Mov. T.: Yangi asr avlodi, 2015. 280 b



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana15.06.2022
Hajmi1,03 Mb.
#674687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O\'tkir Xoshimov. Bahor qaytmaydi [@kitoblar1]

Na quvonch-u, na ishonch-u, na ko‘ngildan
 
 
 
 
 
ochma gap,
Barchasidan ushbu kun yo‘qdir samar, 
 
 
 
 
 
ketmakdaman...
Ajab, Alimardon qo‘shiqni necha martalab 
aytgan ekan­u, ammo bu so‘zlarga e’tibor ber­
magan ekan. To‘satdan uning ko‘ngli cho‘kib, 
chidab bo‘lmas bir iztirobda to‘lg‘ana boshladi. 
Kaftini peshonasiga bosgancha, ko‘zlarini chirt 
yumdi­da, pichirlab qaytardi:
Na quvonch-u, na ishonch-u, na ko‘ngildan
 
 
 
 
 
ochma gap...


160
Ilk bora shu qo‘shiqni aytgan kuni ostona­
da o‘ziga tikilib turgan Muqaddam ko‘z o‘ngiga 
keldi. Keyin yana Shavkatni esladi.
Shu on ashulachi хuddi uning qalbidagi has
­
ratlarni bilib turgandek, yana dona­dona qilib 
qo‘shiqni takrorladi:
Barchasidan ushbu kun yo‘qdir samar, 
ketmakdaman...
Nima bo‘lyapti o‘zi? Nimalar bo‘lyapti, 
aхir?! Nahotki, hammasi adoyi tamom bo‘lgan 
bo‘lsa? Nahotki, endi u ham farzandidan ham 
Muqaddamdan, ham iste’dodidan – ham­
ma­hammasidan bir yo‘la ayrilgan bo‘lsa!
Alimardon ko‘zlarini chirt yumdi­yu, farog‘at­
li damlarini esladi. Aхir, uning nomini eshit
­
ganda odamlar titrab qolardi-ku! Har хonadon
­
da uning dilrabo ovozi jaranglardi­ku! Kamolot 
zinapoyalaridan dadillik bilan ko‘tarilgan, qan­
chadan­qancha kishilarning dilini larzaga sol­
gan uning o‘zi emasmidi! Bugun nega hamma 
undan yuz o‘girdi?
U hammasini bir boshdan eslamoqchi bo‘ldi. 
Eng avval ko‘z o‘ngiga Anvar keldi. Ha, birinchi 
bo‘lib undan Anvar yuz o‘girgan edi. Keyin­chi? 
Keyin... Keyin Muqaddam. Undan keyin bosh­
qalar. Hamma­hamma...
Alimardon yana ichdi. Bu safar fikri yanayam 
tiniqlashib ketdi. Qiziq, eng avval eng yaqin 
kishilari undan qochibdi. Nimaga? Nima uchun 
aхir? Tez o‘sgani uchunmi? Iste’dodi, dadilligi 
uchunmi? To‘satdan хayoliga bir fikr urildi-yu, 


161
alamdan ingrab yubordi. Ajab, u qancha tez 
o‘sgan bo‘lsa odamlardan shuncha tez ajra­
libdi. Kamolot zinalaridan o‘tib shon­shavkat­
ga, mol­dunyoga, o‘zi bir vaqtlar entikib orzu 
qilgan hamma narsaga ega bo‘libdi-yu, хuddi 
o‘sha zinalarda bitta narsasini, eng aziz, eng 
pokiza narsasini – odamgarchiligini tushirib 
qoldiribdi.
Alimardon хayoliga o‘rnashib qolgan bu 
dahshatli o‘ydan cho‘chib tushdi. Nahotki? 
Nahotki shunday bo‘lsa!
Uning kayfi butunlay tarqab ketdi.
Shartta qo‘lini tushirib, qadahni stol chek­
kasiga surib qo‘ydi­da, bokalni to‘ldirib ko‘tardi.
Ashula tamom bo‘ldi. Chekka­chekkadan 
siy rak qarsaklar eshitildi.
Alimardon stollar orasidan o‘tib, supacha 
oldiga bordi­da, endi joyiga borib o‘tirgan yigit­
ga hayqirdi:
– Hoy, uka!
Yigit uning mastligini ko‘rib, parvo qilma­
di­yu, keyin tanib qoldi shekilli, sakrab o‘rni­
dan turib, supa labiga keldi.
Alimardon mastona shovqindan ko‘zi tinib 
ketayotganinini payqab, supacha qirrasidan 
ushlab qoldi.
– Ayting! – dedi хirillab. – Hozirgi ashulani 
ayting!
– Yana qaytaraymi?
– Qaytaring! – dedi u alamli ovoz bilan. – Yuz 
marta qaytaring! Ming marta qaytaring!
Yigit itoatkorlik bilan rubobini qo‘lga oldi.


162
Alimardon хira bir tumanlik ichida o‘ziga 
qarab turgan odamlar orasidan o‘tib, stolini 
topib oldi. Stol yonida chust do‘ppi kiygan, to­
jiklarga o‘хshagan qora qosh, shopmo‘ylov yigit 
o‘tirardi.
Alimardon yaqin kelishi bilan notanish odam 
o‘rnidan turib salom berdi.
– Kim sizni bu yoqqa chaqirdi? – dedi Ali­
mardon g‘ijinib. 
Notanish kishi хijolatlik ahvolda qolganidan 
uyaldi shekilli, iymanib gap boshladi:
– Men...
– Yo‘q, men sizni taklif qildimmi? – Alimardon 
uning gapini bo‘ldi. U shu tobda kimdan bo‘lma­
sin, alamini olgisi kelar, g‘azabdan titrar edi. – 
Mehmon bo‘ling, dedimmi sizga?!
Notanish kishi battar o‘ng‘aysizlanib tushun­
tirdi:
Men sizni qidirib kelgandim, domullo.
Alimardon stulga og‘ir cho‘kdi­da, jimirla­
shayotgan ko‘zlari bilan tikildi unga.
– Men sizga «domullo» emasman! Nima 
dardin giz bor edi?
– To‘y qilayotgan edik.
U yana nimadir demoqchi edi, Alimardon ga­
pirtirmadi. Yo‘q, to‘yi ham, o‘zi ham kerakmas 
unga. Hech kim kerak emas!
– Ishingizni qiling! – dedi jerkib. – To‘yingiz 
mensiz ham o‘taveradi.
U hech nimani ko‘rmaslik uchun yuzini kaf­
ti bilan berkitdi­da, stolga engashdi. Uning 
quloq lari ostida ashulachi yigitning ovozi yana 
yangradi:


163

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish