II-Bob. O'qitishni individuallashtirish texnologiyasining vazifalari. 2.1 Individual ta'lim texnologiyalari O'qitishni individuallashtirish. - O'quv jarayonini tashkil etish bo`lib, unda o'qitish usullari, suratini tanlash bolaning individual xususiyatlari bilan bog`lanadi;
- Individual yondashuvni ta ’minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik pedagogik va tashkiliy-ma ’muriy tadbirlardir.
Shunday qilib, didaktika bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko‘ra o'qitishni individuallashtirish mashgʻulot jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi.
O`qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnalogiyalarida asoslab berildi:
1 . Inge Untning o'qitishni individuallashtirish texnologiyasi;
2 . A.S. Gransikayaning moslashuvchan o‘qitish texnologiyasi;
3 . V.D. Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o`qitish texnalogiyasi.
Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasidagi asosiy konsepsiya hozirgi sharoitda o‘qitishni individuallashtirishning muhim shakli bolalarning bog'chadagi uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan.
Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o ‘quv vazifalari, joriy o ‘quv mashgʻulotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo‘llanmasi asosida nashr etilgan mashgʻulot daftarlarini tushunadi.
A.S.Graniskaya o‘zining moslashuvchan tizimini mashgʻulot ishlanmasi tizimida tashkil etish va unda tarbiyachi 60-80% vaqtini bolalar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi.AS.Graniskaya metodikasining o‘ziga xosligi uning mashgʻulot bu muayyan g‘ayriodatiy qurilma asosida tashkil etishidir:Bilim oluvchilarning mustaqil ishlari va tarbiyachining ayrim bolalar bilan individual ishlashi, ya ’ni umumlashtirilgan sxemalardan foydalanish, almashinib turuvchijuft tarbiyachi bo`lib ishlash, moslashuvchan ko‘p qirrali vazjfalar va boshqalar.
V. D.Shadrikov fikriga ko‘ra agar bolaga murakkablashib boruvchi vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o‘rganish jarayonini motivatsiyalash taklif etilsa, lekin bolaga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirilsa, bolalar qobiliyati samarali rivojlanadi deb hisoblanadi.
V.D.Shadrikov metodikasi asosini har bir bolaning qobiliyatiga qarab imkon beradigan olti darajadagi mashgʻulot rejasi, dastur va metodik qo‘llanma tashkil etadi. Har bir fanning murakkablik darajasiga ko‘ra kuchi yetgan variantni tanlab olib, bolalar guruhda tez-tez almashib turadi va mashgʻulotning mazmunini qo‘ldan chiqarmay birgalikda mashgʻulotni o‘zlashtirishga harakat qiladilar. Murakkablik darajasini tanlash tezlikda amalga oshiriladi va ba'zan uni amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunki guruhda bolalarning tenglashish, qobiliyati holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Murakkablik darajasining amalda barcha bolalarga e’tibor berishga, barchaning kuchi yetadigan hamda bolalarning qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan, mashgʻulot jarayonini tashkil etishga imkon beradi.
individuallashtirish jarayonini strategiyasi
-individuallashtirish—individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;
-barcha o'rganiladigan mashgʻulotlarda individuallashtirilgan mashgʻulotlardan foydalanishning mumkinligi;
-individual tarbiyachi faoliyatining boshqa shakllari bilan integratsiyalash;
-individual surat uslubida o'rgatish.
Individuallashtirish texnologiyasining umumiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi;
1.O'zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillami qayd qilish;
2.Fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko'nikmalarini egallash;
3.Oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo’linmasligi hamda irodasining sustligi kamchiliklarini qayd qilish va yenga olish;
4.Qobiliyatli va iste’dodli bolalarga nisbatan mashgʻulot jarayonini
optimamshtirish ijodiy faoliyat, guruh va guruhdan tashqari ishlamini hisobga olish;
5.Mashg'ulot jarayonini tanlash erkinligini berish;
6.Umumiy o'quv malakalari va ko'nikmalarini shakllantirish;
7.Bolalarning o'z-o'ziga mos baho bera olishini shakllantirish;
Bunday mashg‘ulotlar unga zaruriyat sezgan bolalar bilan yo umum-tomonidan qabul qilingan me’yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yuqori qobiliyatli kategoriya bolalar bilan tarbiyachi, nisbatan
kamroq qobiliyatli va qoloq o‘quvchilar bilan tarbiyachi alohida shug‘ullanadi.
Bu o‘qitish shakllarining shunday tizimiki, unda katta zallardagi mashg‘ulotlar kichik guruhlardagi individual mashg'ulotlar bilan qo‘shib olib boriladi.
Individual taʼlim - tarbiyachining bolalarga pedagogik taʼsirini amalga oshiruvchi oʻquv mashgʻulotlari shakllaridan biri.
Tarbiyachining bolalari bilan guruh jamoasidan tashqarida olib boriladitan faoliyati tushuniladi. Individual ta'lim taʼlim shakllarining eng qadimiysi boʻlib, u qadim zamonlardan va oʻrta asrlarda keng qoʻllanilgan.
I