4-amaliy
ish
Plastik surkov moylaming bug‘lanuvchanligini
aniqlash
4.1. Berilgan sharoitlarda bug‘latgich-idishchalarida
surkov
moylarning massasi kamayishini aniqlashga asoslangan usuldir.
4.2. Bug‘lanuvchanlikni aniqlashda quyidagi apparatura,
reaktivlar, materiallar qo‘llaniladi:
• Termostat (konstruksiyasining bayoni 5.1 da berilgan);
• Bug‘latuvchi idishchalar — ichki diametri 21,4 mm,
ichki tomondan chekkasining balandligi 1 mm bo‘lgan poMat
idishchalar;
• 100 mm diametrli po‘lat disk;
• Haroratini tuslash
uchun avtotransformator;
• Termostatni isitish plastinasi;
• TN -2 tipidagi simobli shisha termometri;
• Chinni idishcha;
• Keramik plitka;
• Vud qotishmasi yoki 230°C
dan yuqori erish haroratiga
ega bo‘lgan boshqa qotishma;
• Silliqlash qumqog‘ozi;
• BR «Kalosha» bezini;
• Eksikator;
• Kerakli tortish aniqligiga ega bo‘lgan laboratoriya
analitik tarozi.
116
4.3. Sinovga tayyorgarlik
Sinalayotgan surkov moy yuzasidan
shpatel bilan yuqori
qatlamni olib, tashlab yuborilsin. So‘ngra idishning devoriga
yaqin bo‘lmagan bir necha joydan (kamida 3) taxminan bir xil
miqdorda namuna olinsin.
Namunalar chinni idishchalarga solinib, aralashtirilsin.
Bug‘latgich-idishchalaming hamma yuzasi silliqlash qumqog‘ozi
yordamida
tozalansin, benzinda yuvilsin, quritilsin va 0,0002 g
dan ortiq bo‘lmagan xatolik bilan tortilsin.
4.4. Sinov o ‘tkazish
Tortilgan
bug‘latgich-idishchalar
shpatel
yordamida
sinalayotgan surkov moy bilan havo pufakchalari hosil boMishini
oldini olgan holda to ‘ldiring.
Surkov moy yuzasi pichoq bilan tekislansin.
Har bir surkov moy namunasini sinash eng kamida 4
bug‘latgich-idishchada olib borilsin.
Surkov moyli bug‘latgich-idishcha 0,0002 g aniqlik bilan
tortilsin.
Bug‘latgich-idishchalarda surkov
moy
massalari
farqi
hamma bug‘latgichlarda surtiladigan moyning o ‘rtacha arifmetik
qiymatidan 0,012 dan ortiq farq qilmasligi kerak.
Termostatni isitish plastinasiga disk qo‘yilsin va eshikcha
yopiq holatda surkov moy texnik talablarida belgilangan sinov
haroratigacha isitilsin.
Disk belgilangan haroratda 3—5 min. davomida ushlab
turilgach,
termostat eshikchasi ochilsin, diskga bug'latgich-
idishchalarda surkov moy qo‘yilsin. Termostat eshikchasi
yopilsin va sinov boshlanish vaqti belgilansin.
Bug‘latgich-idishchalar surkov moyi bilan termostatda 1
soat davomida yoki surkov moy texnik talablarida ko‘rsatilgan
vaqtda ushlab turilsin. Sinov vaqti muddati tamom bo'lishi bilan
bug‘latgich-idishchalar
surkov
moyi
bilan
eksikatorga
o ‘matilgan keramik plitkaga o ‘tkazilsin va xona haroratigacha
sovutilgandan so‘ng 0,0002 g aniqlikda tortilsin.
117
Sinalayotgan surkov moylaming bug‘lanuvchanligi (X) har
bir bug‘latgich uchun (8) formula bilan hisoblansin (%, da):
Do'stlaringiz bilan baham: