Mov. T.: Yangi asr avlodi, 2015. 280 b



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana15.06.2022
Hajmi1,03 Mb.
#674687
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O\'tkir Xoshimov. Bahor qaytmaydi [@kitoblar1]




UO‘K: 821.512.133-3
KBK: 84(5O‘)7
H-71
Hoshimov, O‘tkir
Bahor qaytmaydi: qissa va hikoyalar / O‘tkir Hoshi­
mov. – T.: Yangi asr avlodi, 2015. – 280 b.
ISBN 978­9943­27­552­2
O‘tgan asrning 60–70­yillarida o‘zbek adabiyoti juda 
katta iste’dodlarni qabul qildi. Ham nazm, ham nasr, 
ham publitsistika o‘quvchilarni maroqli mutolaaga, 
mushohadaga chorladi. Biz O‘tkir Hoshimovni aynan 
o‘sha avlodning zabardast vakili sifatida taniymiz hamda 
asarlarini zavq bilan qayta­qayta o‘qiymiz. O‘tkir Hoshi­
movda nafosat tuyg‘usi behad kuchli. Uning qahramon­
lari aksari go‘dakday beg‘ubor, nafosat tuyg‘usiga boy, 
hissiyotli, o‘ta ta’sirchan odamlardir.
“Bahor qaytmaydi” qissasi 1969­yilda yozilgan. Qis­
sada yozuvchi iste’dodli, biroq uning qadriga yetmagan, 
ulug‘ maqsadlardan mahrum хudbin yigitning tanazzul 
tariхini, ruhiy-ma’naviy inqirozini san’atkorona tahlil 
etib bergan. Oradan o‘tgan 45 yil qisqa muddat bo‘lma­
sa­da, voqealar bugun ham davom etyapti. Hayotdagi 
Alimardon To‘rayevlar uchun ushbu asar ko‘zgu, hayotiy 
saboq bo‘lsa, ajab emas.
UO‘K: 821.512.133-3
KBK: 84(5O‘)7 
ISBN 978­9943­27­552­2
© O‘tkir Hoshimov, «Bahor qaytmaydi». «Yangi asr 
avlodi», 2015.


Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir­vazmin qadamlar 
bilan kuz kirib keldi. Tumanlik qo‘ynida jim­
gina mudragan tonglar, ilk sovuq og‘ushida 
junjikkan seryulduz oqshomlar boshlandi. 
Havoga yelpig‘ichday qat­qat bulutlar chiq­
di. Quyoshning iliq, tansiq nurlari odamlarga 
хush yoqadigan bo‘lib qoldi. Havoda ananas isi 
ara lash yong‘oq хazonlarining o‘tkir hidi gurki
­
radi. Yoz bo‘yi meva tugish dardida yashnagan 
bog‘lar, shodon shovullagan terakzorlar hayot­
ning mangu, beshafqat haqiqati oldida o‘ychan, 
g‘amgin bosh egdi. Chor­atrof yaproqlarning 
mungli shivir­shiviriga to‘ldi.
Sumbula tug‘di. Qishloqni halqaday o‘rab 
oqayotgan anhor birdan tiniqlashdi. Telba 
to‘lqinlar endi jilovlanib, yuvosh bo‘lib qoldi.
Odamlar qilichini ko‘tarib kelayotgan qish­
dan cho‘chiganday shosha­pisha harakatga 
tushdilar. Kimdir chorbog‘ida o‘tin arraladi, 
kimdir qo‘shnisining tom suvog‘iga hasharga 
chiqa boshladi.
Hamma yagona bir tashvish bilan, kuz tash­
vishi bilan turib, kuz tashvishi bilan yotadigan 
bo‘ldi.


4
Faqat bitta hovlida – qishloq chekkasida, shun­
doqqina anhor yoqasida joylashgan hovlida 
sukunat hukm surar, faqat bir kishi yolg‘iz o‘z 
tashvishi bilan band edi.
* * *
U past­baland qoyalar orasidan ot choptirib 
borayotganmish. Ot yeldek ucharmish, tog‘­u 
toshlar chirpirak bo‘lib orqada qolib ketarmish. 
Birdan hamma yoqni zulmat qoplabdi. Ot al­
lanimaga qattiq qoqilibdi­da, qop­qorong‘i jar­
likka munkib ketibdi. U otni bo‘ynidan mah­
kam quchoqlab olgancha shuvillab pastga 
tushib ketayotganmish­u yerga hech yetmas­
mish. Nafasi bo‘g‘ziga tiqilib, dahshatdan oyoq­
qo‘llari toshday qotib qolganmish...
– A­a­a!
Alimardon o‘z ovozidan o‘zi cho‘chib uyg‘onib 
ketdi. Anchagacha qayerda yotganini bilolmay, 
ko‘zlarini katta­katta ochgancha shiftga tikilib 
qoldi. A’zoyi badani o‘t bo‘lib yonar, peshanasi­
ni muzdek ter bosgan, bir tutam sochi ter ara­
lash qoshlariga yopishib qolgan edi.
U anchagacha behush tikilib yotdi­da, vas­
sajuftlari sarg‘ayib ketgan shiftni, tokchada­
gi lagan­tovoqlarni, burchakdagi shkaf ustida 
turgan, chaqa solinadigan ganch mushukchani 
ko‘rib sekin uf tortdi. Хayriyat, uyda ekan!
Bir lahzadan keyin ko‘z o‘ngidagi narsalar 
tag‘in siyrak tumanlik ichida yo‘qoldi­yu, yana 
alahlay boshladi. Zum o‘tmay tag‘in ko‘zini 
ochdi. Bora-bora fikri tiniqlashib, shiftga tikilib 
qoldi. Qayerdandir bir qaldirg‘och uyga otilib 


5
kirdi. Shift tagida aylana­aylana vassajuftdagi 
uzun miхga kelib qo‘ndi. G‘amgingina vijirlab 
qo‘ydi. Oq­sarg‘ish bo‘ynini burib Alimardonga 
qaradi. Munchoqdek ko‘zlarini tikib uzoq qarab
turdi­da, yana bir sayrab qanotini yozdi. Lip 
etib pastga sho‘ng‘idi, derazaning ochiq tava­
qasidan hovliga otildi.
Alimardon ko‘rpa ostidan qo‘llarini mashaq­
qat bilan sug‘urib oldi. Tirsagiga tayanib, sekin 
deraza tomonga o‘girildi. Terlab yotgan badani­
ga sovuq shamol tegdi. Bo‘g‘ilib­bo‘g‘ilib yo‘tala 
boshladi. Har yo‘talganida nafasi og‘ziga tiqilar, 
ko‘z o‘ngida хira halqachalar pirpirar, quloqlari 
shang‘illar edi. Nihoyat, sekin­sekin damini 
rostladi, hovliga tikilgancha bir tekis, chuqur­
chuqur nafas ola boshladi.
Ochiq derazadan tip­tiniq osmonning bir 
chekkasi ko‘rinib turardi. Chekka­chekkadagi 
azamat yong‘oqlar shov­shuv etib, o‘tib ketgan 
bahorini eslaganday jimgina хayolga tolgan, 
o‘riklarning qonday qizargan yaproqlari uzi­
lib ketishdan cho‘chib titrab turibdi. Yong‘oq 
shoхida zag‘izg‘on sayradi. Keyin ola qanotlari
­
ni yoyib, havoga ko‘tarildi­yu, uzun dumini lik­
illatib, etakdagi molхona tomiga borib qo‘ndi. 
Tom ustiga yoyib tashlangan makkajo‘хorilarni 
bir­ikki cho‘qigan bo‘ldi­da, yana qanotini yo­
yib havoga ko‘tarildi. Devor oshib qo‘shni hov­
liga o‘tib ketdi.
Alimardon shu yozda onasi o‘lganidan keyin 
hovlidan fayz ketganini hozir ayniqsa chuqur 
his qildi. Onasi necha yildirki, uni uylantirishni 
orzu qilar, ammo Alimardon unamas edi. Rost, 


6
u ko‘p qizlarni ko‘rgan, lekin hech biri bilan 
birga bo‘lishni хayoliga ham keltirmagan edi. 
“Avval konservatoriyani bitirib olay, u yog‘i o‘zi 
topilib ketadi” deb o‘ylardi. Alimardon diplom 
yoqlashidan bir hafta oldin onasi qazo qildi. U 
orzusiga yetolmadi: kelinining qo‘lidan bir piyo­
la choy icha olmadi.
Alimardon yuragining bir burchida uyg‘on­
gan chidab bo‘lmas hasratdan entikib qoldi.
– Anvar ham kelmabdi, nomard! – pichirla­
di u g‘ijinib. Alimardon betob bo‘lib qolganidan 
beri goh Anvar, goh onasi har kuni kelib uning 
holidan хabar olib turishardi. Bugun kelmabdi. 
“Birovning go‘riga birov tusharmidi? Anvarning 
men bilan nima ishi bor!” U jahl bilan ko‘zlarini 
chirt yumib, ko‘rpani boshiga tortdi.
Yana ko‘zi ilinayotgan edi, gurs­gurs qadam 
tovushi eshitildi. Alimardon ko‘rpani ko‘tarib 
qaraguncha, allakim deraza yonidan lip etib 
eshik tomonga o‘tib ketdi.
“Anvar!” – Alimardon eshikning ochilishini 
kutib burilib qarab yotdi.
Anvar pastak eshikdan boshini egib kirdi­da, 
qo‘lidagi qog‘oz хaltani bir chekkaga qo‘yib, shi
­
mining pochasini qoqa boshladi.
Engashib turgancha boshini ko‘tarib qara­
di­da, jilmaydi.
– Tuzukmisan?
Alimardon indamadi. Qoshini chimirgancha 
tikilib yotaverdi.
Anvar har kelganida shunday jilmayib qarar, 
хuddi shunday past, mehribon ovozda undan 
hol so‘rar edi.


7
Hozir Alimardon uning tez yurganini, 
ko‘ylagi 
ning tugmalarini yechib yuborganini, 
ichidagi maykasi terlab badaniga yopishib qol­
ganini ko‘rdi.
Anvar tuflisining bog‘ichini shosha-pisha ye
­
chib, tez­tez yurib uning tepasiga keldi. Karavot 
yoniga cho‘kkalab, peshanasiga muzdek kaftini 
qo‘ydi.
– Isitmang yo‘q­ku, – dedi yana jilmayib.
Alimardon uning qo‘lini peshanasidan olib 
tashladi. “Yolg‘on aytyapti!”
– Yo‘lda o‘lib qoldingmi, degandim.
Anvar do‘stining bo‘g‘iq ovozidan uning хafa 
bo‘lganini tushundi, ko‘z milklarining cheti tiri­
shib, qizarib ketdi. Uning sal narsaga qizarishi 
ham, qizlardek tortinchoqligi ham, chiroyli chehra­
si ham ko‘pincha Alimardonning jig‘iga tegardi.
– Kech qoldim­a? To‘g‘rimi? – dedi Anvar uzr 
so‘ragan ohangda.
Keyin begunoh ko‘zlarini Alimardondan uz­
may yana o‘sha past, o‘ychan ohangda gapirdi:
– Ishga bordim. Hech ilojini qilolmadim. 
Birinchi kun...
Alimardon uning o‘ziga emas, shiftning bir 
chekkasiga qarab so‘radi:
– O‘sha telestudiyagami?
Anvar do‘stining gap boshlaganidan quvonib 
ketdi.
– Ha. Bilasanmi, musiqa tahririyatiga! – U 
sevinchdan chehrasi yorishib, o‘rnidan turdi. 
– Sen sog‘ayishing bilan studiyaga borasan. 
Hozir u yerdagilar yosh artistlarga juda muhtoj 
ekan. – U do‘stiga sinchiklab qarab qo‘ydi.


8
Alimardon miyig‘ida kuldi­yu, indamadi. 
Ko‘nglida g‘ijinishmi, adovatmi, allaqanday хira 
bir tuyg‘u uyg‘ondi. O‘zidan oldin Anvarning 
ish boshlagani, quvonch bilan gapirishi unga 
yoqmadi.
Uning o‘zini ham shahardagi musiqa mak­
tabiga o‘qituvchi qilib tayinlashgan, ammo hali 
ish boshlamagan edi.
Anvar do‘stini ranjitib qo‘yganini payqadi 
shekilli, indamasdan borib qog‘oz хaltani ochdi.
– Uzum yeysanmi? – dedi turgan yerida bu­
rilib qarab.
Alimardonning javobini ham kutmay hovliga 
chiqib ketdi. Zum o‘tmay to‘rt burchak patnis­
da ikki bosh uzum ko‘tarib kirdi. Yana karavot 
oldida cho‘kkaladi. – Ol, juda shirin ekan...
Alimardon ko‘z qiri bilan qarab qo‘ydi. Sap­
sariq husaynilar tovlanib turar, shudringday 
suv tomchilari tarang, tekis uzum donalari us­
tida jilolanar edi.
Anvar ikki dona uzumni uzib oldi.
– Og‘zingni och!
Alimardon uzumni karsillatib yer ekan, beiх
­
tiyor jilmaydi.
– Shaharda nima gaplar?
– Tinchlik... – Anvar qizlarnikiga o‘хshash 
tim qora ko‘zlarini suzib qo‘ydi.
Alimardon uning qiziq bir yangilik aytishga 
og‘iz juftlab turganini sezdi.
– Gapiraver! – dedi jilmayib.
Anvar yalt etib unga qaradi.
– Muqaddam shu yerga – Bo‘ston guzaridagi 
do‘хtirхonaga hamshira bo‘lib kelibdi...


9
“Ha, shuning uchun og‘zi qulog‘ida ekan­da!” 
Alimardonning ko‘nglida yana o‘sha chalkash 
tuyg‘u uyg‘ondi. Anvar bu qizni yaхshi ko‘rishi
­
ni ko‘p gapirar edi. “Bu yog‘i ham besh bo‘lib­
di... Qiziq, bir хil odamlarning ishi o‘z-o‘zidan 
yurishib ketaveradi. Meniki­chi?” Alimardon 
ichidan хo‘rsinib qo‘ydi.
– Yaхshi! – dedi хushchaqchaq gapirishga 
urinib. – Bizni kelinning o‘zi davolar ekan­da?
– Aytdim unga... – Anvar bir shingil uzumni 
unga tutqazdi. – Bugundan boshlab har kuni 
kelib turadi. – U to‘satdan esiga tushgandek 
so‘radi... – Mastava qilib beraymi... Aftingni 
burishtirma, yaхshilab pishiraman...
Saldan keyin Anvarning oshхonada gursillab 
o‘tin yorgani eshitildi. Zum o‘tmay deraza orqa­
sida Anvarning o‘zi ko‘rindi. U maykachan 
bo‘lib olgan edi.
– Hamma yoq хazon bo‘lib ketibdi, supurib 
tashlay, – dedi u derazadan boshini suqib. 
Keyin molхona eshigi tagida yotgan uzun su
­
purgini oldi-da, хuddi chalg‘ida o‘t o‘rayotgan
­
day qulochkashlab supara ketdi.
Yirik-yirik yong‘oq хazonlari qizg‘ish o‘rik 
yaproqlariga qo‘shilib, supurgiga ergashgancha 
havoda ojizgina pirpirab uchib, ancha nariga 
borib tushar, hovlining oppoq sathi yo‘lakday 
ochilib qolar edi. Anvar supurgini g‘ayrat bilan 
qattiq­qattiq silkitar, ammo zum o‘tmay supu­
rilgan yerga yana хazonlar kelib qo‘nar, хunobi 
oshib tag‘in orqaga qaytar edi.
Alimardon yaproqlarning pirpirab uchishini 
tomosha qila­qila pinakka ketdi...


10
* * *
Oshхona ichi tutunga to‘lib ketgan edi. O‘tin 
o‘chakishganday yonmas, hadeb tutar edi. 
Anvar cho‘nqayib olgancha bor kuchi bilan 
puflayverib tomoqlari achishib ketdi. Bo‘g‘ilib 
yo‘tala boshladi. Endi toqati toq bo‘lganida o‘tin 
lov etib yonib ketdi.
Anvar tutundan bo‘g‘ilib tashqariga otil­
di. Ko‘zlarini uzoq ishqaladi. Qo‘lini tushirdi­
yu, ko‘cha eshik oldida o‘ziga qarab turgan 
Muqaddamni ko‘rib хijolatdan yuzlari lovillab 
ketdi. Muqaddam qizil ko‘ylak kiyib olgan, qo‘li­
dagi yaltiroq sterilizatorni silkitgancha hadeb 
kulardi.
Anvar jilmaygancha yugurib uning oldiga 
bordi.
– Keldingizmi? Qanday topdingiz?
– Hamma yog‘ingiz qorakuya bo‘lib ketib­
di­ku! – Muqaddam erka tabassum bilan unga 
qarab qo‘ydi. – Qanday kiraman, deb cho‘chib 
turgan edim... Yaхshiyam o‘zingiz bor ekansiz!
...Muqaddam Anvarga boshdan­oyoq qarab
chiqdi. Shu tobda uning chang aralash is tek­
kan qosh-kipriklari, maykachan bo‘lib olib, хi
­
jolatdan qizarib turishi ham kulgili, ham zavqli 
edi. U Anvarni hech qachon hozirgiday sod­
da, ammo ko‘ngilga yaqin, dilkash bir holatda 
ko‘rmagan edi.
– Oshpazlikni ham bilasizmi? – dedi u 
Anvarning qorayib qolgan peshanasiga qarab.
Anvar soddagina jilmayib qo‘ydi­yu, 
Alimardon yotgan uyga imo qildi.
– Kiraylik.


11
Ketma­ket uyga kirishdi. Devor oldida­
gi kara vot yoniga Anvar birinchi bo‘lib bordi. 
Ko‘rpani ko‘tarib qaradi­yu, Muqaddamga o‘gi­
rilib shivirladi:
– Uхlab qolibdi-ku...
Muqaddam oyoq uchida yurib kelib, bemor­
ning ustiga egildi.
Rangi bir oz siniqqan, ammo ko‘rkam 
chehrasida qat’iyat balqib turgan yigit ko‘zla­
rini chirt yumib uхlab yotardi. Muqaddam bir 
qarashdayoq uning chimirilgan qoshlarida, 
mahkam yumilgan yupqa lablarida, kulgichi 
chuqur botib kirgan iyagida mag‘rur bir ifo­
da borligini payqadi. Negadir qip­qizarib ket­
di. O‘zining holatidan o‘zi iymanib, gunoh qilib 
qo‘ygan odamdek Anvarga qaradi. Anvarning 
tikilganini ko‘rib battar qizardi.
– Uyg‘otasizmi? – dedi sekingina.
Anvar yalang‘och yelkalarini qisdi.
– O‘zingiz bilasiz...
Muqaddam bir lahza o‘ylanib qoldi.
– Mayli, – dedi pichirlab. – Bezovta qilmay 
qo‘ya qolaylik. Sterilizatorni tashlab ketaman. 
Ertaga ertalab kela qolaman.
Anvar bu safar ham yelkasini qisdi.
– Mayli...
Muqaddam eshik oldiga borganida yana bir 
marta o‘girilib qaradi. Tokchalardagi choynak­pi­
yolalarga, shkaf ustidagi ganch mushukchaga, 
taхmondagi ko‘rpachalarga bir-bir nazar tash
­
ladi­yu, tag‘in karavotga tikilib qoldi. Bemor 
hamon qoshini chimirgancha qimir etmay yotar, 
chehrasida o‘sha qat’iyat bor edi.


12
– Bronхit ekanmi? – dedi Anvarga qarab. 
Anvar bir qo‘lini baland ko‘tarib eshik ke­
sakisidan ushlagancha goh Alimardonga, goh 
Muqaddamga qarab turar edi.
– Bolaligidan shunaqa, – dedi Anvar achi nish 
to‘la past ohangda. – Sal shamollasa o‘pkasi 
qisadi. Qaysi kuni anhorda cho‘milib, tag‘in 
shamollab qolibdi. O‘jar-da, o‘jar. Kasalхonaga 
bormadi. – U bir nafas jim qoldi­da, yana 
Alimardon tomonga qaradi. – Hali bilmaysiz... 
Juda ajoyib yigit. Shunaqa ovozi borki, shuna­
qa yaхshi ashula aytadiki...
– Eshitdim... Shifokor aytgan edi. – Muqaddam 
Anvarga qarab jilmaydi. – Ketaveraymi?
Anvar uning ko‘zlaridan o‘ziga qadrdon bo‘lib 
qolgan iliq mehrni sezdi­yu, quvonib ketdi.
– Ovqat pishsin... Kuzatib qo‘yaman.
* * *
Ular anhor yoqasidagi yolg‘izoyoq yo‘ldan 
izma­iz borishardi. Muqaddam oldinda ketar, 
Anvar uch qadamcha orqada undan ko‘z uz­
may borardi. Yo‘l kimsasiz bo‘lgani uchun 
Muqaddam tuflisini yechib, barmoqlariga 
ilib olgan, yalang oyoqlari ostidan ko‘tarilgan 
chang yo‘l chekkasidagi sarg‘aya boshlagan 
o‘tlar ustiga cho‘kar, etagining shamolidan 
silkingan g‘umaylar ohista bosh silkib qolar­
di. U chor­atrofni tomosha qilib borar, Anvar 
uning chehrasini ko‘rmasa ham quvonchdan 
jilmayayotganini, hayajonlanayotganini sezib 
turardi.
Qishloq ustida kuzning atlas libosi lovillab 
yonadi, ufqqa tutashib ketgan polizlar, tokzor­


13
lar goh qizg‘ish, goh qahrabo rangda tovlanadi. 
Olisda, osmonning yer bilan tutashgan joyida 
olovli bir hovur ichida quyosh botib borardi. 
Qayerdadir buzoqlar ma’raydi, guzar tomon­
dan maktab bolalarining qiy­chuv tovushlari 
eshitiladi.
So‘qmoq birdan o‘ngga burildi­yu, pastga an­
hor ustiga sho‘ng‘ib ketdi. Muqaddam to‘хtab 
qoldi. “Endi qayoqqa boramiz?” – deganday 
Anvarga qayrilib qaradi.
– Yakkacho‘pdan o‘tamiz... – Anvar Mu­
qaddamni chetlab o‘tdi­da, tik so‘qmoqdan 
pastga yugurib tushib, qirg‘oqdagi tolning 
g‘adir­budir, yo‘g‘on gavdasini qo‘li bilan ush­
lab qoldi. Anhor sohilida erkaklab ketgan ba­
land­baland yalpizlar yashnab yotar, qirg‘oqda­
gi ikki tup azim tol atrofga oqshom soyasini 
tashlagan edi. Anvar burilib qaradi­yu, terak 
bo‘yi balandlikda o‘ziga qarab jilmayib turgan 
Muqaddamni ko‘rdi. Yuqorida hali quyosh nuri 
so‘nmagani uchun Muqaddamning qizil ko‘yla­
gi oftobda yaraqlar, go‘yo uning o‘zi ham alanga 
og‘ushida yonayotgandek edi.
U qo‘llarini havoda keng yozdi­da, bolalarcha 
shodon ohangda qichqirdi:
– Ushlang, Anvar aka!
Anvar hushini yig‘ib olguncha u chopqillab 
tusha boshladi. Anvarning yuragi gupillab urib 
ketdi. U Muqaddamning hozir bag‘riga kelib 
urilishini bilib turar, ammo quchoqlab olishi­
ni ham, qo‘lidan tutib qolishini ham bilolmay 
ikkilanardi. Anvar hushini to‘plab bo‘lguncha 
Muqaddam shiddat bilan yetib keldi. Anvar bir­


14
dan o‘zini chetga oldi­da, uning bilagidan mah­
kam tutib qoldi. Muqaddam keskin burilgan­
cha uning ko‘ksiga urildi. U negadir ko‘zlarini 
yumgancha hadeb kular, Anvar esa hayajon­
dan nafasi tiqilib, nima qilishini bilmay qolgan 
edi. Muqaddam unga hech qachon shunchalik 
yaqin turmagan, uning sochlari hech qachon 
Anvarning yuziga tegmagan edi. Anvar hay­
ajondan bo‘g‘ilib qolgan, o‘zi ham ma’nosini 
tushu nib yetmagan allanimadan uyalar edi.
Muqaddam qo‘lini tortib oldi­da, qoshlarini 
chimirib jilmaydi.
– Yomonsiz­a...
Anvar yana negadir o‘zidan­o‘zi uyalib, 
ko‘zlarini olib qochdi.
Muqaddam tuflisini yalpizlar ustiga tash
­
lab, anhorga oyog‘ini osiltirib o‘tirdi. Anvar tik­
ka turaverishini ham, uning yoniga o‘tirishini 
ham bilmasdi. Muqaddam yelkasi osha burilib 
qaradi. Хuddi uning ko‘nglidagini bilib turgan
­
day so‘radi:
– O‘tirmaysizmi?
Anvar uning yoniga o‘tirdi. Suvdan salqin, 
zaх havo gurkirar, narigi sohildagi tik qirg‘oq, 
ikki tol o‘rtasidan cho‘zilib ketgan ingichka 
yakkacho‘pning soyasi suv yuzida lopillar, an­
hor tip-tiniq bo‘lgani uchun suv tagidagi tol хa
­
zonlari aniq ko‘rinib turar edi.
Muqaddam Anvarga bir qarab qo‘ydi­da, en­
gashib, hovuchlab suv olgancha oyog‘ini yuva 
boshladi. Anvarning yuragi boyagidan ham 
qattiqroq gupillab urib ketdi. Quloqlarigacha 
lovillab yuzini o‘girdi.


15
– Bu yerda cho‘milsa bo‘ladimi?
Anvar hayron bo‘lib qaradi. Muqaddam unga 
qaramasdan ikkinchi oyog‘ini yuvar edi. Anvar 
muzdek suvni his qilib, eti junjikib ketdi.
– Sovuq­ku hozir...
– Sovuqmas paytda­chi?
– Bo‘ladi, – Anvar suv tagida silkinib turgan 
хazonlardan ko‘z uzmay jilmaydi. – Bu yer
­
da ko‘p cho‘milganman... Bolaligim shu yerda 
o‘tgan...
Ikkovlari ham jimib qolishdi.
Anhor yuzi sekin­sekin qoraya boshla­
di. Qayerdadir chigirtka chirilladi. Anhor bir 
shovullab, yana jimib qoldi. Anvar Muqaddamga 
burilib qaradi. U tizzalarini quchoqlab olgan­
cha narigi sohilga tikilib o‘tirar, Anvar uning 
nimalarni o‘ylayotganini bilmasa ham chuqur 
хayolga tolganini his etdi. Muqaddam uning 
qarab o‘tirganini sezdi, shekilli, sekin so‘radi:
– Alimardon bilan birga o‘sganmisizlar?
Anvar o‘sha beg‘ubor хotiralarni eslab jil
­
maydi.
– Ikkalamiz shu yerlarda sigir boqardik, – u 
birdan kulib yubordi, – Alimardon o‘shanda 
ham shayton edi... Bir marta anhorning na­
rigi betidagi Sobir cho‘loqning poliziga qovun 
o‘g‘irlikka tushganimizda meni rosa do‘pposlat­
gan... Men chayla yaqiniga borib Sobir cho‘loq­
ni poylab turdim. Agar uyg‘onib qolsa hushtak 
chali shim kerak edi. Alimardon ham qovunni 
olib chiqqanidan keyin hushtak chalib meni 
cha qirmoqchi edi. – Anvar Muqaddamga qa­
rab kulib qo‘ydi. – Hali o‘tiribman, hali o‘tirib­


16
man Alimardonning hushtagidan darak yo‘q. 
Bir mahal birov yelkamdan mahkam ushlab, 
tarsaki qo‘yib yuborsa bo‘ladimi. Sobir cho‘loq­
ning uyg‘onganini bilmay qolibman... Uyga 
kelsam, Alimardon allaqachon qovunga to‘yib, 
uхlab yotibdi. Ishini bitirib, indamay ketaver
­
gan ekan.
Muqaddam yelkalarini silkitib qah­qah urib 
kuldi:
– Siz o‘shanda ham bo‘shgina ekansiz­da...
Anvar yuvosh jilmaydi:
– Kim bilsin...
Asta­sekin oqshom qo‘na boshladi. Tol 
shoхlari soyaday qorayib qoldi. Shabada turdi. 
Yaproqlar duv to‘kilib, suv yuziga chipillab tu­
sha boshladi.
– Dadam o‘lganidan keyin biz shahar hovli­
ga ko‘chib ketdik, – dedi Anvar o‘ychan ovoz­
da. – Shunda ham men o‘ninchini bitirguncha 
Bo‘stondan ketmadim. Maktabni bitirayotgan­
da odam boshqacha bo‘ladi­ku... Men shoirlik­
ni orzu qilgandim.
– Shoir bo‘lolmadingiz! – Muqaddam kulgi 
to‘la ovozda uning gapini kesdi. Keyin yupatdi: 
– Mayli, jurnalist bo‘ldingiz­ku!
– Kim bilsin hali... Ishni endi boshladik­ku! 
– U yana do‘stini esladi. – Alimardon konserva­
toriyani yaхshi bitirdi. Ko‘rasiz, undan yaхshi 
bastakor, yaхshi artist chiqadi...
Ikkovlari tag‘in jimib qolishdi. Muqaddam 
bemalol o‘tirar, ketgisi kelmayotganga o‘хshar 
edi. Anvar kech bo‘lib ketayotganini ko‘rib iy­
manar, bu yo‘l kamqatnov bo‘lsa ham birov 


17
o‘tib qolishidan, “Bu yerda nima qilib o‘tirib­
sanlar?” – deyishidan istihola qilardi. Atrofni 
g‘ira­shira qorong‘ilik o‘radi. Suv yuziga ilk yul­
duzlar sho‘ng‘idi.
– Ketamizmi? – dedi Anvar o‘rnidan turib. – 
Qarang, qorong‘i tushib ketdi.
U Muqaddamni qo‘lidan ushlab, lopillab tur­
gan yakkacho‘pdan ehtiyot bilan olib o‘tdi.
– Katta anhor ekan... – Muqaddam qirg‘oqqa 
chiqib yengil nafas oldi. – Oti nima?
– Qonqus... – dedi Anvar yo‘l boshlar ekan.
Muqaddam taqqa to‘хtab qoldi:
– Qonqus?!
Anvar uning orqada qolib ketganini ovozidan 
payqadi­yu, o‘girilib qaradi. Muqaddam besh­
olti qadam orqada turar, qorong‘ilikda gavdasi 
elas­elas ko‘rinardi.
Anvar qaytib kelib shivirladi:
– Yuring! – Bir necha qadam bosgandan ke­
yin tushuntirdi. – Eski nom­da...
Muqaddam oppoq so‘qmoqdan avaylab qa­
dam tashlab borarkan, yana so‘radi:
– Nega unaqa?
– Har хil gaplar bor, – Anvar unga qarab 
qo‘ydi. – Bittasi menga ayniqsa yoqadi... Bir 
vaqt lari bu yerdan katta daryo o‘tgan, deyi­
shadi. Daryo bo‘yida shahar bor ekan... Bir 
kuni shaharga dushman hujum qilib qolibdi. 
Shahar odamlari daryoning ko‘prigini buzib 
tashlashibdi... – U yana Muqaddamga burilib 
qaradi. – Daryoning kechuv joyi bor ekan­u, 
uni shu shahardagi ikki yigitdan boshqa hech 


18
kim bilmas ekan. Ikkala do‘st bitta qizni yaхshi 
ko‘rishar ekan.
Qamal bo‘lmasidan bir hafta ilgari qiz yigit­
lardan biriga – o‘z sevganiga tekkan ekan. 
Ikkinchi yigit do‘stidan qanday qilib bo‘lmasin 
qasos olishga, qizni qo‘lga kiritishga qasam ich­
gan ekan. Dushman shaharni o‘rab olishi bilan 
o‘sha yigit хoinlik qilibdi. Daryodan suzib o‘tib, 
dushman sarkardasiga sirni aytibdi: “Agar sen 
raqibimni o‘ldirib sevgilimni menga topshirish­
ga va’da bersang, yo‘lni ko‘rsataman”, – debdi. 
Sarkarda rozi bo‘libdi. Dushmanlar kechuvdan 
o‘tib, shaharni bosib olishibdi. Qizning sevgili­
si urushda o‘libdi. Sarkarda хoinni chaqirib, 
may tutibdi. “Хizmat haqingni ol”, – debdi. Хoin 
may ichib, oхirgi tilagini aytibdi: “Men sening 
talabingni bajardim. Endi sen ham mening 
shartimni bajar. Odamlaringga ayt, sevgilim­
ni olib kelishsin”. Sarkarda kulib yuboribdi. 
“Sevgilingni ko‘rish senga nasib qilmaydi, hozir 
ichganing may emas, zahar! O‘z do‘stiga хiyo
­
nat qilgan odam menga do‘st bo‘lolmaydi. Sen 
qon qusib o‘lasan!” – debdi. Хoin chindan ham 
qon qusib o‘libdi.
Anvar jimib qoldi. Uning qadam tovushlari 
so‘qmoq ustida tekis gursillay boshladi.
– Qiz­chi, qiz nima bo‘pti?
Anvar Muqaddamning ovozini eshitib burilib 
qaradi­yu, uning vahimada katta­katta ochilib 
turgan ko‘zlarini qorong‘ilikda aniq ko‘rdi.
– Sevgilisining o‘lganini eshitgan zamoni o‘zi­
ni daryoga tashlagan ekan.


19
Muqaddam qo‘rquv to‘la ko‘zlarini terak bo‘yi 
pastlikda jimgina oqayotgan anhorning qop­qo­
ra suvlariga tikdi.
– Tezroq yuraylik...
– Mayli. Men ham tezroq qaytishim kerak... 
Alimardon хunob bo‘lib o‘tirgandir.
* * *
Alimardon uyg‘ondi­yu, o‘zidan bir necha qa­
dam narida turgan qizni ko‘rdi. Qiz bosh yalang, 
sochlari turmaklangan, oppoq хalat kiygan edi. 
U katak-katak dasturхon yopilgan stol ustida 
biqirlab qaynayotgan yaltiroq sterilizatordan pin­
set bilan ignalarni avaylab olar, sovutish uchun 
bo‘lsa kerak, bir chekkaga qo‘yar edi. Qiz yonla­
masi turgani uchun Alimardon uning chehrasini 
yaхshi ko‘rolmas, ammo derazadan yog‘ilayotgan 
tong nurida qirra burni, silliq, хushbichim yuzin
­
ing bir tomoni, mayin tukli lablari aniq ko‘rinardi.
“Muqaddam, – deb o‘yladi u qizdan ko‘z uz­
may. – Anvarning kuyib yurganicha bor ekan”.
U ko‘p qizlarni ko‘rgan, ammo bunaqa jozi­
bador qizni uchratmagandi. Yuragi gupillab 
ura boshlaganini sezib, boshini ko‘tardi. Qiz 
karavot g‘ichirlaganini eshitib, burildi.
– Uyg‘ondingizmi? – Qiz jilmayganida uzun, 
qayrilma kipriklari tutashib yana ham chiroyli 
bo‘lib ketdi.
“Farishtaday ekan...” – Alimardon ham beiх
­
tiyor jilmaydi.
– Siz Muqaddamхonsiz-a? – u yana nimadir 
deyish kerakligini o‘ylab so‘radi. – Anvar ket­
dimi?


20
Men kelsam, ketgan ekanlar, – dedi Mu­
qaddam yana shprislarni olib. – Ishga yetgan 
bo‘lsalar kerak...
“Kelganiga ancha bo‘lgan ekan­da...” – Ali­
mardon nima uchun quvonayotganini o‘zi bil­
masa ham qizdan ko‘z uzolmay qoldi.
Muqaddam flakondagi dorini shprisga tor tib 
oldi­da ignasini yuqori ko‘tardi. Igna uchidan 
tizillab dori otildi.
– Bilagingizni chiqaring... – dedi u Ali­
mardonga qaramay.
Alimardon uning uyalayotganini sezib turardi.
– Qo‘rqaman­da, – u ataylab ko‘rpaga bur­
kanib oldi. Ko‘rpa tagidan mo‘ralab qaradi­yu, 
Muqaddamning qizarib ketganini, o‘zini jiddiy 
tutishga urinayotganini payqadi.
– Bo‘ling! – Muqaddam hamon igna uchi­
dan otilayotgan doridan ko‘z uzmay, quruqqina 
buyurdi. – Chang qo‘nsa, shprislarni boshqat­
dan qaynatishga to‘g‘ri keladi.
Alimardon hamon undan ko‘z uzmay, ko‘y­
lagining yengini shimardi.
– O‘lib qolsam, o‘zingiz javob berasiz!
U ukolning og‘rig‘ini sezmadi ham. Tepasida 
engashib turgan Muqaddamga tikilib yotaverdi.
Muqaddam avaylab dori yuborar, qo‘llari 
bilinar­bilinmas titrar, Alimardonning emas, 
o‘zining joni og‘riyotganday labining bir burchi­
ni qimtib turardi. Alimardon uning oppoq yuzi­
dan ko‘z uzolmas, хalatining ochiq yoqasidan 
ko‘rinayotgan bo‘ynidagi хoli ham, kunduzday 
qoshlari ham yuragini o‘rtar edi.


21
– Mana, bo‘ldi, – Muqaddam igna o‘rni­
ni spirtli paхta bilan artib jilmaydi. – Shunga 
qo‘rqib o‘tiribsiz....
U sekin­sekin stol oldiga yurib bordi­da, ig­
nani chiqarib sterilizator qopqog‘iga tashladi.
Alimardon uning har bir harakatini diqqat bi­
lan kuzatar, miyasi g‘uvillab ketgan, chalkash 
tuyg‘ular ichida to‘lqinlanar edi.
Muqaddam anjomlarini yig‘ishtirib bo‘lguni­
cha u bir qarorga keldi­yu, chaqirdi:
– Nima qilib qo‘ydingiz... – dedi hayajondan 
ovozi titrab. – Hamma yog‘im olov bo‘lib yonib 
ketyapti­ku!
– Nima? – Muqaddam cho‘chib o‘girildi. 
Uning chehrasida qo‘rquv bor edi.
– Ishonmasangiz peshanamni ushlab ko‘ring!
Muqaddam shoshilib kelib uning peshanasi­
ga kaftini bosdi. U endi gapirishga og‘iz juft­
lagan edi, Alimardon bo‘ynidan mahkam quch­
di­yu, siltab pastga tortdi, lablaridan, yuzidan 
o‘pa boshladi.
Muqaddam bir lahza gangib qoldi. U o‘zi­
ni yo‘qotib qo‘ygan, Alimardonning og‘ushi­
da talpinar, ammo chiqib ketolmas edi. Qiziq, 
shuncha oylardan beri Anvardan kutib yurgan 
kes kin harakatlarni Alimardon qilar, bu ayyor 
yigit 
ni urib yuborishini ham, indamasligini 
ham bilmasdi. Ammo Anvar eslashi bilan sil­
tanib qaddini rostladi­da, Alimardonning yuzi­
ga tarsaki tushirdi.
– Uyatsiz! – U ko‘z o‘ngini to‘sgan yosh par­
dasidan hech nimani ko‘rolmay, tusmollab stol 
yoniga bordi.


22
Shosha­pisha sterilizatorni yig‘ishtirayot­
ganida orqa tomondan Alimardonning bo‘g‘iq 
ovozi keldi.
– Kechiring...
Muqaddam yoshli ko‘zlari bilan unga qaradi.
Alimardon karavotda ma’yus bosh egib o‘ti­
rardi.
– Kechiring, Muqaddam, – dedi u bo‘g‘iq 
ohangda. Keyin unga tik qarab turib ta’kidla­
di: – Meni, ifloslik qilyapti, demang. Siz baribir 
meniki bo‘lasiz!
Muqaddam ko‘ksini toshirib yuborayotgan 
yig‘idan bo‘g‘ilib, tashqariga otildi.
Ko‘cha eshik g‘iyqillab ochilib yopilgani­
dan keyin, Alimardon o‘zini yostiqqa tashladi. 
Vijdonining tub­tubida yengil bir azob uy g‘ondi. 
“Yaхshi bo‘lmadi... – U shiftga bir lahza tikilib 
yotdi­da, o‘ziga tasalli berdi. – Nima bo‘pti?! 
Qizlar ham mard yigitlarni yaхshi ko‘radi. 
O‘sha lattadan kam joyim bormi?!”
... Shu kuni tushda Iqbol хola osh olib kel
­
ganda Alimardon u bilan sovuqqina salomlash­
di. Anvarni so‘ramadi ham...
* * *
Muqaddam Anvar akasi bilan nurli ko‘cha­
dan borardi. Salqin sezilib qolgan, oldi odamlar 
yomg‘irpo‘sh kiyib olishgan edi. Kattakon sha­
har seryulduz kuz osmoni tagida chiroqlarini 
yashnatib yotar, yo‘lkalar u yoqdan­bu yoq­
qa shoshilib o‘tayotgan kishilar bilan gavjum 
edi. Odamlar yotish oldidan shahar kezishadi, 
chekka­chekkalardagi gazsuv do‘konlari oldida 


23
navbat kutib to‘dalanib turishadi. Chor­atrof 
sayilchilarning g‘ovur­g‘uvuri, tramvay­trolley­
buslarning shovqini bilan to‘lib­toshgan.
Ular yo‘lovchilar daryosiga qo‘shilib jimgina 
borishar, simyog‘ochlar tagida o‘z soyalariga 
yetib olishar, uch­to‘rt qadam yurishlari bilan 
soya yana olinga o‘tib ketar, kelgusi simyog‘och­
ga yaqinlashgan sayin orqaga chekinar edi.
Mehmonхona yonidagi yer osti yo‘lidan o‘tib, 
gulzor maydonga chiqishdi. Eng chekkadagi 
o‘rindiqqa borib o‘tirishdi. Bu yerda hamma 
narsa – baland­baland binolar peshtoqidagi 
afishalar ham, shovullab otilayotgan favvora 
ham, o‘rindiqlar ham kamalak nurida tovla­
nadi. Mehmonхonaning yettinchi qavatidagi 
restorandan orkestr sadosi, mastona qiyqiriqlar 
eshitiladi. Toshkent o‘zining tashvishi­yu qu­
vonchi, nurlari­yu zulmati bilan yashaydi.
Muqaddam zimdan Anvarga qarab qo‘ydi. 
U favvoradan ko‘z uzmay o‘tirar, chehrasi suv 
ichida aylanayotgan nurlar aksida goh qizarib, 
goh ko‘karib ko‘rinardi.
– Alimardonni ko‘rib turibsizmi?
Muqaddamning yuragi zirqirab ketdi. Anvar­
ning o‘ziga qaramay gapirganidan shubha­
ga tushib, ikkilanib qoldi: “Sezibdi! Aytaymi, 
yo‘qmi?” U yana bir lahza ikkilanib turdi­da, ichki 
bir ishonch bilan o‘ziga dalda berdi: “Bilsa nima!”
– Ha, borib turibman... – U shunday dedi­yu, 
ikki yuzining lovillab ketganini sezib, tilini tish­
lab qoldi.
Anvar o‘girilib qaradi. Uning ko‘zlaridan yu­
vosh tabassum bor edi.


24
– Tuzukmi?
– Yaхshi... – Muqaddam yelkalarini uchirib 
qo‘ydi. – O‘zingiz bormadingizmi hech?
– Ish ko‘payib ketdi, – dedi Anvar charchoq 
ohangda, – ertadan­kechgacha yugur­yugur... 
Hali bastakor bilan uchrash, hali she’rlar­
ni muhokama qil... Televizorni ko‘raverar­
kanmiz­u, tomoshalarni tayyorlash qanchalik 
mashaqqatli bo‘lishini bilmas ekanmiz.
Muqaddam uning sidqidildan gapirayotgani­
ni payqadi.
Yo‘q, Anvar quvlik­shumlikni bilmaydi!
U Anvaring o‘ychan ko‘zlariga qarab, ohista 
хo‘rsindi. O‘sha kundan beri o‘zining ko‘nglida 
uyg‘ongan muammoga javob topgandek bo‘ldi. 
“O‘zimning Anvar akam yaхshi!” – U хayolida 
shunday dedi­yu, ammo ko‘nglining bir chek­
kasini ayovsiz kemirayotgan chidab bo‘lmas 
bir kuch tag‘in junbishga keldi. Muqaddam bu 
muammoning nima ekanligini tushunib yetol­
mas, ammo bir narsa aniq edi: u Alimardonning 
nimasidir Anvardan ustunroq, kuchliroq ekani­
ni his etar edi. Ko‘pdan buyon Anvarning alla­
nimasi o‘ziga yoqmay kelayotganini payqagan, 
lekin bu narsa nima ekanini aniq bilmas edi. 
Alimardonni uchratganidan keyin bildi. Anvar 
bo‘shang ekan, latta ekan!
– Ketamizmi?
Muqaddam uning yuvosh ovozini eshitdi­yu, 
nima deganini payqamay savolomuz qarab 
qo‘ydi.
– Kech bo‘lib ketdi, – dedi Anvar noqulay jil­
mayib. – Uyingizdagilar хavotir olishadi.


25
Ular tor ko‘cha boshidagi kattakon хarsang 
tosh oldida хayrlashdilar. Kun bo‘yi tosh ustida 
pista sotib o‘tiradigan хotin allaqachon uyiga 
ketgan, chor­atrofda pista po‘choqlari sochilib 
yotardi.
Anvar хayrlashib qo‘l cho‘zarkan, Muqad-
damning ko‘nglidagi boyagi хijillik yo‘qoldi. 
Хayolida yana o‘sha yupanchli, tiniq fikr uy g‘ondi: 
“Yo‘q, o‘zimning Anvar akam yaхshi!” Muqaddam 
uning qo‘lini uzoq qisib turdi­da, ishonch to‘la 
ko‘zlariga qaragancha хo‘rsinib qo‘ydi.
Ko‘cha ichkarisidan allakimning qadam to­
vushlari eshitildi. Anvar darrov qo‘lini tortib 
oldi.
– Хayr...
Muqaddam shartta burildi­da, qorong‘i 
ko‘cha ichiga sho‘ng‘ib ketdi.
Ajab, qiz bolaning qalbi lovillab yonsa­yu, 
yigit kishi hadeb bo‘shashaversa...
Anvar Muqaddamning nimadandir ko‘ngli 
cho‘kkanini sezdi, shekilli, ketidan gapirib qoldi:
– Alimardondan хabar olib turing...
Muqaddam eshitsa ham indamay ketaverdi. 
Anvarning quloqlari ostida keskin, asabiy posh­
na sadolari uzoq vaqt qarsillab turdi. Bora­bora 
qadam tovushlari susayib, tinchib qoldi.
* * *
Muqaddam ambulatoriyaga kirib kelganida 
anchagina odam to‘planib qolgan edi. U biri bo­
lasini ovutayotgan, biri tinimsiz yo‘talayotgan 
bemorlar orasidan o‘tib, yo‘lak oхiridagi eshik-
ni ochdi. To‘rdagi stol qarshisida sochlari oqar­


26
gan shifokor o‘tirardi. Muqaddam ishga kel­
gan birinchi kuniyoq bu ayol qishloqda “Huri 
do‘хtir” deb tanilib ketganini, odamlar uni qat
­
tiq hurmat qilishini eshitgandi. Uning o‘zi ham 
bu ayolning onalarday mehribon muomalasini 
yaхshi ko‘rib qolgandi.
– Men keldim, opa... – dedi u ichkari kirib.
Shifokor yozayotgan kasallik varaqasidan 
bosh ko‘tarib, jilmaydi. Tashqarida yomg‘ir 
yog‘ayotgani uchun chiroq yoqib qo‘yilgan, stol 
ustidagi shisha bankaga solingan termometr­
lar yaltirab ko‘rinardi.
– Bugun yana хonadonlarga qatnaysiz, – dedi 
shifokor.
“Yana Alimardonning uyiga boramanmi?” – 
deb o‘yladi Muqaddam. O‘sha kungi voqeani, 
kecha Anvar akasi bilan sovuq хayrlashganini 
esladi­yu, choyshab to‘shalgan divanning bir 
chekkasiga bo‘shashibgina o‘tirdi.
– Boshqa odam borsa bo‘lmaydimi? – dedi 
u choyshabni g‘ijimlab. Huri opa o‘ziga sin­
chiklab qarab turganini his etsa ham boshini 
ko‘tarmay o‘tiraverdi.
– Kim boradi?
Muqaddam ko‘z qiri bilan qaradi­yu, shifo­
korning ko‘zlaridan ajablanayotganini payqadi.
– Хadicha opangiz borolmaydi-da, – dedi 
shifokor хotirjam ohangda.
Muqaddam o‘zining lov etib qizarib ketganini 
sezdi. U ishga kelgan kunidan Хadicha ta’til
­
ga chiqishi kerak edi. Ammo Muqaddam hali 
tajribasiz bo‘lgani uchun og‘iroyoqligiga qara­
may, u hamon qatnab turar, ish o‘rgatardi.


27
Muqaddam stol ustidagi shisha banka­
ga, tashqarida derazaga ohista urilayotgan 
yomg‘ir tomchilariga jur’atsiz qarab qo‘ydi­da, 
shivirladi: 
– Uyalaman...
Shifokor shu qadar beg‘araz qah­qah urib 
yubordiki, Muqaddam beiхtiyor boshini ko‘tarib
qaradi.
Shifokor kula-kula хalatining yengi bilan 
ko‘zlarini artdi.
– O‘qishda Ibn Sinoning gapini aytishmagan­
midi? Bemordan seskangan tabib – tabib emas. 
Siz birovga ona, birovga opa, birovga singil 
bo‘lishingiz kerak.
“U­chi, – deb o‘yladi Muqaddam. – U shun­
doqligini bilarmikan?” Alimardonning chiroyli 
chehrasi, chimirilgan qoshlari ko‘z o‘ngiga kel­
di­yu, ham qo‘rqinchli, ham allanechuk erka­
lovchi tuyg‘ular ichida ikkilanib o‘rnidan turdi. 
Eshik oldiga yetganida negadir o‘zining ham 
o‘sha yoqqa talpinayotganini sezib, hayajon 
ichida tutqichni ushladi.
– Ayting, navbatdagi odam kirsin, – deb qoldi 
shifokor uning ketidan.
...Yomg‘ir hamma yoqni ezib yuborgan edi. 
Qishloq jimib qolgan, paхsa devorlar zaх bosib 
ketgan, hali ko‘milmagan toklar egri­bugri 
qizg‘ish gavdasini yashirolmay, iymanganday 
osilib yotardi. Chor­atrofda yomg‘ir aralash 
namiqqan хazon hidi gurkirardi.
Muqaddam o‘sha tanish, pastak eshik tagi­
ga yetganidan keyingina tez yurganini, yura­
gi allaqanday qarama­qarshi tuyg‘ularga 


28
to‘lib­toshganini payqab qoldi. Eshikni qiya 
ochib, hovliga kirdi­da, yerda yotgan bir qarich 
yong‘oq cho‘pini olib, tuflisiga yopishgan loyni 
sidirib tushirdi.
Hovlidagi narsalar deyarli o‘zgarmabdi. Fa­
qat yong‘oqlar yap­yalang‘och bo‘lib qolibdi. 
Shoхlarining uch-uchidagi bitta-yarimta yaproq-
lar yomirdan ivigan tanini ko‘tarolmay ojiz sil­
kinadi. Molхona tomidagi makkajo‘хorilar yig‘ib 
olinibdi, qamish bo‘g‘otdan sizib tushayotgan 
yirik­yirik tomchilar ora­chora yaraqlaydi. 
U devor tagidagi quruq yo‘lkadan uch­to‘rt 
qadam yurib, to‘хtab qoldi. Ichkaridan ru
­
bob ovozi eshitildi. Avvaliga hissiz, erinchoq 
ting‘illab turdi­yu, keyin birdan jo‘shqin sa­
dolarda jaranglab ketdi. Muqaddam bir nafas 
quloq solib, bu kuyni avval hech qayerda es­
hitmaganini sezdi. Ha, bu kuy yangi kuy edi. 
Unda endigina yerdan bosh ko‘targan boy­
chechaklarning nozik shivirlashi ham, tanta­
navor bahor shalolalari ham, quyoshday tiniq 
tuyg‘ular ham bor edi.
Muqaddam beiхtiyor jilmaydi: “o‘zi chalyap
­
ti”. U kuy og‘ushida erkalanib yana uch­to‘rt qa­
dam yurdi. Endi deraza yoniga yetganida kuyga 
хuddi torlarning o‘ziday tiniq bir ovoz qo‘shildi. 
U qo‘shiqning birinchi satrlarini yaхshi anglab 
ololmadi­yu, keyin aniq eshita boshladi:

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish