Moskow mining institute publishing house


Karyeming kunlik yuk aylanmasini ta’minlovchi lokomotivtarkibning barchasining reyslar soni quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi



Download 3,02 Mb.
bet28/65
Sana07.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#535694
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
Bog'liq
OCHIQ KON ISHLARI mavzu izlash uchun

Karyeming kunlik yuk aylanmasini ta’minlovchi lokomotivtarkibning barchasining reyslar soni quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Np = kpe3Wc /n,qzp (4.30)
Bunda, Wc - karyerning sutkalik yuk aylanmasi, t.
Bitta lokomotivtarkibning sutkasiga mumkin bo’lgan reyslari soni:
nP = Т / tP (4.31)
Bunda, T=22 - transportning sutkadagi ish davomiyligi, soat; tp - lokomotivtarkibning reysi davomiyligi, soat;
fp = tn + td.e + tраз + tdn + t (4.32)
tn - lokomotivtarkibning yuklanish vaqti, soat;
td.e, tdn - mos ravishda lokomotivtarkibning vaqtinchalik va turg’un yo’llar bo’yicha harakatlanish vaqti, soat;
tpa3 - tarkibning bo’shatilish vaqti, soat;
tox- almashinuv nuqtalarida tarkibning bo’shatish va yuklanishni kutish vaqti, soat;
t = n q / П (4.33)

OPEN - PIT MINING TECHNOLOGY, MECHANIZATION AND MANAGEMENT 2
(m - Вд ) tgpH 21
E hyCtga + E bn + E bm + E bK 21
t t t t 68
v,, = £ S,L,+ VRI 262

L В, L cm - mos ravishda vaqtinchalik (zaboy va ag’darma) va doimiy yo’llar uzunligi, km;
ve, vcm - mos ravishda vaqtinchalik va doimiy yo’llarda harakatlanish tezligi (ve =15-20; vcm =35-40), km/soat.
Tarkibning bo’shatish vaqti (soat) quyidagi formulalar bo’yicha aniqlanadi:

  • Vagonlarning bir vaqtda bo’shatilishida:

*раз = грл /60 (4.35)

  • Vagonlarning alohida bo’shatilishida:

t = nt /60 (4.36)
раз в р.в V /
Bunda, tpe - vagonning bo’shatilish vaqti (yozda tpe =1,5-5; qishda tpe =3-5), min.
toaK ko’rsatkichi reys uchun 5-10 daqiqa oralig’ida qabul qilinadi.
Ishchi lokomotivtarkiblarning soni quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
N = W.krjr KnBqJ) (4.37)
Ishchi lokomotivlarning soni lokomotivtarkiblarning soniga teng. Ishchi vagonlar soni:
N = Nc nB (4.38)
Vagon va lokomotivlarning inventar parki 20-25% ishchi parkdan ko’p ko’rinishda qabul qilinadi.

  1. KARYER AVTOMOBIL TRANSPORTINING HARAKATLANUVCHI TARKIBI VA YO’LLARNING XARAKTERISTIKALARI

Mahalliy va chet el karyerlarida avtomobil transporti ham asosiy transport vositasi sifatida, ham konveyer, temiryo’l, skipli va boshqa transport turlari bilan birgalikda qo’llaniladi.
Karyer yo’llari. Karyerlarda avtomobil transporti ishining unumdorligi qaysidir manoda yo’llar holati va sifatiga bog’liq bo’ladi (4.6-rasm.). Ishlatilish holatiga ko’ra karyer avtomobil yo’llari turg’un va vaqtinchalik bo’ladi. Kapital transheyalarda, yer yuzasida va bog’lovchi transport bermalarida qurilgan turg’un yo ’llar qoidaga ko’ra yo’l qoplamasiga va ikki tomonli harakatlanishga ega. Vaqtinchalik yo ’llar (pog’ona va ag’darmalarda) frontning siljib borishi bilan davriy siljib boradi va qoidaga ko’ra yo’l qoplamasiga ega bo’lmaydi.
Avtomobil yo’lining o’tish qismi kengligi (m) harakatlanadigan tarkib o’lchamlariga, harakatlanish tezligiga, yo’ldagi harakatlanish tomonlari soniga bog’liq bo’ladi va quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Ша = 2у + ар+(р-\)х (4.39)
Bunda, a - g’ildiraklar bo’yicha avtosamosvalning kengligi (tahminan kuzovning kengligiga teng), m;
u - himoya yo’lagining kengligi, m; p - harakatlanish yo’laklari soni;
x=2y - qarama-qarshi harakatlanuvchi avtosamosvallar kuzovlari orasidagi oraliq masofasi, m;
y = 0,5 + 0,005v (4.40) v - avtosamosvalning harakatlanish tezligi, km/soat.
Ikki yoqlama harakatlanishda (p =2):
Ша = 2(= + a) + x (4.41)


4.6 - rasm. Avtomobil yo’lining ko’ndalang profili:
a - maydalangan tog’ jinslarida; b - qoyasimon tog’ jinslarida; v - s’yezdlarda; 1 - yer qatlami; 2 - o’tish qismi; 3 - yo’l cheti; 4 - suv chiqarish inshooti; 5 - chegara.

Yuk ko’tarish qobiliyati 27-40 va 75-200 t bo’lgan avtosamosvallar uchun yo’lning o’tish qismining kengligi mos ravishda 13-15 va 20-25m ni tashkil qiladi. Kichik radiusli qiyaliklarda kenglik radiusga ko’ra o’zgaradi. O’tish qismining kengayishi quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi.



Qiyalik radiusi, m

250

100

50

30

20

15

Kengayish, m

0.5

00
о

1.1

1.4

1.7

2.1




Yo’l chetining kengligi 1-2m ni tashkil qiladi. Lahimlarda joylashgan yo’llar


asosi 0.4m bo’lgan trapetsiyasimon yon kyuvetlarga (chuqurligi 0.8-0.9 m) ega
155
bo’lishi kerak. Oddiy holatlarda yo’llar ikki tushgichli profilga ega bo’ladi, qiyalik esa 10-40 % bo’ladi. Yo’llarni tog’ yonlarida, karyer borti bermalarida va radiusi 200m dan kichik bo’lgan qiyaliklarda qurishda yo’lning ko’ndalang kesim yuzasi bir tushgichli tog’ yon bag’ri qiyaligiga yoki qiyalik ichiga qaragan 20-40% bo’lgan profilga ega bo’ladi.
Yo’l qoplamasining turi yo’lning foydalanish vaqti, harakatlanish jadalligi, harakatlanadigan tarkib turi va mahalliy yo’l-qurilish materiallarining mavjudligiga ko’ra tanlanadi.
Katta karyerlarning katta harakatlanish jadalliligiga (avtosamosvallarning kuniga 2000-3000 reysida) ega statsionar yo’llarida tsementbeton yoki asfaltbeton qoplamalar qo’llaniladi. Harakatlanish jadalligi nisbatan kamroq hollarida (kuniga 1000-1500 avtosamosval reysida) ishlov berilgan yoki aralashtirilgan maydalangan tosh qoplamalari qo’llaniladi. Vaqtinchalik yo’llar qoyasimon asosda qoplamaga ega bo’lmaydi. Yumshoq asosda bu yo’llar grunt qoplamaga, yoki maydalangan tosh aralashtirilgan asosga ega bo’ladi. Yuqori sifatli qoplamali yo’llardan foydalanish g’ildirak va harakatlanuvchi tarkibni ta’mirlash ishlarini, yoqilg’i va moylash sarfini kamaytiradi, chunki, katta harakatnish jadalligida yo’l qurilishi tannarxining tez qoplanishiga olib keladi.
Avtotransportning harakatlanuvchi tarkibi yuqori mustaxkamlik, manyovrga
o/tkazuvchanlikka ega bo’lishi kerak, yuqori balandliklar va qiyaliklardan
o’tishi va tez mexanizatsiyalanadigan bosimni ta’minlashi kerak. Tuzilish
holatiga ko’ra karyer avtotransportining harakatlanuvchi tarkibi ikkita guruhga
bo’linishi mumkin: avtosamosvallar va yarimtirkamalar. Avtosamosvallar - bu
ramada joylashgan kuzovli mashinalar. Avtosamosvalning bo’shatilishi asosan
kuzovning orqaga tashlanishi orqali amalga oshadi. Yarim tirkamalarda kuzov
tortgichdan alohida ishlangan va u bilan maxsus bog’lovchi uskunalar bilan
bog’langan. Yarim tirkamalar bir yoki ikkita harakatlanadigan o’qqa ega bo’ladi
va orqa, yon va pastki bo’shatilishli bo’lishi mumkin. Ularning
avtosamosvallarbilan solishtirgandagi asosiy afzalliklari - bu ularning yuk
tashish qobiliyatining kattaligi, yoqilg’ining kam sarfi va kam ekspluatatsion
156
xarajatlar. Lekin yarim tirkamalaming foydalanish imkoniyatlari kam harakatlilik sababli yuqori qiyaliklarni bosib o’ta olmaslik yoki nisbatan kichik qiyaliklardan o’ta olish qobiliyati bilan cheklanadi.
Karyer avtosamosvallarining asosiy ko’rsatkichlari bu, yuk ko’tarish qobiliyati, harakatlantirgich (dvigatel) kuchi, kuzov hajmi, g’ildirak formulasi va minimal burulish radiusi.
G’ildirak formulasi bu, avtosamosvallarning g’ildiraklar sonini ko’rsatuvchi ko’rsatkich (misol uchun, 4x2). G’ildirak formulasining birinchi soni umumiy g’ildiraklar sonini ko’rsatadi, ikkinchisi esa - harakatlantiradigan g’ildiraklar sonini.
Karyerlarda asosan 27-75 t yuk ko’tarish qobiliyatiga ega BelAZ avtosamosvallari qo’llaniladi. 110-180 t likga nisbatan kuchli avtosamosvallar ham qo’llanilishi o’rganilgan. Avtosamosvallarning xarakteristikalari 4.5- jadvalda keltirilgan.

  1. jadval


O’lchamlar

Avtosamosvallar

KrAZ
-256B

BelAZ-
540

BelAZ-
548

BelAZ-
549

BelAZ-
7519

BelAZ-
7521

G’ildirak
formulasi

6x4

4x2

4x2

4x2

4x2

4x2

Yuk ko’tarish qobiliyati, t

10

27

40

75

110

180

Massa (yuksiz), t

11.5

21

29

66

85

145

Kuzov sig’imi, м3

6

15.8

21.7

37.8

44

90

Maksimal yarakatlanish tezligi, km/soat

62

55

50

50

52

50

Avtosamosval kengligi, m

2.65

3.48

3.8

5.36

6.1

7.64

Avtosamosval uzunligi, m

8.2

7.3

8.1

10.3

11.3

13.6

Minimal qaytish radiusi, m

10.5

8.5

10.0

11.0

12

15

Dvigatel kuchi, kVt

175

265

367

770

955

1690







100km yo’l uchun yoqilg’i sarfi, l

60

125

200

350

-

-




Yarim tirkamalar uchun tortgichlar sifatida avtosamosvallaming mos keluvchi quvvatga ega bolgan asosiy modellaridan foydalaniladi. 4.6-jadvalda Belarussiya avtomobil zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan BelAZ-540, BelAZ- 548 va BelAZ-549 avtosamosvallari asosida ishlab chiqilgan, orqa bo’shatishli yarim tirkamalar xarakteristikalari ko’rsatilgan. O’zgarmas quvvatga ega bolgan dvigatelli yarim tirkamalarning yuk ko’tarish qobiliyatini oshirish solishtirma quvvatini pasayishiga olib keldi.


Yarim tirkamali kichik quvvatli tortgichlar Kremenchug avtomobil zavodi va Mogil zavodida ishlab chiqarilmoqda.
Ko’mirni tashish uchun Belarus avtomobil zavodi tomonidan yuqori yuk tashish qobiliyatiga ega (120t gacha) pastki bo’shatiish qobiliyatiga ega yarim tirkama-ko’mir tashigichlar ishlab chiqarilmoqda. 300 t yuk tashish qobiliyatiga ega kuzov sig’imi 220-240 м3bo’lgan ko’mir tashigichlarni ishlab chiqarish ko’zda tutilgan (4.7-jadv.).


  1. Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish