Moskow mining institute publishing house



Download 3,02 Mb.
bet36/65
Sana07.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#535694
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
Bog'liq
OCHIQ KON ISHLARI mavzu izlash uchun

5.1 jadval

Transport

Tog’ jinsilaridan ag’darma hosil qilish uchun mexanizatsiyalash uskunalari

Qoyali

Yumshatilgan

Temiryo’l

Mexanik kuraklar, ag’darma pluglari, buldozerlar

Mexanik kuraklar, draglaynlar, abzettserlar, buldozerlar

Avtomobil

Buldozerlar

Buldozerlar








5.5-rasm.. ESH-10/60 draglaynidan foydalangan holda ag’darma hosil qilish sxemasi 5.2. AG’DARMALARNING JOYLASHUV JOYINI TANLASH

Ag’darmalarning joylashuv joyiga ko’ra karyer konturiga nisbatan ag’darmalar ichki, qazib olingan joyda joylashtiriladigan, va tashqi - karyer konturidan tashqarida joylashtiriladiganlarga bo’linadi. Qazib olingan joylarni qoplovchi tog’ jinsini joylashtirish uchun ishlatish tashish masofasini qisqartiradi. Shu o’rinda ag’darmalar hosil qilish uchun qo’shimcha maydon va qazib olingan maydonni rekultivastiya qilish zarurati yo’qoladi. Lekin ichki ag’darmalarni hosil qilish faqatgina gorizontal va kichik burchakka ega va butun qalinlikda qazib olinadigan konlar uchun mumkin. Ba’zi hollarda ichki ag’darmalarni hosil qilish qiya va tik qiya konlarda ham mumkin. Tashqi ag’darmalar qoidaga ko’ra qiya va tik qiya konlarda hosil qilinadi, bunda karyerning oxirgi konturi qazib olishning faqatgina oxirgi davrida bilinadi. Gorizontal va kichik burchakli konlarni qazib olishning birirnchi davrida qoplovchi tog’ jinslari kondan tashqariga chiqariladi.


Qiya va kichik burchakli konlarni qazishda katta qalinlikdagi qoplovchi tog’ jinslari mavjud bo’lganda (40-50m va undan yuqori), bir vaqtning o’zida ichki va tashqi ag’darmalar hosil qilinadi. Pastki pog’onalarning qoplovchi tog’ jinslari ichki ag’darmalarda, yuqori pog’onalarning qoplovchi tog’ jinslari tashqi ag’ darmalarda j oylashtiriladi.
Tashqi ag’darmalarning joyini tanlashda quyidagi holatlar bilan tanishiladi. Ag’darmalar karyer zaboyidan ag’darmalar hosil qilish nuqtalarigacha bo’lgan masofani qisqartirish maqsadida ag’darma joylari bevostida karyer yonida joylashgan bo’lishi kerak. Ag’darmalarga kelish yo’llari qulay va qiyaliklarsiz bo’lishi kerak. Ag’darmalar tagida yaqin orada ochiq usulda qazib olinishi mumkin bo’lgan foydali qazilma zaxiralari bo’lmasligi kerak. Tog’ jinslarini g’aramalash uchun birinchi o’rinda qishloq xo’jaligida ishlatilmaydigan va kam ishlatiladigan yerlardan tanlash kerak (chuqurlik, botqoqlik va boshqalar). Ag’darmalarning joylashuvi kon ishlarinig borishiga xalaqit bermasligi kerak. Ag’darmalarni tog’ tushish joylarida yoki yaylovlarda joylashtirish maqsadga muvofiq. Ag’darmaning qabul qilish qobiliyati karyerdan foydalanishning barcha davrida chiqariladigan tog’ jinslarini joylashtirish ishkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Amaliyotda talab etilgan ag’darma joyini tanlashning barcha talablarini bajarishning imkoni yo’q. Shu sababli har bir muayyan vaqtda joyni tanlash texnik-iqtisodiy hisoblar bilan amalga oshiriladi. Talablar sifatida bunda karyerning barcha foydalanish davrida minimal xarajatlar va ekspluatatsion xarajatlar olinadi. Ag’darmalarning joylashuv holatining optimal holati quyidagi holatni qanoatlantirishi kerak:
Зтр + Зр + Зу min (5.2)
Bunda, Зтр - karyerning barcha foydalanish davrida qoplovchi tog’ jinsini
tashishga bo’ladigan xarajatlar yig’indisi, rub;
3V - ag’darma ustini rekultivastiya qilishga bo’lgan xarajatlar, rub;
З - yemi qazib olish bilan bo’lgan yerga yetkaziladigan zarami qoplashga
kon korxonasi tomonidan to’lab berish xarajatlari, rub.
Ba’zi hollarda vaqt faktori hisobga olishi bilan qoplovchi tog’ jinslari karyerning qazib olishning birinchi davrida yonida joylashuvi ma’qul bo’lishi mumkin (hatto oxirgi kontur chegarasida ham). Kon ishlarining rivojlanishi bilan bu tog’ jinslari ikkilamchi holda yuklanadi va rivojlanayotgan karyer konturiga tashiladi. Katta karyerlar qoidaga ko’ra tashish masofasini qisqartirish uchun bir nechta ag’darmalarga ega bo’ladi.

  1. TEMIR YO’L TRANSPORTI QO’LLANILGANDA AG’DARMA

HOSIL QILISH
Temiryo’l transportida tog’ jinslarini g’aramalashda ag’darmalarda mexanik kuraklar, draglaynlar, ag’darma pluglari, abzettserlar va buldozerlar qo’llaniladi.
Temiryo’l transportida ekskavatorli ag’darma hosil qilish mahalliy karyerlarda oldingi o’rinlarda turadi (unga 85-90% qism to’g’ri keladi). Ag’darma ekskavatorlarining ishi dumpkarlardan bo’shatiladigan tog’ jinslarini ekskavatsiya qilish va ularni ag’darmaga yotqizishga asoslangan. Mexanik kurakdan foydalanishda pog’onalar ikkita nimpog’onaga bo’linadi. Mexanik kurak pastki nimpog’onaning ustiga joylashtiriladi. Dumpkarlardan bo’shatiladigan tog’ jinsini qabul qilish va ekskavatsiya qilish uchun pastki nimpog’onaning ustida maxsus qabul qiladigan, dumpkarning bir yarim yoki ikki marta kattaligini tashkil qiluvchi qazilma hosil qilinadi, uning chuqurligi

  1. 8-1m (5.4 rasm.). Lokomotivtarkib ag’darmalarga vagonlar oldin tomondan uzatiladi. Qabul qiladigan lahimga qoidaga ko’ra dumpkarlar birin-ketin bo’shatiladi. Tog’ jinsini ekskavator bilan ag’darmaga joylashtirish uchta yo’nalishda amalga oshiriladi: yo’nalish bo’yicha oldinga pastki nimpog’onaga, pastki nimpog’onaning qiyaligi tomonga qarab va yuqori nimpog’onaga.

Ag’darmaga joylashtiriladigan va asosda joylashgan tog’ jinslarining fizik- texnik xususiyatlariga ko’ra ag’darmada ekskavatorlarning ikki turdagi ish sxemasi qo’llaniladi.

  1. Agar ag’darma asosi tog’ jinslari va yotqiziladigan tog’ jinslari turg’un bo’lsa tashlash bir vaqtning o’zida ham yuqori ham pastki nimpog’onalarga amalga oshiriladi. Ag’darma zaxodkaning to’ldirihshidan keyin ekskavator oldingi holatga qaytadi va yangi zaxodkani tashlashni boshlaydi.

  2. Turg’un bo’lmagan tog’ jinslarida ekskavatorning oldingi harakatida (almashinuv nuqtasidan oxiri berk yo’lgacha) faqatgina pastki nimpog’onaga tashlash amalga oshiriladi. Orqaga qaytishda ekskavator yuqori nimpog’onaga tashlashni amalga oshiradi. Bu sxema ekskavatorning bo’sh harakatini chetlab o’tadi. Shu o’rinda ekskavatorning orqaga harakatida tog’ jinsi zichlanadi va ag’darma turg’unligi va zichligi oshadi.

Ag’darma pog’onasining ratsional balandligi keng miqyosda o’zgaradi va asosan yotqiziladigan tog’ jinsi va asosdagi tog’ jinslari fizik-texnik xususiyatlari, yer yuzasi relyefi, ekskavatorning o’lchamlariga bog’liq bo’ladi va tekislikda 15-30m ni va tog’li joylarda 70m va undan yuqori bo’ladi. Yuqori nimpog’onaning balandligi ekskavator yuklash balandligiga bog’liq bo’ladi va mos ravishda EKG-5, EKG-8I va EKG-12.5 ekskavatorlari uchun 4-6, 6-8 va 7­9 m ni tashkil qiladi.
Ag’darma yo’llarining qayta yotqizish qadami (m) ekskavatorning chiziqli o’lchamlariga bog’liq va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
А = (R + Rr )k, (5.3)
Bunda, R4, R - mos ravishda ekskavatorning qazish va bo’shatish radiusi, m;
kn =0.85-0.9 - ekskavatorning chiziqli o’lchamlarini hisobga olish
koeffitsiyenti.
EKG-5, EKG-8 va EKG-12.5 ekskavatorlari uchun qayta yotqizish qadami mos ravishda 25, 30 va 35m.
Kon va transport vositalarining eng unumli foydalanishini ta’minlovchi ag’darma oxiri berkliklarning optimal uzunligi texnik-iqtisodiy hisoblar asosida o’rnatiladi va 1500-2000m ni tashkil qiladi.
Ag’darma pog’onasining balandligi h0, ag’darma yo’llarining qayta yotqizish qadami va ag’darma oxiri berkligining uzunligi Lom ag’darmaning

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish