Moskow mining institute publishing house


asosiy o’lchamlari hisoblanadi. Belgilangan asosiy ag’darma o’lchamlarida ag’darmaning o’z o’lchamlari quyidagi formulalar bilan aniqlanadi



Download 3,02 Mb.
bet37/65
Sana07.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#535694
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
Bog'liq
OCHIQ KON ISHLARI mavzu izlash uchun

asosiy o’lchamlari hisoblanadi. Belgilangan asosiy ag’darma o’lchamlarida ag’darmaning o’z o’lchamlari quyidagi formulalar bilan aniqlanadi.

  1. Ikkita yo’l qayta tashlanmalari orasidagi ag’darma oxiri berkligining (butunlikdagi hajmi bo’yicha) qabul qilish qobiliyati (м3)

VOM = h0A0L0M /kpo (5.4)

  1. Ikkita yo’l qayta yuklanmalari orasida ag’darma oxiri berkligining ishlash davomiyligi (kun)

t = V /V (5.6)

OPEN - PIT MINING TECHNOLOGY, MECHANIZATION AND MANAGEMENT 2
(m - Вд ) tgpH 21
E hyCtga + E bn + E bm + E bK 21
t t t t 68
v,, = £ S,L,+ VRI 262

kHp =0.85-0.95 - transport ishining bir tekismasligini hisobga olish koeffitsiyenti;
Tc - oxiri berklikning sutkasiga ish soatlari;
t0 - ag’darmada lokomotivtarkiblar hajmining davomiyligi, soat;
tp - lokomotivtarkibning bo’shatilish vaqti, soat;
2L
to = ^ + T (5.8)
vn
Lo - almashinuv nuqtasidan ag’darmaning markazigacha bo’lgan masofa, km; ул - ag’darma nuqtalari bo’yicha lokomotivtarkibning o’rtacha harakatlanish tezligi, km/soat;
т - temiryo’l aloqasining davomiyligi, soat;
t = nt (5.9)
р в в V У
П - lokomotivtarkibda dumpkarlar soni;
te - dumpkarning bo’shatilish vaqti davomiyligi, soat.

  1. Ishdagi ag’darma oxiri berkliklari soni:

N = V /V (5.10)
т.р ' в.с с V /
Bunda, Ve c - ag’darmaga keladigan qoplovchi tog’ jinsining sutkalik hajmi, м3.

  1. Zaxiralar bilan ag’darmada oxiri berkliklar soni



(5.11)

\+1 ^
t„
N = N
т.о т. р
V р.т J
Bunda, tn m - ag’darma oxiri berkligida yo’lni qayta yotqizish davomiyligi, sutka.
To’xtovsiz va katta unumdorli ag’darma oxiri berkligining ishi uning transportni qabul qilishi va ekskavatorning unumdorligi bilan bir xil vaqt oralig’ida bir xil bo’lganda erishiladi, ya’ni quyidagi shartga rioya qilish kerak:

tk
ц р.к

Уц (to + t р )
^н.рТс _ _ 3600EkHK(5 12)
Bunda, kpK - ekskavator cho’michidagi tog’ jinsining maydalnish koeffitsiyenti;
ke - ag’darma ekskavatorining vaqt bo’yicha ishlatilish vaqtini hisobga olish koeffitsiyenti;
kHK - ekskavator cho’michining to’ldirilish koeffitsiyenti;
E - ag’darma ekskavatori cho’michining hajmi, м3.
(5.12) tenglikdan ag’darmada ishlaydigan ushbu ekskavator cho’michi hajmi uchun optimal lokomotivtarkib almashinuvi vaqtini (soat) aniqlaymiz:


(5.13)
k n q t k
н.р в ±гр ц р.к ^
3600ЕКАУц р
Lokomotivtarkiblarning almashinuv vaqtini bilgan holda almashinuv nuqtasining joylashuv joyini aniqlash mumkin. Shuningdek
lokomotivtarkiblarning almashinuv vaqti bo’yicha ekskavatorning kerakli cho’mich hajmini ham aniqlash mumkin:


Е

(5.14)
к n q t к
н.р в^гр ц р.к
3600Екн.ккв (to + tр )Гц

Mexanik kuraklarning ag’darmalardagi unumdorligi karyerdagidan ko’ra 1.2-1.3 marta yuqoriroq, bu ekskavatsiya koeffitsiyentining yuqoriroq qiymatlari bilan va ag’darmada ekskavatorning vaqt ichida foydalanilishi yuqoriligi (0.5­0.6 o’rniga 0.7-0.8) bilan asoslanadi. Mexanik kuraklarni ag’darmalarda har qanday qattiqlikdagi tog’ jinslarindan ag’darma hosil qilishda qo’llash mumkin.
Maydalangan yumshoq qoyasimon va yarim qoyasimon tog’ jinslaridan ag’darma hosil qilishda draglaynlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Draglaynlar bilan ag’darma hosil qilish mexanik kuraklarda ag’darma hosil qilishdan uncha farq qilmaydi. Ag’darma hosil qilishning draglayn bilan amalga oshiriladigan sxemalari draglayn bilan xizmat ko’rsatiladigan oxiri berkliklar soni bilan, ag’darma yaruslarining hosil qilinishi va ularni to’ldirishi bilan farq qiladi (5.5-rasm.). Draglayn ag’darma o’tish kengligi mexanik kuraklarnikidan kengroq bo’ladi va 30-100 m oralig’ida bo’ladi. Zaxodka kengligining oshirilishi katta hajmda yo’lni qayta yotqizish ishlarini kamaytiradi (3-6 marta). Draglayn yordamida ag’darma hosil qilishning kamchiliklari bu tuman, qor, qattiq shamol holatida ishning murakkabligi, ekskavatorni sotib olish uchun katta kapital xarajatlar hisoblanadi. Ag’darmalarda cho’mich hajmi 20 M bo’lgan ESH turidagi draglaynlar keng qo’llaniladi.
Plugli ag’darma hosil qilish. Bu turdagi ag’darma hosil qilish ekskavatorladan oldingi avlod hisoblanadi, lekin kichik unumdorlikka ega bo’lganligi sababli ekskavator bilan almashtirildi. Plugli ag’darma hosil qilish uncha katta bo’lmagan karyerlarda uncha katta bo’lmagan qoyasimon bo’sh tog’ jinslari va ko’plab oxiri bekrliklar mavjud bo’lgan va turli gorizontlarda joylashgan hollarda qo’llaniladi.
Plugli ag’darma hosil qilish jarayoni quyidagi ishlarni o’z ichiga oladi: tog’ jinsini dumpkarlardan qiyalikka qarab bo’shatish, ag’darma pog’onasini
tekislash (qazish), yo’lni rejalashtirish va yo’lni siljitish (5.6 rasm.). Dumpkalami bo’shatish ag’darma boshi berkligining butun uzunligi bo’yicha amalga oshiriladi. Qiyalikning turg’unligiga ko’ra dumpkarlar bittalab, guruhlab va barchasi bir vaqtda bo’shatilishi mumkin. Bo’shatiladigan tog’ jinslarining bir qismi qiyalik bo’ylab pastga tushadi va qolgan katta qismi (70% gacha) pog’ona yuzasida qoladi va keyingi dumpkarlarni bo’shatishga xalaqit beradi. Qolgan tog’ jinsini pastga siljitib yuborish uchun ag’darma plugi yordamida amalga oshiriladi. Dumpkarlarni bo’shatish va yer yuzasini tekislash asosan bir necha marta amalga oshiriladi. Tekislangan maydon oldingi holatidan lokomotiv tarkibning harakatlanishida cho’kishini oldini olish maqsadida 0.2-0.5 m baland bo’lishi kerak. Qiyalikni loyihalash va ag’darmani tekislash plug yordamida ag’darma oxiri berkligi bo’ylab bir necha marta o’tgan holda amalga oshiriladi. Ag’darma plugining ishchi a’zolari bu chiqariladigan lemex va qanotlardir. Ag’darma pluglari zanjirli va o’zi yurar (qanotlar chiqishi 7.5 m gacha) qilib ishlab chiqariladi. Plugli ag’darmalarla yo’llarni siljitish davriy harakatga ega yo’l siljitgichlar bilan qavatlarga bo’lmasdan amalga oshiriladi.
Maksimal siljitish qadami quyidagi formula bilan aniqlanadi:
А = a -b (5.15)
о.мах к б V у
Bunda, ак - plug asosiy qanotining chiqish uzunligi, m;
b - yo’l o’qidan qiyalik yuqori qismigacha bo’lgan xavfsiz masofa (xavfsizlik bermasi), m.
Portlatilgan tog’ jinsidan ag’darma hosil qilganda xavfsizlik bermasi kengligi 1.8 m dan kam bo’lmasligi kerak, turli tog’ jinslaridan ag’darma hosil qilishda esa bu ko’rsatkich 25% ga oshadi. Ag’darma pluglari uchun harakatlanish qadami 1.5-4m ni tashkil qiladi.
Plugli ag’darma hosil qilishda ag’darma oxiri berkligining uzunligi 0.5­2.5km oralig’ida o’zgaradi. Plugli ag’darmalar pog’onalarining balandligi 15­25m ni tashkil qiladi va tog’ jinsi turg’unligi bilan xarakterlanadi. Plugli

ag’darma hosil qilishning qolgan ko’rsatkichlari ekskavatorli ag’darma hosil qilish bilan bir ko’rinishda bo’ladi.






  1. rasm. Plugli ag’darma hosil qilish sxemasi:

a - lokomotivtarkiblarning bo’shatilishidan oldin ag’darma qiyaligining holati; b - bo’shatishdan keyin; v - profillashdan keyin; g - takroriy bo’shatish va yo’llarni siljitishdan keyin.
Plugli ag’darma hosil qilishning qulayliklari bu uncha qimmat bo’lmagan va ishlatishda oddiy bo’lgan uskunadan foydalanishdir. Plugli ag’darma hosil qilishning kamchiliklariga uning uncha katta bo’lmagan qabul qilish qobiliyati, ko’plab zaxira oxiri berkliklarning mavjudligi, harakatlanishning kichik qadami, ko’plab kam mexanizatsiyalangan yo’l ishlarining hajmi, yumshoq tog’ jinslarini yotqizishning murakkabligini (asosan yomg’irli davrda) kiritish mumkin.
Abzettserli ag’darma hosil qilish. Abzettserli ag’darma hosil qilish dumpkarlarni tekis bo’lgan ag’darma yuqori yuzasiga parallel bo’lgan ag’darma yuzasida joylashgan transheyalarga bo’shatish, tog’ jinsini transheyadan olish, tog’ jinsini ag’darmaga tashish, ag’darma yuzasini loyihalash va yo’llami ko’chirishni o’z ichiga oladi.
Abzettser - to’la xususiyatli ko’p cho’michli ekskavator, u lentali konveyerli bo’shatish konsoliga ega. Qabul qilish transheyasidan tog’ jinsini cho’michi bilan olinadi va pitatel yordamida bir tekisda konveyerga tushadi, u esa o’z o’rnida ag’darmaga tog’ jinsini yuboradi. Abzettserlar qoidaga ko’ra relsli harakatga ega. Ag’darmani tog’ jinsi bilan bo’shatish abzettser yordamida
204
transheya bo’ylab amalga oshiriladi. Avval ag’darmaning tashqi qismi hosil qilinadi, keyin esa ichki, bunda bo’shatish konsoli gorizontal yuzaga buriladi.
Ag’darma pog’onasi ikkita nimpog’ona bilan hosil qilinadi. Abzettser, qabul qilish transheyasi va yo’l bu holatda pastki nimpog’ona ustida joylashadi. Pastki nimpog’onaning mumkin bo’lgan balandligi uning turg’unligi bilan chegaralanadi, yuqori nimpog’onaning balandligi esa - abzettserning o’qi uzunligi, uning qiyalik burchagi, yuqori nimpog’onaning qiyaligi turg’unligi bilan va abzettserning yo’lga nisbatan joylashuvi bilan chegaralanadi. Abzettserli ag’darma hosil qilishning balandligi 90 m gacha bo’ladi. Yuqori nimpog’onaning balandligi 20-35 m, pastkisi esa 40-55 m.
Tog’ jinsini joylashtirgandan keyin ag’darma yuzasini tekislash yoki abzettserning ramasi bilan yoki buldozer bilan amalga oshiriladi.
Ag’darma ekskavatorlarining yo’li asosan ko’p relsli bo’ladi, shu sababli ularni cheksiz harakatdagi yo’l ko’chirgichlar bilan ko’chiriladi.
Ag’darma o’tishning kengligi 40-60m oralig’ida o’zgaradi. Bu ko’rsatkich ag’darma konsolining uzunligi va uning qiyalik burchagiga bog’liq.
Ag’darma oxiri berkligining uzunligi abzettserning cheksiz ish holatini ta’minlash imkoniyati bilan hosil qilinadi va uning unumdorligiga ko’ra 1-2 km ni tashkil qiladi. Abzettserning texnik unumdorligi 2000-7000 м3/соат ni tashkil qiladi.
Abzettserlar faqatgina ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan qazib olinadigan yumshoq va maydalangan tog’ jinslaridan ag’darma hosil qilishda qo’llaniladi. Ular yuqori unumdorlikka ega va ag’darmaning yuqori balandligida uning turg’unligi ta’minlay oladilar. Abzettserning kamchiliklari bu, uning iqlimiy ish sharoitlariga bog’liqligi, qurilishning katta kuch talab qilishi va abzettserli yo’llaming saqlanishining murakkabligidir.
Buldozerli ag’darma hosil qilish. 220 kVt va undan yuqori kuchga ega buldozerlarning ishlab chiqarilishi bilan karyerlarda temiryo’l transporti bilan birga ag’darma hosil qilishda qo’llanilmoqda. Bunday ag’darma hosil qilish holatida ag’darma pog’onasi ikkita nimpog’onaga bo’linadi. Tog’ jinsi pastki nimpog’ona ustiga bo’shatiladi (transport yo’llari yuqori nimpog’onada joylashadi) va buldozerlar bilan pog’ona qiyaligiga qarab suriladi.
Yuqori nimpog’onaning balandligi bo’shatiladigan tog’ jinsining balandligi yo’llar darajasidan past bo’lishi kerak, ya’ni 1.5-2.5 m orasida bo’lishi kerak. Shpallarning tashqi uchidan yuqori nimpog’onaning yuqori qismigacha bo’lgan masofa 1m dan kam bo’lmasligi kerak. Pastki nimpog’onaning balandligi uning turg’unligiga ko’ra qabul qilinadi.
Ag’darma zaxodkasining kengligi (yo’llarna qayta yotqizish qadami) buldozerning unumdorligi, qoplovchi tog’ jinsi hajmi, poezdning foydali massasi, ag’darmadagi yo’llarning rivojlanish sxemasi va ag’darma yo’llarning ko’chirilishga bo’lgan xarajatlar bilan aniqlanadi. Ag’darma zaxodkaini 30-70 m qilib qabul qilish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Ag’darma oxiri berkligining ratsional uzunligi 1.2-1.5 km oralig’ida bo’ladi.
Buldozerli ag’darma hosil qilishning yon, frontal va kombinatsiyalashgan sxemalari mavjud (5.7 rasm.). Yon sxemada tog’ jinsini yotqizish buldozerning diagonal o’tishlari bilan amalga oshiriladi. Bo’shatish frontining uzunligi lokomotiv tarkibning uzunligiga va undan oshiqroqqa teng. Bu sxema oxiri berklikni hosil qilish va yuqori nimpog’onaga tog’ jinsini joylashtirish uchun qo’llaniladi. Frontal sxemada tog’ jinsi qisqa masofa bo’yicha tashiladi (ag’darma normali va fronti bo’yicha). Bitta yoki bir necha buldozerlar ishlashi mumkin. Bu sxema pastki nimpog’onaga tog’ jinsini tashlashda qo’llaniladi. Kombinatsiyalashgan sxemada tog’ jinsi kamida ikkita buldozer bilan tashiladi, ularning texnologik xususiyatlari chegaralangan. Birinchi buldozer burulish lemexi bilan tog’ jinsini uyumdan oraliq masofaga uncha katta bo’lmagan uzoqlikka tashiydi, bunda u lokomotivtarkiblar bo’shatilishi uchun va burulmaydigan lemexli buldozer uchun ish sharoitini yaratadi. Ikkinchi buldozer qisqa masofa bo’yicha tog’ jinsini pog’ona qiyaligiga ko’chiradi. Sxema katta unumdorlikka ega va pastki nimpog’onaga tog’ jinsini joylashtirish uchun qo’llaniladi.
Buldozerli ag’darma hosil qilishning qulayligi bu yo’llarning qayta yotqizish qadamining buldozer chiziqli o’lchamlariga bog’liq emasligi, ag’darma oxiri berkligining yuqori qabul qilish xususiyati, uncha katta bo’lmagan kapital va ekspluatatsion [arajatlar. Kamchiliklari - buldozerning ish unumdorligi iqlimiy sharoitlarga va tashish masofasiga bog’liqligi (5.2 jadv.), shuningdek g’aramlanadigan tog’ jinsi turiga, buldozerning yurish qismining katta miqyosda yemirilishi va qimmat yoqilg’ining katta sarfi.
Bultdozerli ag’darma hosil qilish usulini ag’darma balandligi 20 m dan yuqori bo’lgan hollarda va yaxshi maydalangan yumshoq va yarim qoyasimon tog’ jinslarini g’daramalashda qo’llash ma’qul. Buldozerli ag’darma hosil qilishning unumdorligi shuningdek 350-500 kVt kuchga ega buldozerlarni qo’llaganda oshadi. Xuddi shunday ish sharoitlarida buldozerlarning o’rniga (yoki ular bilan birga) ag’darma ishlarida yuklagichlardan ham unumli foydalanish mumkin.

ГТ1 « • • • •
Tog’ jinsini tashish masofasi, m

Buldozerning almashinuvli unumdorligi, м3

Tog’
jinsini
tashish
masofasi,
m

Buldozerning almashinuvli unumdorligi, м3

D-271

D-275

D-385

D-271

D-275

D-385

10

700

1060

2100

25

270

400

810

15

565

880

1730

30

190

290

570

20

395

590

1180




















5.7-rasm. Temir yo’l transportida buldozerli ag’darma hosil qilishning texnologik sxemalari:
a - yon tomonli; b - frontal; v - aralash.




  1. AVTOMOBIL TRANSPORTI QO’LLANILGANDA AG’DARMA

HOSIL QILISH
Qoplovchi tog’ jinsini avtosamosvallar bilan ag’darmalarga tashishda buldozerli ag’darma hosil qilish qo’llaniladi. Ag’darma hosil qilish jarayoni avtosamosvallar bilan tog’ jinsini pog’onaning yuqori qismiga bo’shatiladi va qiyalik bo’ylab siljitishni, yer yuzasini tekislash va avtomobil yo’llarini saqlash va tuzatish ishlarini o’z ichiga oladi.
Ag’darmani to’ldirish maydonli yoki pereferiya bo’yicha amalga oshiriladi. Birinchi holatda avtosamosvallar ish fronti bo’yicha qiyalikka qarab (turg’un ag’darmalarda) yoki qiyalikka 3-5 m qolgan holatda bo’shatiladi. Keyin tog’ jinsi buldozer bilan qiyalikka qarab siljitiladi. Buldozerli ag’darma hosil qilish bu holda loyihada rivojlanadi. Maydonli ag’darma hosil qilishda
avtosamosvallar ag’darma yuzasi bo’ylab bo’shatiladi. Ag’darma yuzasi buldozerlar bilan tekislanadi va tekislagichlar bilan zichlanadi. Shundan keyin yangi qatlam tashlanadi. Bu holatda buldozerli ag’darma hosil qilish vertikal bo’yicha rivojlanadi. Iqtisodiy tomondan arzonroq usul bu pereferiya usuli, bunda tekislash va yo’l ishlari kamroq bo’ladi. Maydonli usul kam hollarda ishlatiladi (asosan kamturg’un yumshoq tog’ jinslarini g’aramalashda).
Pereferiya usulida xavfsizlik uchun yuqori ag’darma pog’onasida avtosamosvallarning orqa g’ildiraklari uchun yog’och yoki metall ustunlar qo’yiladi (ba’zida uning o’miga balandligi 0.5-0.8 m va kengligi 2-2.5 m bo’lgan val tashlanadi).
Bundan tashqari buldozerli ag’darmaning yuzasi ag’darma markaziga qarab

  1. 50 qiyalikka ega bo’lishi mumkin.

Buldozerli ag’darmaning tekis maydondagi balandligi tog’ jinsining turg’unligi va fizik-texnik xususiyatlari bilan aniqlanadi. Qoyasimon tog’ jinslari uchun bu ko’rsatkich 30-35 m, qum tog’ jinslari uchun 15-20 m, gilsimon tog’ jinslari uchun 10-15m.
Tog’li karyerlarda buldozerli ag’darmalarning balandligi 150m va undan yuqori bo’lishi mumkin. Bunday ag’darma balandligida ishchi tarkibning xavfsiz ishlashi uchun maxsus tadbirlar bajariladi.
Buldozerli ag’darma asosan bo’shatish frontiga teng bo’lgan uchta maydondan iborat (5.8 rasm.). Birinchi maydonda bo’shatish, ikkinchida - tekislash ishlari, uchinchida esa - zaxira. Kon ishlarining rivojlanishi bilan maydonlarning vazifasi o’zgarishi mumkin.
Ag’darmaga kerakli bo’lgan maydon (м2) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
S = V,k,.o КНХ) (5.16)
Bunda, V - ag’darmaga joylashtirilishi kerak bo’lgan ag’darma hajmi, мг;; kpo =1.1-1.2 - ag’darmadagi tog' jinsining maydalanganligining qoldiq koeffitsiyenti;
Н - ag’darma balandligi, m;

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish