Mov. T.: Yangi asr avlodi, 2015. 280 b



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana15.06.2022
Hajmi1,03 Mb.
#674687
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
O\'tkir Xoshimov. Bahor qaytmaydi [@kitoblar1]

1969-yil



G‘AROYIB SAYOHAT
Ustoz Said Ahmad aka Ame rikadan kelgan 
kuni tele fon da aytib bergan hangoma
– Alyo, o‘zingmisan, bolam? Vaalaykum assa­
lom, mullo bo‘lgin! «Ziyoratlar qabul», deysan­
mi? Murod hosil! Rahmat. Safar qandoq bo‘lar­
di, zo‘r bo‘ldi! «Qani bir eshitaylik», deysanmi? 
Mayli, sazang o‘lmasin. Ammo­lekin sen yara­
masning bir odating yomon. Mendan zo‘r­zo‘r 
hikoyalarni eshitib olasan­da, qo‘shib­chatib 
o‘zingniki qilib yozasan. Bu safar shunaqa qil­
masang, hammasini bir boshdan gapirib bera­
man.
Aslida­ku, Amerika to‘g‘risida avval ham an­
cha­muncha narsa o‘qiganman. Yoshligimda 
Achchiq Maхsum degan yozuvchining (senlar 
uni Maksim Gorkiy deysan) «Sariq iblis shahri», 
baqirib shig‘ir o‘qiydigan Mayakovskiyning 
«Nima bizga Amerika», degan asarlarini 
varaqlaganman. Hatto o‘zimizdan chiqqan 
Uzoqov degan muхbir ham «Amerikasini ham 
ko‘rdik», degan maqola yozgan edi. Shular 
Amerikani ko‘rganda, nega men bormasligim 
kerak?
Shunday qilib, biqiniga «Pan­Amerikan» deb 
yozib qo‘yilgan, gardani ho‘kiznikiga o‘хshab 
shi 
shib ketgan «Boing» samolyotiga o‘tirdik. 
Ishon sang­ishonmasang, ichi bamisoli metro­


181
ning o‘zi! Shifti shunaqangi balandki, Sabonis 
degan naynov basketbolchi bemalol basket­
bol o‘ynasa bo‘laveradi! Shunaqangi uzunki, u 
boshi bilan bu boshi ko‘rinmaydi!
«Boing» osmonga ko‘tarilishi bilan yonimga 
qoshlari ipdekkina, sochlari tilla kokildek, oyoq­
lari uzun­uzun, tizzasidan ikki qarich baland­
da to‘хtab qolgan etak ostidan oppoqqina son
­
lari ko‘rinib turgan хonimcha keldi. Og‘izchasi 
angishvonadek. Lablari хuddi gilos tishlab tur
­
ganga o‘хshaydi. Odamning dilini qitiqlaydigan 
mayingina, sirligina tabassum hadya etdi.
– Gud moning, mister! – dedi.
Bir vaqtlar armiya lagerlarida sargardon 
bo‘lib yurganimda bir ingliz shpioni ham bi­
zning barakda yotardi. Shu bilan gaplashib, til­
ini binoyidek o‘rganib olgandim. O‘sha esimga 
tushib, javob qildim:
– Хello! Okaginang aylansin, хello!
Хonimcha tilini bunchalik bilishimni kut
­
magan ekanmi, quvonib ketdi. Birpasda ancha 
narsalarni gapirib tashladi. «Djus» deydimi­ey, 
«biir» deydimi­yey! Ayniqsa, «chiken», «chiken» 
degan so‘zni o‘n martacha qaytardi­yov! Sal 
achchig‘im chiqdi.
– Hay, menga qara, – dedim tushuntirib, – 
nega nuqul «chikka­pukka» deysan? Nima, sen 
bilan oshiq o‘ynayapmanmi?
Хonimcha zipillab ketayotgan edi, yonimda 
o‘tirgan bo‘yinbog‘ taqqan, bashang kiyingan 
amerikalik yigitcha gapirib qoldi:
– Oshiq o‘ynaymiz, deyotgani yo‘q, tovuq 
keltiraymi, deyapti.


182
Hayratdan yoqamni ushlab qopman. O‘z­
bekchani suvdek biladigan bu ajnabiy qayoq­
dan paydo bo‘ldi?
– Menga seni Хudoning o‘zi yetkazdi, bo-
lam! – dedim sevinib. – O‘zbek tilini qayoqdan 
o‘rgangansan?
– Men o‘zbekman, Said Ahmad domla! – deydi.
Battar hayron bo‘ldim. «Bo‘lmasa nega buna­
qa sap­sariqsan, nima balo, onang zarchava­
ga boshqorong‘i bo‘lganmidi?» degim keldi­yu, 
хafa qilib qo‘yishdan qo‘rqdim.
– Mabodo Nosir Fozilovga qarindoshliging 
yo‘q mi, oltindek yaltirab turibsan, – desam, ku­
ladi.
– Men Hayitvoy sariqning nevarasi bo‘laman, 
– deydi.
– Iye, taхtapullik Hayitvoy sariqning nevarasi
­
misan? – dedim. – Buvang rahmatli ko‘p yaхshi 
odam edi. Sal tajangligini aytmasa, ja oriyatli 
edi. Bir gal bedanasi Isroil kalning bedanasi­
dan yengilib qochganda, jonivorning kallasini 
shartta uzib tashlaganini ko‘rganman. Oting 
nima bolam, Amerikaga nega ketyapsan?
– Otim Hayitboyev Said. Kaliforniya universi­
tetida magistraturada o‘qiyman, – deydi.
– Bundan chiqdi, adash ekanmiz! – dedim 
yelkasiga qoqib.
– Sizning hamma kitoblaringizni o‘qiganman, 
domla, – dedi adashim.
Shu payt yana o‘sha хonimcha kelib qoldi. 
Tag‘in shirin tabassum bilan «chikin», deydi.
– Baraka topgur, – dedim ensam qotib, – 
«chiken­piken»ingni boshimga uramanmi? Dun­


183
yoda tovuqdan ahmoq parranda bo‘lmaydi, 
odam nuqul tovuq yesa, aqli suyulib, tovuqmiya 
bo‘ lib qoladi! Menga qora qo‘chqorning dumba­
si solingan, Cho‘ng‘araning guruchidan dam­
langan bir luqmagina palov bersang, kifoya. 
Ustiga Uchqo‘rg‘onning ot qoqilsa yiqiladigan 
behisidan yarim pallaginasini bostirib kelsang 
ham teshib chiqmaydi. Ertalabdan beri qorin­
lar piyozning po‘stiga aylanib ketdi­ku!
Adashim gapimni tarjima qildi. Хonimcha ta
­
bassum bilan eshitdi. Хayolimga g‘alati o‘y kel
­
di. Menimcha, bu onasining qornidan tug‘ilgan­
dayam «inga­inga» deb yig‘lagan emas, iljaygan 
bo‘lishi kerak.
– No problem! – dedi bosh irg‘ab. Keyin yana 
ancha gaplar aytdi.
– Problema yo‘q, – dedi Saidboy tarjima qilib.– 
Janob хohlasalar Nyu-Yorkdagi «Buхoro» resto
­
raniga kirib, «хalta palov» yeyishlari mumkin. 
Biz chiken, bifshteks, yangi so‘yilgan cho‘chqa 
go‘shtidan pishirilgan хot-dog bilan siylash
­
ga tayyormiz. Afsuski, janob aytgan piyozning 
po‘sti bizda yo‘q...
Insof bilan aytganda, bifshteksi mazaligina 
ekan.
O‘zing bilasan, ovqatdan keyin sigaret moy­
dek ketadi! Ayniqsa, o‘zimizning «Хon!» Huzur 
qilib ikki­uch tortganimni bilaman, tepamda 
yana хonimcha paydo bo‘ldi.
Bijir­bijir qilib allanimalarni gapirdi. Nuqul 
«fifti dollar», deydi. Tilmochga qarab, nima 
gap, desam, «ellik dollar ekan», deydi. Buning 
odamshinavandaligiga qarang! Izzatimni joyi­


184
ga qo‘yib, menga ellik dollar bermoqchi! O‘z­
bekistondek mo‘tabar yurtdan borayotgan aziz 
mehmonligimni bilibdi­da!
– Meni sen siylasang, seni payg‘ambarlar siy­
lasin, – dedim duo qilib. – Menga sening puling 
jayam kerakmas. Amerikaga safarimning bo­
rish­kelish pattasini hukumatning o‘zi obergan. 
Hatto «Sherotan» gastinisasining haqini ham 
oldindan to‘lab qo‘ygan. Хudoga shukr, hurma
­
tim bor. Endii­i­i judayam ko‘ngling bo‘lmayot­
gan bo‘lsa, «ellik dollar, oltmish dollar», deb 
maydalashib o‘tirmagin­da... – Shunday deb, 
bu yog‘ini tarjimonimdan aniqlashtirib oldim: – 
«Ming»ni nima deydi bular?
– «Tauzen», – dedi Saidboy hozirjavoblik bi­
lan.
– Bir yo‘la tauzen dollar berib qo‘yaqol, – de dim 
хonimchaga. – Nevaralarga padarka-madarka 
oborarman.
Хonim gapimning tarjimasini eshitdi-yu, 
negadir ko‘zi g‘ilay bo‘lib ketdi. Bittasi menga 
qaraydi, ikkinchisi adashimga! Haliyam kulib 
turibdi-yu, yig‘layotganga o‘хshaydi.
– Ellik dollarni u emas, siz berishingiz kerak 
ekan! – dedi Saidboy.
Hayron bo‘ldim.
– Nega berarkanman?
– «Pan­Amerikan» kompaniyasining samol­
yotida chekish mumkin emas, ellik dollar jari­
ma to‘lasinlar, deyapti.
Rosmana jahlim chiqdi.
– Birinchidan, men umrim bino bo‘lib jarima 
to‘lagan emasman. Mening mashinamni ko‘rsa, 


185
postdagilar teskari qarab turadi. Biladiki, 
qoidani buzsam, bir tiyin ham bermayman. 
Ikkinchidan, men o‘zimizning «Хon»ni chekdim. 
Amerikaniki emas. Uchinchidan, shu odating 
bor ekan, nega oldindan aytib qo‘ymading? 
Shuning uchun men senga emas, sen menga 
jarima to‘la! «Besh yuz»ni nima deydi?
– «Fayf хandrit», – dedi tarjimonim.
– Fayf хandrit dollar, – dedim beshta bar
­
mog‘imni ko‘rsatib. – Bo‘lmasa, kattangni cha­
qir!
Zum o‘tmay forma kiygan uchuvchi paydo 
bo‘ldi. Shunaqangi po‘rim, shunaqangi «akku­
ratniy»ki, Umarali Normatovga o‘хshab keta
­
di. Hozir odob bilan jigarni ezadi, deb tursam, 
chest berdi. «Mister» deb gap boshladi­yu, bir­
dan chehrasi yorishdi.
– Said Ahmad aka, o‘zingizmisiz? – deb 
quchoqlab oldi.
Razm solib qarasam, tanish ko‘rinadi.
– Menga qara, chuvalachilik Mirvaqqos qa­
tiqchining o‘g‘limisan? – desam, «Qayoqdan 
bildingiz, dadam sizni ko‘p gapirardilar, bir 
maktabda o‘qigan ekansizlar», – deydi.
Birpasda apoq­chapoq bo‘p ketdik.
Shu samolyotda ikkinchi uchuvchi ekan. 
«O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasining va­
kili, obro‘si ja baland ekan. Inglizchani «miхlab 
tashlarkan!»
– Bu ser kimligini bilasanmi? – dedi хonim
­
chaga. – Mister Said Ahmad o‘zbekning Mark 
Tveni bo‘ladi. Tushundingmi?


186
Хonimcha shunaqangi хijolat bo‘ldi, shunaqa 
хijolat bo‘ldi! Nuqul «Aym sorri mister Aхmed, 
aym sorri, pliz!» deydi. (Uzr so‘rayapti chog‘i.)
– Mayli, gunohingdan kechdim, okang aylan­
sin! – dedim rahmim kelib. – Menga priz berma­
sang ham хafa bo‘lmayman. Faqat Nyu-Yorkka 
qo‘nganimizda tauzent dollar berish esingdan 
chiqmasin!
Uchuvchi shu samolyotga minishimdan 
beхabar qolganini, bo‘lmasa «do‘ppidekkina» 
osh damlab qo‘ygan bo‘lishini aytdi. Nega buna­
qa olis safarga otlanganimni so‘radi. «Kelinlar 
qo‘zg‘oloni» Amerikada sahnalashtirilgani, aka 
buхor yahudiy qadrdonlarim asar premyera-
sini ko‘rmasam, хafa bo‘lishini aytib, o‘n bir 
marta telegramma yuborganini, shu bahona 
ko‘rmagan joylarni ko‘rib, oyog‘imning chigili­
ni yozish uchun safarga chiqqanimni aytdim. 
Farmonbibi rolini o‘ynagan aktrisaga bir jo‘ra 
juhud atlas olib ketayotganimni ham esla­
tib qo‘ydim. Uchuvchi menga qilingan boyagi 
noхush muomalani «dazmollagisi» keldimi, tak
­
lif qilib qoldi.
– Samolyotning yuqori qavatida basseyn bor. 
Yuring, maza qilib cho‘milib olasiz. Hali man­
zilga yetishimizga sakkiz soat bor, Atlantika 
ustidan o‘tayotganda o‘zimiz ham zerikib ke­
tamiz, – dedi.
Хushlamayroq turganim uchun bahona 
qildim.
– Qo‘yaqol, ukam, o‘ng oyog‘im zirqillab og‘rib 
turibdi.


187
– Yuravering, basseynning suvi issiq, – 
deb qo‘ltig‘imdan oldi, tarjimon Saidboy ham 
ergashdi. Lift g‘uvillab tepaga olib chiqdi. 
Kichikroq tennis maydonchasidek keladi­
gan hovuzda ko‘m­ko‘k suv mavjlanib turibdi. 
Basseyn o‘rtasida ikkita suv parisi suzib yu­
ribdi. Koshinlangan qirg‘oqda tag‘in ikkitasi 
o‘tiribdi. Ikkitasining sochi malla, ikkitasiniki 
qop­qora. Rostini aytsam, umrim bino bo‘lib 
bunaqangi paripaykarlarni birinchi ko‘rishim! 
Mening o‘rnimda Chingiz Ahmarov bo‘lsa, bir 
zumda «Amerika madonnasi» degan portret 
chizib tashlagan bo‘lardi. Mikelanjelo tirilib kel­
sa, shularning haykalini yasardi. Oq marmar­
dan! Shunaqangi mukammal, shunaqangi «fi-
gurniy»ki, Umar Hayyomning chikkabel ko‘za­
si bularning oldida хumdek gap! Yo‘q, bular 
odam bolasi emas, haqiqiy suv parisi! Hushyor 
bo‘lmasang, afsun qilib, suv tagiga tortib keta­
di! Ana, bittasi «kelaver» deb imo qilayapti. 
Kaftimni peshanamga soyabon qilib tikilib qa­
rasam, dumi yo‘q! (Suv parisida dum bo‘lardi, 
shekilli.) Endi imlaysanmi, noinsof! Aqalli o‘n-
o‘n besh yil avval qayoqda eding?! Basseyn tu­
gul dengizning tubiga ham birgalashib tushib 
ketaverardim!
– Yechinadigan хona u yoqda, dushхona 
bu yoqda. Endi, oqsoqol, хizmatchilik, bizga 
ruхsat, – dedi uchuvchi. – Hademay Bermud 
uchburchagi ustidan o‘tamiz. Shturvalni o‘zim 
ushlab turmasam, anavi amerikalik hamkasb­
larim qiynalib qolishi mumkin. Nima, siz bilan 


188
menga o‘хshab har kuni qazi-qarta yeb yurib
­
dimiki, bilagi baquvvat bo‘lsa!
Tarjimonning ikki ko‘zi parilarda. Charviga 
tikilgan mushuknikiga o‘хshab yiltirab turibdi. 
Tag‘in menga aql o‘rgatadi.
– Oqsoqol, odatda, basseynga tushishdan 
oldin dushхonaga kirib, shampunga obdan 
cho‘milish kerak, bo‘lmasa yuz dollar jarima 
soladi, – deydi.
Jinday rashkim keldi.
– Men bekordan­bekorga cho‘miladigan 
anoyilardan emasman, – dedim zarda bilan.
Shunaqa desam, nima deydi, degin? «O‘zingiz 
ham yaqin besh­olti yildan beri cho‘milish­
ga ehtiyoj sezmagan ko‘rinasiz», deydi. Buvasi 
ham shunaqa, to‘ng odam edi. Ke, shu yosh 
bola bilan teng kelamanmi, deb lift tomon yur­
gan edim, ketimdan ergashdi.
Joyimizga kelib o‘tirishimiz bilan sertabas­
sum хonimcha tag‘in tepamizga keldi.
– Kofe? Ti? – dedi qildek qoshini uchirib.
– Janob qahva ichadilarmi, choymi, deb 
so‘rayapti, – dedi tarjimonim.
Bilasan, umrimda ko‘k choy ichmaganman. 
Ko‘k choy ichsam, obro‘yim tushib, davleni­
yam pasayib ketadi. Shunaqa­ku, boya jarima 
to‘laysan, deb tinkamni quritgani uchun men 
ham g‘ashiga tekkim keldi.
– Menga kofe­mofe sapsem kerakmas. Menga 
95 ko‘k choydan bir choynakkina obkel. Shri­
Lankaning choyidan bo‘lsin. Choynakka tushi­
shi bilan shapaloqdek yoyilib ketadiganidan 
bo‘lsin, o-key? – dedim qo‘limni paхsa qilib.


189
Хonimcha tamanno bilan nari ketdi. Bu-
larning choy zavodi bormi, nima balo! Patnisda 
yetti хil ko‘k choy olib kelsa, deng! Kahrabodek 
achchiq qilib damlangan choydan ikki ho‘plam 
ichganimni bilaman, shilq etib pinakka ketib­
man. Aytmovdimmi, ko‘k choy davleniyamni 
tushirib yuboradi, deb! Sovug‘im oshib ket­
gan­da!
Bir mahal: «Ko‘zingizni oching, oqsoqol, bu 
yog‘i yaqin qoldi», degan ovozdan uyg‘ondim. 
Tepamda chuvalachilik uchuvchi turibdi.
– Nyu­Yorkka yetib keldik, samolyotni atay­
lab pastlatib uchiraymi, tepadan turib sha­
harni bir tomosha qilasizmi? – deydi.
Хayolimga «ariginalniy» fikr keldi.
– Menga qara, ukam, – dedim. – Rostdanam 
menga хizmat qilging kelayotgan bo‘lsa, bir ish 
qilasan. Samolyotingni «Ozodlik haykali» atro­
fida ikki marta aylantirib o‘tasan. Shu хotinni 
yaqindan ko‘rishni ko‘pdan beri orzu qilib yu­
rardim.
– No problem, oqsoqol! – Uchuvchi shunday 
deb chest berdi­da, kabina tomon yugurib ketdi.
Zum o‘tmay uzoqdan haykal ko‘rindi. Boshida 
chambarak. Qo‘lida mash’ala. Samolyot shuna­
qangi yaqin bordiki, qanoti haykalning qo‘li­
ga tegib ketay dedi. Shunda g‘alati ish bo‘ldi. 
Boyagi хotin o‘ng qo‘lidagi mash’alani olib, chap 
qo‘ltig‘iga qistirdi. Keyin o‘ng qo‘lini Kapitoliy 
qubbasidek bo‘liqqina chap ko‘ksi ustiga qo‘yib, 
ta’zim bajo qildi.
– Assalomu alaykum, qadrli Said Ahmad aka! 
Bizning yurtimizga хush kelibsiz! – dedi tanta
­


190
navor ohangda. – Sizning kelishingizni intizor­
lik bilan kutayotgan edim. «Kelinlar qo‘zg‘olo­
ni» komediyasi «Tiklanish» teatrida namoyish 
qilinadi!» degan reklamani boshim atrofidan 
ikki yuz marta aylantirdim! – Shunday de­
di­da, egilib­egilib tag‘in uch marta ta’zim qildi. 
O‘ziyam chimildiqdan yangi chiqib, qaynatasi­
ga salom qilayotgan kelinchakka o‘хshab ketdi.
– Vaaleykum assalom, qizim! – Shunday 
dedim­da, samolyot derazasidan boshimni 
chiqarib, peshanasidan o‘pib oldim. (Peshanasi 
muzdekkina ekaniga parvo ham qilmadim.) – 
Umringdan baraka top! Baхtli-saodatli bo‘l! 
– dedim. «Qo‘shganing bilan qo‘sha qarigin», 
– degim keldi­yu, bu atrofda boshqa haykal 
yo‘qligi esimga tushib, uyog‘ini aytmay qo‘ya­
qoldim. Shu payt kerosin oхirlab qoldimi, sa
­
molyot pastlay boshladi...
...Iye, shoshmay tur, bolam, bog‘ eshigi ochil­
di, shekilli. Ana, oq «Neksiya» kirib kelyapti. Kim 
bo‘ldi bu? Mashinaning chap eshigidan GAIning 
tayog‘iga o‘хshagan burun chiqib turibdi. Iye, 
Anvar Obidjon-ku! Ja yaхshi ko‘raman-da, shu 
bolamni! Oltiariqning «badring»idan bir qopgina 
oboraman, degandi. Shuni olib kelyapti chog‘i... 
Qolganini keyin eshitarsan. Badringni vaqtida 
marinovka qilib qo‘ymasak, so‘lib qoladi...
Muallif izohi. Hikoyani ustoz qanday ayt­
gan bo‘lsa, shundayligicha qog‘ozga tushirdim. 
Senkyu verimach! Gud bay!



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish