqida 10 ta Qiziqarli Fakt!
1. Dunyoda eng ko’p tilda gaplashadigan mamlakat Papua- Yangi Gvineyadir. Bu yerda aholi 820 dan ortiq tilda gaplashadi.
2. Yer yuzidagi eng qurg’oqchil mamlakat – Liviya. Mamlakat maydonining 99 foizini sahrolar tashkil etadi.
3. Jazoir sayyoramizda zilzilalar eng kam sodir bo’ldigan mamlakat sanaladi.
4. AQShning Nebraska shtatida insonlardan ko’ra qoramol ko’proq.
5. Avstraliya – butun kontinentni egallagan yagona mamlakat hisoblanadi(orollarni hisoblamaganda).
6. Ozarboyjon neftni zamonaviy uskunalar yordamida qazib chiqarishni boshlagan ilk mamlakat sanaladi.
7. Suriyaning poytaxti bo’lgan Damashq shahri Yer yuzidagi eng qadimiy poytaxt sanaladi.
8. Dunyodagi gazetalarning deyarli yarmi AQSh va Kanadada chop etiladi.
9. Italiya – dunyodagi bolalar uyi bo’lmagan yagona davlatdir.
10. Norvegiyada elektr energiyaning 99 foizi tabiatni ifloslantirmaydigan hamda qayta tiklanadigan energiya yordamida ishlab chiqariladi.
EYFEL MINORASI HAQIDA SIZ BILGAN VA BILMAGAN 10 FAKT
#1. Minora qurilayotgan paytda uning 100 yildan ortiq vaqt turishini loyiha muallifi injiner Gyustav Eyfel ham kutmagan edi. Eyfel minorasi 1889-yilgi Butunjahon ko’rgazmasi uchun eksponat sifatida qurilgan bo’lib, 20 yil saqlanishi ko’zda tutilgan edi. Fransuz inqilobining 100 yilligiga bag’ishlangan loyihalar tanlovida Aleksandr Gyustav Eyfel g’olib bo’lgan edi.
#2. Eyfel minorasining balandligi 324 metr bo’lib, ochilgan paytdan boshlab 41 yil davomida 1930-yilgacha dunyodagi eng baland inshoot bo’lgan.
#3. Minora qurilishida oliy sifatli po’latdan foydalanilgan. Po’lat konstruksiyalarning ja’mi og’irligi 9441 tonna bo’lib, 18038ta bo’lak birlashtirib chiqilgan.
#4. 1912 yilda bir kashfiyotchi o’zining palto-parashyutini sinab ko’rish uchun minoradan pastga sakragan va oqibatda halok bo’lgan.
#5. Texnika yuqori darajada taraqqiy etgan hozirgi davrda ham minorani oddiy mo‘yqalam bilan bo’yashadi. Bo’yash ishlari har yetti yilda amalga oshiriladi.
#6. Minoraning birinchi va ikkinchi platformalarida restoranlar joylashgan. Birinchi platformaning balandligi 95 metr bo’lib, restorandan Sena daryosi shundoq ko’rinib turadi. Ikkinchi platformadagi restoran esa “Jyul Vern” restorani bo’lib, unga kirish uchun ancha avvaldan joy band qilishga to’g’ri keladi.
#7. Ikkinchi jahon urushi paytida nemislar Parijni egallaganda parijliklar minora liftini buzib qo’yishgan. Maqsad bosqinchilar minoradan turib shaharning go’zlalligidan zavqlanishiga yo’l qo’ymaslik edi. Lekin bu dushmanni Eyfel minorasiga chiqishdan to’xtatib qola olmagan. Gitlerning shaxsan o’zi zinapoyada minora tepasiga chiqqan.
#8. Hozirda Eyfel minorasining ko’plab kichikroq nusxalari mavjud bo’lib, ular Las-Vegas, Kopengagen, Guanchjou, Slaboziya, Varna kabi shaharlarda joylashgan. Shuningdek, Farg‘onalik Komiljon ham Jo‘rayev Eyfel minorasining nusxasini yasagan. Mazkur minorani qurish uchun 10 tonna armatura ishlatilgan bo‘lib, uning bo‘yi 21 metr va tepasiga 1,5 metr diametrdagi futbol to‘pi o‘rnatilgan. Qurilishga 45 kun sarflangan. Chet eldan kelgan sayyohlar, xususan, fransuzlar ham O‘zbekistondagi Eyfel minorasini tomosha qilmoqda.
#9. Qurilgan paytdan boshlab 83 yil davomida minorani 20 martadan ortiq sotib yuborishgan, hatto ikki marta metallolomga. Ulardan eng mashhuri dunyodagi eng iste’dodli tovlamachi deb tan olingan Viktor Lyustig edi. Fransiya pochta va telegraf vazirining o‘rinbosari ekanligini hech shubhasiz tasdiqlaydigan soxta hujjat bilan u metall parchalarini sotib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan oltita yirik firmalarning vakillariga rasmiy maktub yubordi. Ikki kundan so‘ng ertalab qora metallni ikkilamchi qayta ishlash bo‘yicha besh nafar diler «Kriyon»ning hashamatli saroyida to‘plandi. Chaqqon ofitsiantlar mehmonlarni kokteyllar va taomlar bilan siylashar, nihoyat, yoqasiga «Faxriy Legion» ordeni belgisini taqqan Lyustig paydo bo‘ldi. U to‘g‘ri vakil janoblarining oldiga kelib, respublika prezidenti va shahar meriyasi nomidan biznesmenlarga amaliy taklif bilan murojaat qildi. Uch kundan so‘ng puldorlar buziladigan minorani sotib olish uchun kimoshdi savdosida qatnashishga ariza berishdi. Bitimlar juda tez va hech qanday to‘siqsiz tuzildi. Tomonlar yoqimtoy tabassum bilan bir-birlarining qo‘llarini siqib xayrlashishdi. Minora «Puasson» firmasining egasi Andre Puassonga sotildi. Eyfelning buzilmasligi ma’lum bo‘lganda esa Lyustig chamadon to‘la pul bilan allaqachon Venaga qochib ketgandi. Qizig‘i shundaki, oradan bir necha yil o‘tib, Lyustig yana Parijga qaytadi va ikkinchi marta Eyfelni sotish harakatiga tushadi. O‘sha usul, o‘sha qoidalar bilan. Ammo bu gal uning ishi yurishmaydi.
#10. Minora memori Aleksandr Gyustav Eyfel, shuningdek, 1885 yilda Ozodlik haykali qurilishiga ham bosh-qosh bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |