Pedagogik texnika - o'qitish, ta'sir ko'rsatish, ta'lim tarbiya oluvchilarga o'z his tuygʻulari, bilimlar, axloqiy fazilatlari. Pedagogik qobiliyat - pedagogik qobiliyat ham muhim ahamiyat kasb etadi.Chunki u pedagogik jarayonda pedagogning aqliy, imotsional - irodaviy jihatlarini, tashkilotchiligini, bilimdonligini va ularning bir - biriga bogʻliqligini ham yaxlit bir butunligini kasb etilishini ifodalaydi. Pedagogik nazokat -pedagogning pedagogik maqsadga muvofiq, foydali, qimmatli harakatlarining o'lchovi, me'yyori va ta'sir vositasining chegarasi sifatida harakterlanadi. Pedagogik mahoratning qayd qilingan tarkibiy qismlari pedagogning kasbiy xususiyatlarini boyitadi va uni mohirlik sari yetaklaydi va tarbiyachida pedagogik mahorat malakalarining tarkib topishiga yordam beradi. Ammo o'z kasbining mohir ustasi bo'lish uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash, pedagogik o'ylash, pedagogik ish tutishi lozim bo'ladi. Bu deganimiz o'z faoliyatini pedagogik xodisalarni, vaziyatlarni tahlil qilish va yangi ta'lim - tarbiyaga doir g'oyalar bilan taqqoslay olishi ham kerak. Mahorat bu Yuqori va yuksalib boruvchi tarbiya va o'qitish san'atidan iborat.Pedagog o'z ishining ustasi, o'z fanini chuqur bilivchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish hamda umumiy yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o'qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo'lgan mutaxassisdir Pedagogik mahorat Bu tarbiyachining bolajonligi, insonparvarligi, mehribonligi va kasbiy bilimdonligi, zukkoligi, ijodkorligini belgilaydi. Abu Ali ibn Sinoning - fikricha " Tarbiyachi matonatli, sof vijdonli, rostgo'y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan bo'lmog'i lozim. Tarbiyachi bolaning butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog`i lozim " Tarbiyachining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi. Tarbiyachi – guruhdagi o‘quv jarayonining tashkilotchisidir. Tarbiyachi bolalar uchun mashg'ulot payti, qo'shimcha mashg'ulotlar va shu bilan birga mashg'ulotdan tashqari paytlarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbayidan biridir. Tarbiyachi odobli, adolatli hamda " bola qalbining injeneri " dir. " Ijodkor tarbiyachi " da ham " Ilg‘or tarbiyachi " dagi xususiyatlar bo‘lishi mumkin. Ularning jiddiy farqi shundaki, ilg'or tarbiyachi mavjud manbalarni o'rganib, shular asosida ta’lim tarbiya bo'yicha muayyan ishlarni amalga oshirsa, ijodkor tarbiyachi bor manbalarga tanqidiy ko'z bilan qaraydi. Ko'p hollarda mavjud metodik yo'l – yo'riqlarga o'z munosabatini bildirib, sharoit va vaziyat taqozosiga, o'zining imkoniyatlariga qarab mavjud tartiblardan farqli zamonaviy metodik usullardan foydalanadi " Xulosa
Xulosa qilib aytganda tarbiyachi dars mashg'ulotari maqsadini belgilaganda uni hamma uchun tushunarli va aniq qilib, bolalarga nima o`rgatiladi va u qanday ko`nikma hosil qilishini ajratib ko`rsatish va natijani mo`ljallashi lozim. Ko`p hollarda natijani aniq mo`ljallay olmay belgilangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ba'zida esa belgilangan maqsad vaqt o'tishi bilan o`zgarib qoladi. Shuning uchun ham maqsad aniq, tushunarli qilib yozilishi kerak.
Bolalar xatti-harakati maqsadini to'g'ri belgilash mashg'ulotda tarbiyachi - tarbiyalanuvchi tarbiyalanuvchi va tarbiyachi o'zaro aloqalarining to'g'ri va samarali bo'lishiga yordam beradi. Mashg'ulotda xatti-harakat maqsadlarini to'g'ri belgilash, unda taqiqlangan xatti-harakatlarni tushuntirishni ham osonlashtiradi. Bolalar xatti-harakati maqsadlari nafaqat mashg'ulotlar, balki o'quv rejalari va dasturlarini tuzishda ham asos vazifasini o'tashi lozim. Shuningdek, xatti-harakat maqsadlarini bola o'rgangan ko'nikmalarni namoyish qilishida ham aks etishi lozim. Ta'lim maqsadlari aniqlangach, shu maqsad asosida bajariladigan ishlarni aniqlash va bolalar qanday yangi ishlarni bajarishlari, ularning xatti-harakati, ko`nikma va malakalarida qanday o'zgarishlar bo'lishini aniq belgilab olish lozim. Har bir tarbiyachi maqsadni aniqlashda bunga e'tibor berishini va maqsadni oydinlashtirish malakasini egallashi lozim .Xatti-harakat maqsadi mashgʻulot rejasidagi markaziy nuqta. Tarbiyachi xatti-harakat maqsadini belgilar ekan ta'lim jarayonida u nimaga ega bo'ladi, bolaning xulqida qanday sifatlar paydo bo'ladi, guruhda nimalar bo'ladi – bularning hammasini aniqlashi lozim. Umumiy maqsad amalga oshganda bola tarbiyachiga nimalarni ko'rsatishi yoki bajara olishini namoyish qiladi. Tarbiyachi esa bolalarni nimalarni o'rganganlari asosida xulosa chiqarishi va ragʻbatlantirishi zarur. Har qanday xatti-harakat maqsadi uchta tarkibiy qismdan iborat bo`ladi.Bular: bajarilishi lozim bo`lgan xatti-harakat shart-sharoitlari, bola xatti harakatida bajarilishini aniqlash mezoni. Xatti-harakat maqsadi - mashgʻulot rejasining markaziy qismi. Bu o`rganilganlar natijasining tafsiloti va mashgʻulotning barcha qismlarining asosi hisoblanadi. Maqsadsiz mashgʻulotda nimalarni amalga oshirishni aniqlash qiyin shuning uchun mashgʻulotni maqsadini belgilash uchun mashgʻulotda o'rganilishi lozim bo'lgan materialning o'ziga xos xususiyatini tushunish va shu asosda ish ko`rishi lozim.