Moskow mining institute publishing house



Download 3,02 Mb.
bet16/65
Sana07.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#535694
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
Bog'liq
OCHIQ KON ISHLARI mavzu izlash uchun

a - yuqori qazish va pastki yuklash bilan; b - yuqori qazish va yuqori yuklash bilan; v - yuqori va pastki qazish va yuqori va pastki yuklash bilan.

Karyerlarda turli qazish-yuklash uskunalarini ko’llashnmg texnik va iqtisodiy mumkinligi tog’ jinsining qattiqligi, yotish holati, bitta mashina va karyerning kerakli unumdorligi, aralaj jarayonlarning mexanizatsiyalar turi (tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash va kon massasini tashish), iqlish sharoitlari, qazib olish turlari va boshqa faktorlarga bog’liq.



    1. EKSKAVATORLARNING TASNIFLARI VA ULARNING TEXNOLOGIK XARAKTERISTIKALARI.

Karyerlarda qazish-yuklash ishlari uchun asosan ekskavatorlar foydalaniladi. Kon massasini qazib olish, uni bo’shatish joyiga tashish, navbatdagi qazish joyiga borish va bo’shatish bir cho’michli ekskvator bilan ketma-ket amalga oshiriladi. Umumiy holatda bu operatsiyalar ekskavatorning ishchi stiklini tashkil qiladi. Ko’p cho’michli ekskavatorlarda bu jarayonlar bir vaqtda amalga oshiriladi. Shu sababli bir cho’michli ekskavatorlar davriy harakatli, ko’p cho’michlilar esa cheksiz harakatli mashinalar hisoblanadi.
Bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar ishchi, mexanik, harakat va kuch asboblariga, rama, kuzov va boshqaruv mexanizmlariga ega.
Cho’michning o’q bilan bog’lanishi tuzilishiga ko’ra qattiq bog’liqli bir cho’michli ekskavatorlar (to’g’ri cho’mich, teskari cho’mich, gidravlik ekskavator) va bir cho’michli yumshoq bog’liqli bo’ladi (draglayn, greyfer).
Ko’m cho’michli ekskavatorlar zanjirli (cheksiz zanjirga qotirilgan cho’michlar bilan), cho’zish-cho’michli cho’zish ishchi organli va kon massasini qazishga qaratilgan va bo’shatish joyiga tashishga mo’ljallangan cho’mich zanjirli, frezer-cho’michli frezey ishchi organli va cho’michli zanjirli, rotorli, ularda ishchi organ kon massasini qazish uchun mo’ljallangan rotor g’ildiragi va cho’michli bo’ladi.
Harakatlanish asbobi turiga ko’ra bir cho’michli ekskavatorlar zanjirli, pnevmog’ildirakli, qadam tashlaydigan, suzuvchi bo’ladi, ko’p cho’michli ekskavatorlar esa - zanjirli, qadam tashlaydigan-relsli, rels-zanjirli va temiryo’l harakatida bo’ladi.
Kuch uskunasiga ko’ra bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar elektrik, dizel-elektrik va dizel-gidravlik bo’ladi. Karyerlarda asosan elektrik ekskavatorlar qo’llaniladi.
O’qning cho’mich bilan qattiq bog’linishiga ega to’xri mexanik ko’raklar katta qazish kuchini hosil qiladi (3500 N/sm gacha)va ishchi asbobning katta chidamliligi bilan xarakterlanadi. Ular turli o’lchamdagi cho’michlar hajmi 0.25-35 M bilan ishlab chiqariladi va yumshoq va yumshatilgan yarim qoyasimon va qoyasimon tog’ jinslarida foydalaniladi. Karyerlarda bajariladigan ishlar hajmiga ko’ra mexanik kuraklar olingi o’rinlarda turadi. Ular tog’ jinslarini transport vositalariga yuklashda va qazib olingan maydonga tog’ jinsini tashishda ham xizmat qiladi. Mexanik kuraklarning asosiy kamchiligi - davriylik. Qazib olishga asosan faqatgina 20-30% davr vaqti sarflanadi. Oxirgi vaqtlarda tashqi va ichki karyerlarda mexanik kuraklardan ko’ra unumdor bo’lgan gidravlik ekskavatorlar qo’llanilmoqda (bo’lim 3.5).
Draglaynlar ishchi organining harakatlanuvchanligiga ko’ra mexanik kuraklarga qaraganda tog’ jinsini katta masofaga ko’chirishi mumkin. Lekin ular mexanik kurakdan ko’ra kamrok qazish ta’sir kuchiga ega. Karyerlarda draglaynlar asosan qazib olingan maydonga yumshoq yoki yumshatilgan yarim qoyasimon tog’ jinslarini tashlashga ishlatiladi. Cho’mich hajmi 10 м3 bo’lgan kuchliroq draglaynlar yaxshi yumshatilgan qoyasimon tog’ jinslarida qo’llamladi. Draglaynlar shuningdek tog’ jinsi yig’imi hosil qilish, transheyalar o’tish, kanavalar o’tish, foydali qazilmalarni tozalash va boshqa ishlarni bajarishda ishlatiladi. Cho’mich hajmi <10 м3 bo’lgan uncha katta bo’lmagan va o’rtacha draglaylar ba’zida kon massasini transport vositalariga yuklashga xizmat qiladi.
Zanjirli ko’pcho’michli ekskavatorlar yumshoq iqlim sharoitida yumshoq va zich tog’ jinslarini qazib olishda qo’llaniladi. Qazib olishning to’xtovsizligi va yuqlashning zarbsizligi ularni lentali konveyerlar bilan va engil vagonlar bilan (pastrok idish koeffitsiyenti bilan) majmuada qo’llash mumkinligini bildiradi. Zanjirli ko’pcho’michli ekskavatorlarning unumdrligi (1t massasi uchun) bir cho’michli ekskavatorlardan ko’ra 25-30% ga ko’p. Ko’p cho’michli ekskavatorlarning kamchiligi yo’naltiruvchi uskunalarning va qazgich zanjirining katta edirilishidir. Shu o’rinda ekskavastiyaning energiya talabi oshadi. Shu o’rinda kamchiliklarga qazishning katta ta’sirini (600 N/sm gacha) ham kiritish mumkin.
Rotorli ekskavatorlar zanjirli ekskavatorlarga qaraganda unumdorlik birligiga ko’ra og’irlikni 1.2-1.4 martagacha kamaytirish mumkin, bu holat qazish va bo’shatish joyigacha tashish funksiyasini alohida qilish evaziga erishiladi. Katta qazish harakati (1800 N/sm gacha) zich va muzlagan tog’ jinslari va ko’mirlarni qazish imkonini beradi. Rotorli ekskavatorlar ajratilgan qazib olish uchun samarali hisoblanadi. Rotorli ekskavatorning ekskavastiya jarayoni osonroq avtomatlashtiriladi.

    1. MEXANIK KURAKLAR VA DRAGLAYNLARNING TEXNOLOGIK O’LCHAMLARI.

Bir cho’michli ekskavatorlar ishlatilish joyi va tuzilishiga ko’ra beshta turga bo’linadi: 0.16-2 .5 м3 cho’mich hajmiga ega zanjirli va pnevmog’ildirakli qurilish ekskavatolari (ES turi), 1.25-8 м3 cho’mich hajmiga ega zanjirli karyer- qurilish ekskavatorlari (EKSG turi), 2-20 м3 cho’mich hajmiga ega zanjirli karyer ekskavatorlari (EKG turi), 4-100 м3 cho’mich hajmiga ega zanjirli ochish ekskavatorlari (EVG turi) va 4-120 м3 cho’mich hajmiga ega qadam tashlaydigan draglaynlar (ESh turi).
Qurilish ekskavatorlari universalligi va katta harakatchanligi bilan ajralib turadi. Ular dizel yoki dizel-elektrik uskunaga ega va zanjirli yoki pnevmo g’ildirakli bo’ladi. Asosan qurilishda er ishlarida qo’llaniladi. Ochiq kon ishlarida bu ekskavatorlar gil tuproq, qum, shag’al va boshqa qurilish tog’ jinslari qazib olishda qo’llaniladi (yiliga 2 mln м3 unumdorlikka ega bo’lganda). Katta karyerlarda ular asosan foydali qazilma va qoplovchi tog’ jinsini alohida qao’ishda yoki qo’mimcha ishlarda qo’llaniladi.
Qurilish-karyer ekskavatorlari qurilish va karyer ekskavatorlari orasida oraliq hisoblanadi. Ular asosan qurilishda katta er ishlarida qo’llaniladi.
Karyer ekskavatorlari ochiq kon ishlarida asosiy yuklash uskunasi hisoblanadi. Ular to’g’ri mexanik kurakli 2-20 м3hajmli cho’michli ishchi asbobiga, zanjirli harakat, ko’p yurgizgichli elektrik uzatishga ega. Karyer ekskavatorlari qattiq qoyasimon tog’ jinslarini qazib olishda va barcha iqlimiy sharoitlarda ishlashi uchun yuqori qattiqlikka ega materiallardan foydalaniladi.
Ochuvchi ekskavatorlarda o’q va uchlik uzunroq ko’rinishda bo’ladi. Ular asosan kon massasini ag’darmaga tashishga yo’naltirilgan. 15 м3 cho’mich hajmiga ega ekskavatorlar asosan ekskavator joylashishidan yuqori gorizontda joylashgan transport vositalariga kon massasini yuklashga asoslangan.
Qadam tashlovchi draglaynlar 4-100 м3 cho’michli bo’ladi va o’qining uzunligi 125 m gacha ishlab chiqariladi. Ular ekskavator joylashuvidan yuqori va pastki zaboylarni qazish uchun mo’ljallangan va qazib olingan maydonga tog’ jinsini tashlashga ham qaratilgan. Qadam bosish yo’li to’kilgan tog’ jinsidan ham harakat qilishga qaratilgan. Draglaynning asosidagi bosim 0.1 MPa, xarakatda esa 0.2 MPa.
Bir cho’michli ekskavatorlaming asosiy texnologik o’lchamlari ulaming ishchi organi, cho’mich hajmi, o’lchamlar, massa, o’tadigan qiyalik, asosdagi bosim hisoblanadi.
Mexanik kuraklarning ishchi o’lchamlari bu, o’q uzunligiga bog’liq bo’lgan holda qazib olish radiusi va balandligi, o’qning qiyalik burchagi va ekskavatorning o’lchamlari.
Qazish radiusi R - qazish vaqtida ekskavatorning aylanish o’qidan cho’michning kesuvchi nuqtisigacha gorizontal masofa. Qazishning maksimal radiusi R^ o’qning gorizontal holatda maksimal chiqarilgan holatiga tengdir (rasm. 3.3). Qazishning minimal radiusi RMUH ekskavatorning o’rnatilish gorizontida o’qning zanjilgi qarab qaytgan holatiga teng. Eksavatorning o’rnatilish gorizontida maksimal qazish radiusi R4y - eskavator o’rnatilish
gorizontida maksimal qazish radiusi.
Qazish balandligi Нч - ekskavator o’rnatilgan gorizontdan cho’michning kesuvchi uchigacha bo’lgan vertikal masofa. Qazishning maksimal balandligi Нчжш: o’qning maksimal ko’tarilganligiga mos keladi. Maksimal qazish
radiusidagi qazish balandligi Нч va ekskavator o’rnatilgan gorizontdan pastdagi maksimal qazish chuqurligi Нк mavjud.
Bo’shatish radiusi Rp - ekskavator aylanish o’qidan kon massasini
bo’shatishda ekskavator cho’michigacha bo’lgan masofa. Bo’shatishning maksimal radiusi RpMax gorizontal joylashgan o’qning maksimal
chiqarilganligiga mos keladi.
Bo’shatish balandligi Hp - ekskavator o’rnatilish gorizontidan bo’shatishda ochiq cho’michning pastki qismigacha bo’lgan vertikal masofa. Bo’shatishning maksimal balandligi Нрмах bo’shatishdagi cho’michning maksimal balandligiga
teng.
Qazish va bo’shatish radiusi R va Нp kattaliklariga mos keladi. Qazishning
va bo’shatishning maksimal radiuslari qazish balandligi va bo’shatish balandligiga mos kelmaydi.
Ekskavatorning ishchi o’lchamlari uning ish maydonini kamaytiradi va zaboy o’lchamlarini aniqlab beradi.



3.3-rasm. Mexanik kuraklarning ishchi o’lchamlari


Ekskavatorning gabaritlari uning kuzovi aylanish radiusi R va ekskavator
balandligi Нэ bilan aniqlanadi (rasm. 3.3). Kuzovning aylanish radiusi
ekskavatorning zaboydagi mumkin bo’lgan joylashuvi va o’tiladigan transheyalar kengligini aniqlaydi. Ekskavatorning balandiligi ekskavator o’rnatish gorizontidan ekskavatorning eng tashqariga chiqib turgan
echilmaydigan qismigacha bo’lgan masofa bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkich ekskavatorning to’siqlardan (chegaralar, estakada, EUL va boshqalar) ishchi uskunalarning echilgan yoki tushurilgan holatida o’tish mumkinligini bildiradi.
lOOOt gacha bo’lgan mexanik kuraklar 12° gacha bo’lgan balandlikni bosib o’tadi, kattarok og’irlikdagi mexanik kuraklar esa 7° gacha bo’lgan.
Karyer va ochish mexanik kuraklarining asosiy texnologik ko’rsatkichlari 3.1.jadvalda keltirilgan.
Mexanik kurak ishchi maydonda o’rnatiladi va ishlar borishi bilan olinga ko’chiriladi. Mexanik kurakning ishchi stikli quyidagicha bo’ladi: qazish
(cho’michni to’ldirish), bo’shatish joyiga burulish, tog’ jinsini cho’michdan bo’shatish va zaboyga qaytish. Cho’michning chiqarilishi va tushurilishi ekskavatorning qaytishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Burilishga ekskavator stiklning 55-60% vaqtini sarflaydi. Shu sababli ekskavator qaytish burchagining kamaytirilishida ekskavator ishi stikl vaqti ham kamayadi, texnik unumdorlik esa oshadi.
Draglaynning ishchi parametrlari bu, qazish radiusi R, qazish chuqurligi
Hp, bo’shatish radiusi Rp, bo’shatish balandligi Hp (rasm. 3.4). Bu
ko’rsatkichlar o’q uzunligi va uning qiyalik burchagiga bog’liq. Ko’tarish kanatining qaytish burchagi cho’michni tashlashda vertikalda 12-15 darajani tashkil qiladi.


3.4-rasm. Draglayn ishchi parametrlari





Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish