osmalar; 8-rejalashtirish pog’onasini boshqarish kanati; 9-o’q; 10-yuklash lyuklari; 11- ekskavator uchun portallar; 12-ekskavatorni tuzatish ishlari uchun kran.
Ko’p cho’michli zanjirli ekskavatorlar temryo’l harakatda, zanjirli va
pnevmoharakatli turda ishlab chiqarilmoqda. Pnevmo g’ildirak bilan faqat kichik modellar ta’minlanmoqda. Ko’pcho’michli ekskavatorlarni harakatlantirish uchun rels yo’llari tarkiblarning harakatlanishi uchun bo’lgan yo’llar bilan bir shpallarda o’rnatiladi. Ekskavatorning o’z harakatida 5 promil qiyalikni bosa oladi, ishchi harakatda esa - 2.5-3 promil. Kuchli zanjirli ekskavatorlar elektr harakatli bo’ladi. Uncha ko’p bo’lmagan modellar dizel yoki dizel-elektrik ko’rinishda ishlab chiqarilmoqda. Yuqori yoki pastki qazish uchun mo’ljallangan va ketma-ket yuqori va pastki qazib olishga mo’ljallangan bir cho’mich zanjirli ekskavatorlar mavjud. Yuqori qazishda energiya sarfi va tog’ jinsini kesish kamayadi. Pastki qazib olishli ekskavatorlarni zich gil tog’ jinslarida qo'llash ma'qul.
Ekskavatorlar qaytmas, yarim qaytar va to’la qaytadigan bo’lishi mumkin. To’la qaytadigan ekskavatorlarda yo’naltirish ramali yuqori qismi 360° gacha qaytishi mumkin, bu bitta ishchi maydonda yuqori pog’ona qismini ko’ndalang qazish imkonini beradi. Bo’shatish turiga ko’ra ekskavatorlar portalli va yon bo’shatishli bo’ladi. Portalli bo’shatish temiryo’l transportiga bo’shatishda qo’llaniladi.
Yo’naltiruvchi rama qattiq yoki sharnirsimon bo’lishi mumkin. Qattiq ramali ekskavatorlarni aylana qazib olishda qo’llaniladi, sharnirsimonni esa-alohida qazish uchun. Ko’plab ekskavatorlarda rama rejalashtiruvchi pog’onali bo’ladi.
Ko’p cho’michli ekskavatorlar Germaniyada ishlab chiqarilgan. Karyerlarda ko’pcho’michli zanjirli ekskavatorlar yumshatilgan tog’ jinslarini qazib olish uchun qo’llaniladi (kon-kimyoviy karyerlarda, Ukrainaning qo’ng’ir ko’mir konlarida va boshqalarda).
Ko’p cho’michli zanjirli ekskavatorlarning texnologik xarakateristikalari 3.3-j advalda keltirilgan.
Rotorli ekskavatorlarda (rasm. 3.14) ishchi a’zo rotor o’qi oxirida o’rnatilgan rotorli cho’michli g’ildirak hisoblanadi. Rotor g’ildiragining aylanishida tog’ jinsi qirindilarini kesgan holda ular konveyerga tashlanadi, konveyer rotor g’ildiragi yon tomonida ekskavator o’qida joylashadi. Keyin tog’ jinsi bo’shatish konveyeriga va undan transport vositalariga etqaziladi.
Rotorli ekskavatorning ishchi a’zosi zanjirli ekskavatornikiga qaraganda quyidagi qulayliklarga ega. Qazish va yuklash operatsiyalari alohida amalga oshiriladi, qazishning yuqori ta’siri (zanjirlinikidan 1.5-2 marta yuqori), xavfsizlik va FIK. Rotorda 6 tadan 12 tagacha cho’michlar o’matiladi, ular tishlar bilan ta’minlangan, tishlar qattiq qo’tishmalar bilan ulangan.
3.3 -jadval.
Ko’rsatkichlar
|
Ko’p cho’michli zanjirli ekskavatorlar
|
D = 800
|
D =1600
|
D =1120
|
D =2240
|
Nazariy unumdorlik (yumshatilgan tog’ jinslarida), м3 / с
|
1050
|
2100
|
1980
|
2800
|
Qazish balandligi, m
|
22
|
22
|
17
|
23
|
Qazish chuqurligi, m
|
20.5-23.5
|
23-26.5
|
17-20
|
20-23
|
Cho’mich hajmi, l
|
800
|
1600
|
1120
|
2240
|
Asosga bo’lgan bosim, MPa
|
1.38
|
1.46
|
1.89
|
1.5
|
Harakatlanish tezligi, m/min
|
5-15
|
3-10
|
2.8-9
|
4-8(12)
|
Massa,t
|
1100
|
2180
|
1210
|
2600
|
Do'stlaringiz bilan baham: |