Kurs ishining maqsadi: Bu kurs ishining maqsadi bo'lajak tarbiyachilarni kasbga tayyorlashda psixologik va pedagogik o'quv texnologiyalaridan foydalanish jarayonlarini shakllantirish texnologiyalarini o'rganish,hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda irodani shakllantirish va rivojlantirish .
Kurs ishining vazifalari: Bolalarda o'qitish jarayonini rivojlantirish va o'yinlar orqali bolalarga ta'lim berish maqsadi va vazifalari va mohiyati to'g'risida bilimlarni va to'lliq tasavvurlarni shakllantirish.
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta'limda o'qitish texnologiyasi fanlarini o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydanish.
Kurs ishining obyekti: O'quv jarayonida bolalarning orasidan ajralib turuvchi qoloq bolalarni aniqlab ular bilan alohida shug'ullanishi.
Kurs ishining metodlari :Suhbat , kuzatuv , savol - javob .
Kurs ishining ilmiy ahamiyati : Har xil turdagi o'quv texnalogiyalarining asosi bolalarda o'yin orqali ta'lim berishni tashkil qilish.
Kurs ishining tuzilishi : 2 bob , 4 paragrf , xulosa va tavsiyalar,foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
I-Bob. O'qitish texnologiyasining nazariy asoslari.
1.1. V.F.Shatalov o'qitishning jadallashtirish texnologiyas qila olishi lozim. Shuningdek, tarbiyachi guruhda hamma predmetlar joyini, hatto eshik uning stolidan qancha uzoqlikda, boshqa narsalar qayerda joylashganligini bilishi lozim.
Xonada foydalanishi mumkin bo`lgan joylar qulay va harakatlar erkinligiga halaqit bermasligi kerak. Bolalar tarbiyachining har bir harakatini aniq ko`ra olishi kerak .
Tarbiyachi mahorati mashgʻulotlarni aniq rejalashtirishda o`z aksini topadi. Mashgʻulotni shunday rejalashtirish lozimki unda nima qilinishi mo`ljallanayotganligi aniq o`z aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o`rin qolmasin. Ba'zan yosh tarbiyachilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida mashgʻulotlarni rejalashtirish sohasida xatolarga yo`l qo`yilganligining guvohi bo`lamiz. Yosh tarbiyachilar va talabalar faoliyatida yo`l qo`yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo`lishi mumkin.
1.Maqsadda aniqlikning yo`qligi. Ya'ni talabalar aslida nima qilishlari va nimani o`rganishlari aniq belgilanmaydi.
2.Ta'lim maqsadining talablari darsning natijasi bilan to`g`ri kelmagan hollar bo`ladi.
3.O`rganish uchun tavsiya qilingan materiallar mashgʻulotning maqsadiga to`g`ri kelmaydi.
4.Tarbiyachi berayotgan yo`llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o`rganishini ta'minlamaydi.
5. Dars rejasida ko`rsatilgan talabalarning xulqlari dars mashgʻulotlari maqsadini amalga oshirishning samarali vositasi bo`la olmaydi.
Umuman tuzilgan rejalar qayta ko`rib chiqilishi va xatolarni bartaraf etish ustida ishlanishi lozim.
Mashgʻulot rejasi sizni va sizning tarbiyalanuvchilaringizni ma'lum natijalarga erishishingizga asos bo`lishi lozim. Mashgʻulotni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo`l bilan amalga oshirishga o`rin qolmasin. Har qanday mashg'ulotning tayanch printsipi rejada aks etishi lozim. Bu printsip mashgʻulotni eng yaxshi va oson yo`llar bilan samarali maqsadga erishishni ta'minlashini ko`zda tutadi. Mashg'ulot loyihasining har bir elementida ma'lum bir malakalarni shakllantirish maqsadi bo'lib, ularni bir qancha ta'lim metod talablari va amaliy ishlar vositasida amalga oshiriladi.
Mashgʻulot loyihasida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:
1.Mo`ljalni belgilash-bolalar diqqatini jalb qiluvchi faoliyatni
aniqlash.
2.Maqsad - bolalar bugun nimani o`rganadi va natijada qanday ishni bajara oladi . Bolalar tarbiyachiga bugungi o`rganganlari asosida ma'lum bir faoliyat turini bajarib ko'rsata olishlari lozim. Bu vazifani qanday bajarishni tarbiyachi belgilaydi.
3.Tarbiyachi bolalar o'rganishi lozim bo'lgan materialni belgilaydi, kontseptsiyani ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo'llarini ko'rsatadi.
4.Modellashtirish tarbiyachi o'rganilayotganlarni va natijada bolalar egallashi lozim bo`lgan ko`nikmani grafik shaklda ko`rsatadi yoki namoyish qiladi.
5.Amaliy boshqaruv-tarbiyachi bolalar faoliyatini boshqaradi.
6.Tushunchalarni tekshirish - tarbiyachi turli savollar yordamida bolalarning qanchalik tushunganlarini dars mashgʻulotlari davomida tekshirish yo'li bilan aniqlab boradi.
7.Mustaqil amaliyot - tarbiyachi bolalarni o`zlarini tekshirib ko`rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Bolalar mustaqil o`zlari o`rganganlarini tekshirib ko`radilar.
8.Mashg'ulotni tugallash - mashgʻulotni xulosalash oldida bolalar o'z ishlarini , o'rganganlarini tarbiyachiga so'zlab berish , namoyish qilish orqali ko`rsatadilar.